T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
84
ISSN:3030-3613
INKLYUZIV TAʼLIMNING JAMIYATDAGI OʻRNI
Nazarova Nigora Erdoshovna
Roman-german filologiyasi fakulteti
Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi
stajyor-o`qituvchisi
Annotatsiya
: Siz ushbu maqolani oʻqish davomida inklyuziv taʼlim haqida
toʻliq maʼlumot, uning ijobiy va salbiy tomonlari, kelajakda bu oʻqitish metodi
samarali boʻla oladimi va tajribalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv taʼlim, imkoniyati cheklangan, qonunchilik,
Infratuzilma,
Jamiyatimiz faxri boʼlgan yoshlarning qanchalik sogʻlom boʻlishi kelajak uchun
muhim hisoblanadi. Chunki sogʻlom avlod yetuk va barkamol kadr boʻlib yetishadi .
Hozirgi kunda taʼlim sohasiga inklyuziv taʼlim yoʻnalishi kirib keldi . Aslida bu
yoʻnalishning mazmuni qanday?
Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va
individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm
olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir.
Bolalarning qobilyatlaridan va holatidan qat’i nazar ularning barchasiga sifatli
ta’lim taqdim etilishi kerak. Bu ta’limda ko’proq o’qishda, o’rganishda imkoniyati
cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Umuman olganda , inklyuziv ta’lim umumiy
ta’limni rivojlantirish jarayoni bo’lib, u barcha uchun ta’limning mavjudligini nazarda
tutadi, bu alohida ehtiyojli bolalarning ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi.Nima
uchun imkoniyati cheklangan bolalar o’z uylaridan, ota- onalaridan, yaqinlaridan
uzoqda maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda o’qishlari kerak? Ularning ham o’z
uylaridan, ota-onalarining bag’ridan o’z uylariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim
olishga haqlari bor. Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari: Imkoniyati cheklangan
bolalarning sog’lom bolalar qatorida erkin ta’lim olishi va bolalar o’rtasida o’zaro
hurmat va hamjihatlikni shakllantirish va ularni ijtimoiy muhitdan uzilib qolmasligini
ta’minlash.
Inklyuziv ta’limning imkoniyati cheklangan bolalar uchun afzalliklari:
Boshqa bolalar bilan teng ravishda jamiyatga qo’shilish qobiliyati;Sifatli ta’lim
olish hamda kelajakda Universitetlarda o’qish, o’zi xohlagan kasbni tanlash va mana
shu kasb doirasida ishlash, jamiyatning to’laqonli va mustaqil a’zosi bo’lish
imkoniyati; Ikkinchisining ijtimoiy moslashuvini ta'minlash uchun sog'lom bolalar va
maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarni birgalikda o'qitish zarur.Inklyuziv
maktabgacha ta'lim nogironlarga nisbatan bag'rikenglikni tarbiyalashga yordam beradi,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
85
ISSN:3030-3613
chunki go'daklar hali ham boshqalar kabi tug'ilmagan tengdoshlariga nisbatan
dushmanona xurujlarga ega emaslar. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, qo'shma
guruhlarda o'qiyotgan maktabgacha yoshdagi bolalar yanada yaxshi natijalarga
erishmoqdalar. Bu sog'lom bolalarga ham, alohida ehtiyojli bolalarga ham
tegishli.Maktablarda inklyuziv ta'limning afzalliklari yaqqol ko'rinib turgan bo'lsa-da,
kamchiliklari sezilarli va ularni hal etish qiyin. Kerakli jihozlarni sotib olish, o'quv
binolarini qayta qurish, o'qituvchilar va psixologlarni tayyorlash uchun moliyaviy
bazaning etishmasligi bu turdagi ta'limni deyarli imkonsiz qiladi. Biroq, har yili vaziyat
juda tez bo'lmasa ham, yaxshilanmoqda.
