T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
270
ISSN:3030-3613
EKOLOGIK MUAMMOLAR
Akramov Sherzodbek Ikromjon o’g’li
Qo’qon Davlat Universiteti Ijtimoiy-gumanitar
fanlarni o’qitish (huquq ta’limi) - 70111102
mutahassisligi 1-bosqich magistranti
Sherzodbekakramov002@gmail.com
tel raqam: +998911508502
Annotatsiya:
Mazkur maqolada global ekologik muammolar, ularning paydo
bo‘lish sabablari, oqibatlari va insoniyat uchun xavfli bo‘lgan jihatlari o‘rganilgan.
Atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi va kabi
muammolar tahlil qilinadi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari va
barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida takliflar
berilgan.
Kalit so’zlar:
Ekologik muammolar, ifloslanish, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari
tanqisligi, ozon qatlami, issiqxona samarasi, “yashil makon” umummilliy loyihasi
Annotation:
This article explores global environmental problems, their causes,
consequences, and the dangers they pose to humanity. It analyzes issues such as
environmental pollution, climate change, and water resource scarcity. The article also
provides suggestions on ways to address these problems and outlines measures
necessary to achieve sustainable development
Keywords
: Environmental problems, pollution, climate change, water resource
scarcity, ozone layer, greenhouse effect, "Yashil makon" national project
Аннотация:
В данной статье исследуются глобальные экологические
проблемы, причины их возникновения, последствия и опасные аспекты для
человечества. Анализируются такие вопросы, как загрязнение окружающей
среды, изменение климата, дефицит водных ресурсов и другие подобные
проблемы. В статье также представлены предложения по устранению этих
проблем и меры, необходимые для достижения устойчивого развития
Ключевые слова:
Экологические проблемы, загрязнение, изменение
климата, дефицит водных ресурсов, озоновый слой, парниковый эффект,
общенациональный проект «Yashil makon»
KIRISH.
Yer sharining bugungi koʻrinishi oʻtgan asrlarga nisbatan misli koʻrilmagan
darajada oʻzgardi. Ekologik xaf bugungi kunda keng tus olib, yer sharining butun
mintaqalarini qamrab oldi. Uning xavfi yadro xavf-hataridan ham dahshatli tus
olmoqda. Xususan, global isish, yer ekosistemasining oʻzgarishi, choʻllashish,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
271
ISSN:3030-3613
qurgʻoqchilik, ichimlik suvining tanqisligi kabi ekologik muammolar vujudga keldi.
Bu muammolarning aksariyat insonning tabiatga aralashuvi natijasidir.
USULLAR VA ADABIYOTLAR TAHLILI.
Maqolada ekologik muammolar bo‘yicha olimlarning ilmiy ishlaridan va
statistika ma’lumotlaridan foydalanildi. Tadqiqot davomida ekologik ifloslanish, iqlim
o‘zgarishi va bioturli turlarning yo‘q bo‘lishi bilan bog‘liq adabiyotlar o‘rganildi.
Maqola yozishda analitik, qiyosiy va statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Jumladan,
dunyo mamlakatlarida ekologik muammolarga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar
o‘rganilib, ularning natijasi tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJA
XX asrning 50-yillaridan boshlab havoda Freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod)
miqdorining ortishi kuzatilmoqda. Bu esa 25 km uzoqlikdagi ozon qatlami
(ozonosfera) ni yemira boshladi. Natijada "Ozon tuynugi" hosil bo'ldi. Ozon qatlami
quyosh nurlari ta'sirida kislorod azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida ya'ni chaqmoq
chaqishi momaqaldiroq, yashinlar natijasida hosil bo'ladi va to'planib boradi. Hozirgi
vaqtda Freon gazlaridan keng foydalanish, aviatsiya gazlari hamda atom bombalarini
portlatilishi natijasida atmosferaga ko'p miqdorda zararli moddalar va tutunlar
chiqarilmoqda. Bu esa ozon qatlamini to'planishiga imkon bermayapti. Aviatsiya va
raketa uchirilishi natijasida atmosferaga ko'p miqdorda alyuminiy oksidi
chiqarilmoqda. Chiqarilgan alyuminiy oksidi oq kukun ko'rinishida bo'lib quyosh
nurlarini yer yuzasiga tushushiga to'sqinlik qiladi va oqibatda quyosh nurlari qaytishi
kuzatiladi. Raketalar atmosferani ifloslab qolmay ko'p miqdorda kislorod sarflaydi va
ozon qatlamiga ham ta'sir etadi. AQSHning "skaylob" stansiyasining orbitaga
chiqargan Saturn-5 raketasi ionosferada kengligi 1800 km "tuynuk" hosil qilib, u 1,5
soatdan so'ng to'lgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra bir vaqtning o'zida Saturn-5
ga o'xshash 125 ta raketa uchirilsa, yer yuzasini o'rab turgan ozon qatlamini yo'q qilib
yuborishi, yer yuzasidagi barcha tirik organizmlar nobud bo'lishi mumkin. Bugungi
kunda Antarktida va Avstraliyaning quyi hududlaridagi atmosfera havosida ozon
tuynugi hosil bo'lib kengayib bormoqda. Bu holatni oldini olish borasida bir qator
ishlar olib borilmoqda. 1981-yil 81-mamlakat olimlari mutaxasis va davlat arboblari
qabul qilgan "Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi" va 2000-yilga
qadar freon gazlaridan ishlab chiqarish mahsulotlarini kamaytirib borish tadbirlari
belgilab berildi. Natijada so'ngi yillarda ozon tuynugining maydoni qisqarib bormoqda.
