T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
127
ISSN:3030-3613
TILDA TERMINLARNING VOQELANISHI VA TARAQQIYOTI
Qurbonova Go‘zal Xo‘jamurodovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada terminlarning hosil bo‘lish yo‘llari va ularning
semantik taraqqiyoti tahlil qilinadi. Morfologik, sintaktik va semantik usullarning
termin shakllanishidagi roli misollar bilan yoritilib, ularning qo‘llanilish doirasi va
mazmunan o‘zgarishi o‘rganiladi. Lingvistik tahlil metodlari asosida olingan natijalar
terminologiya va turli fan sohalarida terminlarni shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
termin
,
terminologiya
,
morfologik usul, sintaktik usul, semantik
taraqqiyot, affiks.
Аннотация.
В статье анализируются способы образования терминов и
их
семантическое
развитие.
На
примерах
иллюстрируется
роль
морфологических, синтаксических и семантических факторов в образовании
терминов, исследуются сфера их применения и изменения в значении.
Результаты, полученные на основе методов лингвистического анализа,
позволяют глубже понять процессы образования и развития терминов в
терминологии и различных научных областях.
Ключевые слова:
термин, терминология, морфологический метод,
синтаксическое образование, семантическое метод, аффикс.
Annotation
. This article analyzes the ways in which terms are formed and their
semantic development. The role of morphological, syntactic and semantic factors in
term formation is illustrated with examples, and their scope of application and changes
in meaning are studied. The results obtained on the basis of linguistic analysis methods
serve to provide a deeper understanding of the processes of formation and development
of terms in terminology and various scientific fields.
Keywords
: term, terminology, morphological method, syntactic method,
semantic development, affix.
KIRISH.
Bugungi rivojlanayotgan davrda ilm-fan va texnologiyaning jadallik
bilan o‘sishi natijasida barcha sohalarda yangi-yangi terminlar paydo bo‘lmoqda.
Shiddat bilan tilimizga turli tillardan, jumladan, ingliz tilidan yangi so‘zlar va terminlar
– umuman olganda, neologizmlar kirib kelmoqda. Ushbu yangi terminlarning kelib
chiqishini o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlash va tasniflash
tilshunoslik fanining muhim vazifalaridan biridir. Turli sohalardagi terminlar o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, balki o‘sha fan doirasidagi talab va ehtiyoj yuzasidan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
128
ISSN:3030-3613
yaratiladi. Terminlar, asosan, biror fan yoki kasb-hunar sohasini chuqurroq
o‘rganishga xizmat qiladi hamda o‘sha soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
O‘zbek tilining izohli
lug‘atida terminga quyidagicha ta’rif beriladi:
Termin
- (lotincha terminus – chek,
chegara) fan,texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning
aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi. Masalan:
botanika
terminlari, zargarlik terminlari
. [6,74]
Termin
– kishi faoliyatining maʼlum bir sohasida qoʼllaniladigan maxsus soʼz va
iboralardir.[7,57] Termin predmet, voqea-hodisalar haqidagi tushunchaning aniq va
turgʼun ifodasidir. Terminga fan va texnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi soʼzlar
va iboralargina emas, shu bilan birgalikda, maʼlum kasb-hunarga oid soʼz va iboralar
ham kiradi. Masalan, qurilish sohasida:
monolit, beton, fundament, armatura;
qishloq
xo‘jaligida:
gektar, seleksiya, agrosanoat, melioratsiya.
Demak, terminlar tildagi oddiy so‘zlardan yoki leksik birliklardan farq qiladi,
ularda ma’no aniq va chegaralangan bo‘lishi lozim. Terminlarni umumiy lug‘at
tarkibiga kiruvchi so‘z va iboralardan farqlash uchun ularning muhim xususiyatlarini
bilish lozim. Umuman olganda, termin tushunchasi ikki asosiy belgiga ega. 1- rasmda
terminning asosiy xususiyatlari keltirilgan:
1-rasm. Terminning asosiy belgilari.
1.
Terminlarning aniq va bir ma’noliligi.
