Mualliflar

  • Zokirova Sevara Izzatillo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96937

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: harakatlar strategiyasi musiqiy meros estetik dunyoqarash innovatsion metod individual yondashuv.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Yangi  Oʻzbekiston  taraqqiyot  strategiyasi 
doirasida  taʼlim  tizimida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  “Oʻzbekiston–2030” 
strategiyasi  hamda  boshqa  ilmiy  qoʻllanmalar  asosida  musiqa  madaniyati  fanining 
oʻqitilishiga eʼtibor qaratilgan. Maqolada musiqa darslarining nafaqat madaniy-estetik 
tarbiyada,  balki  o‘quvchilarda  ijodiy  tafakkur,  estetik  did  va  emotsional  ongni 
shakllantirishdagi beqiyos oʻrni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, musiqa darslari orqali 
o‘quvchilarni  erkin  fikrlashga,  innovatsion  yondashuvga  va  badiiy-estetik 
qadriyatlarni anglashga yo‘naltiruvchi metod va vositalar haqida so‘z yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

56

ISSN:3030-3613

IJODIY SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA DARSLARINING

ROLI: YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIM STRATEGIYASI ASOSIDA

YONDASHUV

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika

Universiteti 1-kurs magistranti

Zokirova Sevara Izzatillo qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi

doirasida taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Oʻzbekiston–2030”
strategiyasi hamda boshqa ilmiy qoʻllanmalar asosida musiqa madaniyati fanining
oʻqitilishiga eʼtibor qaratilgan. Maqolada musiqa darslarining nafaqat madaniy-estetik
tarbiyada, balki o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, estetik did va emotsional ongni
shakllantirishdagi beqiyos oʻrni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, musiqa darslari orqali
o‘quvchilarni erkin fikrlashga, innovatsion yondashuvga va badiiy-estetik
qadriyatlarni anglashga yo‘naltiruvchi metod va vositalar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

harakatlar strategiyasi, musiqiy meros, estetik dunyoqarash,

innovatsion metod, individual yondashuv.

THE ROLE OF MUSIC LESSONS IN DEVELOPING CREATIVE

POTENTIAL: AN APPROACH BASED ON THE NEW UZBEKISTAN

EDUCATION STRATEGY

Zokirova Sevara Izzatillo qizi

1st-year Master's student at Nizami

Tashkent State Pedagogical University

Abstract:

This article focuses on the teaching of the subject Music Culture

within the framework of educational reforms implemented under the New Uzbekistan
Development Strategy, the “Uzbekistan–2030” Strategy, and other academic sources.
The paper analyzes the invaluable role of music lessons not only in cultural and
aesthetic upbringing, but also in shaping students’ creative thinking, aesthetic taste,
and emotional awareness. It also discusses the methods and tools that guide students
toward independent thinking, innovative approaches, and the understanding of artistic
and aesthetic values through music education.

Keywords:

development strategy, musical heritage, aesthetic worldview,

innovative method, individualized approach.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

57

ISSN:3030-3613

РОЛЬ УРОКОВ МУЗЫКИ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОГО

ПОТЕНЦИАЛА: ПОДХОД НА ОСНОВЕ СТРАТЕГИИ ОБРАЗОВАНИЯ

НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Зокирова Севара Иззатилло кизи

Магистрант 1-го курса Ташкентского

государственного педагогического

университета имени Низами

Аннотация:

В данной статье рассматривается преподавание предмета

Музыкальная культура в контексте реформ в системе образования, реализуемых
в рамках Стратегии развития Нового Узбекистана, стратегии "Узбекистан–2030",
а также на основе других научных источников. Анализируется уникальная роль
уроков музыки не только в культурно-эстетическом воспитании, но и в
формировании у учащихся творческого мышления, эстетического вкуса и
эмоционального сознания. Также рассматриваются методы и средства,
направленные на развитие самостоятельного мышления, инновационного
подхода и понимания художественно-эстетических ценностей через
музыкальное образование.

