Mualliflar

  • Abdullayeva Moxinur Aliy qizi
  • Murodjonov Abdulloh Nusrat o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96897

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Turizm transport turizmi ommaviy transport sayyohlar transport tizimi infrotuzilma turizm rivojlanishi.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu  maqola  turizm  va  transportning  o‘zaro  aloqasini  tahlil 
qiladi,  xususan,  ommaviy  transportdan  sayyohlar  tomonidan  foydalanishda  yuzaga 
keladigan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  bo‘yicha  takliflarni  ko‘rib  chiqadi. 
Mamlakatimizda  transport  turizmiga  oid  amalga  oshirilayotgan  ishlar,  ilgari 
o‘rganilgan tajribalar va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil 
qilinadi. Maqolada turizmni rivojlantirish uchun transport tizimini yaxshilash zarurligi 
hamda  mamlakatimizda  sayyohlar  uchun  qulay  muhit  yaratish  yo‘llari  haqida 
gapiriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

240

ISSN:3030-3613

MAVZU: “SAYYOHLAR UCHUN OMMAVIY TRANSPORTLARDAN

FOYDALANISHDAGI YUZAGA KELAYOTGAN KAMCHILIKLARNI

BARTARAF ETISH TAKLIFLARI”

Abdullayeva Moxinur Aliy qizi

ORCID: 0009-0006-5094-3615

mohinurabdullayeva11@gmail.com

Murodjonov Abdulloh Nusrat o'g'li

ORCID: 0009-0007-5942-3648

Abdulloxpulatov2827@gmail.com

Toshkent sh. Yakkasaroy tumani

TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI

Turizm fakulteti 3-kurs talabalari


Annotatsiya:

Ushbu maqola turizm va transportning o‘zaro aloqasini tahlil

qiladi, xususan, ommaviy transportdan sayyohlar tomonidan foydalanishda yuzaga
keladigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Mamlakatimizda transport turizmiga oid amalga oshirilayotgan ishlar, ilgari
o‘rganilgan tajribalar va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil
qilinadi. Maqolada turizmni rivojlantirish uchun transport tizimini yaxshilash zarurligi
hamda mamlakatimizda sayyohlar uchun qulay muhit yaratish yo‘llari haqida
gapiriladi.

Annotation:

This article analyzes the relationship between tourism and

transport, specifically examining the challenges faced by tourists in using public
transportation and offering suggestions for improvement. It discusses the ongoing
efforts in our country related to transport tourism, prior research, and studies conducted
by experts. The article emphasizes the need to improve the transportation system for
the development of tourism and creating a favorable environment for tourists in our
country.

Аннотация:

Данная статья анализирует взаимосвязь между туризмом и

транспортом, в частности рассматривая проблемы, с которыми сталкиваются
туристы при использовании общественного транспорта, и предлагает решения
для их устранения. Рассматриваются проводимые в нашей стране мероприятия
по транспортному туризму, а также опыт и исследования, проведенные
специалистами. В статье подчеркивается необходимость улучшения
транспортной системы для развития туризма и создания благоприятных условий
для туристов в нашей стране.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

241

ISSN:3030-3613

Kalit so’zlar:

Turizm, transport turizmi, ommaviy transport, sayyohlar,

transport tizimi, infrotuzilma, turizm rivojlanishi.

Keywords:

Tourism, transport tourism, public transport, tourists, transport

system, infrastructure, tourism development.

Ключевые слова:

Туризм, транспортгный туризм, общественный

транспорт, туристы, транспортная система, инфроструктура, развитие туризма

KIRISH

Sayyohlar uchun ommaviy transport tizimining rivojlanishi va uning

ahamiyati

Dunyodagi ilk jamoat transporti 1662-yil 18-martda Fransiya poytaxti Parijda

paydo bo‘lgan. Ushbu transport vositasi ot qo’shilgan sakkiz o‘rinli arava bo‘lib,
"omnibus"

1

(hamma uchun) deb nomlangan. Omnibus, asosan, "palankin yoki

karetadan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan shaxslar uchun" mo‘ljallangan edi. Bu
tizimning muvaffaqiyatli boshlanishi, keyinchalik, boshqa shaharlarda ham turli xil
dizayndagi ko‘p o‘rinli yo‘lovchi ot aravalari — omnibuslardan foydalanishni

ta'minladi. XIX asrga kelib, omnibuslar ommaviy mashhurlikka erishdi va shaharlarda
jamoat transportining rivojlanishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda, jamoat transporti
sayohatchilarni bir joydan ikkinchi joyga, tez va qulay sharoitlarda tashish uchun
asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonning jamoat transporti tizimi: rivojlanish va imkoniyatlar

