T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
38
ISSN:3030-3613
O`ZBEKISTON-FRANSIYA: TARIXAN TARKIB TOPGAN ALOQALAR
Qudratov Shuxrat Yodgorivich
- BuxD
Arxeologiya va Buxoro tarixi
kafedrasi dotsenti, t.f.f.d(PhD)
Ravshanova Ruxshona O`tkir qizi
Tarix va yuridik fakulteti
4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola O`zbekiston va Fransiya davlatlarining tarixan
tarkib topgan aloqalari,diplomatik hamkorligi, savdo-iqtisodiy masalalardagi
munosabatlari hamda madaniy sohadagi o`zaro aloqalariga va uning mazmuniga
bag`ishlanadi.
Аннотация:
Статья посвящена историческим взаимоотношениям
Узбекистана и Франции, их дипломатическому сотрудничеству, торгово-
экономическим отношениям, культурно-гуманитарным связям.
Abstract:
This article is devoted to the historical relations between Uzbekistan
and France, their diplomatic cooperation, trade and economic relations, and cultural
relations, and their content.
Kalit so`zlar:
“Kredi Kommersial de Frans” , “Sosiyete Jeneral”, ”Ron pulek”,
”Elf akiten”, “Odson”, “Syukden kerri” , TASIS, ”Bung”, Ryuyel-Malmezon, “Ipak
yo`li”.
Основные слова и понятия:
Креди Коммерсиал
де Франс, Сосиете
Женерал, “Рон Пулэк”,” Элф Акитен”,”Одсон”, “Сюкден керри”,ТАСИС,
“Бунг”,Рюел Малмезон, “Шелковый путь”.
Basic words and concepts:
Kredi Kommersial de Frans” , “Sosiyete Jeneral”,
”Ron pulek”, ”Elf akiten”, “Odson”, “Syukden kerri” , TASIS, ”Bung”, Ryuyel-
Malmezon,”Silk Road”.
Kirish.
O`zbekiston jahon siyosiy xaritasida, Osiyo qit`asining markazida yangi
mustaqil davlat sifatida tobora ko`proq tilga tushmoqda. O`zbekistonda yuz
berayotgan o`zgarishlar, uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-
texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob milliy-madaniy me`rosi xalqimiz tarixi
va hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi
siyosatchilar ,oddiy odamlarni o`lkamizga tobora ko`proq jalb etmoqda. O`zgarib
borayotgan
jug`rofiy-siyosiy
strukturada
O`zbekistonning
roli
ortib
bormoqda.O`zbekistonning tinchlik o`rnatishga qaratilgan izchil siyosati natijasida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
39
ISSN:3030-3613
uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi osoyishtalik va barqarorlikning kafili sifatidagi
mavqei mustahkamlanib bormoqda
1
.
O`zimiz tanlagan yo`lning eng avvalidayoq AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya kabi iqtisodiy jihatdan rivoj topgan mamlakatlar tajribasiga murojaat
etganmiz, boshqa davlatlar tajribasini ham o`zlashtirganimiz bejiz emas. Xorijiy
mamlakatlarda davlatchilik, siyosat va iqtisodiyot sohalarida ro`y berayotgan yangi
ijobiy o`zgarishlarni qunt bilan o`rganish va bundan o`zimizga kerakli xulosalarni
chiqarish lozim
2
.
Shunday ekan, dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Fransiya bilan
O`zbekiston o`rtasida olib borilayotgan munosabatlarni yuqoridagi fikrlar tasdig`i
sifatida ta`kidlash muhimdir. Fransiya Respublikasi O`zbekiston mustaqilligini
1992-yil 3-yanvarda tan olgan,1992-yilning fevral oyida esa ikki mamlakat o`rtasida
diplomatik munosabatlar o`rnatildi.1995-yildan Parijda O`zbekiston Respublikasi
elchixonasi faoliyat olib borib kelmoqda.Fransiya O`zbekistonni Markaziy Osiyoda
xavfsizlikni ta`minlash borasida yetakchi davlat deb hisoblaydi.
Ikkala mamlakat o`rtasidagi hamkorlikning rivojini barcha sohalarda ko`rish
mumkin. O`zbekiston ham Fransiyaning dunyodagi mavqeini e`tirof etgani sir emas.
O`zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini O`zbekiston Respublikasi bilan
Fransiya Respublikasi o`rtasida 1993-yil 4-noyabrda imzolangan “ Do`stlik va
hamkorlik to`g`risida”gi shartnomada ham ko`rish mumkin.Unga ko`ra:
1.Tomonlar muntazam ravishda o`z harbiy konsepsiyalari bo`yicha fikr
almashib turadilar;
2.Ikkala tomon ham ijtimoiy, iqtisodiy sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlikni
rivojlantiradilar.