"Issiqxona samarasi" Keyingi yillarda atmosfera tarkibida karbonat angidrid
gazlarining ortishi natijasida issiqxona samarasi vujudga keldi. Bunga sabab sanoat
korxonalarida yoqilg'i mahsulotlari ayniqsa, toshko'mirdan keng ishlatilishi, transport
vositalarida
yoqilg'ilardan
foydalanilishi,
o'rmonlarning
kesilishi,
o'rmon
yong'inlaridir. Bular issiqxona samarasini jadallashuviga olib keldi. Ahvol shu tariqa
davom etsa XXI asrga kelib yer yuzasi harorati 1,5-4,5 gradusga ortishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
272
ISSN:3030-3613
Buning oqibatida iqlimning o'zgarishi, ayniqsa cho'llashish jarayoni kuchayadi. Tabiat
zonalari siljiydi, okean va dengizlar sathi ortadi. Muzliklar erishi va hajmi kamayishi
kabi hodisalar ro'y beradi.
Chuchuk suv yetishmasligi muammosi. Suvning biosferada roli juda katta. U
tiriklik va hayot manbai. Gidrosferada 1,5 mlrd kub kmdan ko'proq suv mavjud
bo'lsada, shuning atigi 3% chuchuk suvlaridir. Chuchuk suv zahiralarining asosiy qismi
qutbiy muzliklarda to'plangan. Jamiyat rivojlangani sari chuchuk suvga bo'lgan talab
tobora ortib bormoqda. Gidrosferaning jami hajmining 3%ini tashkil etgan chuchuk
suv iste'molida aholi, sanoat, qishloq xo'jaligi birlamchi rol o'ynaydi. Chuchuk suv yer
yuzasi bo'ylab notekis taqsimlangan. Masalan Afrika aholisining 10%i muntazam
chuchuk suv bilan ta'minlangan bo'lsa, Yevropada bu ko'rsatgich 95% ni tashkil etadi.
Ayniqsa tropik Afrika mamlakatlarida toza ichimlik suv muammosi jiddiy muammo
bo'lib turibdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham bir qancha ekologik muammolar mavjud.
Ular "Orol muammosi", choʻllashish, qurgʻoqchilik, ichimlik suvining tanqisligi,
yashil makonning qisqarishi, havo sifatining yomonlashuvi tobora ortib bormoqda.
"Orol muammosi" ham insonning tabiatga aralashuvi natijasida vujudga keldi, global
muammoga aylandi. Hozirda kunda qonunlar va huquqiy-normativ hujjatlarga
yangicha yondashuv zarurati otgan yillarga nisbatan oʻsdi. Natijasida, ekologik
muommolarni tariximiz va bugungi kunimizdagi holatini e’tiborga olgan holda
o‘rganish, tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb
ahamiyatga ega boʻldi. So‘nggi yillarda ko‘plab hududlarda yangi yo‘llar, qurilishlar,
kommunikatsiyalar uchun daraxtlar kesilayotgani kuzatilmoqda. Bu holat ayrim
ruxsatsiz qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ekologik muvozanatga katta putur
yetkazmoqda. Misol uchun, 2023-yilda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri,
Farg‘ona viloyati, Andijon va Qarshi shaharlarida noqonuniy yoki ruxsatsiz daraxt
kesilishi bo‘yicha ko‘plab videolar va murojaatlar tarqaldi. Afsuski, ba’zan bu holatga
vakolatli organlar sust reaksiya bildiradi yoki ma’muriy jarima bilan cheklanadi.
Daraxt kesilishi havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi, chang zarralari va issiqlik
orollarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Daraxtlar tuproq eroziyasining oldini oladi,
qushlar va mayda hayvonlarning yashash joyi hisoblanadi. Daraxt kesilgan har bir
hududda nafaqat ekologik, balki sotsial muhit ham izdan chiqadi, odamlarning stressi
ortadi, bolalarning nafas yo‘llari kasalliklari kuchayadi.
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel
shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini
olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida “Yashil
makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bog‘lar”, 662 gektar “yashil
jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km
masofada “yashil belbog‘”lar barpo etildi. Respublikada ekotizimlarni himoya qilish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
273
ISSN:3030-3613
va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni
kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi
muhim qadam boʻldi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta
koʻchatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30
foizga oshirish reja qilingan. Hozirda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish
boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga sazovor. Shu bilan birga har
yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga
ham e’tibor qaratilishi lozimligi belgilandi.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ekologik muammolarning bari antropogen ya'ni inson omili
bilan bog'liq. Xo'sh bir nima qilishimiz kerak? Qanday choralar ko'rishimiz zarur?
Albatta inson tabiatni ifloslash bilan chegaralanib qolayotganligi yo'q. Uni bartaraf
etish chora-tadbirlarini ham amalga oshirmoqda. Ko'pgina davlatlarda ekologik siyosat
olib borilmoqda. Bizning davlatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
mustahkam yaxlit qonunchilik bazasi mavjud. Lekin yangi ekologik muammolarning
vujudga kelishi zamonaviy qonunchilikni yaratishni taqazo etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “Respublikada yashillik
darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil
amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.11.2024 yildagi
804-sonli
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga
oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Qarori
3.
Gulnora Gulyamova,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
,
Islom
4.
iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti v.b
“Yashil
makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirish omili. 7 may 2025-
yil
5.
A.Sattorov, Q.Allanov, B.Abdumo'minov Global iqlim o'zgaгishi, uning
oqibatlari va unga moslashish. Termiz 2019.