T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
198
ISSN:3030-3613
YOSHLAR ORASIDA VERTUAL OLAMGA QARAMLIKNI OLDINI
OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Eshmurodova Dilbar Suvonqulovna
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani
MMTB ga qarashli 13-umumiy oʻrta
ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:
Hozirgi davrda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib
bormoqda. U faqat kattalar uchun emas, balki maktab o‘quvchilari uchun ham katta
ahamiyatga ega. Dars tayyorlashda, yangi ma’lumotlarni izlashda va hatto bo‘sh
vaqtimizni o‘tkazishda internet asosiy yordamchilarimizdan biriga aylangan. Lekin
har bir narsa kabi internetning ham foydali va zararli tomonlari bor. Internetni qanday
ishlatishimiz bizning darslarimizga, bilimlarimizga va sog‘lig‘imizga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
Intenet, Arpanet, global, lokal,qaramlik,makon, vertual olam.
KIRISH
Internet [lot. Inter-aro va net (work) - tarmoq] - katta (global) va kichik (lokal)
kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butun jahon kompyuter tizimi. Unda
geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda
tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, internet ildizi 50-yillarga borib taqaladi.
Xammasi 1949-yilda sobiq ittifoq atom bombasini sinovdan o’tkazilganida
boshlangandi. 1969 yil bo’lajak internetning ilk ko’rinishi ARPANET vujudga keladi.
Natijada har bir Amerikalik o’quvchi internet bu: “Pentagon jahonga taqdim etgan XX-
asrning ajoyib ixtirosi” ekanligi haqida xabar topgandi. Xullas, birlashgan internet
tarmog’i 1980-yildan boshlab vujudga kelib internet texnologiyasiga o’tish 1983-
yilning yanvar oyida o’z nihoyasiga yetadi. Shu vaqtning o’zida muhofaza
kommunikatsiya agentligi ARPANETni ikki mustaqil tarmoqqa bo’lib yuboradi.
Ularning biri keyingi tadqiqotlar uchun ikkinchisi esa harbiy aloqalar uchun edi.
Tadqiqot tarmog’ining nomi ARPANET bo’lib qoladi.
Bugungi kunda internetsiz hayotni tasavvur etib bо‘lmaydi. Har kuni dunyoning
turli sodir bо‘layotgan yangiliklar va turli xabarlarni bizga beminnat yetkazib turgan
va buning uchun bizdan faqatgina e’tibor talab qilayotgan internet О‘zbekistonga kirib
kelganiga 17 yildan oshdi. О‘tgan yilgi ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda
internetdan foydalanuvchilar soni 3 milliardga yetgan. О‘zbekiston Aloqa va
axborotlashtirish agentligining ma’lumotiga kо‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda esa
internet foydalanuvchilari soni 8 milliondan ortgan. Internet – XXI asr texnologiyasi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
199
ISSN:3030-3613
XXI asrni “kompyuter asri” deb ham atasa bо‘ladi. Tanganing ikki tomoni bо‘lgani
kabi internetning ham ijobiy ham salbiy jihatlari mavjud. Ammo shuni ham
unutmasligimiz lozimki, tanganing u yoki bu tomonini ochish insonlarning, ya’ni
bizning qо‘limizda. Shunday ekan, nima uchun endi biz internetni salbiy deya
baholashimiz kerak? Axir inson qay maqsadda undan foydalansa, shunga yarasha javob
oladi-da
2005- yil Vashington universiteti professori Fredrik Zimmerman 4 yoshdan 11
yoshgacha bо‘lgan 1266 ta bolalar о‘rtasida tadqiqot о‘tkazib shunday xulosaga keldi:
Aslida bolakaydagi jizzakilik, jaxldorlik, betkachoparlik holati vaxshiy televideo,
kompyuter о‘yinlari ta’sirida emas, ota-onaning beparvoligi sababli kelib chiqar ekan.