Toshkent avtobuslari — 1909-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan avtobus

yo’nalishlari. Shaharda aholiga xizmat ko’rsatuvchi “Toshshahartransxizmat”
uyushmasida 9 avtopark bo’lib, ularda 150dan ortiq yo’nalishlarda 1500dan ortiq
avtobuslar bor[1]. 2019-yil 15-avgustdan boshlab bir kishi uchun yo’l haqi 1400 soʻm

1

Ot qo’shilgan sakkiz o‘rinli arava


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

242

ISSN:3030-3613

qilib belgilangan. U davrda 10 ta 8 joyli avtobuslar orqali hozirgi Buyuk ipak yo’li
massivi va Qo’yliq massivini bog’langan. 1949-yildan 1981-yilgacha 117 yo’nalishda
1397 kilometr yo’lga xizmat ko’rsatadigan 1100 ta mashina xizmat ko’rsatishni
boshlagan.

O‘zbekistonning jamoat transporti tizimi, ayniqsa, so‘nggi yillarda sezilarli

darajada takomillashdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda jamoat transporti xizmatlari
sifati qayta baholanib, mamlakatning turli hududlarida transport xizmatlari darajasi va
sifati bo‘yicha reytinglar tuzilmoqda.

O‘zbekiston 2030 strategiyasi doirasida, avtomobil transportida yo‘lovchi

tashish sifatini baholashning yangi metodologiyasi ishlab chiqildi. Ushbu
metodologiya, hududlarda jamoat transporti tizimining mavjudligini har tomonlama
tahlil qilish, tashuvchilar ishini baholash, transport xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha
hududlar reytingini tuzishni nazarda tutadi. Baholash ikki yilda bir marta Transport
vazirligi nazorati ostida amalga oshiriladi, va birinchi tahlil 2025-yilning noyabrida
yakunlanishi kutilmoqda. Bu, mamlakatda jamoat transporti xizmatlarining sifatini
oshirish va yo‘lovchilar uchun qulayroq sharoitlar yaratishda muhim qadam bo‘lib,
mahalliy hokimiyat organlariga xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish imkonini beradi.

Xususan, Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirishga alohida e'tibor

qaratilmoqda. Bu o‘z ichiga elektrobuslardan foydalanishni kengaytirishni, atmosfera
havosining ifloslanishini kamaytirishni va ekologik vaziyatni yaxshilashni o‘zida aks
ettiradi. Bundan tashqari, rasmiylar poytaxtga tramvay qatnovini qaytarish
imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Ushbu tashabbus, fuqarolarning ko‘plab
murojaatlari va prezident darajasida qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liqdir. Davlat
dasturi doirasida tramvay liniyasini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab
chiqish jarayoni boshlangan bo‘lib, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini har tomonlama
tadqiq qilish va tahlil qilish, shuningdek, batafsil texnik hujjatlarni ishlab chiqish ham
rejalashtirilgan. Shuningdek, mavjud transport yo‘nalishlarini modernizatsiya qilish,
to‘xtash joylarini ko‘paytirish va ustuvor jamoat transporti uchun yangi yo‘laklar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

243

ISSN:3030-3613

yaratish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu barcha tashabbuslar, transport
sifati va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Turizm va jamoat transportining o‘zaro aloqasi

