Mualliflar

  • Jamilova Zebiniso Umurovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96236

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: O`smirlar virtual ijtimoiylashuv emotsiya muloqot fikr axborot kommunikativ qobiliyat muammo platforma ijtimoiy maqullanish psixologik salomatlik.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
        Ijtimoiy tarmoqlarning o‘smir shaxsiga bo‘lgan ta’siri ikki tomonlama xarakterga 
ega. Ushbu vositalardan to‘g‘ri foydalanish o‘smirlarning ijtimoiy va kommunikativ 
rivojlanishiga ko‘maklashsa, noto‘g‘ri foydalanish esa shaxsiy rivojlanish va muloqot 
ko‘nikmalariga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  ehtimoli  yuqori.  Shu  sababli,  ijtimoiy 
tarmoqlardan foydalanishning balansini saqlash muhimligi haqidadir.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

227

ISSN:3030-3613

YOSHLARNING PSIXOLOGIK SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY

TARMOQLARNING OʻRNI

Jamilova Zebiniso Umurovna

Buxoro viloyati Romitan tumani

6-umumtaʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘smir shaxsiga bo‘lgan ta’siri ikki tomonlama xarakterga
ega. Ushbu vositalardan to‘g‘ri foydalanish o‘smirlarning ijtimoiy va kommunikativ
rivojlanishiga ko‘maklashsa, noto‘g‘ri foydalanish esa shaxsiy rivojlanish va muloqot
ko‘nikmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori. Shu sababli, ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning balansini saqlash muhimligi haqidadir.

Kalit so`zlar:

O`smirlar, virtual, ijtimoiylashuv, emotsiya, muloqot, fikr,

axborot, kommunikativ, qobiliyat, muammo, platforma, ijtimoiy maqullanish,
psixologik salomatlik.

KIRISH

Hali o‘zligini to‘liq anglamagan, hayotiy maqsadlarini izlash jarayonida bo‘lgan,

tashqi ijtimoiy ta’sirlarga moyilligi yuqori bo‘lgan 11-15 yoshdagi o‘smirlar orasida
ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning ortishi kuzatilmoqda. Ushbu qaramlik,
o‘smirlarning kundalik hayoti, o‘qishdagi mehnat unumdorligi, kommunikativ
qobiliyatlari va psixologik salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat yoshlar
orasida to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish zaruratini yanada dolzarb
masalaga aylantiradi. O‘smirlarning ijtimoiy-psixologik shakllanishi va kommunikativ
qobiliyatlariga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini o‘rganish zamonaviy psixologiya va
sotsiologiya fanlaridagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu masalaga
bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar o‘tkazilib, ular ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar
hayotiga ta’sirini turli nuqtai nazarlardan yoritib bergan. Ushbu sohadagi ilmiy
izlanishlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning me’yorini belgilash, yoshlarning
salbiy ta’sirlardan himoyalanishini ta’minlash va ularning ijtimoiy-psixologik
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim amaliy takliflarni ishlab
chiqishda yordam beradi. Masalan, Jean Twenge oʻzining “iGen: Why Today’s
Super-Connected Kids Are Growing Up Less Rebellious, More Tolerant, Less

Happy” nomli asarida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarda paydo qilayotgan ijtimoiy
va psixologik muammolarini chuqur tahlil qiladi. U ijtimoiy tarmoqlarning
kommunikativ qobiliyatlarga salbiy taʼsir qilishi va ularning yuzma-yuz muloqotda
tajribasizlik keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

228

ISSN:3030-3613

Boyd dan Ellison ijtimoiy tarmoqlarni ta’riflash va ularning kommunikativ
imkoniyatlarini o‘rganishda izlanuvchan tadqiqotchilardan hisoblanishadi. Ularning
ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zaro munosabatlar hamda virtual muloqotning shaxsiy
rivojlanishga qanday ta’sir ko‘rsatishini yoritgan ishlari dolzarbligicha qolmoqda.
Shuningdek, Sherry Turkle o‘zining “Alone Together: Why We Expect More from
Technology and Less from Each Other” asarida texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar
sababli insonlar oʻrtasidagi hissiy aloqaning zaiflashayotganligini va bu hol yosh
avlodda shaxsiy muloqot ko‘nikmalarining pasayishiga olib kelishini ko‘rsatadi.