Terminlar kundalik hayotimizda foydalaniladigan so‘zlardan farqli xususiyatga
ega bo‘ladi. Masalan,
uchburchak
termini har doim uch tomoni va uch burchagi
bo‘lgan geometrik shaklni bildiradi. Ushbu terminni ko‘p ma’noli qilib ishlatish
imkonsiz.
2.
Terminlarning muayyan sohaga tegishliligi.
Termin
Muayyan sohaga
tegishlilik
Aniqlik va bir
ma’nolik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
129
ISSN:3030-3613
Terminlar faqat o‘zi tegishli bo‘lgan sohadagina terminlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Misollarga yuzlanadigan bo‘lsak,
volt
– fizikada elektr kuchlanish o‘lchov birligini
ifodalaydi. Bu termin adabiyot yoki san’at sohasida ishlatilmaydi.
Fotosintez
-
o‘simliklarning quyosh nuri yordamida ozuqa moddalarini sintez qilish jarayoni. Faqat
biologiyada ishlatiladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Rus olimi V.P.Danilenko fikricha, tilda
terminlarning hosil bo‘lish jarayoni uch xil usul orqali amalga oshiriladi: semantik,
sintaktik va morfologik. [4,50] Xususan, eng faol tarzda qo‘llanuvchi yo‘l bu so‘z
yasashdir. So‘z yasash usulining ham ikki xil shakli mavjud:
1)
morfologik
– so‘z yasovchi affikslar yordamida;
2)
sintaktik
– ikki asosning birikishi orqali termin hosil qilishdir.
-ma
affiksi ko‘plab fan sohalaridagi terminlarni yasashda keng tarzda
qo‘llaniladi. Xususan,
-ma
yordamida yasalgan quyidagi tibbiy terminlarni uchratish
mumkin:
toshma, bo‘g‘ma, terlama, qichima, o‘sma.
Ushbu kasallik nomlarini
ifodalovchi terminlar fe’l asosli so‘zlarga qo‘shilib hosil bo‘lgan.
3-rasm.
-ma
affiksi orqali hosil bo‘lgan terminlar.
Sintaktik usul
orqali termin yasashda ikki yoki undan ortiq asosning
birikishidan yangi termin hosil bo‘ladi. Bunday xususiyatga ega terminlar
qo‘shma
terminlar
deb ham ataladi. [5,76-77]
Qo‘shma terminlarning leksik-morfologik jihatdan tasniflanishini quyidagi
misollarda ko‘rib chiqamiz:
№
Tuzilishi
Misollar
1.
Ot+ot modelli qo‘shma
terminlar
qon bosimi, ko‘z nuri, bosh og‘rig‘i,
tomoq og‘rig‘i, suyak bo‘g‘imi
2.
Sifat+ot modelli qo‘shma
terminlar
surunkali bronxit, yuqori harorat,
allergik reaksiya, o‘tkir respirator
kasallik
toshma
bo‘g‘ma
terlama
o‘sma
-
ma
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
130
ISSN:3030-3613
3.
Son+ot modelli qo‘shma
terminlar
to‘rtburchak, beshburchak, qirqoyoq,
mingboshi
4.
Ot
+
fe’l modelli qo‘shma
terminlar
qon aylanishi, suv bug‘lanishi, modda
almashinuvi, hujayra bo‘linishi.
4- jadval. Sintaktik usul bilan yasalgan terminlar.
O‘zbek tili terminologiyasida
semantik yo‘l
bilan shakllangan terminlar ham
muhim o‘rin tutadi. Bunda biz
metafora
usuli orqali hosil bo‘lgan terminlarni nazarda
tutamiz. Soʻz maʼnosining koʻchishi metafora (tashqi oʻxshashlik), vazifadoshlik
(vazifadagi oʻxshashlik), metonimiya (oʻzaro bogʻliqlik) va sinekdoxa (qism bilan
butun munosabati) kabi hodisalarni oʻz ichiga oladi. [7,21] Soʻz maʼnosi koʻchganda,
uning asl maʼnosi inkor etilmaydi, balki unga qoʻshimcha yangi maʼno qoʻshiladi.
