T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
92
ISSN:3030-3613
O'QUVCHILAR KAMOL TOPISHI HAMDA JAMIYATGA KERAKLI
SHAXS BOʻLIB YETISHISHIGA TURTKI BOʻLUVCHI PSIXOLOGIK
OMILLAR
Karimova Xurshida Yusupboyevna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 25-umumiy
oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi
Jumaniyazova Indira Shavkatovna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 48-umumiy
oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
O‘quvchi yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik
ko‘nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham
o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Kalit so‘zlar
. ijtimoiy faollik, ma’naviy faollik, madaniyat, keng dunyoqarash,
ijtimoiylik, pedagogik vaziyat; ko‘nikma.
KIRISH
Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi
asosiy omil bo‘lishi bilan bir qatorda uning shaxs sifatida ijtimoiy faollashuvida ham
etakchi o‘rin tutadi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi quyidagi ikki jihatga ko‘ra
muhim ahamiyatga ega: birinchidan, shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun
zamin yaratadi, ikkinchidan esa, uning bilimi, kuch-quvvati, imkoniyati hamda iqtidori
jamiyat rivoji yo‘lida mehnat qilishga yo‘naltiriladi.Manbalarning tahlili shuni
ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga
kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat
natijasida shakllantiriladi.
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA
Muammoga oid nazariy manbalar hamda uning amaliy holatini o‘rganish
natijalari mazkur sohada bir qator ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
–
demokratik jarayonda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga qo‘yilayotgan
zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, mavjud ijtimoiy
faollik kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik;
–
o‘quvchilar ijtimoiy faolligining o‘z-o‘zidan yuzaga kelmasligi, balki
doimiy ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu
jarayon tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib
chiqilmaganligi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
93
ISSN:3030-3613
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos
xususiyatlari va omillari mavjud bo‘lib, ular etarlicha o‘rganilmaganligi;
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo‘llanilishiga
bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat
kasb etishini anglatadi.
Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va
shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o‘z
navbatida «o‘quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur
tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida «yosh» so‘ziga «1. Tug‘ilgan vaqtdan boshlab
yashab o‘tkazilgan yillar jami; umr uzoqligi. 2. Inson yoki hayvon hayotidagi bosqich,
davr, umr. YOshlar tushunchasi esa navqiron yigit-qizlar» deya izohlangan
YUqoridagi ta’riflarni umumlashtirib «o‘quvchi-yoshlar» tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berdik.
O‘quvchi-yoshlar
– umumiy o‘rta ta’lim maktablari,
kasbhunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim oluvchi navqiron yigit-qizlar
guruhi.
Shu o‘rinda faoliyatning o‘zini ham izohlash talab etiladi.
Faollik negizida paydo bo‘luvchi yangicha sifatni, o‘ziga xoslikni egallagan
xatti-harakatning yuksak ko‘rinishi, insongagina taalluqliligi tufayli u psixologiya
fanida faoliyat deb yuritiladi. Faollikning shaxsga xos ko‘rinishi sifatida faoliyat
vujudga kelib, u o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan farqlanadi. Har
qanday faoliyat maqsad va natijalardan iborat jarayon ifodasi hisoblanadi. Faoliyatning
ongli ravishda amalga oshirilishi jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi va yashash
sharti hisoblanadi.
Faoliyat tushunchasi dunyoqarash tamoyili sifatida nemis klassik falsafasi
rivojlangan davridan boshlab qaror topdi. Bu davrda Evropa madaniyatida shaxsning
aql-idrok bilan ish ko‘rishi, faolligi va tashabbuskorligining ko‘p qirrali yo‘nalishiga
xos bo‘lgan asosi va tamoyillari deb qarash uchun sharoit yaratildi. Bunday qarashni
nemis faylasufi I.Kant boshlab berdi.
Borliqdagi jonli mavjudotlarning o‘ziga xos tarzda va muayyan yo‘nalishda,
ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar
ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr
yuritadigan bo‘lsak, «...ehtiyoj – jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol
shartsharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur
shartsharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tarzida ifodalanadi».
Inson faolligi esa ana shu ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon
bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
94
ISSN:3030-3613
Ehtiyojlar – organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot
faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan narsalarga talab, muhtojlik. Faoliyat
sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; ob’ektiga qarab moddiy, ma’naviy;
sub’ektiga ko‘ra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyojlar bo‘lishi
mumkin.
