Mualliflar

  • Xojiyev Azimjon Axmedovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97033

Annotasiya

Bo‘g‘im kasalliklarining klinik xususiyatlarini  bayon      qilishdan  oldin,    odam    
organizmidagi      bu  sistemaning          anatomik-fiziologik  xususiyatlari    to‘g‘risida      
bir    oz  to‘xtalib    o‘tish    lozim.  Bo‘g‘im, bo’g’imni    o‘rab    turgan    bo‘g‘im  
xaltachasi va biriktiruvchi  to‘qimadan    tashkil    topgan,    asli  bo‘g‘im  bo‘shlig‘i  
nazarda  tutiladi. Bularga  suyaklarning  tog‘ay  bilan  qoplangan    bo‘g‘im    oxirlari  
(epifizlari)    yopishgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

150

ISSN:3030-3613

SUYAK MUSHAK VA BIRIKTIRUVCHI TO’QIMALARDA HAMSHIRALIK

PARVARISHI

Xojiyev Azimjon Axmedovich

Xo’jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi

jamoat salomatligi texnikumi

Terapiya fani o’qituvchisi


Bo‘g‘im kasalliklarining klinik xususiyatlarini bayon qilishdan oldin, odam

organizmidagi bu sistemaning anatomik-fiziologik xususiyatlari to‘g‘risida
bir oz to‘xtalib o‘tish lozim. Bo‘g‘im, bo’g’imni o‘rab turgan bo‘g‘im
xaltachasi va biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan, asli bo‘g‘im bo‘shlig‘i
nazarda tutiladi. Bularga suyaklarning tog‘ay bilan qoplangan bo‘g‘im oxirlari
(epifizlari) yopishgan.



background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

151

ISSN:3030-3613

Suyaklar bir-biri bilan bo‘g‘imlar yordamida bog‘lanadi.Suyaklarning

bo‘g‘imli yuzalari tog‘ay to‘qimalari bilan qoplangan bo‘lib u almashinuv
jarayonlari buzilganda va kuchli jismoniy zo‘riqishlarda oson shikastlanadi.
Bo‘g‘im paylar, boylamlarbo‘g‘im xaltalari yordamida mustahkamlanadi.
Bo‘g‘imlar pishiq bo‘lib, harakat vaqtida siljib ketmasligi lozim. Pay va boylamlar
muskullarning bir qismi bo‘lib , ularning qisqarish vaqtida bo‘g‘imlarda ham
harakat paydo bo‘ladi.Bo‘g‘im shikastlanganing belgilari:og‘riq, shish,
deformatsiya, harakatlanishining cheklanishi, yoki to‘liq yo‘qolishi.Ba’zi
kasalliklarda bo‘g‘im atrofidagi (biriktiruvchi) to‘qima zararlanib deformatsiya,
qiyshayish, kam harakatlikka olib keladi

Revmatoid poliartritRevmatoid artrit –biriktiruvchi to’qimaning surunkali

tizimli kasaligi bo’lib, aksariyat periferik bo’g’imlarning eroziv-destruktiv poliartrit
tipida avj oluvchi zararlanishi bilan kichadi. Bu kasallik boshqa sistemalarning
zararlanishi bilan davom etadi, asosan 20-45 yoshli odamlar, ko`proq ayollar
kasallanadi Revmatoid poliartrit bu-bugimlarning nospetsifik yalliglanishi bulib,
ularning shakli o`zgarishi ya’ni deformatsiyaga uchrashi bilan namoyon buladigan
surunkali kasallikdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

152

ISSN:3030-3613

Uchrash darajasi aholi o’rtasida 0,5-1,8% ni tashkil qiladi. Ayollarda

erkaklarga qaraganda 3 marta ko’proq kuzatiladi. 80% hollarda kasallik 35-50 yoshga
to’g’ri keladi.Kasallik boshlangandan 20 yildan keyin bemorlarning 60-90%i
mehnat qobiliyatini yo’qotadilar, 1/3 qismi batamom nogiron bo’lib qoladilar.A.B.
Garro 1858 yilda Revmatoid artrit atamasini taklif qildi va 1892 yilda podagradan
farqlab

berdi


Revmatoid artrit kasalligining etiologiyasi va patogenezi:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

