T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
185
ISSN:3030-3613
FUQAROLIK PROTSESSIDA ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHGA
KOʻMAKLASHUVCHI SHAXSLARNING HUQUQIY MAQOMI
Ibragimova Rayxon Shodmon qizi,
Toshkent davlat yuridik universiteti
“Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti
“Biznes huquqi” yo‘nalishi
magistratura bosqichi talabasi.
E-mail: rayxonibragimova135@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga
oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning o‘rni, huquqiy maqomi va ularning sud
jarayonidagi muhim ishtiroki muhokama qilinadi. Fuqarolik protsessi doirasida
ekspertlar, tarjimonlar, guvohlar, xolislar, dalil saqlovchilar va mutaxassis kabi odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning suddagi maqomi va
ishtirokining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, maqolada fuqarolik
protsessida odil sudlovni ta’minlash uchun sudga ko‘maklashuvchi shaxslarning
huquqiy maqomini aniq belgilash, huquqiy mexanizmlar, malaka oshirish kurslari va
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, xalqaro
tajriba asosida, sud tizimining samaradorligini oshirish uchun sudga ko‘maklashuvchi
shaxslarning roli va huquqiy maqomini aniqlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
beriladi.
Kalit so‘zlar:
fuqarolik protsessi, odil sudlov, guvoh, mutaxassis, ekspertlar,
tarjimonlar, dalil saqlovchilar, zamonaviy texnologiyalar.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini tan olish, ularga rioya qilish va
himoya qilish davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 54-moddasiga binoan, insonning huquq va erkinliklarini
ta’minlash davlatning oliy maqsadi
1
sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lumki, odil sudlovni amalga oshirilishi uchun barcha ma’lumotlar sudlar
tomonidan batafsil o‘rganilishi kerak. Barcha sudlovga tegishli ishlarda, xususan
fuqarolik ishining adolatli ko‘rib chiqilishi, birinchi navbatda, ishning holatlarini dalil
vositalaridan foydalangan holda aniqlashning to‘g‘ri tuzilgan mexanizmiga bog‘liq
bo‘lib, fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi
shaxslarning ishtiroki masalasi bugungi kun uchun dolzarb sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga
oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar bilan bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solish
1
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
186
ISSN:3030-3613
uchun bir qancha normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, “Fuqarolik
protsessual kodeksi”
2
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar
tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini
qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
3
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori
4
va boshqalar bilan
huquqiy tartibga solinadi.
Nazariy jihatdan, fuqarolik protsessual jarayonda huquqiy munosabatlarga
kirishuvchi subyektlar sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda odil sudlovni amalga
oshirishga ko’maklashuvchi shaxslar guruhiga bo’linadi. Yuridik manbalarda esa
olimlar protsess ishtirokchilarini vakolat va ishtirokining maqsadidan kelib chiqqan
holda ham guruhlarga ajratishadi. Misol uchun, huquqshunos olim E. Egamberdiyev
fikriga ko’ra, protsess ishtirokchilari quyidagicha :
-
Fuqarolik ishini ko’rish vakolatiga ega subyekt –sud;
-
Ko’rilayotgan ishning natijasidan bevosita manfaatdor subyektlar- da’vogar,
javobgar, uchinchi shaxslar;
-
Sud va unda ishtirok etuvchilarga ko’mak beruvchi subyektlar – guvoh, ekspert,
mutaxassis, tarjimon, xolis, ijro ishlarini yuritishda saqlovchilar
5
.
Yana bir olim S.A.Yakubov esa fuqarolik protsessual munosabat
ishtirokchilarini ikki guruhga ya’ni ishda ishtirok etuvchilar va odil sudlovni amalga
oshirishda ko’mak beruvchilar
6
kabi guruhlarga ajratadi.
Protsessual nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, Fuqarolik protsessual
kodeksining 54-moddasiga binoan, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar,
ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va
saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir
7
.
Fuqarolik protsessining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda faqat sudyalar
emas, balki sud faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ko‘maklashuvchi shaxslar ham odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar sifatida muhim o‘rin tutadi.