Turizm sohasining rivojlanishi, albatta, transport xizmatlari bilan chambarchas

bog‘liqdir. Sayyohlar uchun transport xizmatlarini ko‘rsatish, turizm sohasida juda
muhim rol o‘ynaydi. Turistlarga xizmat ko‘rsatishning asosiy maqsadi, sayohatchilarni
va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga qulay va tez sharoitlarda tashishdir.
Transport xizmatlari, shuningdek, xalqaro qonun hujjatlari va mamlakatlarning milliy
qonunchiligiga asoslanadi. O‘zbekistonning sayyohlik infratuzilmasi, shu jumladan,
jamoat transporti tizimi xalqaro hamkorlik va tashqi turizmni rivojlantirishda muhim
omil hisoblanadi. Xalqaro turizmni amalga oshirishda, transport xizmatlarini
ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida e'tibor berish lozim. Sayohatlar sohasidagi
xalqaro hamkorlikning kengayishi, bojxona, sanitariya nazorati va chegara
nazoratining samarali tashkil etilishini talab qiladi. Shuningdek, yangi texnologiyalarni
joriy etish va elektron qurilmalardan foydalanish orqali chiptalarni bronlash tizimlari
va yo‘lovchi tashishning texnik rejimlarini nazorat qilishda katta yutuqlarga erishildi.
Bu esa, jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishga va sayyohlar uchun transport
tizimining yanada qulayroq bo‘lishiga xizmat qiladi.

Turizm va transport turizmi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

244

ISSN:3030-3613

Turizm — bu odamlarning turistik maqsadlar bilan sayohat qilish jarayonini

ifodalaydi, bunda odamlar o‘z uylaridan uzoqroqqa, odatda boshqa shaharlarga yoki
mamlakatlarga, o‘zlarining madaniy, tarixiy, tabiiy va ijtimoiy manfaatlarini qondirish
uchun boradilar. Bu soha nafaqat sayyohlarning iqtisodiy manfaatlari, balki turizm
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlarni taqdim etuvchi tarmoqni ham o‘z ichiga
oladi.Transport turizmi, o‘z navbatida, sayyohlarning harakatlanishini ta'minlovchi
transport tizimlari bilan bog‘liq bo‘lib, sayyohlar o‘z manziliga yetib borish,
harakatlanish va turistik joylarga tashrif buyurish uchun transport vositalaridan

foydalanadilar. Ommaviy transportning samarali ishlashi, asosan, transport
turizmining muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi. Sayyohlar uchun qulay va samarali ommaviy
transport tizimi ularning sayohatlarini yanada yengillashtiradi, vaqtni tejashga yordam
beradi va umumiy sayyohlik tajribasini yaxshilaydi.

Metodologiya

Ushbu ilmiy maqola, sayyohlar uchun ommaviy transport tizimidan

foydalanishda yuzaga keladigan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish uchun ilmiy-
tadqiqot metodologiyasidan foydalanadi. Tadqiqot usuli sifatida adabiyotlar tahlili,
konferensiyalar va O‘zbekistonning turistik hududlaridagi ommaviy transport tizimiga
oid statistik ma’lumotlar asosida o‘rganishlar olib borilgan. Bu usul orqali sayyohlar
tomonidan ommaviy transportdan foydalanishdagi qiyinchiliklar, mavjud muammolar
va ularga yechimlar taklif etiladi.

Stat.uz

2

malumotlriga ko’ra 2025-yil 1-aprel holati bo'yicha doimiy aholi soni

37,697,787 kishi bõlib, ulardan 104,3 nafari yo’lovchi aylanmasi hisoblanadi.
Bugunggi kunda esa Toshkent shahrida 5 mln aholi bo’lib ulardan 2,9 mln nafari
doimiy yashovchi, 1,5 mln nafari shaharga kunlik kelib ketuvchi va qolgan 0,5 nafari

2

Statistik malumotlar markazi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

245

ISSN:3030-3613

esa vaqtinchalik istiqomat qiluvchilarni tashkil qiladi. Aholining soni yiliga ko’ra 100
mingtaga oshmoqda Toshkent shahrida esa 760 000 avtotransport mavjud bo’lib yiliga
76 mingtaga ortib bormoqda. Shu bilan birga kunlik shaharga kirib chiquvchi
avtotransport soni 160-220 ming bo’lib kun davomida shahar yo’llarida 900 mingga
yaqin avtotransport harakatlanmoqda Toshkent jamoat transporti Oʻzbekistondagi eng
keng va rivojlangan transport tarmogʻini ifodalaydi. Yo'nalishlar shaharning barcha
hududlarini qamrab oladi. So'nggi kunlarda aholi soni oshgani tufayli Toshkent yer usti
transporti sayohat xaritasini kengaytirmoqda. So'nggi yillarda yangi metro liniyasi
qurilishi yo'lga qo'yildi va rejadagi mavjud liniyalarni kengaytirishni o'z ichiga oldi.


