Mualliflar

  • Sobirova Ruxshona Otabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96939

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Miranda qoidasi konstitutsiyaviy huquq shaxs erkinligi tergov jarayoni xalqaro tajriba huquqiy kafolatlar.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
  Mazkur maqolada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
“Miranda qoidasi” institutining mustahkamlanishi, uning mazmun-mohiyati, xalqaro 
huquqiy standartlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, mazkur institutning fuqarolarning 
shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli yoritilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

44

ISSN:3030-3613

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYADA “MIRANDA QOIDASI”

INSTITUTINING MUSTAHKAMLANISHI

Sobirova Ruxshona Otabek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Xususiy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

“Miranda qoidasi” institutining mustahkamlanishi, uning mazmun-mohiyati, xalqaro
huquqiy standartlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, mazkur institutning fuqarolarning
shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Miranda qoidasi, konstitutsiyaviy huquq, shaxs erkinligi, tergov

jarayoni, xalqaro tajriba, huquqiy kafolatlar.

THE ENSHRINEMENT OF THE "MIRANDA RULE" IN THE NEWLY

REVISED CONSTITUTION

Annotation

This article explores the incorporation of the "Miranda rule" into the newly

revised Constitution of the Republic of Uzbekistan, its essence, compatibility with
international legal standards, and the role this institution plays in ensuring citizens'
personal rights and freedoms.

Keywords:

Miranda rule, constitutional law, personal freedom, investigation

process, international practice, legal safeguards.

ЗАКРЕПЛЕНИЕ ИНСТИТУТА «ПРАВИЛА МИРАНДЫ» В НОВОЙ

РЕДАКЦИИ КОНСТИТУЦИИ

Аннотация

В данной статье рассматривается закрепление института «правила

Миранды» в новой редакции Конституции Республики Узбекистан, его суть,
соответствие международным правовым стандартам, а также роль данного
института в обеспечении личных прав и свобод граждан.

Ключевые слова:

правило Миранды, конституционное право, личная

свобода, следственный процесс, международная практика, правовые гарантии.

Kirish

. Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik

davlatning eng muhim mezonlaridan biridir. Har qanday jamiyatda shaxsning sha’ni,
qadr-qimmati, erkinligi va huquqlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

45

ISSN:3030-3613

Ayniqsa, jinoyat-protsessual faoliyatda inson huquqlarini himoya qilish alohida
ahamiyatga ega, chunki bu jarayonlarda shaxsning erkinligiga, daxlsizligiga va
qonuniy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilinadi. Shu sababli
ham davlat tomonidan mazkur jarayonlarda fuqarolarga yetarli darajada huquqiy
kafolatlar berilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining konstitutsiyaviy
taraqqiyot yo‘lida inson huquqlarini ta’minlash borasida bir qator muhim islohotlarni
amalga oshirib kelmoqda. Xususan, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilinib, unda inson huquq va erkinliklarini
yanada kengroq mustahkamlashga qaratilgan muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu
o‘zgarishlar davlat va jamiyat hayotida fuqarolarning huquqiy maqomini oshirish, sud-
huquq tizimini demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim
qadam bo‘ldi. Shu jihatdan olib qaralganda, yangi Konstitutsiyada “Miranda qoidasi”
deb ataluvchi prinsipning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani alohida
e’tiborga molik. Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu o‘zgartirishlar fuqarolarning huquq
va erkinliklarini real hayotda amalga oshirish, davlatning huquqiy va demokratik
xarakterini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. “Miranda qoidasi”ning
konstitutsiyaviy darajada tan olinishi — jinoyat-protsessual tizimning insonparvarlik
tamoyillariga moslashuvi va xalqaro standartlarga yaqinlashuvining yorqin dalilidir.

Miranda qoidasi mohiyati va kelib chiqishi.

