T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
18
ISSN:3030-3613
ASAD DILMURODNING
“FANO DASHTIDAGI QUSH” ROMANIDA
BADIIY USLUB TAHLILI.
Toirova Zubayda Omongaldiyevna
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch
davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi,
Urganch Ranch texnologiya universiteti
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi.
Annotatsiya
. Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri
Asad Dilmurod tomonidan yaratilgan “Fano dashtidagi qush” romanining badiiy uslubi
tahlil qilinadi. Asar badiiy shakl va mazmun jihatdan falsafiy chuqurlik, ichki tafakkur
oqimi va obrazli til vositalarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda
muallifning poetik mahorati, ramziy obrazlar yaratishdagi yondashuvlari, psixologik
tahlil usullari, badiiy tafakkurning ifodasi sifatida til va uslub masalalari markazga
olinadi. “Fano dashtidagi qush” romanida badiiy uslub masalalari adibning fikriy-
estetik dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liq. Asarda tasviriy vositalarning
serqirraliligi, tilning poetikligi, falsafiy qatlamlarning chuqur ifodasi romanning badiiy
uslubini boyitadi. Muallif hayot va o‘lim, insoniylik va fano, ruhiyat va ma’naviyat
kabi murakkab mavzularni badiiy-falsafiy yo‘sinda yoritishda o‘ziga xos lirizm,
ramziylik va ichki monologlar orqali obrazlar dunyosini ochib beradi.
Kalit so‘zlari:
roman, ramziylik va ijodiy individuallik, tasavvufiy timsollar,
tush motivi, asar kompozisiyasi, konsepsiya, modus, badiiy toʻqima.
Abstract
. This article analyzes the artistic style of the novel “Bird in the Steppe
of Fano” by one of the great representatives of Uzbek literature, Asad Dilmurod. The
work is distinguished by its philosophical depth, flow of inner thought, and harmony
of figurative language means in terms of artistic form and content. The study focuses
on the author’s poetic skill, approaches to creating symbolic images, methods of
psychological analysis, and issues of language and style as an expression of artistic
thought. Issues of artistic style in the novel “Bird in the Steppe of Fano” are closely
related to the writer’s intellectual and aesthetic outlook. The diversity of figurative
means, the poetics of language, and the deep expression of philosophical layers in the
work enrich the artistic style of the novel. The author reveals the world of images
through his unique lyricism, symbolism, and internal monologues in illuminating
complex topics such as life and death, humanity and extinction, spirituality and
spirituality in an artistic and philosophical way.
Keywords:
novel, symbolism and creative individuality, mystical symbols,
dream motif, composition of the work, concept, mode, artistic texture.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
19
ISSN:3030-3613
Абстрактный.
В статье анализируется художественный стиль романа
«Птица в степи Фано» Асада Дилмурода, одного из выдающихся представителей
узбекской литературы. Произведение отличается философской глубиной,
внутренним течением мысли, гармонией образного языка с художественной
формой и содержанием. В исследовании рассматриваются поэтическое
мастерство автора, подходы к созданию символических образов, методы
психологического анализа, а также вопросы языка и стиля как выражения
художественной мысли. В романе «Птица степи Фано» вопросы
художественного стиля тесно связаны с интеллектуально-эстетическим
мировоззрением писателя. Богатство образного языка, поэтичность языка,
глубокая экспрессия философских пластов обогащают художественный стиль
романа. Автор раскрывает мир образов посредством уникального лиризма,
символизма и внутренних монологов, освещая в художественной и философской
манере такие сложные темы, как жизнь и смерть, человечество и вымирание,
духовность.
Ключевые слова:
роман, символизм и творческая индивидуальность,
мистические символы, мотив сна, композиция произведения, концепция, мода,
художественная фактура.
XX asr adabiyotida ruhiy-ijtimoiy sarzanishlar odam irodasini sinovdan
oʻtkazishi, yangidan-yangi metaforalarning “kashf” etilishiga keng imkon berdi. Albert
Kamyu, Jeyms Joys, Somerset Moem va shu kabi Gʻarb adabiy an’analarining sezilarli
ta’siri natijasida oʻzbek romanchiligida yangidan-yangi tasvir ekzislari paydo boʻla
boshladi. An’anadan – noan’anaga oʻtish, badiiy toʻqimalar olamida yangi bir universal
olam odamlarininng xarakterini ochib berish uchun kamida jahon adabiyotini bilish
emas, mumtoz adabiyot mahsullari bilan ham yaqindan tanishish lozimligini
dalolatlaydi. Pirovard natijada, adiblarning falsafiy-psixologik tasvir mahoratini
ilgʻashda qiyinchiliklar va murakkab situasiyalarga roʻbaroʻ kelish hech gapmas!