Bunday shaxslar tarkibiga milliy qonunchiligimizga ko‘ra, tarjimonlar, ekspertlar,
mutaxassislar, guvohlar, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi
2
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03/22/759/0213-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son;
27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son
3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va
isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr, 35-
son. Available at : https://lex.uz/docs/-5185744
4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual
qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 19-may,14-son.
Available at: https://lex.uz/docs/-3761338#-3761972
5
Egamberdiyev.E. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar. – Toshkent: Adolat.2000. 64-bet.
6
Yakubov S. A. Storoni grajdanskom protsesse. – Tashkent.: Konsauditform.2006. C 6.
7
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
187
ISSN:3030-3613
yuritish xolislari va saqlovchilar kabi ko‘maklashuvchi subyektlar kiradi. Ular odil
sudlov
tamoyillarini
amalga
oshirishda
sudyaga
yordam
beruvchi,
sud
muhokamasining to‘liq, har tomonlama va obyektiv o‘rganilishiga xizmat qiluvchi
muhim ishtirokchilardir. Shu sababdan ham, ushbu shaxslarning huquqiy maqomini
alohida ta’riflarni keltirgan holda tahlil etamiz.
Guvoh
subyektiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ishga doir biror holatdan xabardor
bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi.
Ekpert
bu xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida
maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lishi lozim.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-
ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki
boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Mutaxassis
sifatida sud tomonidan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda
maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika
vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar
sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan manfaatdor
bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok
etish uchun jalb etilishi mumkin.
Mutaxassisni jalb qilish to‘g‘risida ishni sud muhokamasiga tayyorlash
haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida
ko‘rsatiladi.
Tarjimon
esa sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan
tillarni biladigan shaxs hisoblanadi. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar
sud ishi doirasida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, keyinchalik dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin
bo‘lgan ashyoviy (buyumlar, jihozlar, modda), yozma (bitimlar, arxiv hujjatlari), va
raqamli (elektron fayllar, videolar, kompyuter ma’lumotlari) dalillarni vaqtinchalik
yoki doimiy saqlab turuvchi subyektlardir.
Ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari
ijro harakatlari (masalan, mol-
mulkni musodara qilish, uydan chiqarish, majburiy olib kelish) bajarilayotganda,
ushbu jarayonning qonuniy va xolis o‘tishini ta’minlash uchun qatnashadigan betaraf
shaxslar va ijro hujjatiga muvofiq musodara qilingan yoki xatlangan mol-mulkni
vaqtinchalik saqlashga qabul qiluvchi shaxs yoki tashkilotlardir (masalan, omborxona,
davlat saqlash punktlari, moddiy javobgar shaxslar).
Alohida ta’kidlaydigan bo‘lsak, fuqarolik ishlarida guvohlar juda muhim
shaxslar hisoblanadi. Guvohlar sudda yuzaga kelgan voqealar yoki holatlar haqida
guvohlik berishadi. Ularning guvohliklari sudning holatni aniq tushunishi va qaror
chiqarishida asos bo‘lishi mumkin. Guvohlarning huquqiy maqomi ularning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
188
ISSN:3030-3613
tasdiqlovchi ma’lumotlar berishdagi xolisligi, ishonchliligi va jarayonga ta’sir
qilmasligiga bog‘liq. Guvohlar, shuningdek, adolatli va xolis guvohlik berish
majburiyatiga egadirlar. Agar guvoh yolg‘on guvohlik berishga urinsa, ular protsessual
javobgarlikka tortilishi mumkin.
Lord Denning, Buyuk Britaniyada fuqarolik protsessi va sudlar tizimi bo‘yicha
ko‘plab iqtibosga olingan huquqshunoslardan biri sifatida sudning xolisligi va
adolatliligi faqatgina sudyalar tomonidan emas, balki boshqa sud ishtirokchilari
tomonidan ham ta’minlanadi deb fikr bildirgan. Denning, ayniqsa, guvohlarning
xolisligi va o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy munosabatlarni to‘g‘ri tushunishining
muhimligini ta’kidlagan. Sudga ko‘maklashuvchi shaxslarning mustahkam huquqiy
maqomi bo‘lishi, sudyalar va boshqa ishtirokchilar uchun ishonchli va aniq
ko‘rsatmalar beradi deb hisoblagan
8
.