Natijada, soʻzning maʼno doirasi kengayadi. Semantik usul bilan hosil bo‘lgan
terminlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
tashqi yoki shakliy o‘xshashlikka asosan:
1)
ko‘richak
(bu ichakning bir qismi bo‘lib, uning bir uchi berk bo‘lgani uchun
“ko‘r” so‘zi bilan bog‘langan);
2)
tishli g‘ildirak
(tashqi ko‘rinishi tishga o‘xshaganligi uchun shunday
nomlangan);
3)
kompyuter sichqonchasi
(shakli va harakatlantirish usuli sichqonga
o‘xshaganligi sababli shunday atalgan);
4)
qora tuynuk
(yorug‘likni yuta oladigan va ko‘zga ko‘rinmaydigan koinotdagi
obyekt bo‘lib, tuynukka o‘xshaganligi sababli shunday nom berilgan).
vazifadoshlik asosida:
1)
energiya iste’moli
(odatda, “iste’mol” so‘zi oziq-ovqat yoki boshqa resurslarga
nisbatan ishlatilsa-da, bu yerda elektr energiyasining sarflanishiga nisbatan
qo‘llanilgan);
2)
kompyuter xotirasi
(inson xotirasi bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, axborotni
saqlash va qayta ishlash xususiyatiga ega bo‘lgani uchun shunday nomlangan);
3)
ekran pardasi
(parda harakatni cheklovchi va ajratuvchi element bo‘lib,
ekrandagi tasvirni yashirish yoki almashtirish funksiyasida foydalanilgani uchun
shunday nomlangan).
rang-tusdagi o‘xshashlik asosida:
1)
oq qon tanachalari
(mikroskop ostida oq rangga o‘xshashligi sababli shunday
atalgan);
2)
qizil qon tanachalar
(tarkibidagi gemoglobin moddasi tufayli qizil rangda
bo‘lgani uchun shunday nom berilgan);
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
131
ISSN:3030-3613
3)
sariq kasallik
(jigar kasalliklarida terining sarg‘ayishi kuzatilgani sababli shu
nom bilan yuritiladi).
Demak, semantik usul terminlar hosil bo‘lishida, ayniqsa, tibbiy terminlarni
shakllantirishda asosiy rolni bajaradi.
Til va terminologiyaning rivojlanishi jarayonida ba’zi terminlar dastlab faqat bir
sohada qo‘llanilib, keyinchalik boshqa sohalarga ham o‘tib, kengroq ma’no kasb etadi.
Bunday jarayon
terminlarning semantik rivojlanishi
yoki
ma’no taraqqiyoti
deb
ataladi. Bu hodisa ko‘pincha ilm-fan va texnologiyaning taraqqiyoti bilan bog‘liq
bo‘lib, yangi tushunchalarni ifodalash zarurati tufayli yuzaga keladi. Bunga misol
sifatida
virus
terminini keltirish mumkin. Ushbu termin dastlab tibbiyot sohasida
qo‘llanilgan bo‘lsa-da, keyinchalik axborot texnologiyalariga ham kirib kelgan va faol
tarzda qo‘llanilmoqda.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida virusga quyidagicha ta’rif beriladi:
Virus
(lot.
virus – o‘simlik shirasi, zahar) - faqat tirik hujayralarda koʻpayib, odam, hayvon,
oʻsimliklarda yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm. [7,462] Virus termini
dastlab tibbiyot sohasida qo‘llangan. Tibbiy termin sifatida u mikrobiologiyada paydo
bo‘lgan bo‘lib, bakteriyalardan ham kichikroq yuqumli zarrachalarni ifodalash uchun
ishlatiladi. Tibbiyotda,
gepatit virusi, elbola virusi, gerpes virusi
singari terminlarni
uchratish mumkin.
Zamon taraqqiy etishi bilan, ushbu terminning axborot texnologiyalari sohasiga
ham ma’nosi ko‘chib keng qo‘llanilishini kuzatamiz. Kompyuter dasturlariga zarar
yetkazadigan yoki ularning ishlashini sekinlashtiradigan maxsus dasturiy ta’minot
virus
deb ataladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, tibbiyotda organizmga zarar yetkazadigan
kichik mikroorganizmlar virus deb atalmoqda, axborot olamida esa kompyuterning
ishlashiga xalal beruvchi kichik dastur bu virusdir. Demak, bu yerda terminning
ma’nosi vazifadoshlik asosida ko‘chgan, ya’ni virus bajaradigan vazifa –
zarar
yetkazish
.