153

ISSN:3030-3613

Nasliy moyillik(Autpimmun reaksiyalarga nasliy moyillik )•Infeksion

omil(Paramiksoviruslar,

Gepatoviruslar,

Gerpesviruslar)•Trigger

omil(Sovqotish,Giperinsolyasiya,

Intoksikasiya,

Mutagen

dorilar,

Endokrinopatiyalar, Stress)•Ayollarda 24 oy davomida bolani ko’krak suti bilan boqish
RA rivojlanishi xavfini 2 barobar kamaytiradi•Ekzogen(viruslar, oqsillar, bakterial
superagentlar va boshqalar)•Toksik(tamaki komponentlari) •Endogen(II tipdagi
kollagen, stressor oqsillar va boshqalar)•Nospesifik(jaroxatlar, infeksiya, allergenlar
va boshqalar)sabab bo`ladi.

TASHXIS

1. Oxirgi 6 xafta davomida 1 soat davom etuvchi ertalabki karaxtlik•
2. Oxirgi 6 xafta davomida 3 yoki undan ortiqbo’g’imlarda shish•
3. Oxirgi 6 xafta va undan ko’p vaqt davomida kaft-barmoqva proksimal

falangalararo bo’g’imlarda shish•

4. Bo’g’imlar jaroxatlanishining simmetrikligi•
5. bo’g’imlarda tipik rentgenologik o’zgarishlar (eroziyalar, bo’g’im oldi

osteoporozi)


6.Teri osti revmatoid tug’unchalari•
7. Qon zardobida revmatoid omil aniqlanishi
Bo’g‘imlar shishib, qizarib turadi.Mahalliy harorat ko‘tariladi.Og‘riq

kuzatiladi. Og‘riq ba’zi bemorlarda o‘rindan turgandan so‘ng 20-30 daqiqa o‘tgach
kamayib yuqoladi, ba’zilarda esa kun bo‘yi bezovta qiladi. Og‘riqlar kasallik
rivojlangan sari asta-sekin kuchayib boradi. Og‘riq harakat qilganda kuchayadi,
doimiybo‘lib, bo‘g‘imdan-bo‘g‘imga kuchib yurmaydi. Bemorlarda ertalab


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

154

ISSN:3030-3613

uyg‘onganda «ertalabki karaxtlik» kuzatiladi.«Qolipdagidek» yoki taqalangandek
sezishi va tana harakati cheklanishi kuzatiladi.Kasallik uzoq davom etgan
bemorlarda shikastlangan bo‘g‘imlarda kuchli deformatsiya rivojlanib, ularning
harakati keskin cheklanadi. Ba’zida suyaklarning bo‘g‘im ichidagi uchlari bir-biri
bilan yopishib bitib ketadi-ankiloz deyiladi.Panja-falanga bo‘g‘imlarida ulnar
tomonga, ya’ni 5 barmoq tomonga og‘ib turishi-«ulnar deviatsiya»

yoki «Morj suzgichi kafti» rivojlanadi. Kaft-falanga bo‘g‘imi

bukilgan holda qotib qoladi (kontraktura).Bo‘g‘imlar faoliyati cheklanib
yuqolishi mumkin-bunday bemorlar oddiy ehtiyojlarini ham bajarolmay qoladilar.
Kasallik qaytalanib turishi natijasida yangi bo‘g‘imlar shikastlanadi.Bo‘g‘imlarning
tashqi tomonida revmatoid tugunchalar paydo bo‘ladi, ular paypaslaganda
og‘rimaydi, qattiq, siljiydi. Bo‘g‘imlarda suyuqlik yig‘iladi.Faollik darajasiga qarab
revmatoid poliartrit O, I, II, III darajali bo‘ladi.