Tarjimonlar fuqarolik protsessida ayniqsa, sud jarayonida ishtirok etayotgan
shaxslar orasida til to‘siqlari mavjud bo‘lsa. muhim o‘rin tutadi, Sudyalar va boshqa
protsess ishtirokchilari uchun tarjimonlar qonuniy va aniq kommunikatsiya o‘rnatishga
yordam beradi. Ular shunday shaxslar bo‘lib, ular protsessda ishtirok etayotgan
shaxslarning huquqlari, tushunchalari va fikrlarini to‘g‘ri va ishonchli tarzda yetkazish
uchun zarurdir. Tarjimonlarning huquqiy maqomi, ularning yuridik javobgarligini va
malakasini talab qiladi. Tarjimonlar xizmatlarini taqdim etishda noto‘g‘ri tarjima qilish
yoki ishtirokchilarni aldash holatlari uchun javobgarlik mavjuddir.
Rolf Stürner, Germaniyaning fuqarolik protsessini o‘rgangan olimlaridan biri,
fuqarolik protsessida sudga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquqiy maqomini huquqiy
ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Uning fikricha, tarjimonlar, ekspertlar va boshqa
protsessual yordamchilar fuqarolik ishida yuridik tafakkur va xolislikni ta’minlash
uchun muhim o‘rin tutadi. Stürner shuningdek, yuridik yordam va qonuniy himoyani
taqdim etishda bu shaxslarning o‘rni va protsessual kafolatlarni ta’minlash zarurligini
ta’kidlaydi. U, ayniqsa, germaniya qonunchiligidagi tajribani misol keltirib, sudga
ko‘maklashuvchi shaxslar uchun maxsus huquqiy himoya va ta’sir doirasini belgilash
zarur ekanini aytadi
9
.
Ekspertlar fuqarolik protsessida muayyan mutaxassislik sohasida professional
fikr bildiradilar. Ular sudyaga murakkab texnik yoki ilmiy masalalar yuzasidan yordam
ko‘rsatadi. Masalan, tibbiy ekspertiza, moliyaviy audit, muhandislik tahlili kabi
sohalarda ekspertlar ishtiroki zarur. Ekspertlarning huquqiy maqomi shundan iboratki,
ularning xulosalari sudning qaroriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ekspertlarning
xulosalari xolis, aniq va to‘g‘ri bo‘lishi zarur. Bunday shaxslarning faoliyati natijasida
xatoliklar yoki qarorlar noto‘g‘ri bo‘lsa, ular ham javobgarlikka tortilishi mumkin.
8
Lord Denning.
The Due Process of Law // Butterworths. 1980.
9
Rolf Stürner.
“Zivilprozessrecht”//
Mohr Siebeck publication. 2013.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
189
ISSN:3030-3613
Fuqarolik protsessida mutaxassislar ham ma’lum soha bo‘yicha bilim va
malakaga ega bo‘lishi kerak. Ular sudyaga yoki taraflarga ma’lum bir sohaga oid
masalalar yuzasidan yordam beradi. Masalan, moliya, tibbiyot yoki texnik sohalar
bo‘yicha mutaxassislar, muayyan jarayonlarni tahlil qilib, ularning natijalarini sudga
taqdim etishadi. Mutaxassislarning huquqiy maqomi, shuningdek, ular tomonidan
berilgan maslahatlar va xulosalar sifatini ta’minlashga qaratilgan. Bu shaxslar
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, sudning
adolatli bo‘lmagan qaror chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dalillarni saqlovchilar sud jarayonida to‘plangan barcha turdagi dalillarni
(ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa) saqlash bilan shug‘ullanadi. Dalillarni saqlash
mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan shaxslar yoki tashkilotlar sudga bevosita
ko‘maklashuvchi shaxslardir. Ular dalillarni shikastlamaslik, o‘zgartirmaslik va
asliyatni buzmaslikni ta’minlaydi. Dalil saqlovchilarning huquqiy maqomi, asosan,
ularning saqlash jarayonida qonuniy va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishda
belgilangan.
Ijro ishi yuritishdagi xolislar va saqlovchilar ijro ishi jarayonida xolislar va
saqlovchilar tomonidan bajariladigan faoliyat ham muhim ahamiyatga ega. Xolislar
ijro jarayonining qonuniyligini ta’minlashga yordam beradi, saqlovchilar esa, mol-
mulkni yoki boshqa resurslarni ijro vaqtida shikastlanmasdan yoki yo‘qolmasdan
saqlashni kafolatlaydi. Bu shaxslar ijro muhokamasi va protsessining muhim tarkibiy
qismlarini tashkil etadi.