Toshkent metrosi

Umumiy yer osti tarmog'i beshta liniyadan iborat bo'lib, ular beshta uzatish

stantsiyalari bilan bog'langan. Eng qadimgi va eng uzun chiziq Chilonzor
liniyasi,o'tgan asrning 70-yillari oxirida ochilgan. Uning uzunligi 15 kilometrdan sal
ko'proqni tashkil etadi va startdan oxirgi stansiyagacha bo'lgan yo'l vaqti 22 daqiqani
tashkil etadi.yo'nalish soat 05:00 da ochilib tunggi soat 00:00 dan keyin yo'lovchilar
uchun yopiladi va faqat chiqish uchun ishlaydi. kop otmay 11 ta bekatdan iborat

"O'zbekiston" liniyasi ishga tushirildi.

Uning uzunligi taxminan 14 kilometrni tashkil etadi va boshlanishdan oxirgi

stantsiyagacha bo'lgan sayohat vaqti taxminan 20 daqiqani tashkil qiladi va u ham soat
05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi, biroq shuni hisobga olish kerakki, “O'zbekiston”
vokzaliga kirish faqat 23:45 gacha ishlaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

246

ISSN:3030-3613

Yunusobod liniyalarining eng yosh va eng kam kengaytirilgani XXI asrning

boshida ochilgan. 8 ta stantsiya taxminan 10,5 kilometr masofada joylashgan. Chiziqni
atigi 10 daqiqada bosib o'tish mumkin. Chiziq stansiyalarining ishlash rejimi alohida.
Yunusobod bekatlari bir soatdan keyin, soat 06:00 da ochiladi va 23:00 da yopiladi.
2023-yil 15-dekabrdan birinchi maydoni 2020-yil avgust oyida ochilgan “O‘zbekiston

Mustaqilligining 30-yilligi” aylanma liniyasining so‘nggi ikki stansiyasi sinov

rejimida ishlay boshladi. Ular sinovdan o'tgandan so'ng foydalanishga topshiriladi.
Hozirda 12 ta bekat faol ishlamoqda va birinchi bekatdan oxirgi bekatgacha bo‘lgan
yo‘l vaqti 35 daqiqani tashkil etadi. Ish vaqti: 06:00 dan 23:00 gacha, poezdlar har 15
daqiqada jo'naydi.

2020-yil oxirida Sergeli tumanida ham yangi yo'nalish foydalanishga topshirildi.

Uning zunligi 7 km boʻlib, Chilonzordagi (Olmazor bekati) ga tutashgan va 5 ta
stansiyani oʻz ichiga oladi. Kechki liniya stantsiyalariga kelishni oldindan
rejalashtirish maqsadga muvofiq, chunki ularda kirish taxminan 22:50 da yopiladi.

Toshkent avtobuslari

Toshkentda avtobus qatnovi metropolitenga qaraganda ancha rivojlangan,

chunki u yer usti jamoat transporti bo'lib, u metro “yetib bormaydigan” joyda
harakatlanadi. Aholi zich joylashgan aholi punktlariga faqat avtobuslar,
mikroavtobuslar va taksilar xizmat ko'rsatadi. Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish
bilan “Toshshahartransxizmat” korxonasi shugʻullanadi. TashTrans portalida siz
Toshkent shahridagi koʻplab shahar avtobus yoʻnalishlari , avtobus raqamlari,
yoʻnalish nomlari va xaritalari, shuningdek, kunlik ish jadvallari haqida maʼlumot
olishingiz mumkin. Avtobus yo'nalishlari tez-tez o'zgartiriladi va to'ldiriladi.
Marshrutni rejalashtirishning eng qulay usuli - bu interaktiv transport xaritasi yoki bu
erda topish mumkin bo'lgan boshqa onlayn xaritalardan foydalanish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

247

ISSN:3030-3613


2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkentda jamoat transporti narxi oshdi. Yangi

yildan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportida bir marta qatnov narxi 3000
so‘mga, elektron( ATTO mobil ilovasi orqali), paynet bankomatlari orqali harid
qilingan QR kodli chipta, pllastik(VISA,Mastercard,МИР, UnionPay va Uzcard) yoki
ATTO (Ko'k-umumiy, maktab o'quvchilari-yashil, talabalar-sariq, pensionerlar va
nogironlar uchun-qizil rangli ijtimoiy) transport kartasi orqali to‘lov 1700 so‘mga joriy
etildi. 2024 yil 14 dekabr Toshkent avtobuslarida naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish
yo‘lovchilarning haqiqiy sonini ko‘rish imkonini osonlashtirdi. Olingan ma’lumotlar
asosida poytaxt yo‘nalishlarni optimallashtirish va tariflarni joriy etish mumkin, deya
ta’kidladi ToshSHaharTransportXizmati va Transport boshqarmasi mas’ullari.

