T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
203
ISSN:3030-3613
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI: SO‘Z
SAN’ATI MO‘JIZALARI
Mohizarbegim ERGASHEVA
TDSHU, arab filologiyasi yo‘nalishi
2-bosqich (kunduzgi) arab-ingliz 1-guruh talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Alisher Navoiy g‘azallaridagi badiiy san’atlar
— tashbeh, isti’ora, tajnis, tazod, kinoya, mubolag‘a kabi so‘z san’ati vositalarining
qo‘llanilishi tahlil etiladi. Maqolada ushbu san’atlar orqali g‘azallarning ma’no
teranligi va ruhiy go‘zalligi ochib beriladi. Misollar asosida Navoiy so‘zining sehri,
ifoda uslubi va badiiy mulohazalarining o‘ziga xosligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Abstract:
This article analyzes the use of such artistic means of speech in
Alisher Navoi's ghazals as metaphor, allegory, irony, and hyperbole. The article reveals
the depth of meaning and spiritual beauty of ghazals through these arts. The magic of
Navoi's words, his style of expression, and the uniqueness of his artistic reflections are
demonstrated on the basis of examples.
Kalit so‘zlar:
Alisher Navoiy, g‘azal, badiiy san’atlar, tashbeh, isti’ora, tajnis,
tazod, kinoya, mubolag‘a, so‘z san’ati, mumtoz adabiyot, Navoiy ijodi, she’riyat,
badiiy ifoda.
Key words:
Alisher Navoi, ghazal, artistic arts, metaphor, simile, allegory,
irony, hyperbole, word art, classical literature, Navoi's work, poetry, artistic
expression.
Alisher Navoiy — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili bo‘lib, uning ijodi
turkiy she’riyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shoir g‘azal janrini badiiy yetuklik,
ma’naviy chuqurlik va so‘z san’ati orqali yangi bosqichga olib chiqqan. Navoiy
g‘azallari o‘zbek adabiyotida ruhiy teranlik va badiiy mahorat timsolidir. So‘z san’ati
va badiiy san’atlar Navoiy g‘azallarining go‘zalligini ta’minlovchi asosiy badiiy
vositalardandir. Tashbeh, isti’ora, tajnis, tazod kabi san’atlar orqali shoir so‘zga ruh,
mazmunga esa teranlik bag‘ishlaydi. Ular g‘azalni nafis, ta’sirchan va mazmunan boy
qiladi.
Badiiy san’at — adabiy asarda so‘z va ifoda vositalaridan estetik maqsadda
foydalanish san’atidir. U matnga badiiylik, obrazlilik va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi.
Mumtoz she’riyatda badiiy san’atlar muhim o‘rin egallab, ular orqali shoir fikrini nafis
tarzda yetkazadi. Bunday san’at turlariga tashbeh (o‘xshatish), isti’ora (majoz), tajnis
(so‘z o‘yini), tazod (qarama-qarshilik), kinoya, mubolag‘a, iqtibos, talmeh kabi
vositalar kiradi. Bu san’atlar g‘azalni boyitib, uni o‘quvchi qalbiga chuqurroq
singdirishga xizmat qiladi. Badiiy san’atlar son jihatidan nihoyatda ko‘p va xilma-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
204
ISSN:3030-3613
xildir. Jumladan, metafora, metonimiya, allegoriya, simvol, sinekdoxa, istiora,
perefraza, ironiya kabi umumiy san’atlar bilan bir qatorda, mumtoz adabiyotimizda
o‘ziga xos yuzlab ko‘rinishlar ham mavjud. Ular orasida tashbeh, isti’ora, iyhom,
tanosib, tazod, talmih, tazmin, husni ta’lil, irsoli masal, tajnis, tamsil, lajf va nashr,
tardu aks, taqsim, tafriq kabi san’atlarni alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu
san’atlarning nazariy asoslari va turlari bo‘yicha Vahob Rahmonovning “She’riy
san’atlar” (1962), “She’r san’atlari” (2001), Atoulloh Husayniyning “Badoy’u-s-
sanoyi’” (1981), Shayx Ahmad Taroziyning “Funun al-balog‘a” (1996), Anvar
Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” (1999), “She’r san’atlarini bilasizmi?”
(2001) va To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” (2002) kabi manbalarda
batafsil yoritilgan.
