Mualliflar

  • Yusufova Nilufar Yunus qizi
  • Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96880

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Maza-ta’m sifatlari etimologiya leksik maʼno sifat soʻz turkumi tarixiy tilshunoslik leksikologiya.

Annotasiya

Annotatsiya. Oʻzbek tilida har bir soʻzning etimologiyasi muhim ahamiyatga 
ega. Bu maqolada oʻzbek tilidagi maza-taʼm bildiruvchi sifatlar yaʼni taom, ichimlik 
yoki  boshqa  narsalarning  taʼmini  bildiruvchi  sifatlarning  kelib  chiqishi  va  tarixiy 
tuzilishlari,  sifatlarning  leksik  maʼnolari  haqida  tahlillar  mavjud.  Unda  “totli”, 
“achchiq”,  “chuchuk”,  “chuchmal”,  “shoʻr”,    “bemaza”  kabi  sifatlar  etimologiyasi 
izohlanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

71

ISSN:3030-3613

OʻZBEK TILIDA MAZA-TA’M BILDIRUVCHI SIFATLAR

ETIMOLOGIYASI

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich

talabasi

Yusufova Nilufar Yunus qizi

Ilmiy rahbar: Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi

assistenti

Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli


Annotatsiya.

Oʻzbek tilida har bir soʻzning etimologiyasi muhim ahamiyatga

ega. Bu maqolada oʻzbek tilidagi maza-taʼm bildiruvchi sifatlar yaʼni taom, ichimlik
yoki boshqa narsalarning taʼmini bildiruvchi sifatlarning kelib chiqishi va tarixiy
tuzilishlari, sifatlarning leksik maʼnolari haqida tahlillar mavjud. Unda “totli”,
“achchiq”, “chuchuk”, “chuchmal”, “shoʻr”, “bemaza” kabi sifatlar etimologiyasi
izohlanadi.

Kalit soʻzlar.

Maza-ta’m sifatlari, etimologiya, leksik maʼno, sifat soʻz turkumi,

tarixiy tilshunoslik, leksikologiya.


Shoʻr – “tarkibidagi tuz meʼyordan ortiq” maʼnosini anglatadi. Bu sifatdan

oʻzbek tilida “shoʻrla” feʼli yasalgan [3: 268].

Oʻzbek tilida “shoʻr” degan sifat, asosan, yer yoki suvning holatini ifodalashda,

taom va taʼmni ifodalashda ishlatiladi.

Masalan:

Shoʻr yerda dehqonchilik qilish qiyin.
Bu taom juda shoʻr ekan.

Chuchuk – “taʼmi shirin”. Misol: “oshga chuchuk behi emas, nordon behi

solinadi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli “shirin
boʻl” maʼnosini anglatuvchi “suchi” feʼlidan -g qoʻshimchasi bilan yasalgan, keyinroq
soʻz oxiridagi -g undoshi -k undoshiga, ikkinchi boʻgʻin boshidagi ch undoshining
taʼsiri bilan soʻz boshlanishidagi s undoshi ch undoshiga, ikkinchi boʻgʻindagi i unlisi
u unlisiga almashgan, soʻngra u unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: “suchi + g
= suchig = suchuk = chuchuk” [1: 440].

“Chuchuk” sifati 2 xil maʼnoda ishlatilishi mumkin. Oʻz maʼnosida va koʻchma

maʼnoda:

Piyolada chuchuk suv bor (oʻz maʼnosida).
Oʻktam ota chuchuk gapirdi (koʻchma maʼnoda).