Hayotning maromdagi harakati fasllar izchilligi, bahor, yoz, kuz va nihoyat qishning
izgʻirinli kunlarini yodimizga solsa, inson umrining toʻrt faslga boʻlib taqqoslagan
Alisher Navoiydek hazratninng devonlari-yu, dostonlarida komillik sari intilish
moduslarini tartiblashtiradi. Ana shu jarayonning tirik shohidi boʻlishga, oʻzligini
bilib, NAFSni jilovlashga kirishgan zotki bor, oʻz semrugʻlarini izidan ergashtirib,
oltin vodiylarni zabt etishi turgan gap.
Asad Dilmurodning “Fano daashtidagi qush” romanida ramziylik va ijodiy
individuallik konsepsiyasiga diqqat qaratadigan boʻlsak, yozuvchi oʻzidan oldin
yashab, ma’rifat nurini biz avlodlarga meros tariqasida tortiq qilgan Jaloliddin Rumiy,
Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar yoziqlaridan bir goʻzal
oʻqirman uchun roman tartib beradi. Romanninng an’anadan – noan’anaga oʻtish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
20
ISSN:3030-3613
modusini shu qadar chigal soʻqmoqlarda konsepsiyaga yoʻgʻradiki, natijada,
yozuvchining hech kimga oʻxshamagan tasvir uslubini qayta-qayta va diqqat bilan
mutolaa qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Adibning yana bir romani I.Yoqubovning “Badiiy matn va estetik talqin”
risolasida yaxlit monografik yoʻsinda oʻrganilmagan. Aynan “Fano dashtidagi qush”
romanida Saidbek Umar obrazini qay tariqa yuzaga chiqarganini, asardagi xayoliy-
romantik, mifologik lavhalarning nechogʻli haqiqatga monandligini qiyosiy oʻrganish
asnosida ochiqlash mumkin. I.Yoqubov “Fano va baqo oraligʻida” maqolasida “Fano
dashtidagi qush” (2002) romanidagi Boʻztoy bilan “Rang va mehvar”dagi boʻzbola
Kamron ikkisini qiyosan tadqiq qiladi. Roman ifoda mustaqilligi bilan I.Sultonning
“Ozod” (2011) romanidagi Ozod obrazini ham yodimizga soladi. Fariduddin Attor,
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy singari mutafakkir adiblarimizning ijodida
ilhomlanganligi shundoq tasvirlanayotgan imo-ishoralar, nozik oʻxshtishlarda yaqqol
seziladi. Asar qahramoni Saidbek Umarning xotiralari Yodgor bilan muloqot negizida
qayta jonlilik kasb etib, parchalangan shaxs oʻzini hayotini ruhiy zoʻriqishlar orqali
anglab yetadi. Alisher Navoiyning
“Bu gulshan ichraki, yoʻqdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot”
mazmunidagi hikmatidan ta’sirlanish yozuvchini dunyoning oʻtkinchi hoyu-
havaslaridan boqiylikni faqat yaxshi nom chiqarish evaziga egallash muhimligini
nazarda tutgan boʻlsa ajab emas. Chunki mana shu xususiyat Navoiyning “Lison ut-
tayr” dostonida mavjud boʻlib, Asad Dilmurod Saidbek Umar ruhiyatini ana shu
tamoyil, konsepsiya negizida ochib berishga erishgan. Prof.I.Yoqubov qayd etishicha:
“Roman voqealari va qahramonlar xatti-harakatlari goh-goh boshqa oʻlchamlardagi
olamlarga, xususan, reallikdan yiroq xayoliy Saodat mamlakatiga koʻchadi. Bunday
lahzalarda ham qahramonlarni oʻzaro inoqlik va qat’iyat, insoniy mehr-muhabbat,
ertadan umidvorlik, sifatlari goʻzallashtirib turadi. Mashaqqatlarga bardoshli bu
bandalar pirovardida Buyuk qudrat egasi tomonidan munosib taqdirlanadilar. Ruhiy
evrilish bosqichini oʻtagan Saidbek Umar bundan teran qoniqish tuyadi, fano va
baqoning oʻzaro payvastaligi ham aslida Yaratgan egamning qudrati nishonasi
ekanligini anglab masrur boʻladi”.[9.94.] Koʻrinadiki, Saidbek Umar ruhiyatidagi uzil-