Bola о‘ziga shu tarzda e’tibor tortishga urinadi. Ota- onasidan topa olmagan mehrni u
albatta, mitti qalb – “temir quti” lardan izlaydi. Shunday ekan, bu “temir quti” ning
salbiy emas, ijobiy tomonidan kо‘proq foydalanish, tanqid ostiga olishdan kо‘ra
salbiylikka qarshi immunitet hosil qilish lozim. Chunki, immunitet qanchalik
mustahkam bо‘lsa, zararlanish ham shuncha kam kuzatiladi.
Keling, internetning ijobiy tomonlari haqida fikr yuritamiz. Birinchidan, internet
orqali turli bepul kurslarga a’zo bо‘lish, masofaviy ta’lim imkoni mavjud. Ikkinchidan,
uyda turib istagan narsangizga buyurtma berish imkoni mavjud. Yana eng
muhimlaridan biri, qaynoq yangiliklardan boxabar bо‘lib turish. Umuman olganda,
tо‘g‘ri foydalanilsa internet yoshlar ongini buzishdan kо‘ra, uni shakllantirishga xizmat
qilmoqda
Hozirgi kunda keng tarqalgan insonlarga foyda keltirayotgan saytlardan biri
internet magazinlardir.
Mamlakatimizda
doimo
internetdan
foydalanuvchilar
soni
ortib
bormoqda,shuning uchun ham zamonaviy dunyoda, korxonalar muvafaqiyati uchun
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
200
ISSN:3030-3613
hozirgi
vaqtda
savdosotiqni
tarmoq orqali amalga oshirishni ma’qul
ko’rmoqdalar.Internet magazinlar korxona sarf-xarajatlarini kamytiradi, masalan
odatdagi magazinlarga qarab chiqadigan bo’lsak xaridorlarning xarid uchun to’lovni
amalga oshirishda bitta sotuvchiga to’lash ancha qiyinchilik tug’diradi internet
magazinlarda esa bitta konsultantning o’zi yetarli. Shunday ekan,elektron tarzdagi
savdo –sotiq korxonalarning samarador ishlashini ta’minlaydi. Internet –magazin
odatiy magazinlarga qaraganda quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-Internet-magazinlar kecha-kunduz va har kuni, tushlikda tanaffuzsiz ,dam olish
kunlarsiz va bayram kunlarida ham ishlaydi;
-xohlagan xaridor ,yerning xohlagan joyida turib magazindagi mahsulotlarni
xarid qilish imkoniyatiga ega;
– internet-magazin sotuvchi-konsultant ijarga olish kerak emas,xaridor mahsulot
haqida batafsil ma’lumot olish huquqiga ega.
-Internet-magazin maydon bilan chegaralanmaydi.Uni ko’p miqdordagi
mahsulot va ko’p miqdorda gi xizmatlar bilan kengaytirish mumkin;
-Internet-magazin yaratish odatdagi magazinlardan ko’ra oz muddat va kam
sarmoya sarflanadi.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo’nalishda ilgari bo’lmagan juda
katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to’siqlarni yengib o’tish imkonini
beradi:
1)
Bilimlarni egallash yoʼlidagi toʼsiqlarni yengish. Axborotlardan
foydalanish natijasida taʼlim olish yoʼlidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun
katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv koʼnikmalarini rivojlantirishga olib kelsa,
axborotlar bilimlar to’plash jarayonining mazmunli jihatini taʼminlash uchun kerak
boʼladi. Internet va “Butun jahon tarmog’i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun
birdek axborot izlash kanali bo’lib xizmat qiladi.
2)
Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yoʼlidagi toʼsiqlarni yoʼqotadi. Internet
tarmogʼi orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda koʼplab global
fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta
aloqani taʼminlash harakati.
3)
Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yoʼlidagi toʼsiqlarni yo’qotadi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog’liq sohalar hamda taʼlim
tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari
axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta,
elektron kutubxonalar – saytlar taʼlim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har
qanday chegaralarni yo’qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan oʻquv va ilmiy
axborotlarni olish imkonini yaratadi.