Inson ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya’ni madaniy jarayon bilan
yaqinlasha borib shakllanadi. Chunki insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni
ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan
maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham bu
muammoning turli jihatlari pedagogika fanida tadqiq etib kelinadi.
Inson o‘zining ijtimoiy majburiyatlari, jamiyat oldidagi burchi, o‘z mas’uliyatini
tabiiy bir hol, o‘z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul
qilgandagina ma’naviy barkamol shaxsga aylanadi.
Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili hisoblanadi.
Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib
qolmasdan balki inson uni o‘z xohishiga mos ravishda o‘zgartiradi. Jamiyatning o‘zi,
uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi omillar – bularning
hammasi shaxsning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatining natijasidir.
Faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning
namoyon bo‘lishi demakdir. Dunyoni o‘zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o‘z
qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtiradi. U shu
asnoda o‘zligini anglaydi, faol shaxs sifatida jamiyatda o‘zini namoyon qiladi. Bunda
insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni
qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o‘sishi yuz beradi.
Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta’sirida shakllanadi.
Faollik bo‘lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro‘yobga
chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda
tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o‘qish, o‘yin,
muloqot jarayonida amalga oshadi.
Har bir inson jamiyat a’zolari bilan o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi.
Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g‘oya va
yo‘nalishlari shaxsning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHaxsning faoliyati,
ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o‘z navbatida, ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra shaxs
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy
mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay
olmaydi.
Ma’lumki, «faollik» tushunchasi ba’zi hollar, xususan shaxs va uning faoliyatini
tadqiq etuvchi fan sohalarida faoliyat tushunchasi bilan qorishtirib yuboriladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
95
ISSN:3030-3613
Masalan, «Psixologiya»ga oid lug‘atda mazkur tushuncha «tirik materiyaning umumiy
xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Psixik
faollik bu o‘zaro ta’sir, shu asosda faoliyat ko‘rsatish bilan xarakterlanadi» - deyiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Avstriyalik psixolog va faylasuf V.Frankl individuallikning ahamiyati, inson
shaxsining qadr-qimmati va mazmuni hamma vaqt u yashayotgan jamiyatga
bog‘liqligini ta’kidlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parkinsonning fikricha, chinakam
shaxsiy qadr-qimmat insonning o‘rab turuvchi muhit bilan munosabatida, ya’ni uning
faolligida ifodalanadi.
Psixologlar R.Plomin va X.Xermanslarning (1997) ta’kidlashicha, aslida
shaxsning to‘laqonli, barkamol shakllanishiga uchta asosiy omil ta’sir etadi:
1.
Shaxsda mavjud bo‘lgan biologik imkoniyatlar – bunda odamlarning
o‘zaro munosabatlari jarayonlariga temperament tipining ta’siri nazarda tutiladi.
2.
Shaxsning sub’ektiv, ya’ni psixologik imkoniyatlari – bunda mazkur
imkoniyatlar shaxslararo munosabatlar jarayonining strategiyasini tuzadi, o‘zaro
munosabatga kirishishni shaxsan o‘zi tanlaydi hamda ijtimoiy turmushda ularni
to‘ldiradi va takomillashtiradi.
3.
Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayonining o‘zi bo‘lib, ular ijtimoiy
madaniy muhitda amalga oshiriladi. Ijtimoiy madaniy muhit shaxslararo munosabatlar
uchun bosh mexanizm sifatida shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Ammo har
uchchala omil ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir-biriga ta’sir etadi. Bu uzviyliksiz
shaxsning barkamol taraqqiyoti yuzaga kelmaydi.
Dj.Kaprara va boshqalarning (1999) tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ijtimoiy fe’l-
atvor me’yorlariga amal qilish o‘zaro hamkorlik va bir-biriga yordam ko‘rsatishga
imkoniyat yaratadi – o‘zaro simpatiyani hosil qiladi, ta’lim jarayoniga halaqit qiluvchi
depressiyaga hamda muammoli fe’l-atvorga qarshi kurashishga undaydi. Shaxslararo
munosabatlar jarayonida yoshlarga o‘zidagi intellektual imkoniyatlarni ro‘yobga
chiqarishga yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu holat shuni tasdiqlaydiki,
ijtimoiy va intellektual rivojlanish nafaqat mazkur o‘quvchida, balki, tengdoshlarida
ham kuchayishi kuzatilgan.