kesil oʻzgarishlar oʻzi yashab turgan ona tuproq, Yaratganga itoatkor boʻlish, azal va
abad orasida kechuvchi ziddiyatlar, adashishlar, ayriliqlar-u topshishlarning barchasi
qahramon koʻnglida birlashib, mazmun kasb eta boradi. Fano – tushunchasini Asad
Dilmurod tasavvufiy timsollar tilida Yodgor ongida roʻy berayotgan oʻsish-
oʻzgarishlar negizida ham tahlil qiladi. U barcha sir-bilimlarni yetkazuvchi maslakdosh
sifatida roman toʻqimalaridagi falsafiy, ilohiy gʻoyalarni tushuntiruvchi obraz boʻlib,
syujetga alohida mavqe kasb etadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
21
ISSN:3030-3613
“Ruh raki”, “Charxpalak”, “Sumalak zardobi” loyihalarga bosh-qosh boʻlishda
Shahobiy, Poʻlat Qosimiy, Bo-bosh nomli kashfiyotni favqulodda bir yangilik deb,
e’lon qilishadi. Biroq Saidbek Umar ich-ichidan yemrilib borayotgan oʻtkinchi
havaslaridan balandga koʻtarilish choralarini izlaydi. Adibning ilk hikoyalarida –
qahramonlar “Yortilik qonuni”dan sinovdan oʻtilardi. “Koʻchki” dagi Mahma,
“Xufton”dagi Pardaboylar ham Saidbek Umar kabi qahramonlarning ilk asosi.
Ularning xarakterida sodir boʻlayotgan oʻsish-oʻzgarishlar, tuban inqirozlar, fojelik,
mutelik, qaramlik jamiyat hayotida oʻz oʻrnini topa bilmaslik bilan oʻquvchini
oʻylashga undaydi.
Romanning qator kompozitsion ustqurmasi va badiiy gʻoyasi haqida soʻz yuritar
ekan, munaqqid ikki jihatni yanada teran talqin qilish borasidagi qarashlarini
uygʻunlashtirish lozimligiga mantiqiy urgʻulaydi: birinchidan, romanning mumtoz
alloma yoki mutafakkkirlarning din va dunyoviy ilmlarni egallagan musulmon, chin
taqvoli inson e’tiqodi hamisha zafar qozonishini, ikkinchidan, bunday odamlar
jamiyatda hamma zamonlarda ta’qib va iztiroblar bilan kun kechirishini, sinovlarning
ketma-ket kelishi, nafsni yengish maslagida turli xil boʻhtonlar-u gʻiybatlarga duchor
boʻlishini alohida uqtirib oʻtadi.
XX asrning eng yovuz aqidalaridan biri bu – manqurtlik falsafasidir. Chingiz
Aytmatovning oʻtgan asrda olib kirgan bu mavzusi sobiq ittiffoq davrida katta shov-
shuvlarga sabab boʻlsa ham, uni tushunganlar uchun real voqelikning oʻzginasi sifatida
tarix zarvaraqlarida muhrlandi. Mana shu mavzu tegrasida Ch.Aytmatov shunday
oʻtkir falsafiy fikrlarini bayon qiladi: “Asrni qaritgan kun” romanimni yozishdan avval
manqurtchilik mavzusini juda sinchkovlik bilan oʻrgandim. Bolaligimizda biror ishni
notoʻgʻri bajarsak yoki nojoʻya xatti-harakat qilsak: “Nima balo, manqurtmisan?!”
degan tanbehni koʻp eshitar edik. Toʻgʻri, qaysi chegaradan soʻng inson bevosita
manqurtga aylanishini aniq bilmasdik. Lekin ich-ichimizdan his etardikki, bu soʻz juda
yomon haqorat hisoblanardi. Bundan oʻn asr muqaddam kuylangan va oʻshandan
buyon qahramonlik, vatanparvarlik qomusi boʻlib kelayotgan qirgʻizlarninng “Manas”
eposida ilk bora manqurtchilik toʻgʻrisida guvohlik berilgan. Eposda shunday parcha
bor: kichkintoy Manas asov kuchga ega, jangari boʻladi. Bundan tashvishga tushib
qolgan mahalliy hokimlar pinhona til biriktiradilar. Ya’ni, kelajakda Manas xalq
yoʻlboshchisi boʻlmasligi uchun uni yoshligida manqurtga aylantirib qoʻymoqchi
boʻladilar:
Bolani asirga olaylik, boshiga xom terini yopishtiraylik. Soʻng, yurtimizga
eltib qurgʻurni olti aymoq qalmiq eliga bir boʻlib, boplab adabini beraylik!”