Miranda qoidasi tarixi Ernest

Arturo Miranda ismli AQSH fuqarosining nomi bilan bog’liq hisoblanadi. Miranda
1941-yil 9-martda Arizona shtatining Mesa shahrida tug‘ilgan ispaniyalik retsidivist.
O‘z vaqtida uni ota-onasi va o‘qituvchilari "tarbiyasi qiyin bola" deb ta’riflagan.
Sakkizinchi sinfda u kichik jinoyat sodir etgan va to‘qqizinchi sinfda o‘g‘irlik uchun
hibsga olingan va bir yil davomida Arizona shtatidagi O‘g‘il bolalar sanoat maktabiga
joylashtirilgan. Ozodlikka chiqqanidan keyin u bir oy o‘tib yana yangi jinoyatga qo‘l
urgan. Mana shunday hayot tarziga ega bo‘lgan Miranda 1966-yili jinoyat sodir
etganlikda gumon qilinib, hibsga olingan va so‘roq qilinishdan oldin uning gumondor
sifatidagi huquqlari o‘qib eshittirilmagan. Miranda o‘z huquqlarini bilmagan holda
so‘roq jarayonida qo‘yilayotgan ayblovlarga iqrorlik ko‘rsatmasini bergan va sudda
ushbu ko‘rsatmadan isbot sifatida foydalanilgan. Buni noqonuniy ekani uni himoya
qilayotgan Alvin Mur ismli 73 yoshli advokat tomonidan aniqlanib, sud jarayonida u
himoyasidagi shaxsning huquqlari tushuntirilmagani, shuning uchun ham aybiga
iqrorlik ko‘rsatmasi hamda qonunbuzarliklar bilan olingan boshqa dalillar sud ishdan
olib tashlanishi kerakligini ta’kidlagan. Garchi birinchi instansiya sudi advokat
Murning dalillariga ishonmagan bo‘lsada, keyinchalik 1966 yil 13 iyunda AQSh Oliy
sudi Mirandaning huquqlari buzilgan, deb topgan va undan iqrorlikni olib tashlagan
holda ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Shundan so‘ng Amerika politsiyasida
so‘roqdan oldin hibsga olinganlarning huquqlarini o‘qishi to‘g‘risida majburiy tartib
joriy qilinib, mazkur qoida “Miranda qoidasi” sifatida atala boshlangan.[1] Demak,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

46

ISSN:3030-3613

“Miranda qoidasi”ga ko’ra shaxs ushlangan yoki hibsga olingan vaqtda unga quyidagi
huquqlar majburiy tarzda tushuntirilishi kerak:

• sukut saqlash huquqi;
• o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqi;
• advokat yordamidan foydalanish huquqi (hatto agar moliyaviy imkoniyati

bo‘lmasa ham).

Mazkur qoidaning asosiy maqsadi – tergov organlarining zo‘ravonligi va

psixologik bosimini oldini olish, shaxsning o‘z huquqlarini to‘liq anglagan holda
qarorlar qabul qilishiga imkon yaratishdir.

Yangi Konstitutsiyada “Miranda qoidasi” institutining ifodalanishi

. 2023-

yil 30-aprelda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining yangi tahriri inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida
muhim

yutuqlardan

biridir.

Ayniqsa,

Konstitutsiyaning

28-moddasida

mustahkamlangan norma insonning jinoyat-protsessual jarayondagi asosiy huquqlarini
kafolatlashda tarixiy ahamiyatga ega. Ushbu modda quyidagicha ifodalangan: “Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va
istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. Hech kim o‘ziga va
yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Agar shaxsning o‘z
aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga
tortilishi mumkin emas. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy
muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati
hurmat qilinishi huquqiga ega. Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan
huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi
mumkin emas.” [2]

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan norma AQSHda paydo bo’lib

rivojlangan “Miranda qoidasi” elementlarning asosiylarini o‘z ichiga oladi. Avvalo,
ushlangan yoki hibsga olingan shaxsga uning huquqlari, shu jumladan sukut saqlash
va advokat yordami olish huquqlari darhol tushuntirilishi lozimligi qat’iy
konstitutsiyaviy talab sifatida ilgari surilmoqda. Bu esa shaxsni protsessual jihatdan
himoya qilish, uni noqonuniy bosim va majburiy guvohlik berishga undash
holatlaridan asrashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Konstitutsiyada o‘ziga va yaqin
qarindoshlariga

qarshi guvohlik

berishga

majbur qilinmaslik huquqining

mustahkamlanishi demokratik jamiyat uchun juda muhim tamoyildir. Bu prinsip
insonning o‘zini oqlash huquqi va aybsizlik prezumpsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
uni e’tiborsiz qoldirish hech qachon mumkin emas. Yangi tahrirdagi asosiy
hujjatimizda “Miranda qoidasi” muhrlanishi inson huquqlari himoyasi kafolatini
kuchaytiradi, ushlangan shaxsga nisbatan hali aybi isbotlanmasdan “jinoyatchi”,
“huquqbuzar” sifatida emas, balki jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatidagi qadrini
mustahkamlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.[3]


