T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
140
ISSN:3030-3613
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MILLIY GVARDIYA
BO‘LINMALARI HAMDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O‘ZARO
HAMKORLIGINING AYRIM JIHATLAR
Abduhakimov Choriyorbek Vohidjon o’g’li
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar
Vazirligi Akademiyasi 2-bosqich kursanti
ANNOTATSIYA
Maqolada jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda milliy gvardiya
bo’linmalari hamda ichki ishlar organlari o‘zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy
asoslari ilmiy tahlil qilib, sohani nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha
taklif va tavfsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilayotgan
islohotlarning natijalari ilmiy tahlil qilinib uning jamiyat hayotida tutgan
o‘rni bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ichki
ishlar organlari, Milliy gvardiya organlari, patrul, post, patrullik xizmati, hamkorlik
ABSTRACT
The article provides a scientific analysis of the legal and organizational
framework for cooperation between the National Guard and law enforcement agencies
in maintaining public order and security, as well as suggestions and recommendations
for theoretical and practical improvement of the field. It also provides a scientific
analysis of the results of reforms in this area and comments on its role in society.
Keywords
: public order, public safety, law enforcement, National Guard, patrol,
post, patrol service, cooperation.
АННОТЦИЯ
В статье представлен научный анализ организационно-правовых основ
взаимодействия Национальной гвардии и правоохранительных органов в сфере
охраны общественного порядка и безопасности, а также предложения и
рекомендации по теоретическому и практическому совершенствованию сферы.
Также дается научный анализ результатов реформ в этой сфере и
комментируется ее роль в обществе.
Ключевые слова
: общественный порядок, общественная безопасность,
правоохранительные органы, Национальная гвардия, патруль, пост, атрульная
служба, сотрудничество.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
141
ISSN:3030-3613
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda
qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni «Xalq
manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi
mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan
o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib
borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar,
pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini
«Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g‘oya asosida yanada
takomillashtirish vazifasini yuklamoqda
1
. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi va rahbarligi ostida so‘nggi yillarda qabul
qilingan qonun hujjatlari asosida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat
tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan
salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ish uslublarini, aholiga xizmat ko‘rsatish
masalalarini, hamkorlik mexanizmlarini, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasini
va shaxsiy tarkib bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish choralarini kuchaytirish
bu boradagi tizimli ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Shuningdek,
hududlarda jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, har bir tuman, shahar va mahallalarni
toifalarga ajratish hamda hokimliklar, sektorlar va jamoatchilik bilan hamkorlikda
jinoyat o‘choqlari»ni bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalarni jalb qilish
belgilandi2 . Bir so‘z bilan aytganda ushbu sohada ilmiy tadqiqot olib borgan
huquqshunos olimlar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, ichki ishlar organlari bilan Milliy
gvardiya faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar huquq tartibotni mustahkamlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va
jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ma’lumki, har qanday davlat organi boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni tashkil
qilmasdan turib, ichki imkoniyatlari doirasida o‘z faoliyatining samaradorligini
ta’minlay olmaydi. Jumladan, ichki ishlar organlari ham o‘z zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirishda tarkibiy tizimga kiruvchi tarmoq xizmatlari, boshqa
huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro
hamkorlik qiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bizga ma’lumki, bugungi kunda
ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining o‘zaro hamkorligi qonun hujjatlarida
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (2021 yil 29 noyabr) PF-27-son farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son 2 O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-
6196-sonli farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021 y.,06/21/6196/0240-son
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
142
ISSN:3030-3613
mustahkamlangan. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarda, ichki ishlar organlari o‘z
faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirishi 4 shuningdek, Milliy gvardiya o‘z
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar,
fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda hamkorlik qilishi belgilangan5 . O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar
organlari to‘g‘risida»gi va «Milliy gvardiyasi to‘g‘risida»gi qonunlari bu borada
muhim huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qonun asosida qabul qilingan qonun
osti hujjatlarda ya’ni Prezident farmon, qaror va farmoyish, Vazirlar Mahkamasining
qarori hamda idoraviy normativ-huquqi hujjatlar va qo‘shma qarorlarda ichki ishlar va