3.Har bir tomon o`z xalqlarini boshqa tomonning ilmiy-texnikaviy,madaniy
yutuqlari bilan tanishtirishga harakat qiladi.
4.Tomonlar o`z fuqarolarining ikki davlat o`rtasida borish kelishlarini
yaxshilash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib beradilar
3
.
Amir Temur hazratlari 660 yillik yubileyining 1996-yil 21-24-aprel kunlari
Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari bo`lgan Parij shahrida YUNESKO
tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda O`zbekiston respublikasi birinchi
Prezidenti Islom Karimovning ishtirok etishi va nutq so`zlashi ulkan voqeaga aylandi.
YUNESKO qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab
yashnashi”‘ mavzuida xalqaro konferensiya va ko`rgazma uyushtirildi. O`zbek
san`at ustalari Parijdagi ‘ Odson‘ teatrida konsert dasturlarini namoyish etishdi.
YUNESKO bosh direktori Federiko Mayor mazkur
1
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.”O`zbekiston”,1996.-B,175.
2
Karimov I.A.Bunyodkorlik yo`lida.-T.:”O`zbekiston”,1996.-B,40.
3
Tyurikov.V,Shog`ulomov.R.Istiqlol yilnomasi.-T.:”O`qituvchi”,2-kitob.2001.-B,525.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
40
ISSN:3030-3613
tashkilot kengashining 149-sessiyasida O`zbekiston Prezidentiga so`z bera turib,
o`zbek xalqi, uning ko`p ming yillik madaniyatini astoydil yaxshi ko`rib
qolganini,shunday mashaqqatli o`tish davrida mamlakatni boshqarayotgan inson
irodasiga qoyil qolmay iloji yo`qligini alohida ta`kidlagan edi. Markaziy Osiyo xalqlari
madaniyatini qayta tiklashdagi xizmatlari uchun F.Mayorga “Do`stlik”‘ ordeni
topshirildi
4
.
Bunday yuksak ehtirom har ikki mamlakat uchun samarali hamkorlikning bir
ko`rinishi sifatida e`tirof etildi. Fikrimiz tasdig`ini yana Fransiyaning qadimiy
shaharlaridan biri Klermon-Ferrandada 1996-yil 13-iyulda “Ipak yo`li”‘ nomli
ko`rgazmaning ochilishida ko`rish mumkin.Ko`rgazmada xorijlik sayyohlar e`tiborini
jalb etib kelayotgan Samarqanddagi Go`ri Amir maqbarasi,Buxorodagi Labi hovuz
ansambli, Xivadagi madrasalar haqida hikoya qiluvchi suratlar namoyish etildi
5
.
Ikkala mamlakat o`rtasida madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik to`g`risidagi
hukumatlararo bitimning imzolanishi bu boradagi azaliy aloqalarning yanada
kuchayishiga imkon yaratdi. Fransiya rahbariyati O`zbekiston hukumatining bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik va huquqiy davlat qurishdan iborat yo`lini
ma`qul topdi. O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri bilan Fransiyaning
”Ron pulek” kimyo firmasi o`rtasida, respublika Aloqa vazirligi bilan Fransiyaning
Pochta va telekommunikatsiya vazirligi o`rtasida amaliy hamkorlik yo`lga qo`yildi.
“O`zbekneftgaz” korporatsiyasi ”Elf akiten” firmasi bilan birgalikda Buxoroda
neftni qayta ishlovchi zavod qurishga kelishib olindi. “ O`zoziqovqatsanoat” davlat
asionerlik konserni “Syukden kerri” firmasi bilan Toshkent va Samarqand viloyatlarida
qandlavlagi yetishtirish hamda shakar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha
ham dastlabki qadamlarni amalga oshirdi
6
.
TASIS dasturi doirasida Fransiya O`zbekistonga makroiqtisodiyot, moliya,
kichik va o`rta biznesni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlashda
ko`maklashmoqda.Fransiyaning davlat ma`muriyati xalqaro instituti O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilish akademiyasi bilan
hamkorlik qilmoqda. Toshkent Davlat Texnika universiteti va Per va Mariya Kyuri
nomidagi Parij universitetlari o`rtasidagi hamkorlik to`g`risidagi tuzilgan
shartnomaga asosan kosmosdan olingan agrosuratlarni o`rganish ilmiy markazi
tashkil etilgan. Ikki mamlakat olimlari quyosh energiyasidan foydalanish (Toshkent
viloyatidagi ‘ Solnechniy‘ qurilmasi negizida), Infesion kasalliklarning oldini olish
va ularga qarshi kurashish, ayrim qishloq xo`jalik ekinlarini rayonlashtirish sohasida
samarali hamkorlik yo`lga qo`yilgan
7
.
