Mualliflar

  • To‘lanov Mamasidiq
  • Bozorboeyva O.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97063

Annotasiya

Bugungi kunda “globallashuv” so’zi eng ko’p ishlatiladigan tushunchalardan biri 
hisoblanadi.  Ushbu  tushuncha  inson  va  jamiyat  hayoti  rivojining  hozirgi  davridagi 
muhim  xususiyatlarni,  jumladan,  tez  sur’atlar  bilan  o’zgarib  borayotgan,    kishilik 
tsivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan 
o’ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o’zida mujassam etadi. 
Globallashuvning    zamonaviy  “liberallari”,  “demokratiya”,  “inson  huquqlari” 
kabi muqaddas  qadriyatlarni niqob qilib olib, xalqlarni  mahalliy manfaatlari, azaliy 
qadriyatlari, axloq  normalari  va an’analaridan izchillik  bilan uzoqlashtirish siyosatini  
qo’llab-quvvatlamoqda.  
Dunyoda  globallashuv,  axborot  oqimining  tezlashuvi  va  intensiv-lashuvi, 
universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. 
Bunday  sharoitda  mafkuraviy  vositalar  orqali  o’z  ta’sir  doirasini  kengaytirishga 
intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va 
shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari 
shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash 
tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini 
belgilab bermoqda 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

26

ISSN:3030-3613

GLOBALLASHUV JARAYONIDA OMMAVIY MADANIYATNING TA’SIRI

To‘lanov Mamasidiq

Katta o‘qituvchi Qoqon Universiteti Andijon filiali

“Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi

Bozorboeyva O.

1-kurs Davolach ishi yonalishi talabasi.

Bugungi kunda “globallashuv” so’zi eng ko’p ishlatiladigan tushunchalardan biri

hisoblanadi. Ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining hozirgi davridagi
muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, kishilik
tsivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan
o’ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o’zida mujassam etadi.

Globallashuvning zamonaviy “liberallari”, “demokratiya”, “inson huquqlari”

kabi muqaddas qadriyatlarni niqob qilib olib, xalqlarni mahalliy manfaatlari, azaliy
qadriyatlari, axloq normalari va an’analaridan izchillik bilan uzoqlashtirish siyosatini
qo’llab-quvvatlamoqda.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi,

universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi.
Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga
intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va
shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari
shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash
tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini
belgilab bermoqda

Globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hech qanday

chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak, ushbu tamoyilning
ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

Globallashuv jamiyat xayotining boshqa sohalarida bo’lgani kabi milliy-madaniy

hayotda ham muhim tarixiy bosqichni yuzaga keltirdi.

Milliy madaniyat o’rniga “umumjaxon madaniyati” sifatida taqdim etilayotgan

“ommaviy madaniyat” ko’rinishidagi bu madaniyatni, daromadni maksimal
ko’paytirish g’oyasiga sadoqat asosida shakllangan, “iste’molchilik madaniyati” deb
nomlash mumkin. SHu o’rinda “iste’mol”, “iste’molchi” bilan “iste’molchilik
madaniyati” “iste’molchilik kayfiyati” tushunchalari o’rtasidagi chegarani belgilash
kerak bo’ladi. Albatta, inson avvalo iste’molchi ekanligini rad etib bo’lmaydi. Biroq,
iste’molchilik kayfiyatini uyg’otishga qaratiladi. Iste’molchilik kayfiyatiga berilgan
inson esa barcha narsaga foyda nuqtai nazaridan yondashadi. Ezgulik, muruvvat, mehr-
muhabbat. Vatan, xalq, o’zgalar taqdiri uchun javobgarlik kabi tuyg’u va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

27

ISSN:3030-3613

tushunchalar “qorinni to’ydirmaydigan” behuda tushunchalarga aylanadi. Shuning
uchun ham O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident
Devonining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I.Karimov “...jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy ” bo’shliqdan
foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik
illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi
barchamizga ayon bo’lishi kerak”ligini alohida ta’kidlab o’tdi.[1]

Iste’molchilik kayfiyati o’zagini tashkil etgan ommaviy madaniyat asl kishilik

madaniyatiga zid, uni poymol etadigan, mohiyatini butunlay buzadigan va ohir-oqibat
insonni jon saqlashdan o’zga maqsadi bo’lmagan jonzot, hayvon darajasiga,
tushiradigan, xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir.

Faqat yuksak ma’naviyatiga, ming yillik madaniy merosiga suyangan xalq,

davlatgina taraqqiyotga erishishi mumkinligi bugungi kunda tobora ravshan
haqiqatga aylanmoqda.