Ключевые слова:

стратегия развития, музыкальное наследие,

эстетическое мировоззрение, инновационный метод, индивидуальный подход.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarda mustaqil fikrlash, estetik

did, madaniy ong va ijodiy salohiyatni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari bu
yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, musiqa san’ati – bu nafaqat estetik tarbiya
vositasi, balki o‘quvchilarning tasavvuri, tafakkuri, emotsional olami va ijodiy
imkoniyatlarini boyituvchi kuchli pedagogik vositadir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikri mazkur mavzuning

dolzarbligini yana bir bor ta’kidlaydi. “Biz yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs
qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun ularning qalbiga san’at, adabiyot, musiqa
orqali kirishimiz zarur.” (Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyevning 2021-yil 30-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)

Musiqa madaniyati darslari orqali o‘quvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirish

masalasi nafaqat milliy, balki xalqaro ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
kelmoqda. Musiqa inson ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi sifatida nafaqat
shaxsning hissiy va estetik dunyosini boyitadi, balki ijodiy tafakkurni shakllantirish va
rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, musiqiy ta’lim va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

58

ISSN:3030-3613

madaniyatni chuqur o‘rganish va uni ta’lim tizimida samarali qo‘llash dolzarb vazifalar
sirasiga kiradi.

XXI asrda jamiyatning har tomonlama rivojlanishi, axborot texnologiyalarining

keng joriy etilishi, globallashuv jarayonlari inson intellektual salohiyatini yanada
oshirishni talab qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimida ijodiy fikrlaydigan,
mustaqil qaror qabul qila oladigan, estetik dunyoqarashga ega, barkamol shaxsni
shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, musiqa madaniyati
darslarining o‘quvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy poydevorlaridan biri

sifatida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, yosh avlodni intellektual va
ma’naviy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish vazifasi ilgari surilmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan 1.5-g‘oya — “Ma’naviy taraqqiyotni
ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish” — aynan shu
maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Ushbu g‘oya doirasida belgilangan qator maqsadlar, jumladan:

musiqa va san’at ta’limi sifatini oshirish,

ijodiy va iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish,

zamonaviy san’at maktablari faoliyatini rivojlantirish,

milliy madaniyat va merosni targ‘ib etuvchi ta’lim dasturlarini kengaytirish

musiqa madaniyati fanining ta’lim tizimidagi ahamiyatini oshiradi va uning ijodiy

salohiyatni rivojlantirishdagi rolini yanada kuchaytiradi.

Musiqa darslari orqali o‘quvchilarda nafaqat badiiy-estetik dunyoqarash, balki

erkin fikrlash, o‘zini ifodalash, milliy qadriyatlarga hurmat va badiiy ijodga qiziqish
singari sifatlar shakllanadi. Bu esa Yangi O‘zbekistonning zamonaviy, raqobatbardosh
va ma’naviy yetuk avlodini tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Shu
boisdan ham strategiyada san’at va madaniyat sohasiga doir islohotlarning asosiy qismi
ta’lim bilan chambarchas bog‘liq tarzda belgilangan.

O‘quvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirishda musiqa fanining tutgan o‘rni

zamonaviy pedagogik yondashuvlar, fanlararo integratsiya va innovatsion metodlar
bilan uyg‘unlashgan holda ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu jarayon ta’limdagi sifat va
samaradorlikni oshirib, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilanganidek, ta’lim

dasturlarida milliy musiqiy meros, xalq ijodi, qadimiy maqom san’ati va zamonaviy
musiqiy yo‘nalishlarning uyg‘un tarzda talqin qilinishi yoshlarning estetik didini
o‘stirishda muhim vosita hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

59

ISSN:3030-3613

Shu ma’noda, maktab o‘quvchilari uchun musiqa darslari nafaqat bilim beruvchi,

balki tarbiyaviy, ijtimoiy-psixologik va ruhiy rivojlanishni ta’minlovchi vosita sifatida
qaralmoqda. Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “San’at va madaniyat – bu
millat qalbi, yoshlar tarbiyasining kalitidir.” Ushbu tamoyil asosida musiqa fanining
o‘qitilishi jamiyat taraqqiyoti, yoshlar ma’naviyati va ijodkorlik salohiyatini oshirishga
bevosita xizmat qiladi.

Mazkur strategiyada san’at orqali yoshlarning estetik didini shakllantirish, ularni

vatanparvarlik, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, eng muhimi — ijodiy salohiyatini
to‘laqonli ochib berish muhim vazifalar sifatida belgilanganligiga isbotni M.Q.
Yo‘ldoshevning asaridagi quyidagi fikrlarda ham ko‘rishimiz mumkin:

“Har qanday fanni, xususan san’at va musiqa yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarni

interfaol va zamonaviy texnologiyalar asosida olib borish nafaqat bilim, balki
o‘quvchining ongli tafakkuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.”