2025-yilning ilk kunlaridan boshlab, Toshkentda avtobus salonlarida naqd

to‘lov qabul qilish rasman bekor qilingandan so‘ng shaharda bir necha bor tashilgan
yo‘lovchilar sonining rekord darajasida qayd etildi. Bu haqda 9-yanvar kuni bo‘lib
o‘tgan matbuot anjumanida jamoat transporti tizimiga mas’ul tashkilotlar vakillari
ma’lum qildi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

248

ISSN:3030-3613


Hozirgi kunda Toshkent shahridagi avtobus salonlarida naqd pulda to‘lov qilish

mumkin emas. Yo‘l haqqini 10 dan ortiq naqd pulsiz: ATTO transport (Ko'k-umumiy,
maktab o'quvchilari-yashil, talabalar-sariq, pensionerlar va nogironlar uchun-qizil
rangli ijtimoiy) va virtual kartalari, istalgan banklarning UzCard va Humo kontaktsiz
kartalari, xalqaro to‘lov tizimlari kartalari (Visa, MasterCard, UnionPay), shuningdek,
onlayn Click, Uzum, Plum to‘lov ilovalari to‘lash mumkin. Naqd pulga bir martalik
QR-kodli chiptalarni sotib olish mumkin, ular Paynet, Oson va Multipay

kompaniyalarining infokiosklari, shuningdek, Paynet oflayn punktlari orqali sotiladi.
Bunday chiptalarning narxi 3000 so‘mni tashkil etadi, naqd pulsiz to‘lov uchun esa
1700 so‘m undiriladi. QR-chiptalar naqd pulsiz to‘lov usullari bilan bir qatorda
validatsiyadan o‘tgani va ATTO tizimida aks ettirilgani bois haqiqiy yo‘lovchilar
sonini hisoblash imkoniyati vujudga keldi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

249

ISSN:3030-3613

2025-yil yanvar oyi boshida tashilgan yo‘lovchilar soni 2024-yilning shu

davridagi ko‘rsatkichlardan 30−40 foizga oshdi. Buni poytaxt yo‘lovchi tashish
operatori “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi
o‘rinbosari Rustam Shamuradov ma’lum qildi. “Naqd pul tufayli biz aniq raqamlarni
ko‘ra olmayotgan edik. Naqd puldan voz kechish bu Transport vazirligining izchil
izlanishlaridir va biz to‘rt yil davomida bu qadamni bosishga intildik. Tizim shunchaki
paydo bo‘lgani yo‘q. Sabab-oqibat aloqalari o‘rganildi. Xalqaro tajribani o‘rgandik,
biz fan-texnika taraqqiyoti bilan bahslashish juda qiyinligini tushunamiz. Bu jamoat
transportining tabiiy rivojlanishidir”, — dedi Rustam Shamuradov.

ATTO direktori Davron Shayoqubovning so‘zlariga ko‘ra, agar 8-yanvar kuni

tashilgan 1,3 million yo‘lovchi naqd pul to‘laganida, ular jami 1,8 milliard so‘m
ko‘proq mablag‘ to‘lagan bo‘lardi.


Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish

boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikromovning ta’kidlashicha, salonlarda naqd pul
qabul qilishning bekor qilinishi xavfsizlikni oshiradi, chunki haydovchilar pulni qabul
qilish, qaytim berish bilan chalg‘imaydi. Xuddi shu sababdan jadvalga rioya qilish
ta’minlanadi. Bundan tashqari, raqamlashtirish moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi va
yo‘nalishlarni optimallashtirish, yo‘nalishlardagi harakatlanuvchi tarkib turlari yoki
sonini o‘zgartirish uchun yanada batafsil ma’lumotlar bazasini to‘plash imkonini
beradi. “Oddiy qilib aytganda, agar har bir yo‘lovchi yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lasa,
biz sutkaning turli vaqtlarida butun yo‘nalishdan qancha odam foydalanayotganini
ko‘ramiz va eshik tepasidagi datchiklar yordamida qaysi bekatda qancha odam
kirishini aniqlaymiz. Balki qaysidir yo‘nalishga kattaroq sig‘imli, boshqa bir
yo‘nalishga kichikroq sig‘imli avtobuslar qo‘yish kerakdir. Balki qayerdadir qatnovlar
orasidagi intervallarni qisqartirish yoki uzaytirish, qayerdadir esa avtobus bekatida
to‘xtab turish vaqtini oshirish kerakdir. Ma’lumotlar bilan ishlash va optimallashtirish
aholining harakatchanligini va jamoat transportining jozibadorligini oshiradi”, — deya

qo‘shimcha qildi Mirakbar Ikromov. Naqd pulni qabul qilishni bekor qilish jamoat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

250

ISSN:3030-3613

transporti tizimini isloh qilishning qadamlaridan biridir. Prezidentning 2023-yildagi
qarori doirasida O‘zbekistonning barcha jamoat transporti yo‘lovchi tashishni tashkil
etishning yangi modeli — brutto-shartnomalarga o‘tishi kerak. Mexanizm shuni
nazarda tutadiki, yig‘ilgan barcha tushum shahar budjetining maxsus hisob raqamiga
o‘tkaziladi va shahar ma’muriyati tashuvchiga bajarilgan ishlar hajmi asosida
yo‘nalishlar bo‘yicha reyslari uchun haq to‘laydi.

Ushbu moliyalashtirish modeli butun dunyoda mashhur bo‘lib, unga har yili

tobora ko‘proq shaharlar o‘tmoqda. O‘zbekiston esa MDHda brutto-shartnomalar
milliy darajada joriy etiladigan birinchi davlat bo‘ldi — odatda, shahar transportini
moliyalashtirish mexanizmi munitsipalitetlar darajasida belgilanadi. O‘zbekiston
Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatovning ta’kidlashicha, modelda
tashuvchi har bir yo‘nalish uchun marshrut ko‘rsatkichlarini bajarganda 10 foizlik
rentabellik kafolatlanadi.


Shahar transporti qanday moliyalashtirilishi

Har bir yo‘nalishdagi yo‘lning bir kilometri o‘z qiymatiga ega va yo‘nalishning

rentabelligiga bog‘liq, dedi Rustam Shamuradov. Bu qiymat auksionga qo‘yiladi.
Hamma tashuvchilar uni ko‘radi. Bir tashuvchi bu kilometr uchun 10 ming so‘m,
ikkinchisi 8 ming so‘m taklif qiladi. Tashuvchilar yoqilg‘i, ish haqi, texnik xizmat
ko‘rsatish va boshqa xarajatlaridan kelib chiqib narxni belgilaydi. Eng kam narxni
taklif qilgan tashuvchi g‘olib bo‘ladi. Shahar har bir yo‘nalish uchun o‘z talablarini
belgilaydi: avtobus qancha marta u va bu tomonga yurishi kerak, har bir qatnovda
nechta transport bo‘lishi lozim, haftaning turli kunlari va soatlarida oraliqlar qanday
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, avtobuslar bekatlarda to‘xtashi shart. Bu talablarning
barchasi bajarilishini maxsus tashkil etilgan davlat muassasasi nazorat qiladi. Agar
tashuvchi bu talablarni bajarsa, qatnovlar uchun to‘lov amalga oshiriladi. Har bir
avtobusda GPS-treker o‘rnatilgan bo‘lib, u har ikki soniyada mashinaning joylashuvini
qayd etadi va ma’lumotlarni nazorat markaziga yuboradi. Bundan tashqari, nazorat
markazi haydovchining xatti-harakatlarini kuzatishi mumkin: agar u cheksa yoki mobil
telefondan foydalansa, unga jarima solinadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

251

ISSN:3030-3613

Agar u bekatda to‘xtamasa, bu qatnovni avtomatik ravishda hisobga olmaydi.