Yana bir misol tariqasida tilimizda keng qo‘llaniladigan termin
operatsiya
ni
olishimiz mumkin. Operatsiya termini, dastlab tibbiyot termini sifatida yuzaga kelgan
bo‘lsa, hozirda uning ma’nosi ancha kengaygan.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida
termin quyidagicha izohlanadi:
1.
Tibbiyot sohasida:
Baʼzi kasalliklarni davolash maqsadida kasallangan joyni
jarrohlik yoʻli bilan yorish, kesish, tikish.
Koʻz operatsiyasi, operatsiya stoli.
[7,130]
2.
Harbiy sohada
: Biror maqsadni koʻzlab yoki biror operativ yoki strategik
vazifani bajarish uchun yagona reja boʻyicha va kelishilgan vaqtda olib
boriladigan jang harakatlari majmui.
Jangovar operatsiya, operatsiya kartasi.
[7,130]
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
132
ISSN:3030-3613
3.
Iqtisodiyot sohasida:
Savdo, moliya, pochta, sanoat, kompyuter, sugʻurta va
boshqalar bilan bogʻliq vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyat yoki xatti-
harakat.
Bank operatsiyalari.
[7,21]
5-jadval.
Operatsiya
terminining semantik taraqqiyoti.
XULOSA.
Terminning turli sohalardagi ma’nolariga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, o‘xshashlik ko‘zga tashlanishi tabiiy. Asl mazmun-mohiyat saqlangan holda,
ma’noning kengayishi, ya’ni terminning faqat bitta fan tarmog‘ida emas, balki boshqa
sohalarda ham qo‘llanilishi kuzatilgan.
Demak, terminlarning yasalishi va taraqqiyoti haqidagi tahlillarimizni yakunlab,
quyidagi xulosalarni chiqaramiz:
1)
tilimizda terminlar uch xil yondashuv asosida shakllanadi: morfologik, sintaktik
va semantik;
2)
tilda terminlarning hosil bo‘lishi va taraqqiy etish jarayoni, uning ijtimoiy, ilmiy
va madaniy rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi;
3)
terminlar yangi ilmiy kashfiyotlar, texnologik yutuqlar va ijtimoiy ehtiyojlar
natijasida shakllanib, sohalar o‘rtasidagi samarali muloqotning asosiy vositasi
bo‘lib xizmat qiladi;
4)
vaqt o‘tishi bilan, terminlar o‘z ma’nosini kengaytiradi, yangi kontekstlarda
ishlatila boshlaydi va ba’zan eski ma’nolarini yo‘qotib, yangilari bilan
to‘ldiriladi.
5)
terminlarning bir xil, aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishi soha taraqqiyotini tezlashtiradi,
ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichlarga olib chiqadi va umuman olganda,
insoniyatning global rivojlanishiga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Tibbiyot
sohasida:
Koʻz
operatsiyasi
Harbiy sohada:
Jangovar
operatsiya
Iqtisodiyot
sohasida:
Bank
operatsiyalari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
133
ISSN:3030-3613
1.
Винокур Г.О. О некоторых явлениях словообразования в русской
технической терминологии. Труды МИФЛИ. Т.%. Сборник статей по
языкознанию. - М., 1961.-С.3-10.
2.
Герд А.С. Значение термина и научное знание//Научно техническая
информация. Серия 2.-М.,1991. №10.- С.1-4.
3.
Даниленко В.П. Об основных лингвистических требованиях к
стандартизируемым терминам//Семиотические проблемы языков науки,
терминологии и информатики.- М.: МГУ,1971.
4.
Даниленко В.П. Лексика языка науки. Терминология: Диссертация на
соиск. уч. степени доктора филол. наук / Даниленко В.П. – М., 1976.
5.
Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. Toshkent: 2019, 54-b.
6.
Лотте Д.С. Основы построения научно-технической терминологии. -М.:
АН СССР, 1961.
7.
Ҳозирги замон ўзбек тили лексикаси. – Тошкент, 1960. 57-б.
8.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent 74-b.
9.
Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент: “Ўқитувчи”,
1978. 21-б.
10.
Павлова М. Метафоры и когнитивные науки. - М.,1998.