Ushbu sohada qiyinchiliklar tomonlari juda koʻp. Jumladan, oʻqituvchi
boʻlishning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Siz bir vaqtning oʻzida pedagog, psixolog va tibbiy
tomonlama ham bilimga ega boʻlishingiz lozim. Chunki bu oddiy taʼlim yoʻnalishi
emas. Bunda pedagogda kuchli sabr va matonat talab qilinadi. Misol keltirib aytishimiz
mumkinki, bolada yuz beradigan har bir holat uchun oʻqituvchi tayyor tura olish kerak.
Bola toʻsatdan asabiy holatga tushib qolishi mumkin. Yoki uni kasalligini yuzaga
chiqishi mumkin. Bu albatta kasallik turiga bogʻliq. Ijobiy tomonlama oʻylab qarasak,
bu soha rivoj topsa yetuk shaxslar yetishib chiqadi. Chunki imkoniyatlari cheklangan
bolalar psixologik tomondan ancha kuchli boʻlishida. Baʼzi sogʻlom insonlarga
nisbatan.
Tanganing ikkinchi tomonini ham oʻylab koʻrsak, bu yoʻnalish hali tajribadagi
jarayon boʻlib, hali toʻlaqonli amalga oshirish kerak deyish qiyin . Chunki bu sohada
amalda bajarib koʻrilmagan. Buning oqibatlari oʻylab chiqilmoqda. Chunki bu taʼlim
yoʻnalishini hali hech bir pedagogda toʻllq maʼlumotlar yoʻq . Yaʼni avval nazariy
bilim keyin esa tajriba oshirib , amaliyotda qoʻllab taʼlim beradigan oʻqituvchilarni
tayyorlash jarayoni boʻlmoqda. Agar bu jarayondan oliy maʼlumotli ustozlar yetishib
chiqsa, bu sohada katta rivojlanish va oʻzgarish boʻlishi kutilmoqda. Aslida bu taʼlim
jarayoni oddiy bilim berishdan ancha farqli va zavqliroq.Chunki u turdagi bolalarga
bilim berish ancha mashaqqat talab etadi. Bu sohada yaxshilanishni boʻlsa, yaqin 10
yillikda ushbu soha uchun qoʻshimcha binolar va ustozlarni tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni kelajakda rivojlantirish uchun quyidagi muhim chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1. Qonunchilik va siyosatni takomillashtirish
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlaydigan qonun va me’yoriy hujjatlarni
yangilash.
Maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ta’minlaydigan strategiyalar ishlab chiqish.
Maktab va oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim bo‘yicha davlat
dasturlarini yaratish.
2. O‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash
Inklyuziv ta’lim metodikalari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
86
ISSN:3030-3613
O‘qituvchilarni nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlash.
Amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish.
3. Infratuzilmani moslashtirish
Maktab va universitetlarni maxsus ehtiyojli talabalar uchun moslashtirish
(panduslar, liftlar, Braille yozuvi bilan jihozlangan o‘quv materiallari).
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, jumladan, maxsus ilovalar va kompyuter
dasturlarini rivojlantirish.
Sinf va auditoriyalarni har bir bola ehtiyojiga mos jihozlash.
4. Ota-onalar va jamiyatni jalb etish
Ota-onalar uchun maxsus treninglar va seminarlar o‘tkazish.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamiyatda targ‘ibot-tashviqot
ishlarini olib borish.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
5. O‘quv dasturlarini moslashtirish
Individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Maxsus ta’lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish imkoniyatini
kengaytirish.
Har bir o‘quvchining ehtiyojiga qarab baholash va qo‘llab-quvvatlash tizimini
joriy qilish.
6. Xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy etish
Rivojlangan mamlakatlarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajribalarini o‘rganish
va moslashtirish.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, grantlar va texnik yordam olish.
Yuqorida berib oʻtilgan maʼlumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki,
ushbu sohada yaxshilanish boʻlsa, imkoniyati cheklangan bolalar yaxshi va yetuk
boʻlib yetishadi va jamiyat uchun foydali ishlarni , loyihalarni amalga oshirishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 https://sdgnuu.uz/?p=6796
2 http://azkurs.org/bolalar-pedagogikasi.html?page=9