Bemaza. Bu sifat “yoʻq” maʼnosini anglatuvchi tojikcha be- old qoʻshimchasini

asli “nordon-shirin taʼm” maʼnosini anglatadigan arabcha maza otiga qoʼshib hosil
qilingan. Bu arabcha ot fors tili lugʻatida (mazz) shaklida keltirilib, “nordon-shirin”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

72

ISSN:3030-3613

maʼnosini, tojik tili lugʻatida esa, maza shaklida keltirilib, “taʼm” maʼnosini anglatishi
aytilgan. “Bemaza” sifati oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan; “taʼmi yoqimsiz”
maʼnosini anglatadi. Bemaza sifatidan oʻzbek tilida -garchilik qoʻshimchasi bilan
“bemazagarchilik” oti yasalgan boʻlib, “boʻlmagʻur xatti-harakat” maʼnosini
anglatadi [3: 283].

“Bemaza” soʻzi adabiy va ogʻzaki nutqda keng qoʻllaniladi.
Masalan:

Shu gaping bemaza boʻldi.
Chuchmal – “tuzi yoki shirasi meʼyoriga yetmagan, bemaza”.

Masalan:
Shakar ozroq solingan murabbo chuchmal boʻlib qolibdi.
Bu sifat asli “shirin boʻl” maʼnosini anglatuvchi “suchi feʼlining kuchaytirish

maʼnosini ifodalovchi -ma qoʻshimchasini olgan shaklidan -l qoʻshimchasi bilan
yasalgan; keyinchalik s undoshi ch undoshiga almashgan, ikkinchi boʻgʻindagi tor unli
talaffuz qilinmay qoʻygan, u unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: (suchi + ma =
suchima) + L = suchimal, chuchimal, chuchmal [1: 440].

“Chuchmal” soʻzi koʻproq adabiy yoki ogʻzaki nutqda, baʼzida kinoya yoki hazil

maʼnolarida ishlatiladi.

Masalan:

Film juda chuchmal chiqibdi (qiziq emas).

Totli – “taʼmi yaxshi”, “mazali”.
Masalan:

Moling zotli boʻlsa, yemishing totli boʻlar (maqol).

Bu sifat qadimgi turkiy tilda “taʼm-maʼza maʼnosini anglatuvchi “tat” oti va “-

ligʻ” qoʻshimchasi bilan yasalgan. Oʻzbek tilida soʻz oxiridagi gʻ undoshi talaffuz
qilinmay qoʻygan, i unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan. Tat + ligʻ, tatli, totli [1: 351].

“Totli” soʻzi hozirgi kunda juda kam ishlatiladi. U, asosan, adabiy tilda yoki

shevada ishlatiladi.

Onam har doim totli taomlar pishiradi.

Achchiq – “tilni lobullatadigan, achitadigan”.
Masalan:

Ukam achchiq qalampirni chaynab yedi.

Bu soʻz qadimgi turkiy tildadi achi feʼlidan -q qoʻshimchasi bilan yasalgan;

oʻsha davrlardayoq “a:” unlisining choʼziqlik belgisi yoʻqolgan. Oʻzbek tilida “ch”
undoshi qatlangan, i unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: achi + q = achiq, achchiq
[1: 36].

Achchiq soʻzi oʻzbek tilida juda faol ishlatiladi va keng qoʻllaniladi. Bu soʻz

nutqda ham yozma shaklda ham faoldir.

Dadam achchiq ovqatni yoqtirmaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

73

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytganda, oʻzbek tilidagi maza-taʼm bildiruvchi sifatlar nafaqat

lingvistik, balki tarixiy jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir. Ularning
etimologiyasida sifatlarning yasalishi, lugʻaviy maʼnosi, qadimgi turkiy, forsiy, arabiy
tillar bilan oʻzaro aloqalarni yaqqol namoyon etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 1-tom, Toshkent,
Universitet, 2000, 600 b.

2.

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 2-tom, Toshkent,
Universitet, 20009, 600 b.

3.

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 3-tom, Toshkent,
Universitet, 20009, 283 b.

4.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 1-tom, Toshkent,

Universitet, 2000, 600 b.

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 2-tom, Toshkent,

Universitet, 20009, 600 b.

Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 3-tom, Toshkent,

Universitet, 20009, 283 b.