T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
155
ISSN:3030-3613
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TA'LIMI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA QO'LOBOLA CHOLG'ULARDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 50- umumiy
oʻrta taʼlim maktab musiqa madaniyati
fani oʻqituvchisi
Ergasheva Shaxnoza
Ilmiy rahbar, Andijon davlat pedagogika instituti
v.b.professori
Xiola Botirova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitishda
yuzaga kelayotgan muammolardan biri - cholg'u asboblarining yetishmasligi
masalasini hal etishga qaratilgan. Maqolada muallif tomonidan taklif etilgan, uy
sharoitida tayyorlanadigan shaqildoq-Buben cholg'usining afzalliklari, bolalarning
musiqiy didini rivojlantirishdagi o'rni va pedagogik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek,
qo'lbola cholg'ularning ta'lim jarayoniga joriy etilishi musiqa o'qituvchilarining dars
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.
Kalit so'zlar
: musiqa madaniyati, umumta'lim maktabi, cholg'u asboblari,
qo'lbola cholg'ular, musiqa ta'limi, shaqildoq, bolalar musiqiy didi.
ANNOTATION
This article is aimed at solving one of the problems that arise in teaching music
culture in secondary schools - the lack of musical instruments. The article discusses
the advantages of the shakildok instrument, proposed by the author, made at home, its
role in developing children's musical taste, and its pedagogical significance. It is also
based on the fact that the introduction of hand-made instruments into the educational
process serves to increase the effectiveness of music teachers' lessons.
Keywords:
music culture, secondary school, musical instruments, hand-made
instruments, music education, shakildok, children's musical taste.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasiga
qaratayotgan e'tibori va berayotgan imkoniyatlar yosh avlodni barkamol insonlar etib
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Maktab –
kelajak bunyodkori. Shu bois, bu dargohni zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega,
fidoyi va jonkuyar ustoz-murabbiylar bilan ta'minlash – eng muhim vazifamizdir".
1
Ushbu vazifani amalga oshirishda musiqa madaniyati fanining o'rni beqiyosdir.
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2023 yil 28 dekabr.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
156
ISSN:3030-3613
Bugungi kunda musiqa madaniyati fanlarini umumta'lim maktablarida olib
borishimizda ayrim muammolarga duch kelamiz. Bulardan biri bolalarga cholg'u
asboblarining yetishmovchiligi aynan musiqa o'qituvchilarining dars faoliyatlarini
samarali va sifatli o'tishlarida musiqa cholg'ularning ahamiyati kattadir. Har bir dars
o'zgacha va sifatli o'tishi uchun har bir darsning o'ziga o'xshamaslik tomonlarini izlab
topish biz mutahasislarning oldimizda turgan maqsad vazifalarimizdan biri
hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda o'z umumta'lim maktabida musiqa fanini
o'zgacha o'tish maqsadida yangi g'oya izlab topish asosiy maqsadlarimizdan biri bo'lib
qolmoqda. Xususan, cholg'u asboblarining yetishmovchiligi darslarning sifatli va
samarali o'tishiga to'sqinlik qilmoqda. Har bir darsning o'ziga xosligini ta'minlash,
bolalarning musiqiy didini rivojlantirish, ularni musiqa olamiga olib kirish
o'qituvchilarning asosiy vazifalaridan biridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bilamizki bolalarni umumta'lim maktabda ikki toifaga bo'lib olinadi.
Boshlang'ich va yuqori. Boshlangʻich sinflarda bolalarni qiziqtirish uchun o'ynoqi
ritmli musiqalarni berish va ularni qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2
Ta'lim
muassasalari audio, video va multimediali vositalardan foydalanish orqali darslarni
qiziqarli o'tkazishga harakat qiladi. Ammo, texnik nosozliklar yoki boshqa sabablarga
ko'ra, darslarni tabiiy usulda o'tkazish zarurati tug'iladi. Aynan shu paytda cholg'u
asboblarining yetishmovchiligi muammosi o'zini ko'rsatadi.
