T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
227
ISSN:3030-3613
BOLALAR VA OʼSMIRLARNING OVQATLANISH FIZIOLOGIYASI:
METABOLIK JARAYONLAR VA OZIQ MODDALARI ALMASHINUVI
Ilmiy rahbar –
Aliyeva Ra'no Amanullayevna
Abdumoʻminova Noila Ziyohitdin qizi
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz
filologiyasi, oʼqitish metodikasi va tarjimashunoslik
amaliyoti fakulteti 202-guruh talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bolalar hamda oʼsmirlarning yoshiga nisbatan
ovqatlanish fiziologiyasi haqida bahs yuritiladi. Bunga qoʼshimcha ravishda ovqat
hazm qilish, ya'ni metabolik jarayonlar, ularning fiziologik xususiyatlar va oziq
moddalar almashinuvining hazm qilish sistemasiga aloqasi borasida ham ma'lumot
beriladi.
Kalit soʼzlar:
ovqatlanish qoidalari, sogʼlom va nosogʻlom ovqatlar,
metabolizm, zarur oziq moddalar, tana uchun ozuqaning ahamiyati.
Bolalar va oʼsmirlarning ovqatlanish fiziologiyasiga nazar tashlar ekanmiz,
avvalo, ovqat hazm qilish sistemasi aslida qanday jarayon ekanligini chuqur anglab
yetish lozim. Ovqat hazm qilish sistemasi — bu organizmda ovqatni qabul qilish, uni
parchalash (hazm qilish), ozuqa moddalari va suvni so‘rib olish, hazm bo‘lmagan
qoldiqlarni esa chiqarib yuborish jarayonini amalga oshiradigan organlar tizimidir.
Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish fiziologiyasi — bu ularning o‘sish, rivojlanish va
sog‘lom hayot uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarga (oqsil, yog‘, uglevod, vitamin,
mineral) ehtiyojlari va organizmda ovqatning hazm bo‘lish, so‘rilish, almashinish
jarayonlarini o‘rganadigan fan sohasidir.
Ovqatlanish qoidalariga toʼxtaladigan boʼlsak, bu jarayon bizdan bir nechta
qoidalarga amal qilishimizni talab etadi. Masalan, muvozanatli ovqatlanish – ratsionda
oqsil, yogʼ, uglevod, vitamin va mierallar toʼgʼri nisbatda boʼlishi kerak; vaqtida
ovqatlanish – har kuni belgilangan vaqtda 3-4 mahal ovqatlanish muhim; ortiqcha
ovqatlanmaslik – haddan tashqari koʼp ovqatlanish semizlik va boshqa kasalliklarga
olib keladi; yetarlicha chaynash – ovqatni yaxshilab chaynash hazm qilish jarayonini
tezlashtiradi; koʼp suv ichish – kun davomida yetarlicha suyuqlik isteʼmol qilish
organizmga ijobiy taʼsir koʻrsatadi; shirinlik va fastfudni cheklash – haddan tashqari
shakar va yoʼg tana uchun zararlidir.
Ovqatlarni biz ikki turga ajratishimiz mumkin: sogʼlom va nosogʻlom ovqatlar.
Sogʻlom ovqatlarga quyidagi mahsulotlar kiradi: meva va sabzavotlar, sut
mahsulotlari, don mahsulotlari, baliq va parranda goʻshti, yongʻoq va dukkaklilar,
tabiiy sharbatlar va toza ichimlik suvi. Nosogʻlom ovqatlar esa tez tayyor boʼluvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
228
ISSN:3030-3613
gazaklar, konfet va shokoladlar, gazli ichimliklar, juda yogʼli va uzoq qovurilgan
ovqatlar hamda konserva mahsulotlari oʼz ichiga oladi.
Oziq moddalar almashinuvi (ya’ni modda almashinuvi yoki metabolizm) — bu
organizmga kirgan ozuqa moddalarining (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va
minerallar) parchalanishi, so‘rilishi, energiyaga va boshqa zarur moddalariga aylanishi
va ortiqchasining chiqarib yuborilish jarayonidir. Oziq moddalar almashinuvi 5
bosqichdan iborat: hazm qilish, soʼrilish, taqqoslash va sintez, energiya ishlab
chiqarish, chiqindilarni chiqarish. Asosiy oziq moddalarning roli: oqsillar – hujayra va
toʻqimalarni qurish uchun kerak; yogʼlar – energiya manbai va tana himoyasi;
uglevodlar – asosiy tez energiya manbai, vitamin va minerallar – modda almashinuvi
va immunitetni boshqaradi.
Ovqat hazm qilish buzilishida bir nechta kasalliklar namoyon boʻlishi mumkin.
Jumladan, oshqozon yarasi, gastrit, diareya, qabziyat, pankreatit, oʼt qopi kasalliklari,
enterit yoki kolit va boshqalar. Yuqorida kasalliklarning asosiy sabablari stress,
notoʻgʻri ovqatlanish, kam harakatlanish, vitaminlar yetishmasligi, gigiyenaga amal
qilmaslik va suv miqdorini normallashtira olmaslik hisoblanadi. Bularning oldini olish
uchun esa vaqti-vaqti bilan gastroenterolog koʻrigidan oʻtib turish, oʼz ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda ratsion tuzish, shuningdek sport bilan shugʻullanish samarali
usullar sanaladi.
Xulosa:
ovqat hazm qilish sistemasi nafaqat oʼsmirlarning, balki yoshi
kattalarning eng koʻp ahamiyat berilishi kerak boʼlgan tizimlaridan biridir. Bizni
kasallikka eltuvchi ham, sogʼayishimizga turtki boʼluvchi ham aynan oziq moddalar
almashinuvi hisoblanadi, chunki ovqat tana uchun, yashashimiz uchun eng kerakli omil
hisoblanadi. Eng asosiysi meʼyorida va vaqtida ovqatlanishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Bola va o‘smirlar fiziologiyasi" – T. To‘rayev
2.
"Pediatriyada ovqatlanish gigiyenasi va fiziologiyasi" – G'. Karimov, D. Salimov
3.
"Gigiyena va ovqatlanish fiziologiyasi" – V.V. Passov, L.A. Shevchenko
4.
UNICEF – "Child and Adolescent Nutrition: A Review of Current Research"
5.
"Children’s Nutrition and Growth: Physiology and Metabolism" – P. Singer, G.
Hiesmayr