. [2.153.]
Mana shu iqtibosdan koʻrishimiz mumkinki, haqiqatdan ham, bu an’ana eng qadimgi
davrlarga borib taqalashini, Afrika, Avstarliya va boshqa davlatlarda, rivojlanishga,
oʻsishga, kamolotga yuz tutgan oddiy inson tafakkurini, irodasini, istiqbolini paymol
qilishga yoʻnaltirilgan maafur, yovuz kimsalarning, jaholatga mukasidan ketgan
siyosatdonlarning, soxta olimlarning, zulmkorlarning qabih ishlari natijasida yuzaga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
22
ISSN:3030-3613
kelgan eng kattta gunohlardan biri desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Mana shu tariqa har
bir inson oʻzining kelajagini chuqur oʻylab ish qilmogʻi, komolot sari intilib
yashamogʻi muhimligi ayonlashadi.
Yozuvchi Asad Dilmurod “Fano dashtidagi qush” timsolida Rumiy, Navoiy
an’analarini qayta tiklab, Saidbek Umar qiyofasida oʻziga xos tarzda milliy
adabiyotimizning arixtektonikasiga jiddiy oʻzgarish kiritganligini dalolatladi: “Nimasi
bilandir koʻnglini algʻov-dalgʻov qilib yuborgan oʻsha hodisani unutolmasligiga esa
bir gʻalati tush sababchi: emishki, avji bahor, yashillik bosqini, maysa va gul-
chechaklar majlisi, koʻkda qushlar chappor urib xonish qilar, attangki, bir mahal tepada
bulut toʻdalanib, beadad sel yogʻilar. Ne hol? – U qup-quruq, oʻgʻli Fuzayl esa
shalabbo, sovqotgan, Oʻgʻlini kamzuliga oʻrab, qoʻyniga tortmoqchi boʻladi, ammo u
unamay gʻuldiraydi: meni ushbu isitadi! Ovozini guldirak bosib ketgani uchun Saidbek
Umar hech narsani tushunmaydi, faqat uninng qoʻlida chaqmoq shu’lasida
yaltirayotgan va nimasi bilandir kishini oshufta etadigan bir tizim boʻri tishini
koʻradi”.[1.7]
Roman ekspozisiyasidagi tong va tush motivi Saidbek Umarning ruhiy-ijtimoiy
kechinmalarini ifodalashga qaratilgan ekan, shu birgina mavhum tush girdobiga gʻarq
boʻlgan voqelikkni hech hazm qilolmay ancha vaqt ikkkilanib yuradi. Tushning
shaytoniy va rahmoniy shakli, Saidbek Umar kelajagidagi mislsiz yogʻiylar soladigan
iztiroblardan – boʻrining tirnogʻi timsolida real mohiyat kasb etmoqda. Shak-shubhasiz
tush ilmi bilan shugʻullangan XX asr nemis faylasufi Erix Fromm shunday yozadi:
Bashorat beruvchi koʻp tushlar hech qanday telepatiyasiz ham toʻgʻri chiqadi. Shunday
karomatli tushlardan biri Yusuf alayhissalom koʻrgan tushdir. Yusuf alayhissalom bir
kun tush koʻrib, uni ukalariga aytib beradi: “Tushimda bizlar ekinzorda bugʻdoylarni
gʻaram qilib bogʻlayotgan ekanmiz. Qarasam, men bogʻlayotgan gʻaram yerdan
koʻtarilib, tik turgan ekan, sizlar bogʻlagan gʻaramlaringiz esa davra olib, mening
gʻaramlarimga ta’zim qilayotganmish”. Yusufning akalari unga: “Nahotki, sen bizning
ustimizdan podshoh yoki hukmron boʻlmoqchisan?” – deyishadi. Koʻrgan tushi va
aytganlari tufayli uni yanada yomon koʻrib qolishadi”.[3.72-73] Bu iqtibosdan ma’lum
boʻladiki, oʻz ichki “men”i boʻlsa-yu, uning qat’iy bir qarorga kelishiga yetadigan
fahm-u idroki boʻlmasa shaxs mutelik va qaramlik botqogʻiga sekin-asta bota
boshlaydi. Romanning kompozisiyasi ana shu tariqa Saidbek Umar taqdirini
oʻzgartirib yuborishga qodir, shubha va gumonlar iskanjasida xayol surishga
yetaklaydigan –
tush
motivi
bilan boshlanadi. Saidbek Umar tushi orqali qandaydir
gallyutsinatsiyaga duchor boʻlgan obrazni yodimizga soladi. Chunki u iroda va
