T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
104
ISSN:3030-3613
BITIRUVCHI YOSHLARNI MEHNAT BOZORIGA KIRIB KELAYOTGAN
ENG ZAMONAVIY KASBLARGA YOʻNALTIRISHNING PSIXOLOGIK
MASALALARI
Uzakova Saodat Yerejepbayevna
Toshkent viloyat Chirchiq shahar 22-sonli
umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
: Kasb-inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik
talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot
hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor
xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Shuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan
sari kasblar ham ko‘payib boradi. Shu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan
huquqiy normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi.
Kalit so’zlar:
Kasb, kasb psixologiyasi, kasbiy faoliyat, bilish jarayonlari, nutq,
xotira, kasblar tasnifi, kasblar haqida tushuncha.
KIRISH
Yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish orqali, bo'lajak kasbiy qarorlarni
shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo'naltirish
ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu
tizim orqali har bir o'quvchi shaxsini kasbga yo'naltirishda individual xususiyatlarni
ham xalq manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to'laqonli ta'minlash
zaruratini hisobga olish kerak.
Lekin bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni kasbga
yo'naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogik
asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi
tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o'quv qo'llanmalar, dars ishlanmalari,
ko'rgazmali vositalarning kamligi,kasb tanlash mezon va me'yorining belgilanganligi,
kasb tanlash bo'yicha tezkor aloqning o'rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb
masalardan biridir. Kasb tanlash uchun o'quvchi o'z imkonoyatlarini baholay olish
ko'nikmasiga, ya'ni qiziqishi mos kasblar bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi, bu
kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axbort va yangiliklardan xabrdor bo'lishi
zarur.
Kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini,
shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta'minlash zarurligini
inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to'g'ri yonaltirish shaxsning
hayotida to'g’ri yo'lni topishiga imkon beradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
105
ISSN:3030-3613
O'quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni
o'zlarining qobiliyatlariga yarasha to'ri tanlashlariga erishish uchun maktab
o'qituivchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, perseptiv, akademik,
kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo'lishi, kasblar bilan bog'liq fan
to'garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb - hunar to'risidagi
ma'ruzalarni tashkillash o'z natijasini beradi, shuningdek, maktablarda " Kasbim
faxrim", "Kasbim kelajagim dasturi" kabi mavzularda seminar - trening mashg'ulotlari,
suhbatlar va munozaralar o'tkazilishi, uchrashuvlar, kasb - hunarga oid ko'rgazmalar
tashkil etilishi, o'quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini uyg'otadi.
Umumta'lim maktablarida o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish ishlari maktab
rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy psixologi, kasbga yo'naltiruvchi
mutaxassislar va o'qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Kattalarni maslahatlarini o‘ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi
esa ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qiladi. Izlanuvchi yoshlar kasb – xunar va uni
egallash, hayotlarini, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar.
Shulardan kelib chiqib kasb – bu inson hayoti uchun zarur bo‘lgan, jamiyatdagi
huquqiy normalarga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o‘ziga xos
murakkab bo‘lgan jarayon deb belgilashimiz mumkin. Kasbga xos bo‘lgan jarayonlar,
ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan
shunday murakkab jarayonlarni o‘rganish orqali yoshlarni o‘zlari qiziqqan kasbga
yo‘nalish beruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o‘ziga xos bo‘lgan
tomonlari, insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib, inson bu
jarayonlarni kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi.
Bu jarayonlarda inson o‘zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik
tomonlarni ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni ham
kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ularni
fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida ko‘plab mutaxassisliklar
bilan tanishishlari kasb tanlashda qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Bundan tashqari
jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini,
kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira
bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy jarayonlar, yashashga beriladigan
imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda amaliy psixologiyaning bir
bo‘lagi bo‘lgan kasb psixologiyasiga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanni
paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak
bo‘lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy
mutaxassislik fani bo‘lib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohiyati bu insonni kasbga
xos xatti – harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib berish,
shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilarni o‘zi qiziqqan kasbni tanlashlarida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
106
ISSN:3030-3613
yo‘nalishlar berish, keyinchalik kasbdan ketishlariga yordam berish kabilar
hisoblanadi.