4
Mustaqil O`zbekiston tarixi.3-tom.-T.:” Sharq”,2000.-B,396-400.
5
Tyurikov.V,Shog`ulomov.R.Istiqlol yilnomasi.-T.:”O`qituvchi”,2-kitob.2001.-B,540.
6
Dilshod Karim.O`zbekiston-Fransiya :hamkorlik rivoji//Xalq so`zi,1994-yil 22-aprel.
7
Hamedov.I,Alimov.A,O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari.-T.2001.-B,136-140.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
41
ISSN:3030-3613
1999-yil 1-iyulidan kuchga kirgan O`zbekiston Respublikasi va Fransiya
Respublikasi o`rtasida sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi bitimga binoan ikki
mamlakat o`rtasida eng qulay muhit o`rnatildi.O`zbekiston Respublikasi
hukumatining xorijiy investisiyalarni jalb etishga qaratilgan sa`y-harakati bilan
Fransiya mamlakatimizning neft-gaz sohasiga kirishga muvaffaq bo`ldi.
2000-yil 11-14-aprel kunlari Fransiya senatining Tashqi Ishlar,Mudofaa va
Qurolli kuchlar bo`yicha komissiyasi raisi rahbarligidagi Fransiya delegatsiyasi
O`zbekistonga tashrif buyurdi. Fransiya bosh vaziri Lionel Jospen Fransiya va
O`zbekiston davlatlari rahbarlarining siyosiy idorasi ikki mamlakat o`rtasidagi
hamkorlikning mustahkamlanishida alohida o`rin tutishini qayd etib o`tdi.
Mamlakatdagi qulay investitsion muhitning mavjud ekaniga dalil sifatida tashrif
doirasida O`zbekistonliklarga ma`lum bo`lgan ”Bung” va “O`zbekturizm” milliy
kompaniyasi o`rtasida qo`shma korxona tuzish,shuningdek Toshkent shahri,Xorazm
viloyati hokimiyatlari o`rtasida Xiva shahrida sayyohlik mehmonxonalarini bunyod
etish bo`yicha bitimlar imzolanganligini ko`rsatish mumkin.Shunisi e`tiborga
sazovorki,
Fransiya
kompaniyasi
Toshkent
shahrida
o`ta
zamonaviy
“Sheraton”mehmonxonasini qurgan edi. Bundan buyon ham kompaniya O`zbekiston
iqtisodiyotiga mablag kiritishini bildirdi. Ikkala davlat vakillari o`rtasida bo`lib o`tgan
majlisda iqtisodiyotning turli sohalari bo`yicha birgalikda loyihalar tuzish ta`kidlandi
8
.
Ikki mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik bilan bir qatorda,
harbiy-texnikaviy soha, parlamentlararo aloqalar bobida yaxshi munosabat o`rnatgan.
Fransiya O`zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi savdo-iqtisodiy sheriklari orasida
yetakchi o`rinda turadi. Shu kungacha mamlakatlarimiz o`rtasida turli sohalarga oid
yigirmaga yaqin hujjat qabul qilingan. Hozir yana o`nga yaqini tayyorlanmoqda.
Samarqand bilan Lion hamda Buxoro bilan Ryuyel-Malmezon shaharlari o`rtasidagi
sheriklik aloqalari izchil rivojlanyapti. Uchrashuvda Reno Myuzele mamlakatimiz
rahbariga Fransiya Prezidenti Jak Shirakning maktubini topshirdi
9
.
Fransiya Prezidenti Jak Shirakning diplomatik munosabatlar
o`rnatilganligining o`n yilligi munosabati bilan Prezident Islom Karimovga
yo`llagan maktubida shunday deb yozadi: ‘ Fransiyaliklar O`zbekiston haqida borgan
sari ko`proq ma`lumotga ega bo`lmoqda.Uning qadimiy madaniyati an`ana va
afzalliklari nafaqat davlat idoralari, balki xususiy kompaniyalarda kata qiziqish
uyg`otmoqda. Fransiya bundan buyon ham har tomonlama muloqotni chuqurlashtirish
va barcha sohalarga O`zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini
kengaytirishga intiladi
10
.‘
8
Tyurikov.V,Shog`ulomov.R.Istiqlol yilnomasi.-T.:”O`qituvchi”,2-kitob.2001.-B,556.
9
To`rayev.A.Oqsaroyda qabul. //Xalq so`zi,2002-yil.7-noyabr.
10
O`zbekiston va jahon hamjamiyati.-T.:”G`afur G`ulom”nashriyoti.2008.-B,243.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
42
ISSN:3030-3613
Ikki mamlakat hamkorliklari har tomonlama tenglik asosida
amalgaoshirilmoqda.O`zbekiston va Fransiya o`rtasida o‘ zaro tovar aylanmasi 2003-
yilda 72,3 mln AQSH dollari, shundan eksport 24mln, import 48,3mln dollarni tashkil
etadi. 2003-yilda O’zbekistonda Fransiyaning 14 kompaniyasi va 2 ta banki (‘ Kredi
Kommersial de Frans‘ va ‘ Sosiyete Jeneral‘ ) ish olib bordi.