matonat nuqtai nazaridan koʻp masalalarda xayol ogʻushida, tizginsiz iztiroblar
qurshovida hayot kechiradi. Bu haqda soʻz borganda: “Gallyutsinatsiya aslida
tibbiyotga daxldor atama. U ruhiy kasallikning bir turi. Internet ma’lumotlariga koʻra
ilk bor bu atama 1938- yil fanda qoʻllanilib boshlangan. Hayotidagi kuchli iztirob,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
23
ISSN:3030-3613
dard-alam tufayli bemorda gallyutsinatsiya holati yuzaga kelib, uning ruhiyati izdan
chiqadi. Meditsinaga doir adabiyotlarda qayd etilishicha, mazkur kasallik bemorlarda
turlicha holatda zuhur boʻladi. Jumladan, eshitish, koʻrish va ta’m bilish orqali
gallyutsinatsiyaga uchrash mumkin. “Gallyutsinatsiya” adabiy termin sifatida esa
oʻzbek adabiyotshunosligida, asosan, 70-yillarda N.Shodiev, H.Umurov, soʻngra
Y.Solijonov ishlarida qayd etilib, u haqda nazariy fikrlar bildirilib va adabiy asarlar
tahlilida shunday qahramonlarga misollar koʻrsatib berilgan”[6.169], – deya yozadi
dots.M.Qoʻchqorova. Chunonchi Fuzaylning boʻynidagi bir tizma boʻrining tishi
nimadan dalolat berishini, bu jondor keyingi hayotida yovuz kimsalarni eslatishini
fahmlash bosqichiga oʻtadi:
“Shu tush, shu voqeadan keyin chindan oromi butkul buzildi.
Shu tush shu voqeaga ulangan yana ham taajjubli edi...
Oʻsha erta, Fuzaylni tilga kiritolmagani boismi, ta’biri topilishi mahol tush
ta’siridanmi, hovlidan chiqqanda Saidbek Umar qizgʻin kechinmalar iskanjasida bot-
bot hapqirardi. Qiziqqki, u, yarim yoʻlda, tushini ham, oʻgʻli nedir havas bilan boʻyniga
taqvolgan matohni ham eslashdan choʻchiyotganini payqadi. Yana qiziqki,
allaqayerdan tasodifan paydo boʻlib qolgan oʻsha matoh koʻksida qadimdan (vo ajab-
o, qadimdan-a!?) qanaqadir yamoq borligiga ishora qilarmidi-ey.”[1.7-8] Mana shu
lavhadan ham his qilish mumkinki, roman kompozitsiyasidagi psixo-falsafiy mantiq
qahramoning tabiatiga singib, uning keyingi kechmishlariga doyalik qilayotganidan
shahodat beradi. Badiiy adabiyotda kompozitsiya va poetik uslub jipsligi qahramon
oʻy-xayollari hamda syujet qismlaridagi oʻziga xoslikni kuchli pafos bilan
payvandlanishiga xizmat qiladi. Akademik M.Qoʻshjonov: “Asar kompozitsiyasi –
badiiy ijodning jiddiy yondashishni talab qiladigan muhim nazariy masalalaridan
biridir. Inson oʻz ijodiy faoliyatining barcha sohasida kompozitsiya toʻgʻrisidagi
muayyan prinsiplarga amal qilishi ham bejiz emas... Estetik tafakkurda mavjud boʻlgan
tajriba va fikrlarni hisobga olgan holda kompozitsiyani shunday ta’riflasa boʻlar edi:
Kompozitsiya – asarda ijodkor diqqat markazining yaqqolligi, badiiy gʻoyaning
aniqligi, shunga nisbatan asardagi katta va kichik qismlar hamda obrazlarning joy-
joyiga qoʻyilishi va ularning tasvir me’yori va maqsadga muvofiqligidir”.[7.395] Bir-
biriga mantiqan bogʻlangan katta-kichik jumlalar roman markazidagi yozuvchi badiiy
toʻqimalarining oʻziga xos tabiatini idroklashga keng yoʻl ochsa, Saidbek Umar
taqdirining ogʻriqli nuqtalariga qadar bosib oʻtiladigan yoʻl inqilobini chamalashga
imkon beradi. Shu ma’noda, fikr yuritganda Alisher Navoiyning “Liston ut-tayr”
asaridgi mavjud qoliplash modusini tahlil qilishimizda koʻp narsalar oʻz-oʻzidan
ayonlashadi.