Dunyoga kelgan bola haqida, uning kelajagi haqida, qanday kasbni egallashi
haqida ko‘proq uning ota – onasi bosh qotiradi. Bolani maktabga chiqqanidan boshlab
uning ota – onasi “Mening bolam kelajakda vrach bo‘ladi”, yoki ma’lum bir kasbni
oldindan tayyorlab qo‘yadilar. Lekin hayotni o‘zi bolani shaxs sifatida rivojlanishi,
biologik taraqqiyoti, psixologik imkoniyatlari asosida o‘ziga xos bo‘lgan kasbni
tanlashlariga imkoniyat yaratadi. Dunyoga kelgan bolada kurtak tarzida o‘ziga xos
bo‘lgan imkoniyatlar bo‘ladi. Bola rivojlanib borgan sari unda ma’lum bir tamonga
ixtidorlik ham taraqqiy etib boradi. Shaxs bo‘lib borayotgan bolada psixologik
xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo‘lgan qiziqishini ortirib boradi. Ayrim
bolalar yosh davrlaridanoq o‘simliklarga, ularning tuzilishlariga qiziqadilar, ayrimlari
xarakatdagi xashoratlarga, xayvonlarga qiziqadilar. Qo‘ng‘izni ko‘rgan bola uni
xarakatlanishini tekshirib uni nima xarakatlantirmoqda degan savol bilan tekshirib
ko‘radilar. Uni bo‘laklarga ajratadilar. Bunday bolalardan ko‘plab yaxshi vrachlar,
injinerlar, konstruktorlar, qassoblar chiqadi. Keyinchalik bunday shaxslar o‘zida shu
kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarni rivojlantirib boradilar. Bular ularning qiziqishlaridan
kelib chiqadi. SHaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi.
Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar to‘plab boradi. Bu maktabda, oliygohda,
atrofdagilarning aytib berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib
boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo‘lgan tanishtirish darslarini ham
tashkil etish zarur bo‘ladi. Bunda bolalar ko‘pchilik kasblar haqida bilib oladilar va
kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularni yuqori sinflarga o‘tib borishlari
bilan birga keyingi etaplarda qaysi kollejga va litseyga kirishlari ham aniqroq bo‘lib
boradi. Ular o‘zlari qiziqqan kasbni olishga mustaqil qarorlar qabul qilgan holda
intiladilar.
Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab
borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday
tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi. xilma – xil va qiziqarli kasblarni
tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi.
O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni
yaxshiroq bilishga olib keladi. Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif
quyidagicha belgilaydi. Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu,
ishtiyoq, xafsala bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu
jarayonlar odamning o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda
istak, xohish paydo bo‘ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu
yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va
orzu havaslariga erishadi.
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
107
ISSN:3030-3613
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, respublikamizda amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik ishlarining zamirida davlatimizni yetakchi demokratik davlatlar
ko'rsatkichiga chiqarish bosh maqsadi yotibdi. O'quvchilarda o'zlarining qiziqishlari
asosida kasb tanlashga yo'llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta'limi
darslari va tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarni kasbga yo'llash imkoniyatlari
chegaralanganligi
sababli
ularni
to'garak
faoliyatida
amalga
oshirish
mumkin.To'garaklarda o'quvchilarni bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga
yo'naltirish imkoniyatlari kattadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
А.Jalalov KASB QANDAY TANLANADI. 2010 Y. 62 b.
2.
I.A.Karimov Barkamol avlod –
O'zbekiston taraqqiyotining
poydevori.1998.17b
3.
Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.
4.
Gurevich K.M. Дифференциальная психология и психодиагностика. 2008 y.
21b.
5.
Ziyo.net
6.
S.X.Jalilova Kasb Psixologiyasi.2010y