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

47

ISSN:3030-3613

Avvalgi tahrirdagi Konstitutsiyada bu kabi aniq va ravshan normalar

bo‘lmaganini inobatga olsak, yangi Konstitutsiyada ushbu huquqlarning ifodalanishi
inson huquqlari sohasidagi muhim yutuqdir. Endilikda bu talablar nafaqat Jinoyat-
protsessual kodeksida, balki eng oliy huquqiy hujjat — Konstitutsiya darajasida
kafolatlangan bo‘lib, amaldagi qonunchilikka bevosita ta’sir etuvchi va uni
yo‘naltiruvchi kuchga ega. Shuningdek, bu o‘zgarishlar xalqaro standartlarga, xususan
BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktiga, Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasiga va Yevropa inson huquqlari konvensiyasiga ham
hamohang hisoblanadi. Konstitutsiyaning 28-moddasida “Miranda qoidasi”
prinsiplarining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilishi O‘zbekistonda
inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, jinoyat-
protsessual islohotlarning yanada chuqurlashishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga,
inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi konstitutsiyaviy normalarni to‘liq va
atroflicha o‘rganish, ongu shuurga singdirib olish — fuqarolarda huquqiy
immunitetning mustahkamlanishiga poydevor bo‘ladi. Huquq-tartibot idoralari
xodimlarining ham gumondorlarni qonunga muvofiq so‘roq qilish va ularning
huquqlarini protsessual tartibda to‘liq ta’minlashga qaratilgan mas’uliyatini oshiradi.
Ayniqsa, noqonuniy yoki zo‘ravon so‘roq usullaridan foydalanishning oldini oladi va
adolatli sudlovlarni rag‘batlantiradi.

Xalqaro tajriba va qiyosiy tahlil:

Bugungi kunda “Miranda qoidasi” inson

huquqlariga oid xalqaro hujjatlar hamda ko'plab davlatlar konstitutsiyasi va
qonunlariga umume’tirof etilgan norma sifatida kirib kelgan. Masalan, Fransiya
qonunchiligiga ko’ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hibsga olinib,
so’roq qilinayotgan shaxsga hibsga olishning maksimal muddati, qarindoshlari yoki
ish beruvchini hibsga olingani haqida xabardor qilish huquqi haqida ma’lumot berilishi
zarur.

Avstraliyada “Miranda qoidasi” mahalliy tilda “Jim turish huquqi” deb ham

ataladi. Unga ko’ra, gumonlanuvchiga so’roqdan avval “Agar xohlamasangiz, biror
harakat qilishingiz yoki aytishingiz shart emas. Har qanday so’zlaringiz yoki
harakatlaringiz dalil sifatida ishlatilishi mumkin” deya ma’lumot beriladi va “Hamma
narsani tushundingizmi” deb so’raladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, odatda,
ayblanuvchilarning atigi 4-9 foizi sukut saqlash huquqidan foydalanadi.[4]

Yevropa Inson huquqlari konvensiyasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘ziga qarshi

guvohlik bermaslik va himoyadan foydalanish huquqlari kafolatlanadi.[5] Misol
uchun, Germaniyada tergov jarayonida shaxsga huquqlari aniq shaklda tushuntiriladi,
aks holda tergov natijalari haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasida agar shaxs gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan

bo‘lsa, u bu haqda yozma ravishda xabardor qilinishi va xabarnomada ushbu shaxs
gumon qilinayotgan aniq jinoyatning tavsifi bo‘lishi hamda xabarnoma


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

48

ISSN:3030-3613

topshirayotganda tergovchi gumon qilinuvchiga uning ushbu moddada ko‘rsatilgan
huquqlarini tushuntirishi shart. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining
46-moddasiga ko‘ra gumonlanuvchida advokatga bo‘lgan huquqni va guvohlik
berishni rad yetish huquqi mavjud. Mazkur huquqiy me’yorlarni ma’lum darajada
«Miranda qoidasi»ning muqobili, deb hisoblash mumkin bo‘lsada amalda,
gumonlanuvchiga huquqlari bo‘yicha tushuncha berish so‘roq bayonnomasini
imzolash vaqtiga to‘g‘ri keladi.[6]