O‘zbek tadqiqotchilardan esa Olimov Sh.K. va Usmonov F.X. kabi olimlar

yoshlarning virtual muhitdagi ijtimoiylashuvi va uning psixologik shakllanishga
taʼsiri bo‘yicha ishlar olib borganlar. Ularning izlanishlarida o‘zbek jamiyatining
o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan holda, ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar munosabatlari
o‘rganilgan. Mazkur adabiyotlar mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy asos
bo‘lib xizmat qiladi va o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik shakllanishida ijtimoiy
tarmoqlarning roli haqida chuqurroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Virtual olam fenomenining rivojlanishi o‘smirlar orasida yuzma-yuz muloqotdan ko‘ra
ijtimoiy tarmoqlar orqali kommunikativ aloqalarning amalga oshirilishining
jadallashishini anglatadi. O‘smirlar orasida ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yuz berayotgan
jarayonlarning jadallashuvi ularning shaxslararo munosabatlariga, do‘stlari, yaqinlari,
ota-onasi, oilasi va jamiyat bilan yuzma-yuz muloqot qilishlariga qanday ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishini baholash muhim masalaga aylanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlarga ta’sirini yaxshiroq tushunish uchun ushbu

yosh davridagi asosiy ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarni eslatib o‘tish muhim.
O‘smirlik davri inson shaxsiy rivojlanishidagi tanqidiy bosqich bo‘lib, bu davrda
kuchli jismoniy, emotsional va ijtimoiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ushbu bosqichning
xarakterli xususiyatlari qatoriga o‘zlikni kashf etish, boshqarilishga qarshilik
ko‘rsatish, mustaqillikka intilish, hamda kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarning
rivojlanishi kiradi .

Bugunga kunda oʻsmirlarning hayotida ijtimoiy tarmoqlarning oʻrni muqarrar va

rad etib boʻlmaydigan hodisa boʻlib, ular anʼanaviy muloqotni raqamlashtirish va
masofaviylashtirish vazifasini bajarmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar oʻsmirlarning nafaqat
muloqoti va boshqalar bilan aloqalarini mustahkamlashga yordam bermoqda, balki
oʻz-oʻziga hurmat va ishonch kabi irodaviy xislatlarni shakllantirayotgan oʻsmirlar
uchun oʻz-oʻzini va ichki dunyosini namoyon qilish, ijtimoiy qobiliyatlarini
shakllantirish vositasi ham boʻlib qolmoqda. Lekin ijtimoiy tarmoqlar qaramlik,
kiberbulliing (onlayn zoʻravonlik) va psixologik salomatlikka taʼsir qiluvchi bir qancha
salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda.

Ijtimoiy psixologiya doirasida ijtimoiy tarmoqlarning oʻsmirlarning

kommunikativ qobiliyatlari va kognitiv jarayonlariga taʼsiri turli nazariyalar doirasida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

229

ISSN:3030-3613

yoritiladi. Masalan, psixolog olim Albert Banduraning ilmiy qarashlari asosida
rivojlangan “Ijtimoiy kognitivizm” nazariyasi shaxsning kuzatish, taqlid qilish va
modellashtirish asosida ijtimoiy xulq-atvorni oʻzlashtirish jarayonini yoritadi. Ushbu
jarayonda raqamli dunyo muhim rol oʻynaydi, chunki undagi ijtimoiy xattiharakatlar,
xabarlar va axborotlar shaxs tomonidan taqlid qilinishi mumkin boʻladi. Turli ijtimoiy
tarmoqlar, ommaviy axborot vositalaridagi kontentlar ularni qabul qiluvchi
foydalanuvchi shaxslarga namunaviy obrazlar yaratadilar. Bundan tashqari, auto-
samaradorlik qobiliyati (shaxsning maʼlum bir harakatni bajara olishi uchun oʻziga
nisbatan ishonchi) media xabarlar natijasida kuchayishi yoki kuchsizlanishi mumkin.