1
Qadimda bu ilm turli xalqlarda turlicha nomlangan: arablarda — Balog‘at ilmi,
fors-tojik adabiyotida — Ilmi sanoyi’, bizda esa — San’at ilmi deyilgan. Bu ilm uch
asosiy qismdan tashkil topadi:
1.
Lafziy san’atlar
– so‘zlarning tovushi, ohangi, shakli asosida hosil
bo‘lgan badiiy san’atlar. Uning
tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya,
tashtir, tasbe, tarse’, tadvir, ishtiqoq, raddi matla’, mukarrar, aks, saj’,
qaytariq, muvozina, muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib
kabi ko‘rinishlari
bo‘lib, «Lafziy go‘zalliklarning asosi uldirkim, alfozki ma’nog‘a tobe’
qilg‘aylar» (Atoulloh Husayniy), ya’ni shakliy bamolik mazmun go‘zalligining
voqe bo‘lishiga xizmat qiladilar.
2
2.
Ma’naviy san’atlar
– mazmun va ma’no ustiga qurilgan san’atlar.
Ushbu san’atlar asarda chuqur g‘oya, falsafiy mazmun va ruhiy teranlik
yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviy san’atlarga iyhom, ittifoq, tadbix,
faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta’lil, iltifot, talmih, ruju’,
tazmin, muqobala, ta’riz, tanosib, tajnis, laff va nashr kabi o‘nlab shakllar kiradi.
3.
Lafziy-u ma’naviy san’atlar
– so‘zning ham tovush, ham ma’no
jihatlari bilan bog'liq badiiy san’atlardir. Uning tashbih, istiora, tanosub, tamsil,
ta’riz, kinoya, tajnis kabi rang-barang ko‘rinishlari bor.
Bu san’at turlarining har biri o‘ziga xos ifoda imkoniyatiga ega bo‘lib, she’riy
nutqning obrazli, ta’sirchan va estetik jihatdan mukammal bo‘lishiga xizmat qiladi va
ushbu san’atlar Navoiy ijodining ham estetik, ham falsafiy qatlamini tashkil qiladi.
Navoiy g‘azallarida tashbeh va isti’oralar — so‘z san’atining eng muhim
vositalaridan bo‘lib, ular orqali shoir go‘zallik, ishq va ma’naviy olam manzaralarini
badiiy tasvir etadi. Tashbeh (o‘xshatish) orqali u sevgilining qiyofasini oyga, gulga,
quyoshga qiyoslab, obrazlarni yorqinlashtiradi. Isti’ora (majoziy ifoda) esa narsani
1
Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. T., - 2004.
2
Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. T., - 2004.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
205
ISSN:3030-3613
bevosita o‘z nomi bilan emas, boshqa narsa orqali anglatib, g‘azalga chuqurlik va
badiiy zavq baxsh etadi. Navoiy ushbu san’atlar yordamida ichki kechinmalarni, ruhiy
olamni o‘quvchi tasavvurida jonli va ta’sirli qilib gavdalantiradi. Xususan, quyidagi
baytda tashbeh va boshqa san’atlar mavud:
Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug‘ ko‘ngul,
Qut uchun tazvir ila bemor bo‘lg‘ondek gado.
Mazmuni: Sening vasling umidida bechora ko‘ngul kasal bo‘ldu , go‘yoki
tilanchi qut (yemish) toppish maqsadida o‘zini bemorga solgani kabi,
3
Navoiy asarlaridagi go‘zallik, ishq va ma’naviy olam tasvirlarida o‘xshatishlar
(metaforalar, taqqoslashlar) o‘ziga xos estetik va ma’naviy qatlamlarni ochadi.
O‘xshatishlar, ayniqsa, g‘azallarda, qahramonning ichki holatini, qalb kechinmalarini
va olamga bo‘lgan qarashlarini aniq ifodalash uchun ishlatiladi. Bu usul orqali shoir
o‘z tuyg‘ularini, tashvishlarini va sevgisini yanada chuqurroq va rang-barang qilib
tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘zallikni , odatda, quyosh, yulduzlar yoki bahor
kabi tabiiy unsurlarga o‘xshatishadi. Masalan:
«Yuzingni ko‘rdim – quyoshning nuridan ham ko‘proq nur taratar» – Bu yerda
yuz go‘zalligi quyoshning nuriga o‘xshatilgan, go‘zallikning kuchi va yorqinligi
ta’riflanadi. Ishqni tasvirlashda ham o‘xshatishlar muhim rol o‘ynaydi. Ishq o‘rta
asrlarda ko‘pincha olov yoki yong‘in bilan taqqoslanadi: «Sevgi yuragimni alangaga
aylantirdi» – Bu misolda sevgi olovga o‘xshatilib, uning qanchalik kuchli va
yo‘qotuvchi ta’sirini ifodalaydi.