Demak, xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, “Miranda qoidasi”ning

konstitutsiyamizga kiritilishi kabi bunday kafolatlar sud-tergov jarayonlarida huquqni
muhofaza qiluvchi organlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turishga, ular tomonidan
fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarining oʻzboshimchalik bilan
buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka, shaxsning yashash joyiga asossiz kirish, uy-joy
daxlsizligini buzish, fuqarolarni mulkidan asossiz mahrum etilishi holatlarini bartaraf
etishga xizmat qiladi.Eng muhimi, bu konstitutsiyaviy yangilanishlar orqali tergovga
qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida shaxs huquqlariga oid
tergov xatolariga yoʻl qoʻyilmasligi hamda fuqarolarimizning sudlarga boʻlgan qatʼiy
ishonchini oshirishga erishiladi.[7] Bosh qonunimizga kiritilayotgan yangi kafolatlar
butun jahon eʼtirof etgan “oltin qoidalar” boʻlib, ularning konstitutsiyaviy darajada
mustahkamlanishi fuqarolarimizning huquq va erkinliklari himoya qilinishining yangi
va ishonchli mexanizmini ishga soladi. Shuningdek, bu progressiv qoidalar yangi
tahrirdagi Konstitutsiyamizda qatʼiylashtirilishi fuqarolarimizni asossiz va qonunga
xilof jinoiy taʼqibdan himoya qiladi, tergov organlari tomonidan jinoyatda
ayblanayotgan shaxslar huquqlari buzilishining oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich. “Miranda qoidasi” tarixi, mazmuni va
uni konstitutsiyamizga kiritilish zarurati.

https://uza.uz/uz/posts/miranda-qoidasi-tarixi-mazmuni-va-uni-konstituciyamizga-
kiritilish-zarurati_430614

2.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

3.

Xusanova Muxtabar Akbarovna. Miranda qoidasi inson huquq va manfaatlarining
ishonchli himoyasi.

https://parliament.gov.uz/articles/1675

4.

J.Hafizullayev. Miranda qoidasi: tarixi, uning asosiy maqsadi, muammo va
kamchiliklari.

https://cyberleninka.ru/article/n/miranda-qoidasi-tarixi-uning-asosiy-maqsadi-va-
muammo-va-kamchiliklar/viewer

5.

Yevropa Inson huquqlari Konvensiyasi, 1950.

6.

Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich. “Miranda qoidasi” tarixi, mazmuni va
uni konstitutsiyamizga kiritilish zarurati.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

49

ISSN:3030-3613

https://uza.uz/uz/posts/miranda-qoidasi-tarixi-mazmuni-va-uni-konstituciyamizga-
kiritilish-zarurati_430614

7.

Surayyo Rahmonova. “Miranda qoidasi” va “Xabeas Korpus” instituti –
huquqlarimizning muhim konstitutsiyaviy kafolati.

https://yuz.uz/uz/news/miranda-qoidasi-va-xabeas-korpus-instituti-
huquqlarimizning-muhim-konstitutsiyaviy-kafolati

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich. “Miranda qoidasi” tarixi, mazmuni va

uni konstitutsiyamizga kiritilish zarurati.

kiritilish-zarurati_430614

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Xusanova Muxtabar Akbarovna. Miranda qoidasi inson huquq va manfaatlarining

J.Hafizullayev. Miranda qoidasi: tarixi, uning asosiy maqsadi, muammo va

kamchiliklari.

muammo-va-kamchiliklar/viewer

Yevropa Inson huquqlari Konvensiyasi, 1950.

Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich. “Miranda qoidasi” tarixi, mazmuni va

uni konstitutsiyamizga kiritilish zarurati.

kiritilish-zarurati_430614

Surayyo Rahmonova. “Miranda qoidasi” va “Xabeas Korpus” instituti –

huquqlarimizning muhim konstitutsiyaviy kafolati.

huquqlarimizning-muhim-konstitutsiyaviy-kafolati