Milliy gvardiya organlari o‘zaro hamkorligining tashkiliy asoslarini belgilangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun va
2017– 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki
ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini,
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PF
2
5005 son (2017 yil 10 aprel) farmoni jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini
ta’minlash faoliyatini huquqiy tartibga soladigan muhim hujjatdir. Farmonda jamoat
tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash sub’ektlarining vazifalari, funksiyalari va
javobgarligini aniq chegaralash, takrorlanuvchi va dolzarbligini yo‘qotgan vakolatlarni
chiqarib tashlash, bo‘linmalarning tezkorligi va samaradorligini ta’minlovchi
moddiytexnik ta’minoti darajasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy-texnik vositalar
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini
yaxshilash nazarda tutildi. Mazkur farmon ijrosi doirasida qabul qilingan ichki ishlar
va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash
faoliyatini huquqiy tartibga solishda asosiy o‘rin tutadigan quyidagi muhim hujjatlar –
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash,
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan
yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ-3528-son (2018 yil 14 fevral), «Toshkent
shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
2
3 Зиёдуллаев М.З. Милиция таянч пунктларининг жамоат тартиби ва хавфсизлигини таъминлаш фаолиятини
бошқаришни такомиллаштириш. Юрид. фан. номзоди. Дис.-Т., 2008. – Б. 114. 4 Ўзбекистон Республикасининг
ички ишлар органлари тўғрисидаги қонуни // Ўзбекистон Республикаси qонун ҳужжатлари тўплами, – 2017. – №
37. – 978-м. 5 Ўзбекистон Республикасининг миллий гвардияси тўғрисидаги қонуни // Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 19.11.2020 й., 03/20/647/1569-сон
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
143
ISSN:3030-3613
qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida»gi PQ-3786-son (2018 yil 19 iyun) va «Jamoat xavfsizligini ta’minlash
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4075-
son (2018 yil 24 dekabr) qarorlari mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahrida ichki
ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xafsizligini ta’minlash bo‘linmalari
faoliyatini samarali tashkil etish, ular faoliyatiga ilg‘or ish usullari va zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-3528-son (2018 yil 14 fevral) qarori bilan Toshkent
shahrida qayta tashkil etilgan ichki ishlar bo‘limlari zimmasiga sektorlar hududlarida
jamoat tartibini saqlashni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilib, ularning
rahbarlariga hududga biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik
dislokatsiyasini belgilash huquqi berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-
3786-son (2018 yil 19 iyun) qarori asosida Toshkent shahrida jamoat tartibini
ta’minlashning yangicha tizimini nazarda tutadigan «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi
joriy etilib, soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy
gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining kamida 70 foizini,
shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali tunu kun uch smenali patrul
rejimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, qaror bilan: patrullik qilish uchun biriktirilgan
hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning o‘z vaqtida oldi
olinishi va ularga chek qo‘yilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib
borayotgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim
mezonlari hisoblanishi belgilandi; konsepsiyani amalga oshirish doirasida jamoat
tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlarining
faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etildi va ular ichki ishlar bo‘limlari xizmat ko‘rsatish
hududlariga biriktirildi; Toshkent shahrining har bir mahallasida «Fidokor yoshlar»
jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat
jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ-4343-son (2019 yil 29 may) qarori
Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o‘tish,
shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari jamoat tartibini saqlash va
xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarining kuch va vositalarini nazorat qilish va
boshqarishning samarali tizimini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan,
mazkur qarorga muvofiq, Toshkent viloyati ichki ishlar organlari jamoat tartibini
saqlash va xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari kundalik xizmat o‘tashlari bevosita
mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi; mintaqaviy hududlar rahbarlariga patrul-post
xizmati naryadlarining kundalik joylashuvini belgilash huquqi berildi; Toshkent
viloyati tuman (shahar)larida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
144
ISSN:3030-3613
tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tash tartibi joriy
qilindi. Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida davlat,
jamiyat va shaxs xavfsizligini ta’minlash tizimida keng ko‘lamli demokratik islohotlar
izchil davom ettirilmoqda. Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka
qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasining yaxlit tizimini shakllantirish,
ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali
faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali
mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va
osoyishtaligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki
ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PF-6196-son (2021 yil 26 mart) farmoni qabul qilindi.