TSHTX hisobga olinmagan qatnovlar uchun pul olmaydi. Nazorat markazi
“Toshshahartransxizmat”ga har oyda bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot beradi. Agar
tashuvchi biror masalaga rozi bo‘lmasa, u hisobotning ayrim bandlari yuzasidan e’tiroz
bildirishi mumkin. Shunda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi. Jamoat transportida yo‘l
haqi endi faqat naqd pulsiz amalga oshirilishi sababli (hatto QR-chipta ham
tekshiruvdan o‘tadi), yo‘l haqidan tushgan barcha mablag‘lar shahar hisobiga
o‘tkaziladi. Agar oy oxirida yo‘lovchilardan yig‘ilgan pul tashuvchining xarajatlarini
qoplashga yetmasa (bu yerda xarajatlar shahar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
tashuvchi barcha yo‘nalishlarning har bir hisobga olingan kilometri uchun oladigan
summa hisoblanadi), hokimlik tashuvchiga yetishmayotgan summani qoplaydi. “Yangi
tizim „Toshshahartransxizmat“ kompaniyasiga ko‘p o‘n yilliklar davomida birinchi
marta zarar ko‘rib ishlayotgan korxonadan daromadli korxonaga aylanishiga imkon
berdi, — dedi Rustam Shamuradov. Jamoat transportidan foydalanish, avtobus parki
va haydovchilarni boshqarish nuqtai nazaridan biz naqd pulni qabul qilishni bekor
qilishga juda uzoq vaqt davomida intildik. Biz haydovchilarni rag‘batlantirish tizimini
o‘zgartirdik. O‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan, haydovchilar ma’lum miqdorda
naqd pul yig‘ishlari va uni parkka olib kelib topshirishlari kerak bo‘lgan reja bekor
qilindi”. Naqd pulning bekor qilinishi avtobus bekatlari muammolarini yana bir bor
dolzarblashtirdi, deb e’tirof etdi mas’ul idoralar vakillari. ATTO, TSHTX va Toshkent
shahar hokimligi bekatlar yaqinida axborot kiosklari mavjud emasligidan
yo‘lovchilarning noroziligiga doir ko‘plab murojaatlar oldi. Undan tashqari avtobusga
belgilangandan ortiq yõlovchi olish ham turistlar va mahalliy aholiga ancha
noqulayliklar tug'dirishi kuzatilmoqda. Bekatlarning ko‘pchiligiga axborot kioskini
o‘rnatish mumkin emas, chunki ular elektrlashtirilmagan. Ba’zilarida pavilonlar yo‘q.
Mirakbar Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkent shahar hokimligi ushbu
masalani hal qilish ustida ishlamoqda. Davron Shoyoqubov yanvar oyida yangi
tariflarni joriy etish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining navbatdagi qarori


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

252

ISSN:3030-3613

imzolanishi kutilayotganini ta’kidladi. Yangi tarif bo‘yicha bir oy davomida har o‘nta
qatnov avvalgi o‘ntaga nisbatan arzonroq bo‘lishi kutilmoqda. Mirakbar Ikromovning
so‘zlariga ko‘ra, naqd pul qabul qilish bekor qilingandan so‘ng intervallarga rioya
qilish 28 foizga oshdi. Yo‘l haqini undirish endi haydovchilarning vazifasi emas, ular
faqat yo‘lovchilarni tashish, jadval va intervallarga rioya qilish, shuningdek, xavfsiz
boshqaruvga e’tibor qaratmoqda. “Naqd pulsiz to‘lov bizga har bir yo‘nalishning
xususiyatini o‘rganish imkonini beradi, — dedi Mirakbar Ikromov. — Biz
mutaxassislar bilan har bir yo‘nalishni qaytadan o‘rganib chiqamiz. Ehtimol, qaysidir
yo‘nalishdan biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq odam foydalanayotgani, avtobusning
to‘ldirilish darajasi yuqoriroq ekani ma’lum bo‘lar. Shunda biz odamlarga qulayroq
bo‘lishi uchun katta avtobuslarni ushbu yo‘nalishga qo‘yishga yoki oraliqlarni
qisqartirishga qaror qilamiz. Chunki avtobusda odam ko‘p bo‘lsa, yo‘lovchilar
noqulaylik sezadi va jamoat transportidan foydalanishni xohlamaydi. Balki qaysidir
yo‘nalishdan, aksincha, kamroq odam foydalanar. 2025-yilda biz bularning barchasini
qaytadan o‘rganib chiqamiz”. Bundan tashqari, u aprel-may oylarida yana 200 ta
elektrobus sotib olish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu oraliqlarni qisqartirish, yangi
yo‘nalishlarni ochish va jamoat transporti bilan qamrab olinmagan hududlar transport
tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