Turli millat va xalqlarning keng ma’nodagi ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va

estetik ideallari mavjud va ularni avaylab-asrash, ularga tayangan holda odamlar
hayotini tartibga solish insonparvar jamiyatning asosiy belgilaridan birini tashkil
etgan. Ayniqsa, bugungi kunda yetakchilikni da’vo qilayotgan davlatlar daromad
olish va iste’molchilchilik kayfiyatiga qaratilgan tuban qadriyatlarni asl qadriyat
sifatida dunyo xalqlariga taqdim etayotgan bir sharoitda, unga qarshilik ko’rsatish
hamda milliy madaniy-ma’naviy ildizlarni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuvning eng dolzarb bo’lgan madaniyatlararo munosabatlardagi bu
tendentsiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko’rinishini kasb etmoqda.

Insoniyat dunyoning rang-barangligi asosidagi birligini anglasa, tan olsa, milliy

va umuminsoniylikni optimal darajasida birlashtira olsa, integratsiyalashuv
jarayonining zamini yashovchan va mustahkam bo’ladi. Olomon didiga mos
“ommaviy madaniyat” esa kishini insonlik martabasidan mahrum etadi.

Xulosa qilib aytganda, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida

xarakatlanayotgan ma’naviy taxdilardan ogoh bo’lish davr talabi. Axloqsizlikni
madaniyat deb bilish, asl ma’naviy qadriyatlarni eskilik sarqiti deb qarash yoshlar
tarbiyasiga havf soladi.

Istiqlolimizning har bir kuni, har oyi, ta’bir joiz bo’lsa, har daqiqasi tinimsiz

kurashlar, izlanishlar bilan o’tmoqda. Zero millat ahil va inoq bo’lmasa, o’zi ko’zlagan
maqsad sari intilishida bir yoqadan bosh chiqarib, sog’lom fikr asosida bahamjihat
harakat qilmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo’qotsa, oxir-oqibatda o’zining eng katta
boyligi

bo’lmish

mustaqilligidan

judo

bo’lishi

mumkin.

Bundan

anglashiladiki, “ommaviy madaniyat” va boshqa turli jozibali niqoblarga burkalib,
ong-shuurimizga oshkora-pinhona yopirilib kelayotgan, hayotiy tajribasi hali yetarli
bo’lmagan o’smirlarni nishonga olayotgan, asl maqsadi buzg’unchilik, yoshlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

28

ISSN:3030-3613

to’g’ri yo’ldan chalg’itish, dunyoqarashini egallash bo’lgan xatti-harakatlarga aslo
befarq bo’lmasligimiz kerak.

Dunyoda globalizatsiya kuchaygan, ayrim millat va xalqlar bir-biridan

uzoqlashayotgan, jahon miqyosida raqobat, o’zaro qarama-qarshilik tobora
beshafqatlik kasb etayotgan, radikalizm, terrorizm, ekstremizm, prozelitizm va
“ommaviy madaniyat” kabi olomon tahdidlar kengayib borayotgan tahlikali zamonda
doimo ogoh va hushyor bo’lib yashash,

“O’z uyingni o’zing asra”

,

“O’z bolangni

o’zing asra”

g’oyasi orqali safarbarligimizni yanada oshirishimizni hayotning o’zi

taqozo etmoqda.

Adabiyotlar

1.

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat»,
2008, 115-bet

2.

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3.T.: «O‘zbekiston», 1996,
35-bet

3.

Туланов Мамасидик, ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОКУЛЬТУРНОГО И
ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У МОЛОДЕЖИ – ТРЕБОВАНИЕ
ВРЕМЕНИ , Proceedings of International Conference on Modern Science and
Scientific Studies: Vol. 2 No. 4 (2023): ICMSSS

4.

Туланов

Мамасидик.

(2023).

ПОСТРОЕНИЕ

ДУХОВНОГО

ПРОСТРАНСТВА, ПРОСВЕЩЕННОГО ОБЩЕСТВА, ГДЕ ЧЕЛОВЕК
ЖИВЕТ

СВОБОДНО

И

КОМФОРТНО

В

ОБНОВЛЕННОМ

УЗБЕКИСТАНЕ, ЯВЛЯЕТСЯ АКТУАЛЬНЫМ ВОПРОСОМ.

Proceedings

of International Conference on Modern Science and Scientific Studies

,

2

(4),

396–399.


Bibliografik manbalar

Adabiyotlar

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat»,

, 115-bet

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3.T.: «O‘zbekiston», 1996,

-bet

Туланов Мамасидик, ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОКУЛЬТУРНОГО И

ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У МОЛОДЕЖИ – ТРЕБОВАНИЕ

ВРЕМЕНИ , Proceedings of International Conference on Modern Science and

Scientific Studies: Vol. 2 No. 4 (2023): ICMSSS

Туланов Мамасидик. (2023). ПОСТРОЕНИЕ ДУХОВНОГО

ПРОСТРАНСТВА, ПРОСВЕЩЕННОГО ОБЩЕСТВА, ГДЕ ЧЕЛОВЕК

ЖИВЕТ СВОБОДНО И КОМФОРТНО В ОБНОВЛЕННОМ

УЗБЕКИСТАНЕ, ЯВЛЯЕТСЯ АКТУАЛЬНЫМ ВОПРОСОМ. Proceedings

of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 2(4),

–399.