Shundan kelib chiqib, musiqa darslarida faqat nazariy bilim berish emas, balki

talabalarning mustaqil ijod qilish, o‘z g‘oya va hissiyotlarini musiqiy obrazlar orqali
ifodalashga yo‘naltirilgan metodlar qo‘llanishi lozim. Bunday yondashuv
o‘quvchilarni passiv bilim oluvchidan faol ijodkor shaxsga aylantirish imkonini beradi.

Shuningdek, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida nazarda tutilganidek, har bir

o‘quvchi individual yondashuv asosida o‘zining iqtidorini ochish huquqiga ega. Bu
borada musiqa darslari bolalarning emotsional holatini ifoda etishga, hissiy dunyosini
boyitishga va shaxsiy qiziqishlarini rivojlantirishga eng qulay maydon bo‘lib xizmat
qiladi.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ijodiy salohiyatning shakllanishida san’at,

xususan musiqa ta’limining o‘rni beqiyosdir. Musiqa darsi — bu nafaqat estetik tarbiya
vositasi, balki bolaning emotsional, intellektual va ijtimoiy jihatdan har tomonlama
rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Mazkur yo‘nalishda amalga
oshirilayotgan islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor
maqsadlari bilan bevosita bog‘liqdir.

Taniqli pedagog va musiqashunos olima G.A. Serova o‘zining “Musiqiy ta’lim

orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish” (Toshkent, 2018) nomli ilmiy-metodik
qo‘llanmasida shunday deydi:

“Har bir bola musiqaga nisbatan tug‘ma qiziqishga ega bo‘lib tug‘iladi.

Pedagogning vazifasi esa – bu qiziqishni ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali ijodiy
ifoda darajasiga olib chiqishdir.”


Ushbu fikrlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 1.5-maqsadi — Ma’naviy

taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish —
yo‘nalishida ilgari surilgan vazifalar bilan uyg‘unlikda ko‘rishimiz mumkin. Xususan,
yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu bandda yoshlarning estetik didi, milliy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

60

ISSN:3030-3613

qadriyatlarga hurmati va ijodiy tafakkurini rivojlantirish madaniyat va san’at orqali
amalga oshirilishi kerakligi ko‘zda tutilgan.

Shu sababli, musiqa darslarida o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish, ularning

musiqiy didini va ifoda imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o‘z g‘oyasini musiqa orqali
erkin ifodalashga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda improvizatsiya,
milliy musiqa namunalarini zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirish, boshqa fanlar bilan
integratsiyalashgan yondashuvlar orqali ijodiy tafakkurni shakllantirish samarali vosita
bo‘lib xizmat qiladi.

G.A. Serovaning ta’kidicha, ijodiy salohiyatni ochishda musiqa o‘qituvchilari

an’anaviy metodlar bilan cheklanmasligi, balki zamonaviy texnologiyalar, interfaol
metodlar, vizual va audiovizual vositalardan keng foydalanishi lozim. Bu esa
o‘quvchini nafaqat tinglovchi, balki faol ijodkor sifatida o‘qitish imkonini beradi.


Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim

tizimini isloh qilish, ayniqsa, ijodkor, erkin fikrlovchi va milliy qadriyatlarga sodiq
avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, musiqa
ta’limining bugungi kundagi roli yanada ortib bormoqda. Musiqa fanining o‘quv
jarayonidagi o‘rni faqat estetik tarbiya vositasi sifatida emas, balki o‘quvchilarning
ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi muhim pedagogik vosita sifatida ko‘rilmoqda.
Ya’ni musiqa darslarini faqatgina “fan” sifatida emas, balki shaxsiy kamolot va ijodiy
salohiyatni rivojlantiruvchi kuchli vosita sifatida ko‘rish lozim. Bu borada ta’lim
siyosatidagi islohotlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ilmiy-metodik manbalar
uyg‘unligida amalga oshiriladigan harakatlargina kutilgan natijalarga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021-yil 30-
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan

2.

lex.uz sayti, PF-158-son farmoni

3.

M.Q. Yo‘ldoshev. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. Toshkent, 2021.

4.

G.A. Serova. “Musiqiy ta’lim orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish”. Toshkent,
2018.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021-yil 30-

dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan

lex.uz sayti, PF-158-son farmoni

M.Q. Yo‘ldoshev. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. Toshkent, 2021.

G.A. Serova. “Musiqiy ta’lim orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish”. Toshkent,