Mualliflar

  • G‘ulomqodirova Madinaxon Tursunboy qizi
  • G‘oyibnazarova Durdona Ikromovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96879

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: iqtisodiy o‘sish davrlari davlat byudjeti makroiqtisodiy barqarorlik o‘tish davri YaIM raqamli iqtisodiyot investitsiya

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbеkistonda  olib  borilayotgan  iqtisodiy 
islohotlar  orqali  iqtisodiyotning  barqaror  o‘sishi  va  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar 
bayon  etilgan.  Bunda  iqtisodiy  o‘sishga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  omillar  tahlili,  ya'ni 
qo‘shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib 
chiqilgan. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng iqtisodiyotda o‘z 
mohiyati  va  ahamiyatiga  ko‘ra  mutlaqo  yangi  mazmunga  ega  bo‘lgan  jarayonlar 
yuzaga kela boshladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida 
tarkibiy o‘zgarishlarning izchil amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq edi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

74

ISSN:3030-3613

O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH OMILLARI VA

NATIJALARI

G‘ulomqodirova Madinaxon Tursunboy qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-kurs talabasi

G‘oyibnazarova Durdona Ikromovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbеkistonda olib borilayotgan iqtisodiy

islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
bayon etilgan. Bunda iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili, ya'ni
qo‘shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib
chiqilgan.

Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng iqtisodiyotda o‘z

mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra mutlaqo yangi mazmunga ega bo‘lgan jarayonlar
yuzaga kela boshladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida
tarkibiy o‘zgarishlarning izchil amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq edi.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiy o‘sish davrlari, davlat byudjeti, makroiqtisodiy

barqarorlik, o‘tish davri, YaIM, raqamli iqtisodiyot, investitsiya

FACTORS AND RESULTS OF ENSURING ECONOMIC GROWTH IN

UZBEKISTAN

Abstract:

This article describes the sustainable growth of the economy and

macroeconomic indicators through the economic reforms being carried out in
Uzbekistan. It examines the analysis of factors influencing economic growth, namely
the composition of the added shares and their contribution to GDP growth. After our
country gained independence, processes began to emerge in the economy that had a
completely new content in terms of their essence and significance. This was directly
related, first of all, to the consistent implementation of structural changes in all sectors
and branches of the economy.

Keywords:

economic growth periods, state budget, macroeconomic stability,

transition period, GDP, digital economy, investment

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy

barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab
kelindi. Ma’lumki, iqtisodiy o‘sish mamlakatning YaIMda namoyon bo‘ladi va u
davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi.

Mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash davrlarini 3
bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

75

ISSN:3030-3613

1. 1991-1996 yillar: Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish va iqtisodiy

o‘sishga erishish. Bu davrda iqtisodiy inqiroz, YaIM pasayishi, inflyatsiya va ishlab
chiqarishning tanazzulga uchrashi kuzatildi. 1996 yildan boshlab o‘sish qayd etildi.

2. 1997-2004 yillar: YaIMning aholi jon boshiga o‘sishiga erishish, inflatsiyani

keskin pasaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.Bu bosqichda inflyatsiya
darajasi pasaydi, xususiy sektor faollashdi, ishlab chiqarish tiklana boshladi. Yirik
sanoat korxonalari (Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi) ishga
tushdi.

3. 2005-2017 yillar: Davlat budjeti va joriy operatsiyalar hisobi ijobiy saldosini

hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. YaIM yillik o‘sish sur’ati 7–9% atrofida
bo‘ldi. Energetika, transport va sanoat sohalarida modernizatsiya boshlangan. Soliq va
bank tizimida islohotlar olib borildi.

4. 2017 yildan hozirgacha bo‘lgan davr: Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada

mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish (oʻtish davrida
iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy
salohiyatini aniq baholash). Valyuta erkinligi, soliq islohotlari, byudjet ochiqligi,
raqamli boshqaruv tizimlari, tashqi savdo va investitsion liberallashuv boshlangan.
YaIM o‘sishi 2023 yilda 6,5% ni tashkil etdi.

Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni lik muhitini

shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish;
ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan.

Respublikamizda iqtisodiy o‘sish jarayonini ifodalashda biz respublikamiz

YaIMini, uning rivojlanish dinamikasi, tuzilishi orqali ifoda etamiz. O‘zbekiston 1991
yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YaIMining hajmi xarid qilish
qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 6 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda
iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz
iqtisodiyotida Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning og‘ir bosqichi 1991-1995
yillari bo‘ldi. Bu davrda YaIM ning qisqarish, narxlar darajasining keskin o‘sishi ro‘y
berdi. Ammo olib borilgan pishiq-puxta makroiqtisodiy siyosat bu qiyinchiliklarni
engib o‘tish va barqaror rivojlanish yo‘liga kirish imkonini berdi. 1996 yildan boshlab
iqtisodiy pasayish to‘xtatilib iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda. Aynan ana shu yil
mamlakatimiz iqtisodiyoti ilk o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi pirovard ijobiy natija bo‘ldi. Keyingi yillarda
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini va
ahamiyatini oshirish, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish
omillaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan keng qamrovli
iqtisodiy siyosatni olib borilishi natijasida iqtisodiy o‘sish ta’minlandi, xususan,
iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi qator ko‘rsatkichlar ijobiy o‘zgara boshladi. Buning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

76

ISSN:3030-3613

natijasida 1996-2003 yillarda mamlakatimiz YAIMning barqaror o‘sish sur’atlari
ta’minlandi. Shu yillar mobaynida mamlakatda yirik ishlab chiqarish korxonalari
(Andijondagi Asaka avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi va
boshqa) ishga tushishi natijasida mamlakatimizning YAIM ning o‘sishi ta’minlandi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o‘sish

darajasida o‘rtacha sur’atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz
iqtisodiyoti 2004 yildan e’tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish
sur’atlarini namoyish qila boshladi. Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan
murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga
qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyoti so‘nggi yillarda ham yuqori sur’atlarda
o‘sishda davom etdi. Xususan, 2015 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki
mahsulot hajmining real o‘sishi 2014 yilga nisbatan 7,4 foizni, 2016 yil yakuni 2015
yilga nisbatan 6,1 foizni, 2017 yil yakuni 2016 yilga nisbatan 4,5 foizni, 2018 yil
yakuni 2017 yilga nisbatan 5,1 foizni tashkil etdi.Mamlakat iqtisodiyotining yuqori
sur’atlarda o‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda
o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga
ta’minlanmoqda.
Quyidagi diagrammada O‘zbekiston Respublikasining 2014–2023 yillardagi YaIM
o‘sish sur’atlari aks ettirilgan:

1.

Investitsiyalarning YaIMga nisbati (2015–2023):


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

77

ISSN:3030-3613


–O‘zbekiston iqtisodiyoti murakkab global sharoitlarga qaramay yuqori sur’atlarda
rivojlanmoqda. Bu islohotlarning tizimli va strategik yuritilishi, xususan: xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, texnologik modernizatsiya, davlat boshqaruvida ochiqlik,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida iqtisodiy barqarorlik
mustahkamlanmoqda. Kelgusida inson kapitaliga sarmoya kiritish, yashil iqtisodiyot
va innovatsion rivojlanishga e’tibor oshirilishi kutilmoqda.
Shuningdek:
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida
aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlarini
ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan
amalga oshirilishi;

– iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat
kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamining yanada kengaytirilishi;

– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash
hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq
maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori
sur’atlarda o‘sishiga zamin yaratmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

78

ISSN:3030-3613

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Jo‘rayev T., Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.: «Fan va texnologiya»nashr,
2018.

2.

Bayzakova D. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.-J.: JizPI, 2022.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. –
https://stat.uz

4.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rasmiy axborotlari. – https://miit.uz

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Jo‘rayev T., Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.: «Fan va texnologiya»nashr,

Bayzakova D. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.-J.: JizPI, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. –

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rasmiy axborotlari. – https://miit.uz