Ichki organlarning zararlanishiRevmatoid poliartritda ichki organlar ham

zararlanadi.Yurakda miokardiodistrofiya kuzatiladi yoki endokardit
rivojlanadi.O`pkalarning

zararlanishi-surunkali

pnevmoniyalarga

olib

keladi.Buyraklarning zararlanishi-glomerulonefritlarga olib keladi.Limfa tugunlari
kattalashadi.Jigar ham zararlanadiQondagi o`zgarishlar:Leykotsitoz, ECHT
kuchayadi, C-reaktiv oqsilga qo`yilgan reaksiya musbat bo`ladi, fibrinogen miqdori
ko`payib ketadi, g-globulinlar ortadi, albuminlar kamayadi.

Reitgenologik tekshirishda-osteoporoz, bo’gimlararo tirqish torayadi RA ni

kechki bosqichi uchun xarakterli rentgenologik o’zgarishlar: ko’plab eroziyalar,
turg’un deformatsiya va ankilozlar

Davolash.

1.Xinolin qatoriga kiruvchi dorilar: delagil yoki plakvenil 0,2-0,25g

kechki ovqatdan so‘ng yil davomida ichiladi.

2.

Salitsilatlar-atsetilsalitsilat

kislota,

natriy

salitsilatlar

buyuriladi.

3.Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar -butadion, indometatsin, reopirin,
voltaren, ortofen.

4.Oltinli tuzlar –xrizoterapiya o`tkaziladi. Krizanol 5% li-1ml dan qo‘llaniladi

5.Revmatoid artritning ogir turlarida (III darajasida) glyukokortikoid
gormonlar qo‘llaniladi. Prednizolon 0,005 g, deksametazon 0,04g, bo‘g‘imlar ichiga
30-100 mg dan gidrokortizon yuboriladi.

6.Fizioterapiya-bo‘g‘imlarga UVCH, diatermiya, massaj, balchiqlar

rodonli mineral suvlardan vannalardan foydalaniladi.

7. Kasallikni remissiya davrida sanatoriya va kurortlarda davolanadi.

I–gormonal davo:Prednisolon, MethypredKenalog, diprospan bo’g’im orasiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

155

ISSN:3030-3613

II –YaQNPSOG-2 Inhibitorlari KetonalBrufenumOrtophenum

III –

Physiotherapiya

IV -Immobilizatsiya, orthopedikchora-tadbirlarJarrohlik usuli bilan

davolash

Synovektomiya

Bo’g’imni protezlash

Artrodez

Qo’ panjasida jarrohlik

muolajalariOldini

olish.Surunkali

yallig‘lanish

o‘choqlarini

davolash.Sovqotishdano‘zini asrash.Organizmni chiniqtirish. Allergiya kasalliklar
bilan ogrigan bemorlarni «D» nazoratiga olish.Kasallikni qo`zishini oldini olish

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

I.Haydarov.G`.O. “Ichki kasalliklar”Toshkent “Abu Ali ibn sino”nashriyoti 2002
yil.

2.

II.Ziyaeva M.F “Terapiya” “Ilm ziyo” nashriyoti 2014 yil.

3.

III.Tursunov S.T. “Sog`lom turmush tarsi”Toshkent “Ilm ziyo”nashriyoti 2006
yil.Qo`shimcha adabiyotlar:

4.

IV.Qarshiboeva M.T. “Terapiyada hamshiralik ishi”metodik qo`llanma. Toshkent,
2007 yil.V.Internet saytlari www..ziyonet.uz. www.wikipedia.uz.www.Lexuz.uz.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.Haydarov.G`.O. “Ichki kasalliklar”Toshkent “Abu Ali ibn sino”nashriyoti 2002

yil.

II.Ziyaeva M.F “Terapiya” “Ilm ziyo” nashriyoti 2014 yil.

III.Tursunov S.T. “Sog`lom turmush tarsi”Toshkent “Ilm ziyo”nashriyoti 2006

yil.Qo`shimcha adabiyotlar:

IV.Qarshiboeva M.T. “Terapiyada hamshiralik ishi”metodik qo`llanma. Toshkent,

yil.V.Internet saytlari www..ziyonet.uz. www.wikipedia.uz.www.Lexuz.uz.