Huquqshunos olim I. Ismailov o‘z tadqiqotlarida bu boradagi hamkorlikni quyidagi
to‘rt yo‘nalishga: a) ichki idoraviy hamkorlik; b) idoralararo hamkorlik; v)
jamoatchilik bilan hamkorlik; g) xalqaro hamkorlikka ajratadi . Shundan kelib chiqqan
holda aytish mumkinki, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini
saqlash va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi o‘zaro hamkorligi keng qamrovli
aloqalarni o‘z ichiga oladi va organlarning tashqi hamkorlik yo‘nalishi hisoblanadi.
Barcha sharoitlarda ham hamkorlik qo‘shma tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish,
ma’lumotlarni ayirboshlash, jamoat tartibini muhofaza qilish masalalari yuzasidan
takliflar tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi
. Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini
ta’minlash sohasidagi o‘zaro hamkorligini turli shakllari mavjud bo‘lib, ularni shartli
ravishda ikkiga: o‘zaro axborot almashish hamda faoliyatga doir muayyan chora-
tadbirlarni hamkorlikda rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini umumlashtirish,
muayyan vazifalarni hal qilishda o‘zaro yordam berish va qo‘llabquvvatlashda
namoyon bo‘ladigan amaliy hamkorlikka ajratish mumkin. Jamoat tartibini saqlash va
xavfsizligini ta’minlash sohasida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining
o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashish hamkorlikning keng tarqalgan shaklidir. Ichki
ishlar organlarining xodimlari aynan axborotni yig‘ish, tahlil qilish va uni almashish
asosida ishlab chiqqan xulosaga ko‘ra huquqbuzar yoki huquqbuzarlikka moyil
bo‘lgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lishi, ularning taqdirlarini belgilashi bois ayrim
olimlar tomonidan axborot olish va unga ishlov berishni ichki ishlar organlari
faoliyatining asosiy texnologiyalaridan biri deya ta’kidlanadi . Ichki ishlar va Milliy
gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
o‘zaro hamkorligining prinsiplarini quyidagilar tashkil etadi:
– Konstitutsiya va qonun ustuvorligi;
–oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan reja asosida o‘tkazilishi;
– quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysunishi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
145
ISSN:3030-3613
– belgilangan vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
– har qanday masalalarning uyushqoqlik va tezkorlik bilan hal etilishi.
Yuqorida sanab o’tilgan prinsiplarga amal qilgan holda hamkorlik bevosita
amalga oshirilib kelinmoqda.
Xulosa.
Yuqoridagilardan shuni
kurishimiz mumkinki Ichki Ishlar organlari
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish jarayonida MIlliy Gvardiya organlari
bilan hamkorligi natijasida g’ayri ijtimoiy hatti-harakatlar sodir etilishini oldini olishda
samarali foyda bermoqda. Kelgusida ham huquqbuzarliklarni oldini olishda bu
hamkorlikni rivojlantirib borishimiz zarurdir.
REFERENCES
1.
Мирзиёев Ш.М. Ватанимиз мустақиллиги – биз учун куч-қудрат ва илҳом
манбаи, тараққиёт ва фаровонлик асоси // Президент Шавкат Мирзиёевнинг
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 30 йиллик байрамига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
2.
Зиёдуллаев М.З. Милиция таянч пунктларининг жамоат тартиби ва
хавфсизлигини таъминлаш фаолиятини бошқаришни такомиллаштириш.
Юрид. фан. номзоди. Дис.-Т., 2008. – Б. 114.
3.
Ўзбекистон Республикасининг ички ишлар органлари тўғрисидаги қонуни //
Ўзбекистон Республикаси qонун ҳужжатлари тўплами, – 2017. – № 37. – 978-
м.
4.
Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA
DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA).
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11),
789-799.
5.
Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA
UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA
QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 1(11), 211-225.
6.
Ўзбекистон Республикасининг миллий гвардияси тўғрисидаги қонуни //
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.11.2020 й.,
03/20/647/1569- сон