Ushbu jarayonni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan obrazli xabarlar,

videolar hamda reklamalarning qay darajada shaxsning real olamdagi voqelik va
ijtimoiy normalarning qabul qilish jarayoniga, shuningdek, shaxsning xulqi va
kutuvlariga qay darajada taʼsir qilishida kuzatishimiz mumkin. Boshqacha aytganda,
shaxs reklama yoki ommaviy axborot vositalarida koʻrgan va kuzatgan voqelik bilan
real hayotdagi voqelik oʻrtasida nomutanosiblikka duch keladi. Bu esa, fikrimizcha,
oʻsmirlik yoshidagi shaxsning real voqelikdagi kutuvlari amalga oshmasligi, ijtimoiy
hayotdagi normalarning qabul qilishdagi qiyinchiliklar kabi holatlarni yuzaga keltirishi
mumkin. Natijada, oʻsmirlarning shaxslararo munosabatlarida, ijtimoiylashuv
jarayonida va ota-onalari hamda kattalar bilan boʻlgan munosabatlarida salbiy oqibatlar
yuzaga kelishi mumkin. Ikkinchi nazariya bu “Foydalanish va qoniqish” nazariyasi
boʻlib, u shaxsning nima uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va undan
qanday qoniqish va mamnunlik hissini olishini tushuntiradi. Ushbu nazariyada
ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari oʻz xohishlari hamda intilishlariga koʻra
ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda faol boʻladilar. Shaxsning ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishiga reallikdan qochish, axborotlarga intilish, shaxsiyatni
shakllantirish va ijtimoiy mansublik kabi sabablar motivlar boʻlishi mumkin. Nazariya
vakili Wang K.ning fikricha, yangi texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar, media
vositalarining rivojlanishi shaxsning oldida tanlovlarning kengligi, rang-barangligini
taʼminlaydi, shaxsga borliqdagi real jamoalar hamda virtual jamoalarga qoʻshilish
imkonini, shaxs oʻzini qaysi jamoada qulay his etsa, oʻsha jamoaga qoʻshilish uchun
qaror qilish imkonini beradi . Bu esa oʻsmirlardagi ijtimoiy mansublik hamda oʻz-
oʻzini anglashga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishning oson yoʻlini ham beradi, bundan
tashqari, fikrimizcha, ulardagi qaramlikning oshib ketishiga ham sabab boʻladi.

Leon Festinger tomonidan taklif etilgan “Kognitiv dissonans” nazariyasiga koʻra

esa ijtimoiy tarmoqlar va media vositalari shaxsning xulq-atvori va ishonchi oʻrtasidagi
kelishmovchiliklarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy tarmoqlar
koʻpincha insonlarga ularning shaxsiy ishonchiga qarama-qarshi qarashlar va
axborotlarni namoyon qiladi, bu esa shaxsda dissonans vujudga kelishiga sabab
boʻladi. Dissonans ilmiy atamasi lotinchada dissono- uygʻunlashmay, moslanmay