G.K.Selevko faollikning ikki darajasini farqlaydi. Birinchi, quyi daraja –
insonning ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab,
bunda inson ko‘proq boshqarilayotgan ob’ekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat
«ob’ekt faoliyati» deb nomlanadi. Ikkinchi, yuqori darajadagi faollik – ta’lim oluvchi
faoliyatining birlamchi sababi, manbasi rolini o‘ynab, ijodiy, o‘zgartiruvchi sifatga
ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi inson sub’ektdir va faoliyatda uning irodasi
ishtirok etadi.
Shaxs ijtimoiy faolligini o‘rganish sohasida ko‘plab tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Jumladan, L.I.Amanbaeva «Yangi ijtimoiy sharoitda o‘quvchiyoshlarning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
96
ISSN:3030-3613
fuqarolik tarbiyasi», A.A.Savastina va L.B.Osipovalarning «YOshlar ijtimoiy faolligi
– jamiyatning dinamik rivojlanish sharti sifatida», V.A.Sitarov va V.G.Maralovning
«SHaxs ijtimoiy faolligi», «Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarda
ijtimoiy faollikni shakllantirish asoslari» , S.Yu.Korolkova «Yoshlar ijtimoiy faolligi»
kabi ishlarda ijtimoiy faollikning nazariy asoslari, amaliy yo‘nalishlari bir qadar ochib
berilgan.
V.S.Merlinning fikriga ko‘ra, shaxsning o‘z-o‘zini anglashida quyidagilar asos
bo‘lib xizmat qiladi: 1) o‘zini qanday bo‘lsa, shundayligicha anglash; 2) o‘z «Meni»ni
shaxs tomonidan ijobiy qabul qilinishi; 3) o‘zining qanday ruhiy xususiyat va
ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligini tushunishi; 4) o‘ziga o‘zi tomonidan beriladigan
ijtimoiy-axloqiy baholar, ularning darajasini anglashi.
Ayni paytda bu muammo doirasida pedagogik, falsafiy, psixologik va turli
nuqtai nazarlardan har xil yo‘nalish va mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borgan
zamondosh olimlarimizning ilmiy izlanishlari ham mazkur tadqiqotning dunyoga
kelishiga turtki bo‘lib, unda qo‘yilgan muammolarni hal qilishda o‘ziga xos ko‘mak
berdi. Jumladan, M. Maxmudova, G.J. Tulenova, T.Egamberdieva, Q.Q. Quranboev,
I.R. Safarbuvaeva kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida ijtimoiy faollik va shaxsni
faollashtirish muammolari pedagogik, psixologik hamda falsafiy jihatdan yoritib
berilgan.
Xususan, M. Maxmudovaning ilmiy izlanishlarida kichik yoshdagi
o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalash masalalari asoslab beriladi.
Tadqiqotchi quyidagi shartlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijtimoiy
faolligini shakllantirish jarayoni samaradorligini ta’minlash uchun etarli asos bo‘la
oladi degan xulosaga kelgan. YA’ni:
kichik yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini yaxlit tarbiya
jarayonining hal qiluvchi, yakunlovchi bosqichi sifatida tadqiq etish;
1-4 sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, shakllari
va metodlarini aniqlash;
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish
yo‘llari hamda ishlab chiqilgan tizim samaradorligini o‘rganish va ishonarli dalillar
vositasida asoslab berish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda
o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.
Q. Quranboevning tadqiqot ishi esa «Talabalarning ma’naviy-ijtimoiy
faolliklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Yoshlar tashkilotlari
misolida)» deb
nomlanib, talabalarning ma’naviy-ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning uslublari va
mazmuni, uning pedagogik asoslari yaratib berilgan. Muallif ilmiy kuzatishlarida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
97
ISSN:3030-3613
ma’naviy-axloqiy muammolar, yoshlar ta’lim-tarbiyasida ongli intizomning o‘rni,
burch va mas’uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish muammolari tahlil qilinadi.
Bu izlanishlar natijalarining ilmiy xulosalari ko‘rsatib o‘tiladi.
