T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
111
ISSN:3030-3613
BITIRUVCHI O‘QUVCHILARNI OILAVIY HAYOTGA
TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Tojiyeva Gulzoda Raximboyevna
Qo'shko'pir tumani 10-son umumiy
o'rta ta'lim maktabi psixologi
Matchanova Xosiyat Matnazarovna
Qo’shko’pir tumani 7-son umumiy
o’rta ta’lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Ushu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning
psixologik masalalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
oila, qadriyat, oilaga tayyorlash, jammiyat, farzand, namuna,
millat, qatlam ,oila psixologiyasi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 62 foizini bolalar o‘smirlar, xullas 30
yoshgacha bo‘lgan yigit qizlar, ularning ma’lum qismini esa yosh oilalar tashkil etadi.
Yosh oilalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishi va
yuksalishini muhim sub’ektlaridan bo‘lib, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan murakkab
jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda va taraqqiyotni harakatda keltirishida muhim rol
o‘ynaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda yosh oilalarning ma’naviyaxloqiy va ruhiy
olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ilmiy -amaliy
jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan mustahkam oilalarni shakllantirish, onalik va bolalikni
ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish, oilalarda jismonan sog‘lom, ruhan baquvvat bo‘lgan
farzandlarning dunyoga kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali
ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o‘rtasida
mustahkam hamkorlikni yuzaga keltirish masalalarini davlat siyosati darajasida e’tibor
qaratilmoqda. 1993yilning fevral oyida “Sog‘lom avlod” ordenining ta’sis etilishi
hamda “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi” ning qabul qilinganligi fikrimizning yorqin
dalilidir.
Yuqori sinf o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarida quyidagi omillarga e’tibor qaratishimiz lozim. Yoshlarni
psixolgik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash va faoliyatning samarali tashkil etilishi
bir qancha ijtimoiy muammolarning ijobiy hal etilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi;jamiyatning ijtimoiy
iqtisodiy taraqqiyotining yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi;
mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
112
ISSN:3030-3613
oila
tarbiyasini
samarali
tashkil
etish,
farzandlar
tarbiyasida
muayyan
muvaffaqqiyatlarga erishish, oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin
hozirlaydi. Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat
berilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf
Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu
masala yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular
hozirgacha o‘z ahamiyatini yuqotmagan.Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma»,
«Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga
tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oila
muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi haqida turli
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xodisalar hikoya qilinadi.
A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo
saodat- yo falokat masalasidir”, degan fikri o‘zbekning kun tartibidan tushmasligi
lozim. Chunki avvalgiga o‘xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib
yoshlar esa ularni hurmatlab, ularning o‘gitiga amal qilish udumi yo‘qolib bormoqda.
Har kim o‘zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. S.V.Kovolyov o‘smir va
qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari juda
muhimdir, deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi
tushunchalar ekanligi bilan ko‘zatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari
tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalardaumr yo‘ldosh tanlashda sevgi
tushunchasi faqat 4 o‘rinda, ya’ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi
xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko‘p
xatoliklarga yo‘l qo‘yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar.
Bizning asosiy vazifamiz shuki, o‘smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi
sevgini ro‘li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o‘qtirishdir
O‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni
mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish,
mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi iminjini, obro‘-e’tiborini yanada kuchaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish va uni amalda bajarish kun talabidir. O‘zbekiston
tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo‘nalish sifatida jahon
siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o‘rin tutgan modernizatsiya jarayonlari uchun
kerakli ilg‘or texnologiyalar manbai sinalgan, sanoati rivojlangan G‘arb davlatlari
bilan ko‘p qirrali hamkorlik, rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Tashqi
siyosatimizning yana bir asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga global siyosiy va
iqtisodiyotda tobora asosiy o‘rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo Tinch okeani
mintaqasi tushunchalari kiritilgan. Tashqi siyosatimizning muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan yana bir sifatida O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy faoliyatidagi
ishtiroki ko‘rsatilgan va asoslangan.
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
113
ISSN:3030-3613
Yosh ota-ona nikohdan o’tmasdan avval oilaviy hayotni tashkil etish hamda
farzandlar tarbiyasini yo’lga qo’yishga psixologik jihatdan tayyor bo’lishlari zarur.
Nikohdan keyin esa bu boradagi mas’uliyatni yanada teran his etgan holda o’z
ustilarida izlanishlari, farzand tarbiyasini to’g’ri tashkil etish borasidagi ma’lumotlarni
o’zlashtirishga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Biroq. ayni o’rinda shuni
ham aytib o’tish joizki, oilaviy hayotga qadam qo’yayotgan yoshlarning barchasi ham
bu borada etarlicha pedagogik bilimlarga ega emas. Bu esa ota-onalarni kerakli o’quv
adabiyotlari bilan ta’minlash, mazkur adabiyotlarni o’qib-o’rganishni ular orasida keng
tashviq etishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. – Toshkent:
O’qituvchi, 1998. – 258 b.
2.
Karimova V. Oila psixologiyasi. – Toshkent. O’qituvchi, 2007. - 316 b
3.
Karimova O. Oila huquqi asoslari – Toshkent: “O’qituvchi”, 2003. 154 b.
4.
Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi – Toshkent: Fan, 2006. 142 b.