Mualliflar

  • Davlatova Nodira Abduqayum qizi
  • Xidiraliyeva Zamira Botiraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97049

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar:tadbirkorlik ko‘nikmalari kasbiy malaka tizimi jamiyat shaxs sunʼiy intellekt loyiha menejerlari buxgalter virtual haqiqat dizayneri marketing.

Annotasiya

 Annotatsiya:  Zamonaviy  bilim  olish  hamda  mehnat  bozorida  talab  yuqori 
bo‘lgan  kasb-hunar  egallash  istagida  bo‘lgan  yoshlarning  ta’lim  olishi  uchun  keng 
imkoniyatlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy 
mahoratini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, 
va sharoit yaratib berish asosiy vazifalardan birdir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

88

ISSN:3030-3613

KASB VA YOSHLAR

Davlatova Nodira Abduqayum qizi

Namangan viloyati Pop tumani 5-maktab psixologi

Xidiraliyeva Zamira Botiraliyevna

Namangan viloyati Pop tumani 14-maktab psixologi

Annotatsiya

:

Zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori

bo‘lgan kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun keng
imkoniyatlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy
mahoratini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash,
va sharoit yaratib berish asosiy vazifalardan birdir.

Kalit so`zlar:

tadbirkorlik ko‘nikmalari, kasbiy malaka tizimi,jamiyat,shaxs,

sunʼiy intellekt,loyiha menejerlari, buxgalter, virtual haqiqat dizayneri,marketing.

KIRISH

Har qanday jamiyat boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va

ma’naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli
qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarishda zarur faoliyat bo‘lib qoladi.

Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi hamda farovonligi, shaxs

manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim
shartidir.

1.

Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi?

2.

Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish

mumkin?

3.

Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?

Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar

ravishda sunʼiy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin boʻlgan kasblardan
qochish lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻz
ahamiyatini yoʻqota boshlashi mumkin.

Keyingi yillarda insonga munosabat o‘zgargani haqida ko‘p aytiladi. Ayniqsa,

yoshlarga nisbatan, ularning ilm olishi, hunarli bo‘lishi, umuman, jamiyatda munosib
o‘rnini topishi bilan bog‘liq masalalarga munosabat ham tubdan o‘zgardi. Tizimli
yondashuv yo‘lga qo‘yildi. Buni yoshlarni kasbga yo‘naltirish misolida ko‘rib chiqsak,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

89

ISSN:3030-3613

yanada aniq tasavvur va xulosaga ega bo‘lamiz.Qadimdan ota-bobolarimiz farzand
tarbiyasida xoh u o‘g‘il, xoh qiz bo‘lsin, kasb-hunarli qilishga alohida e’tibor
berganlar. Farzandlarining layoqati, qobiliyatiga qarab tarbiyalaganlar. Ta’kidlash
lozimki, bolada mehnatga munosabat dastavval oiladan boshlanadi.Insonning unib-
o‘sishi, shaxs sifatida shakllanishi, umuman, hayotning ma’nosini faoliyatsiz,
mehnatsiz tasavuur qilib bo‘lmaydi. Odamzod paydo bo‘lishidan boshlab mehnat bilan
shug‘ullangan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik
kattaroq maqsadni, manfaat ko‘rishni, jamiyat uchun xizmat qilishdek sharafli
faoliyatga aylangan. Hozirgi kunda ham mazkur masala dolzarbligini yo‘qotmagan.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishi, mehnat

qilishi, o‘z qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish
so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu borada ulkan
va amaliy natijalarni har bir o‘zidan o‘tkazib his qilib bormoqda.Qisqa davrda ushbu
yo‘nalishda 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani, ularning ijrosiga mas’uliyat
bilan yondashilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Xalqimiz qalbidagi ezgu g‘oya – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish uchun

birinchi navbatda ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor kishini
quvontirmay qolmaydi. O‘ylab ko‘raylik, bola umrining qariyb 10 yilini maktabda
o‘tkazadi. Bu davr ichida uni har tomonlama ilmga, hunarga intiluvchan qilib
tarbiyalash har birimizning vazifamizdir.

Yoshlarni kasb-hunar tanlashga tayyorlashda har bir o‘g‘il-qiz shaxsidagi

individual xususiyatlarni inobatga olish, ularning tug‘ma iste’dodlari, ma’lum bir kasb-
hunarga nisbatan bo‘lgan layoqat, moyillikka qarab kasb-hunar yo‘naltirish yoshlar
orasida ishsizlikning oldini olish barobarida jamiyatga foydasi tegadigan mutaxassislar
soni ko‘payishida muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarni munosib kasb va sohaga yo‘naltirish, yoshlar bandligi – bu davlat

ahamiyatiga molik masala, chunki aynan yoshlar mamlakat kadrlar salohiyatini tashkil
qiladi.

Yoshlar bandligini ta’minlash davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining dolzarb va

uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda inson salohiyatining
raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan yoshlarga oid strategiyaga bog‘liqdir.