Har ikki tadqiqot ishida ham yuqorida bayon etilgan holatlarda talaba va kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning mazmuni, maqsadi, metod,
shakl va vositalari xususida to‘xtalib o‘tilgan.
A.Akramov tomonidan «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida
bo‘lajak o‘qituvchilarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik
asoslarini takomillashtirish» nomli tadqiqot ishida fuqarolik, fuqarolik pozitsiyasi,
shaxsiy nuqtai nazar, fuqarolik mas’uliyati, vatanparvarlik, burchga sadoqat, fidoyilik
kabi tushunchalarga mualliflik nuqtai nazaridan yondashilgan va shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik
pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I.R. Safarbuvaeva «O‘quvchi shaxsini faollashtirishda milliy mentalitet
elementlaridan foydalanishning pedagogik asoslari» nomli tadqiqot ishida o‘quvchi
shaxsining faollashuv jarayoniga bir qator omillar o‘z ta’sirini o‘tkazishini va bu
ta’sirlar quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan:
jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitning qaror topganligi;
fuqarolar ma’naviy-axloqiy etukligini ta’minlash masalasining davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi;
ta’lim-tarbiya ishlarining muayyan maqsad asosida tizimli, uzluksiz va
izchil olib borilayotganligi;
tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega sub’ektlar imkoniyatlarining yagona ijtimoiy
maqsadni amalga oshirilishiga yo‘naltirilganligi;
shaxs omilining ijtimoiy munosabatlar jarayonida etakchi mavqega ega
bo‘lishi va boshqalar.
Faylasuf olima G.J.Tulenova «Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma’naviy
omilning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil)» nomli tadqiqot ishida ma’naviy omilning
yoshlarning kasbiy xulqiga, ijtimoiy mo‘ljallariga, amaliy faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini falsafiy-metodologik jihatdan atroflicha o‘rganish hamda mavjud
muammolarni echish borasida xukumat va jamoatchilik sa’y-harakatlarini
uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqqan.
Sotsiolog I.Ergashev tomonidan esa bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida
yoshlarning ijtimoiy faolligi sotsiologik tahlil qilingan.
Yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish muammolari bo‘yicha olib borilgan turli
sohalardagi tadqiqotlar mazmunini o‘rganish asosida quyidagicha xulosalarga keldik:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
98
ISSN:3030-3613
1.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning mazmunini asoslash,
uning metodikasini ishlab chiqish pedagogika fani va amaliyoti oldidagi muhim vazifa
hisoblanadi.
2.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish shaxs umumiy kamolotini
hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi,
bugungi kunga qadar yaxlit pedagogik jarayon sifatida tadqiq etilmaganligi
ta’kidlanadi.
3.
O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning ijtimoiy munosabatlar
jarayonidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan
dastlabki kunlardayoq mamlakat aholisi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida mustaqillik
g‘oyalarini targ‘ib etish, ularda istiqlolni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy
faollikni qaror toptirish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bu boradagi vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishda ta’lim-tarbiya jarayonining roli katta.Ilm-fan va
texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har
bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi asosida yoshlarning
intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga
e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bizning fikrimizcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan - u
O‘zbekiston Prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida
prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoev asosiy e’tiborni yoshlarga
qaratmoqda.Ta’kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning
faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganlar O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hamda
psixologik tomondan hayotdagi o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha yo‘nalish belgilanganini
aytish imkonini beradi. Shu bo‘yicha davlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar
tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib,
O‘zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o‘rin tutishini
ta’kidlash mumkin.
FOYDALA
NILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L.
2.
(2020). O ‘zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o ‘rni va ularnig turli jihatdan
tasniflanishi.
Science and Education
,
1
(Special Issue 3).
3.
Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv.
Science
and Education
,
7
(7), 215-220.
4.
Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons.
Academic
research in educational sciences
,
2
(2).
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
99
ISSN:3030-3613
5.
Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o´ zbek tilida ifodalanishi.
Science and Education
,
1
(Special Issue 4).
6.
Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих
собственных потребностей.
Academic research in educational sciences
, (3).
7.
Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning
of foreign languages.
Academic research in educational sciences
,
2
(Special Issue
2).
8.
Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method
Enhancing Creativity.
Eastern European Scientific Journal
, (6).