A

dabiyotlar sharhi

Ommaviy transport tizimining sayyohlar uchun qulayligi haqidagi tadqiqotlar

ko‘plab olimlar tomonidan olib borilgan. Misol uchun, Sánchez va García (2022)
o‘zlarining ishlarida sayyohlar uchun transport tizimining optimallashtirilishini
muhokama qilishgan. Ularning fikricha, turistik hududlardagi transport tizimining
integratsiyasi, marshrutlarning yaxshilanishi va xizmatlarning modernizatsiyasi
sayyohlarning qulayligi va vaqtini tejashga yordam beradi. Litman (2019) esa transport
va turizm o‘rtasidagi aloqani o‘rganib, arzonlashtirilgan transport tariflari sayyohlar
sonini oshirishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, Wang va Pizam (2020)
transport tizimining xavfsizligi va sanitariya holatini yaxshilash zarurligini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, sayyohlar uchun ekologik transport vositalarini joriy etishning
muhimligi ham ko‘rsatilgan (Smith & Koster, 2021). Ularning fikricha, ekologik
jihatdan toza transport vositalari, masalan, elektr avtobuslar va velosipedlar,
sayyohlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni
kamaytiradi. Ushbu ilmiy adabiyotlar, o‘z navbatida, O‘zbekistonning ommaviy
transport tizimida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

Xulosa

Sayyohlar uchun ommaviy transport tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning

samaradorligi turizmning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekistonning jamoat
transport tizimida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va sayyohlar uchun
qulay transport xizmatlarini ta’minlash, turizmni yanada rivojlantirish uchun zarur.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

253

ISSN:3030-3613

Tadqiqot metodologiyasi va adabiyotlar sharhi orqali bu sohada yuzaga keladigan
muammolarni hal etishga doir amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu takliflar jamoat
transportining samaradorligini oshirish, sayyohlar uchun qulay va oson foydalanish
imkoniyatlarini yaratish orqali mamlakat turizmiga o'z ta'sirni kuchaytirishni oldimga
maqsad qiladi.

Adabiyotlar:

1.

Nieves, J. (2017). Tourism and Urban Mobility: Enhancing Public Transport for
Tourists. Journal of Transport and Tourism, 15(2), 97-112.

2.

Litman, T. (2019). Public Transit and Tourism: Addressing the Needs of Visitors.
Transportation Research Board, 28(1), 45-67.

3.

Wang, D., & Pizam, A. (2020). Tourist Satisfaction and the Role of Public
Transport in Urban Destinations. Tourism Management Perspectives, 35, 100-115.

4.

Sánchez, A., & García, J. (2022). Optimizing Urban Transport for Tourists: A
Strategic Approach. Journal of Sustainable Transport, 12(3), 56-74.

5.

Smith, R., & Koster, M. (2021). Sustainable Tourism and Public Transport
Integration. Environmental Studies, 18(4), 215-228.

6.

https://www.academia.edu/

7.

https://lex.uz/uz/docs/

8.

https://uniwork.buxdu.uz/resurs/

9.

https://lex.uz/ru/docs/

10.

https://uz.vogueindustry.com/

11.

https://xs.uz/uz/post/sudyaning-ongida-a

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

Nieves, J. (2017). Tourism and Urban Mobility: Enhancing Public Transport for

Tourists. Journal of Transport and Tourism, 15(2), 97-112.

Litman, T. (2019). Public Transit and Tourism: Addressing the Needs of Visitors.

Transportation Research Board, 28(1), 45-67.

Wang, D., & Pizam, A. (2020). Tourist Satisfaction and the Role of Public

Transport in Urban Destinations. Tourism Management Perspectives, 35, 100-115.

Sánchez, A., & García, J. (2022). Optimizing Urban Transport for Tourists: A

Strategic Approach. Journal of Sustainable Transport, 12(3), 56-74.

Smith, R., & Koster, M. (2021). Sustainable Tourism and Public Transport

Integration. Environmental Studies, 18(4), 215-228.