Bugungi yoshlar ko‘p jihatdan jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, yoshlarni munosib kasbga
yo‘naltirish, ishga joylashtirish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish muhim
vazifa hisoblanadi.

Bu yangi hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarning orzu-intilishlarini

ro‘yobga chiqarish barobarida o‘ziga bo‘lgan ishonchi, hayotga bo‘lgan ishonchi
ortishida, qolaversa, yurtimiz ravnaqi, taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘sha
oladigan avlodlar bo‘lib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

90

ISSN:3030-3613

Yoshlarning ma’naviy, axloqiy, jismoniy, ruhiy ehtiyojlarini hisobga olgan

holda, ularni har tomonlama kasb-hunar tanlashga mustaqil tayyorlash dolzarb vazifa
ekanligini anglagan holda, 2023 yil 1 fevraldan boshlab respublika bo‘yicha tajriba
sinov tariqasida 42 ta tuman (shahar)da jami 126 ta maktabda 64 ta ishchi kasblar, 21
ta tadbirkorlik yo‘nalishlari hamda 10 ta IT va “kreativ industriya” yo‘nalishlari
bo‘yicha 9,8 ming nafar o‘quvchilar kasbga o‘rgatildi.

Mehnatsevarlik xalqimizga xos xislatlardan biridir. Inson har bir narsaga o‘z

mehnati, intilishlari yordamida erishadi. Mehnat tufayli farzandlarimiz mustaqil
hayotga erkin inson bo‘lib qadam qo‘yadilar. Biz esa ularga ko‘makdosh, hayotda
to‘g‘ri va o‘z yo‘llarini topishlarida yo‘lchi yo‘ldosh bo‘lishimiz zarurdir. Shu
maqsadda hududlarimizda maktab bitiruvchilari uchun “Ta’lim va kasb-2023” xalqaro
ko‘rgazmasini tashkil etildi. Ko‘rgazmaga 50 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasa
vakillari, 80 mingga yaqin maktab bitiruvchilari jalb etildi. Bundan tashqari,
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan “O‘zbekiston professional ta’lim
tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash” loyihasi
doirasida hamkorlik memorandumi imzolanib, 2 marotaba respublika seminari
o‘tkazildi.

Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya yo‘nalishidagi korxona

va tashkilotlarga 34 mingga yaqin ekskursiyalar tashkil etilib, 616 ming nafardan ortiq
o‘quvchilar qamrab olindi. Bitiruvchi o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishini
yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi o‘tkazilib, 562 989
nafar umumta’lim maktab o‘quvchilarining 716 ta professional ta’lim muassasalariga
tashrifi tashkil etildi.

XULOSA

«Hunar – hunardan rizqing unar», deydi dono xalqimiz. O‘quvchi maktabni

tugatgach, uni to‘g‘ri yo‘naltirish, so‘ng talab yuqori bo‘lgan kasb egasi bo‘lishga
ko‘maklashish uning kelgusi hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Raqamlardan,
amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘idan ko‘rinib turibdiki, Prezidentimiz
boshchiligida yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishishlari uchun
otalarcha g‘amxo‘rlik qilinmoqda.

Maqsad ezgu va yagona – Yangi O‘zbekiston farzandlari hayot bilan hamnafas,

shijoatli, bilimga chanqoq, halol va hayotga teran nigoh bilan boqa oladigan insonlar
bo‘lib tarbiya topishiga erishishdir. Mehnatkash yoshlar to‘g‘ri fikr, ilg‘or dunyoqarash
bilan mamlakatni faol rivojlantiruvchi drayverga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Мирзиёев Ш. “Янги Ўзбекситоннинг тараққиёт стратегияси”. – Тошкент:
“Ўзбекистон” нашриёти, 2021.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

91

ISSN:3030-3613

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси. – Тошкент 2022 йил, 20
декабрь.

3.

Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 20 октябрдаги “Аҳоли бандлиги
тўғрисида”ги ЎРҚ- 642-сон Қонуни. 4.Ўзбекистон Республикасининг 2020
йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.

4.

Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 28 октябрдаги “Меҳнат кодексини
тасдиқлаш тўғрисида”ги ЎРҚ-798-сон Қонуни.

5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022–
2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармони.

6.

Абдурахмонова Г. Меҳнат иқтисодиёти. // Ўқув қўлланма. – Тошкент:
Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020.









Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Мирзиёев Ш. “Янги Ўзбекситоннинг тараққиёт стратегияси”. – Тошкент:

“Ўзбекистон” нашриёти, 2021.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси. – Тошкент 2022 йил, 20

декабрь.

Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 20 октябрдаги “Аҳоли бандлиги

тўғрисида”ги ЎРҚ- 642-сон Қонуни. 4.Ўзбекистон Республикасининг 2020

йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.

Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 28 октябрдаги “Меҳнат кодексини

тасдиқлаш тўғрисида”ги ЎРҚ-798-сон Қонуни.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022–

йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси

тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармони.

Абдурахмонова Г. Меҳнат иқтисодиёти. // Ўқув қўлланма. – Тошкент:

Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020.