“Shu oʻrinda haqli ravishda “Lison ut-tayr” markazida turgan zokir kim unda, degan
savol tugʻiladi. Ushbu savolga hech ikkilanmasdan u asar muallifi – zikr istigʻroqining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
24
ISSN:3030-3613
eng tubini makon tutgan Navoiy, deb javob beramiz. Chunki bunday xos holatni badiiy
ifodalash uchun uni yashab oʻtmoq shart.. Navoiyninng oʻzi bu xususda:
Voy ul bedilgʻakim, qolgay tirik dildorsiz,
Bir iyosiz it boʻlib erdi Navoiy Yorsiz,
Etmagil, yo Rabki, hargiz bandi Sultondin judo...
deb yozgan edi. Demak, tom ma’noda subektiv holatni ifoda etgan buyuk asar “Lison
ut-tayr” mohiyatida turuvchi zokir, matn ostiga oʻzini mukammal darajada yashirgan
boʻlsa ham (naqshbandiylik tariqatining odobi, qonuniyayati hisoblanadi), dostonning
markaziy obrazidir. Zokir obrazi asosida esa Navoiyninng oʻzi turadi”.[4.118-119]
Mana shu manbaga tayanadigan boʻlsaak, romandagi Saidbek Umarning yozgulikni
yalov qilgani, tush va oʻng aro kechayotgan umrining ziddiyatli tus olgani, raqiblaru
dushmanlar qanot yozib uning ruhiy parvoziga monelik qilayotganini – ramziy
shtrixlarning naqadar mantiq va falsafa bilan yoʻgʻrilayotgani teran his qiladi. Chunki
jaholatga botgan va uni yonida turgan ShAYTON obrazi Asad Dilmurodning koʻpgina
asarlarida turli ranglarda koʻrinish beradi. Boʻrining tirnogʻi ham Shayton
malaylarining bir koʻrinishi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Badiiy uslub hamisha ikki muamoni hal qiluvchi asosiy fragmentlardan biri
sanaladi. Ya’ni tashqi olam faktorlari bilan ichki olam ehtiyojlarini muqoyasa qilishda
– uslub individuallikka evriladi. Yozuvchi hikoya qilish manerasini ham yangilashga
intilib yashaydi. Shu ma’noda, Asad Dilmurod Gʻarb adabiy tafakkurining misli
koʻrilmagan tasvir elemetnlarini sintezlay olgan yozuvchi sifatida “Fano dashtidagi
qush” asarini yozish orqali shuhrat qozondi. Insonning fenomeni va borliq haqidagi
ijtimoiy munosabatlar tigʻizligi ijodkorga misli koʻrilmagan imkoniyatlar eshigini
ochib berdi. Shu ma’noda, ijod olami serqirralashib, mifopoetik tafakkur
tigʻizlashuviga keng sharoit yaratishga hozirlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Asad Dilmurod. Tanlangan asarlar. 1-jild. –T: “Sharq”. 2012. –B.7
2.
Aytmatov Ch., Shoxonov M. Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori. –T: “Yangi asr
avlodi”. 2019. –B.153.
3.
Erix Fromm. Inson qalbi. –T: “Oʻzbekiston”. 2016. –B.72-73.
4.
Joʻraqulov U. Nazariy poetika masalalari. –T: “Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot
matbaa-ijodiy uyi”. 2015. –B.118-119.
5.
Karimov H. Kechagi oʻzbek nasrida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi (70-80-
yillar) -T.:Yangi nashr. 2018. –B.143.
6.
Qoʻchqorova M. Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari. –T.: “Muharrir”. 2011. -B.169.
7.
Qoʻshjonov M. Tanlangan asarlar. –T.: Sharq. 2019. –B.395.
8.
Quronov D. Nazariy qaydlar. –T.: Akademnashr. –B.4.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
25
ISSN:3030-3613
9.
Yoqubov I. Badiiy matn va estetik talqin. –T: “Fan va texnologiyalar nashriyoti”.
2013. –B. 94.3