Buyuk Britaniyaning huquqshunos olimi, Catherine Barnard, fuqarolik
protsessida xolislik va sudning xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashda sudga
ko‘maklashuvchi shaxslarning rolini ta’kidlab, dalillarni saqlash va ehtiyotkorlik bilan
tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Barnardning fikricha, fuqarolik
sudlari o‘zgarayotgan texnologiyalar va raqamli hujjatlarning ko‘payishi bilan
dalillarni saqlash va raqamli ekspertizaga oid yangi mexanizmlarni joriy etishi kerak.
Bu o‘zgarishlar esa, sud jarayonining aniqligi va samaradorligini oshiradi
10
.
Darhaqiqat,
fuqarolik
protsessida
odil
sudlovni
amalga
oshirishga
koʻmaklashuvchi shaxslarning ahamiyati fuqarolik protsessida muhim hisoblanib,
ushbu shaxslarning huquq va majburiyatlari, maxsus maqomi va daxlsizligi kabi
tushunchalariga aniqlik kiritish odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi
shaxslarning protsessual ishtirokining ahamiyatini yoritish uchun xizmat qiladi.
Mavzu doirasida xulosa qiladigan bo‘lsak, fuqarolik protsessida odil sudlovni
amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning huquqiy maqomi — sud tizimining
samarali, shaffof va adolatli ishlashining muhim omilidir. Har bir ko‘makchi shaxsning
o‘z vazifalari va mas’uliyatlari aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Tarjimonlardan tortib,
10
Catherine Barnard.
The Substantive Law of the EU // Oxford University Press. 2019.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
190
ISSN:3030-3613
ekspertlar va guvohlar, mutaxassislar va dalil saqlovchilargacha bo‘lgan barcha
ishtirokchilarning faoliyati odil sudlovning ta’minlanishiga xizmat qiladi. Ularning
huquqiy maqomini aniqlashtirish, nazorat va javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish
fuqarolik protsessining samaradorligini oshiradi va sud tizimiga bo‘lgan ishonchni
mustahkamlaydi.
Ikkinchidan, zamonaviy texnologiyalar, xususan raqamli dalillar va onlayn
protsessual yordamchilarni fuqarolik protsessida qo‘llash, sud ishlarini tezlashtirishi va
samaradorligini oshirishi mumkin. Dalil saqlash va ekspertiza sohasida raqamli
texnologiyalarni joriy qilish fuqarolik protsessining samaradorligini oshiradi. Raqamli
texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash sud jarayonining shaffofligini oshiradi va sudda
ishtirok etayotgan barcha shaxslarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Uchinchidan, dalillarni saqlovchilar sud jarayonida to‘plangan materiallarni
xavfsiz va qonuniy tarzda saqlashga mas’uldirlar. Protsessual qonunchiligimizda dalil
saqlovchilarning huquqiy maqomini mustahkamlash, saqlovchilarni yuqori malakali
kadrlar bilan ta’minlash zarur. Dalil saqlovchilarni va ijro ishi yurituvchilarni maxsus
yuridik kurslar bilan ta’minlash, bu sohadagi xatoliklar va suiiste’molliklarni
kamaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi.
2.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
3.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03/22/759/0213-son; 04.08.2022-y.,
03/22/786/0705-son; 27.04.2023-y.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik
ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti
to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr, 35-son. Available at :
https://lex.uz/docs/-5185744.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi
tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 19-may,14-son. Available at:
https://lex.uz/docs/-3761338#-3761972.
6.
Egamberdiyev.E. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar. – Toshkent:
Adolat.2000.
7.
Yakubov S. A. Storoni grajdanskom protsesse. – Tashkent.: Konsauditform.2006.
8.
Lord Denning.
The Due Process of Law // Butterworths. 1980.
9.
Rolf Stürner.
“Zivilprozessrecht”//
Mohr Siebeck publication. 2013.
10.
Catherine Barnard.
The Substantive Law of the EU // Oxford University Press.
2019.