Biz ushbu muammoni hal etish maqsadida, uy sharoitida tayyorlash mumkin
bo'lgan shaqildoq-buben cholg'usini yaratish g'oyasini ilgari surdik. Ushbu g'oya
asosida yaroqsiz lampa (chiroq) korpusidan va loviya donalaridan foydalanilgan holda,
bolalar uchun xavfsiz va yoqimli ovozga ega bo'lgan shaqildoq cholg'usi yaratildi.
Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, uy sharoitida tayyorlangan shaqildoq cholg'usi
quyidagi afzalliklarga ega:
• Cholg'u asboblariga bo'lgan ehtiyojni qondiradi;
• O'quvchilarni cholg'u asbobi bilan ta'minlashning eng oson yo'llaridan biri
hisoblanadi;
• Har bir xonadonning ota-onasi va bolaning o'zi tomonidan tayyorlanishi
mumkin;
• Bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi;
• Dars jarayonini qiziqarli va rang-barang qiladi.
Mazkur yaratilgan g‘oyamizni yartishda bizga bir qachncha uy sharoitida kerakli
maxsulotlar mavjud bo‘lib bularni amaliy ko‘rinishini ham sizlar bilan baham ko‘rishni
lozim deb topdik.
2
Ochilova, M. (2018). Musiqa madaniyati darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
157
ISSN:3030-3613
Kerakli jihozlar:
1-Qaychi
2-Lo‘ya
3-Yaroqsiz lampa
4-yaltiroq mato
1-rasm
Ko‘rib turganizdek yasalgan shiqqildoq o‘yinchoq misolidagi musiqiy cholg‘u
juda oson va tez uy sharoitida yasalishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin, bu yasalgan
cholg‘uni o‘quv jarayonida ishlatishni ham joriy etganmiz. Bu ortiqcha shovqfin
solmasligi bilan hamda yoqumli tovush xosil qilishi bilna ham ajralib turdi.
2-rasm
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
158
ISSN:3030-3613
Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitishda cholg'u
asboblarining yetishmovchiligi muammosini hal etishda qo'lbola cholg'ulardan
foydalanish samarali yechim bo'lishi mumkin. Taklif etilgan uy sharoitida
tayyorlanadigan shaqildoq cholg'usi bolalarning musiqiy didini rivojlantirish, ularning
ijodiy qobiliyatini oshirish va dars jarayonini qiziqarli qilish imkonini beradi.Bu o'z-
o'zidan ham cholg'uga bo'lgan bizning ehtiyojimizni qondirsa,ikkinchi tomondan
o'quvchilarni cholg'u asbobi bilan ta'minlashning eng oson yo'llaridan biri hisoblanadi.
Uyda yaroqsiz lampa chirog'ini olib, uy sharoitida 6 yoki 8 dona loviyadan foydalangan
holatda buni yasash har bir xonadonning ota-onasining qo'lidan keladigan va qolaversa
bolaning o'zining ham qo'lidan keladigan ixtirolardan biri deb hisoblanadi va bu bilan
aynan cholg'ularning yetishmovchiligiga o'z sharoitimizdan kelib chiqqan holda har bir
sinfga tavsiya etish bizning oldimizdagi vazifalarimizdan biridir.
Kelgusida ushbu yo'nalishda tadqiqotlar olib borish, qo'lbola cholg'ularning
boshqa turlarini yaratish va ularning ta'lim jarayonidagi o'rnini aniqlash maqsadga
muvofiqdir.
REFERENCES:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi, 2023 yil 28 dekabr.
2.
Ochilova, M. (2018). Musiqa madaniyati darslarida innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanish metodikasi.
3.
Botirova, Xilola Tursunbaevna. "THE PLACE OF MUSIC IN UPBRINGING
OF YOUNG PEOPLE."
Science and Education
1.1 (2020): 512-517.
4.
Tursunbaevna, Botirova Xilola. "The place of music in upbringing of young
people."
Science and Education
1.1 (2020): 512-517.
5.
Tursunbaevna, Botirova Khilola. "PERFORMANCE CULTURE IN
INSTRUMENTAL PERFORMANCE."
Spectrum Journal of Innovation,
Reforms and Development
3 (2022): 163-167.
6.
Karomatov, F.M., Nuriddinov, M.N. (1987). Musiqa lug'ati.
7.
Abdullayev, I. (2006). Bolalar musiqiy ijodiyotini rivojlantirish.