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
201
ISSN:3030-3613
Internetning ko'plab afzalliklari mavjud: Internet - bu ma'lumotlarning ajoyib
ombori. Har bir inson o'z resurslariga murojaat qilishi va o'z savoliga javob topishi
mumkin. Entsiklopediyalar va ma'lumotnomalar uzoq o'tmishda. Endi har bir savol
uchun javobni Internetdan topishingiz mumkin. Muloqot uchun deyarli cheksiz
imkoniyatlar. Inson ijtimoiy tarmoqlarda, xabarchilarda muloqot qilishi, bir xil
qiziqishdagi do'stlarni topishi mumkin. O'smir hayotidagi Internet sizning ichki
dunyomizni boshqalar bilan bo'lishishning eng muhim usuli bo'ldi.Internetda siz
mutaxassis bilan maslahatlashishingiz, fikringizni bildirishingiz va muloqot qilishingiz
mumkin.Siz musiqa tinglash, rasmlarni ko'rish, o'yin o'ynashdan zavqlanishingiz
mumkin.Shuningdek, siz ish topishingiz mumkin. Dizaynerlar, dasturchilar va boshqa
ko'plab odamlar Internetda pul ishlash imkoniyatiga ega. Siz o'zingizning
mahsulotingizni Internetda reklama qilishingiz mumkin. Internet - bu biznesmenlar
uchun o'z mahsulotlarini reklama qilish va yangi xaridorlarni topish uchun ajoyib joy.
Shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Turli xil ma'lumotlarning nazoratsiz
joylashuvi haqiqat ma'lumotlarini ishonchsiz ma'lumotlar bilan aralashtirib yuborishga
olib keldi. Axborotni endi o'zlashtira boshlagan yoshlar uchun bu dunyo haqidagi
buzuq g'oyalarga olib keladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda oddiy odamlar bilan bir qatorda firibgarlar, manyaklar va
noqonuniy niyatli boshqa odamlar ham ishlaydi. Internet hayotimizdagi haqiqiy xavf
manbaiga aylandi. Erkinlik sharoitida asotsial xarakterdagi saytlar ko'payib ketdi.
Ularning xo'jayinlari firqalar, ekstremistik guruhlardir. Ular zo'ravonlik va tajovuzni
targ'ib qiladilar. Ushbu guruhga bolaning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan
pornografik tarkibga ega saytlar kiradi. Izohlarning Internetda bepul joylashtirilishi
odobsiz so'zlarning hamma joyda bo'lishiga olib keldi. Ko'rinib turgan anonimlik
qasamyod qilish odatiy holga aylandi. O'yinlarning mavjudligi kompyuterga qaramlik
kabi falokatga aylandi. Qimorga qaramlik giyohvandlikka o'xshaydi. "Yangi hayot"
olish imkoniyati o'yinchilarga virtual hayot va haqiqat o'rtasidagi chegarani yo'q qilish
uchun aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlarni joylashtirish Internetga
qaramlikning eng xavfli turlaridan biriga aylandi.O'zining ahmoqligi tufayli kamdan-
kam uchraydigan zarbani olishga urinayotgan o'spirinlar ko'pincha o'z hayotlarini xavf
ostiga qo'yishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
1.
Chetty K., Wenwei L., Josie J., Shenglin B. Bridging The Digital Divide:
2.
Measuring Digital Literacy, 2017. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон
стратегияси . – Тошкент:
3.
“Ўзбекистон” НМИУ, 2021. – Б. 24. 3.Рақамли иқтисодиёт //
https://lex.uz/docs/5030957 4. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни
қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-том. – Тошкент:
“Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 16 б.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
202
ISSN:3030-3613
4.
“Texnologiya darslarida raqamli texnologiyalarni o„rni” M.To'rayev, S.T
Aldasheva, I.T Aldashev - Results of National Scientific Research International,
2023
5.
O„quv jarayoniga media ta‟limning integratsiyasi I.Aldashev - Scientific journal of
the Fergana State University, 2023