Navoiy asarlarida, xususan, tuyuqlarida yana bir janr – tajnisning o‘ziga xos
uyg‘unligini uchratish mumkin. Quyidagi tuyuqda tajnis (jinos ham deyiladi)
san’atidan foydalanilgan:
Yo rab, ul shahd-u shakar, yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G`amza o`qin qoshig`a yolabdurur.
Yuqoridagi tuyuqning 1-misrasida „yo labdurur“ qismi u, ya’ni yorning labi
shirinligidan shakarga o‘xshatilganligi hisobiga „yoki shakar, yoki labdir“ ma’nosida
kelgan. 2-misrada esa „yalamoq“ ma’nosida va nihoyat, 4-misrada „yo‘llamoq,
jo‘natmoq“ ma’nosida qo‘llanilgan.
Navoiyning „Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur…“ radifli g‘azali balo va qaro
so‘zlari, dard va davo, fido va jon, begona va oshno so‘zlari almashib kelib
tardi aks
san’atini hosil qilgan. Va bu g’azal butunlay shu san’at ustiga qurilgan deyiladi:
Koʻzing ne balo qaro boʻlubtur, Kim, jonga qaro balo boʻlubtur.
3
Mardonova X.A. Navoiy g'azallarida ma'naviy san'atlarning qo'lanishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
206
ISSN:3030-3613
Majmuʼi davoni dard qildi, Dardingki, manga davo boʻlubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sanga fido boʻlubtur.
Begona boʻlubtur oshnodin, Begonaga oshno boʻlubtur.
To qildi yuzung havosi jonim, Yuz sari anga havo boʻlubtur.
Boqiy topar ulki, boʻldi foniy, Rahravg‘a baqo fano boʻlubtur.
To tuzdi Navoiy oyati ishq, Ishq ahli aro navo boʻlubtur.
Shuningdek, g‘azalda yuz so‘zlari ham o‘zaro tajnis san’atini vujudga keltirgan
va boqiy, foniy; baqo, fano so‘zlari tazod, ya’ni zid ma’noli so‘zlarni qo‘llash
san’atidir.
„Ey sabo…“ g‘azalida esa shoir saboga murojaat qilgan va bu adabiyotda nido
san’atini hosil qiladi. Shu g‘azalda yorni „sarvi xiromon, gulbargi xandon“ deya uni
sarv daraxti va ochilib turgan gulga o‘xshatilgan. Bu esa she’riyatda istiora deb
yuriladi.
„Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimg’a kecha tong
otquncha uyqu kelmadi.“ baytida shoirga visol va’dasini bergan yor va’dasini buzadi
– uchrashuvga kelmaydi. Natijada, bundan shoir ezilib, tonggacha ko‘ziga uyqu
kelmadi deydi. Aslida, tonggacha hech ko‘zga uyqu kelmasligi bo‘rttirib tasvirlangan
– mubolag’adir. Yoki “Har qil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, Yetkach ohim
shu’lasi, oni sorig’ gul ayladim.“ Baytda keltirilishicha, oshiq o‘z yorini sog‘inib, gulni
olib hidlaganda oshiqning ohidan qizil gul sariq gulga aylanibdi. Bu hayotda yuz
berishi umuman mumkin bo‘lmagan holatdir. Navoiy ijodida mahorat bilan qo‘llangan
bu san’at ham, albatta, mubolag’adir.
Xulosa: Navoiy g‘azallarida badiiy san’atlar so‘z sehri va ma’naviy teranlikni
ochib beradi. Shoirning san’atkor sifatidagi mahorati uning har bir misrasida namoyon
bo‘ladi. Uning merosi nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki badiiy tafakkurni
tarbiyalaydi va chuqur o‘rganishga undaydi. Uning har bir asarida kamida bitta ajoyib
she’riy san’at namunasini uchraydi. Navoiy bu jihatdan beqiyos shoirdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. T., - 2004.
2.
Mardonova X.A. Navoiy g'azallarida ma'naviy san'atlarning qo'lanishi
https://moluch.ru/archive/353/79122/