Hozirgi vaqtda O`zbekiston-Fransiya munosabatlarining shartnomaviy-
huquqiy asosini turli sohalarni qamrab olgan 20 dan ortiq hujjat tashkil
etadi.Toshkent Texnika universiteti bilan Parij universiteti o`rtasidagi hamkorlik
haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni o‘ rganuvchi o`zbek
fransuz ilmiy markaziga asos bo`ldi.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilar ekanmiz, ikki mamlakat o`rtasida yo`lga
qo`yilgan, tarixan shakllangan hamkorlik asrlar osha ham o`z salohiyatini
yo`qotmay rivojlanib kelmoqda. O`zbekiston-Fransiya ayniqsa, iqtisodiy aloqalar
ravnaqiga alohida e`tibor qaratib, sanoat sohasida turli qo`shma korxonalar
qurilishiga o`z mablag`larini jalb etmoqdalar.Madaniy sohadagi hamkorlik esa
ikkala xalqning bir-biri bilan yaqinlashuvida asosiy omil bo`lib kelmoqda. Ta`lim va
siyosiy sohada esa o`zaro fikrlar almashinib, ijobiy o`zgarishlar amalga
oshirilmoqda.Bularning barchasi kelgusidagi munosabatlar asosini tashkil etishga
xizmat qiladi.
Xulosa:
Tarixga nazar solsak, O`zbekiston-Fransiya munosabatlari uzoq
o`tmishga borib taqalishini kuzatish mumkin.Garchand turli qit`alarda joylashgan
bo`lsa-da, ikki mamlakat xalqlari hamkorligiga jug`rofiy sarhadlarning uzoqligi ham
to`siq bo`lolmadi. Ikki xalq o`rtasidagi savdo-sotiq ishlari va rasmiy aloqalar
sohibqiron Amir Temur zamonidayoq yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu nafaqat ikki xalqni,
balki Sharq bilan Gʻarb dunyosini yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilar ekanmiz, ikki mamlakat o`rtasida yo`lga
qo`yilgan, tarixan shakllangan hamkorlik asrlar osha ham o`z salohiyatini yo`qotmay
rivojlanib kelmoqda. O`zbekiston-Fransiya ayniqsa, iqtisodiy aloqalar ravnaqiga
alohida e`tibor qaratib, sanoat sohasida turli qo`shma korxonalar qurilishiga o`z
mablag`larini jalb etmoqdalar.Madaniy sohadagi hamkorlik esa ikkala xalqning bir-
biri bilan yaqinlashuvida asosiy omil bo`lib kelmoqda. Ta`lim va siyosiy sohada esa
o`zaro fikrlar almashinib, ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.Bularning barchasi
kelgusidagi munosabatlar asosini tashkil etishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1.
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.”O`zbekiston”,1996.-B,175.
2.
Karimov I.A.Bunyodkorlik yo`lida.-T.:”O`zbekiston”,1996.-B,40.
3.
Dilshod Karim.O`zbekiston-Fransiya :hamkorlik rivoji//Xalq so`zi,1994-yil 22-
aprel.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
43
ISSN:3030-3613
4.
Hamedov.I,Alimov.A,O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat
asoslari.-T.2001.-B,136-140.
5.
Mustaqil O`zbekiston tarixi.3-tom.-T.:” Sharq”,2000.-B,396-400.
6.
Tyurikov.V,Shog`ulomov.R.Istiqlol
yilnomasi.-T.:”O`qituvchi”,2-kitob.2001.-
B,525.
7.
To`rayev.A.Oqsaroyda qabul. //Xalq so`zi,2002-yil.7-noyabr.
8.
Usmonov Q, G`aniev D. O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida. -T.:
“O`zbekiston”, 1994.
9.
Usmonov Q, G`aniev D. O`zbekiston: Mustaqillikning 5 yili.-T.: “Sharq”, 1996.
10.
Usmonov.Q,Qosimov.R va boshqalar.O`zbekiston:13yil mustaqil taraqqiyot
yo`lida. -T:”O`qituvchi”,2004.
11.
Usmonov.Q va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. -
T.:”O`qituvchi”, 1996.
12.
Usmonov.Q,G`ulomov.S.Mustaqillik O`zbekistonga nima berdi. -T.: OAJBNT,
2000.
13.
O`zbekiston va jahon hamjamiyati.-T.:”G`afur G`ulom”nashriyoti.2008.-B,243.