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

230

ISSN:3030-3613

yangrayman degan maʼnoni anglatadi. Psixologiyada esa bu atama shaxs ongida
yuzaga keladigan va bir-biriga mos kelmaydigan hamda bir-biri bilan kurashadigan
qarashlar, tanlovlar va qarorlar hisoblanadi. Shaxs ushbu dissonansni yengish uchun
oʻz ishonchini oʻzgartirishi, qarama-qarshi axborotlardan voz kechishi yoki ijtimoiy
tarmoqlardan oʻzida avvaldan mavjud boʻlgan qarashlarga mos gʻoyalarni izlashi
mumkin. Fikrimizcha, hali oʻzligi va oʻz qarashlari shakllanib ulgurmagan
oʻsmirlarning ham virtual dunyo orqali shakllanadigan dunyoqarashi, tafakkuri,
gʻoyalari va kutuvlari real hayotdagi reallik bilan mos kelmaganda haqiqiy dissonans
paydo boʻlishi mumkin. Bu esa ularning tashqi dunyodan uzoqlashuvi, ijtimoiy
izolyatsiya hamda virtual olamga qattiq bogʻlanib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
Natijada, oʻsmir shaxsda real hayotda muloqotchanlik, emotsional va ijtimoiy
intellektning rivojlanmay qolishi kabi koʻplab muammolar paydo boʻladi. Oʻsmir
shaxs muloqot jarayoni uchun muhim boʻlgan emotsiyalar, empatiya hamda simpatiya
kabi hissiyotlarni real hayotda olish imkonidan mahrum boʻlishi hamda ularga boʻlgan
ehtiyojni esa ekran orqali izlashni boshlashi ham mumkin. Bu esa, fikrimizcha, oʻsmir
shaxsida oʻz ichki kechinmalarini hissiyoti, emotsiyalari bilan koʻrsatib bera olmaslik,
ortiqcha uyatchanlik hamda real munosabatlarda oʻzini noqulay his etish kabilarning
yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlarning o‘smir shaxsiga bo‘lgan ta’siri

ikki tomonlama xarakterga ega. Ushbu vositalardan to‘g‘ri foydalanish o‘smirlarning
ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishiga ko‘maklashsa, noto‘g‘ri foydalanish esa
shaxsiy rivojlanish va muloqot ko‘nikmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori.
Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning balansini saqlash muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :

1.

Jiayao C. Evaluation of causes and impacts of emotional pressure among teenagers.
Advances in Social Science, Education and Humanities Research. 2022.
assehr.k.220105.265

2.

Lei S., Su W. An End-to-end method for teenagers potential depression
detection on social media. IEEE International performance, computing, and
communications conference (IPCCC). 2022 ipccc1483.2021.9679449

3.

Mamanazarova D.M. “Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari”.
“Science and innovation international scientific journal”

4.

https://doi.org/10.5281/zenodo.6975091 2022

5.

Muller H. Association between social media usage and depression among teenagers
in United States of America.2023. International Journal of Sociology.
https://doi.org/10.47604/ijs.1816

6.

Seserman C. Assessing the way gender norms affect teenagers’ behaviour in the
context of social media. Social research reports. 2021.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

231

ISSN:3030-3613

7.

https://doi.org/10.33788/srr13.1.4

8.

Karimovna, N. Y. (2024). O'SMIRLARNING IJODIY TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISHDA OILANING ROLI. INNOVATION IN THE MODERN
EDUCATION SYSTEM, 5(42), 227-231.

9.

Karimovna, N. Y. (2024). OILADA O'SMIR BOLALAR IJODIY TAFAKKURI
SHAKLLANISHINING GENDER XUSUSIYATLARI. SUSTAINABILITY OF
EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY, 2(20), 8-11.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :

Jiayao C. Evaluation of causes and impacts of emotional pressure among teenagers.

Advances in Social Science, Education and Humanities Research. 2022.

assehr.k.220105.265

Lei S., Su W. An End-to-end method for teenagers potential depression

detection on social media. IEEE International performance, computing, and

communications conference (IPCCC). 2022 ipccc1483.2021.9679449

Mamanazarova D.M. “Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari”.

“Science and innovation international scientific journal”

Muller H. Association between social media usage and depression among teenagers

in United States of America.2023. International Journal of Sociology.

Seserman C. Assessing the way gender norms affect teenagers’ behaviour in the

context of social media. Social research reports. 2021. 7. https://doi.org/10.33788/srr13.1.4

Karimovna, N. Y. (2024). O'SMIRLARNING IJODIY TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHDA OILANING ROLI. INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM, 5(42), 227-231.

Karimovna, N. Y. (2024). OILADA O'SMIR BOLALAR IJODIY TAFAKKURI

SHAKLLANISHINING GENDER XUSUSIYATLARI. SUSTAINABILITY OF

EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY, 2(20), 8-11.