T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
227
ISSN:3030-3613
YOSHLAR XULQIDAGI AGRESSIVLIKNI BARTARAF ETISHNING
PSIXOLOGIK OMILLARI
G‘afurova Xaticha G‘afur qizi
Buxoro viloyati Shofirkon
tumani 19-maktab psixologi
Annotasiya:
O’z-o’zidan ma’lumki agressiyani keltirib chiqaruvchi sabablar
mavjud. Tadqiqotchilar agressiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga subektiv omillarni
keltirib o’tganlar. Bular: tarixiy xotira, qasd olish udumlari, ayrim diniy oqimlar
(fanatizm, ekstremizm g’oyalari), ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, televideniye),
ayrim siyosatchilarning individual axloqiy jihatlarining bevosita ta’sir etish
imkoniyatlarini ta’kidlaydilar.
Kalit so’zlar:
agressiya, o’smir, jismoniy agressiya, bilvosita agressiya, verbal
agressiya, tarbiya, xulq, ijtimoiy omillar, oila, maktab.
KIRISH
Agressiya atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «aggredi» – «tajovuz qilmoq»
ma’nosini anglatadi. Psixologiyada «agressiya» atamasiga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud. Ayrim olimlar agressiyaga salbiy yondoshuv qilsalar (X. Delgado, A.A. Bass,
L.M. Semenyuk, G. Parens, A. Bandura, R.Uolter, Y.Mojginskiy), ayrimlalari
agressiyani (L.Bender, D.Richardson, R.Beron) ijobiy baholaydilar Olimlar
agressiyaning quyidagi turlarini keltirib o’tadilar. Bular:
Jismoniy agressiya – boshqani qo’rqitishdan tortib, to’g’ridan-to’g’ri jismoniy
kuch ishlatish, unga jismoniy va ma’naviy og’riq yetkazish. Bilvosita agressiya –
boshqa insonga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan axborotlarni tarqatish (mish-mish,
kalaka qilish va hokazo), o’z-o’zidan aynan boshqa insonga qaratilmagan holda
agressiyaning namoyon bo’lishi (mushti bilan stolni urish, eshikni taqillatib yopish va
boshqalar).
Verbal agressiya – salbiy hislarni baqirish, janjal qilish, so’kish, haqoratlash,
tahdid va boshqa usullar orqali bildirish. Arzimagan qo’zg’ovchi ta’sirga ham
qo’pollik, terslik, emotsional qo’zg’alish bilan javob berish. T.G. Rumyanseva, I.B.
Boyko agressiyani ijtimoiy xulq ko’rinishi deb hisoblaydilar.
Davrlar boyicha o’rganilganda eng ko’p agressiyaga moyillik o’smirlik davriga
to’g’ri kelishi aniqlangan. Agressiya o’smirlarda yuzaga kelgan ijtimoiy vaziyat,
hodisalar ustidan o’ziga xos nazorat qilishning maqbul usuli sifatida qabul qilinadi. G’.
B. Shoumarov fikriga ko’ra, o’smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko’plab
psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha
jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
228
ISSN:3030-3613
o’zgaradi. Bu davrda o’smir hayoti, ruhiyati, organizmining fiziologik jarayonlari,
uning ijtimoiy holatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aksariyat vaziyatlarda ularda
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli xil holatlar kuzatiladi. O’smirlarda
agressivlikning shakllanishiga quyidagi shaxs xususiyatlari ta’sir qiladi:
-
tarbiyaning muvozanatlashmagan shakllari: o’z-o’ziga haddan ziyod past
baho berish, yuqori darajada impulsivlik, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar
iste’mol qilish, kompyuter o’yinlariga tobelik, tavakkalchilikka tayyorlik holatlari,
o’zo’zini himoya qilish hislarining chegaralanganligi;
-
xulqiy omillar: o’z vaqtini maqsadsiz o’tkazish, maktabdagi darslarni
sababsiz qoldirish, o’zlashtirish darajasining pastligi, erta jinsiy aloqalarga kirishish va
hokazo;
-
ijtimoiy omillar (OAVning psixologik ta’siri, jamiyatdagi udum va
marosimlar, ota-onaning xulqiy buzilishlarga ega ekanligi, oila ijtimoiy mavqeining
pastligi, tarbiyachilarning o’zgarishi (o’gay ota, o’gay ona va hokazo); - o’smirning
xulqiy og’ishlar shakllangan do’stlar bilan yaqin ijtimoiy aloqalarni o’rnatishi (taqlid
fenomeni);
-
ichki oilaviy nizolar (ota-onaning ajrashishi, ikkinchi nikohdagi
farzandlar, o’smirning o’zlashtirishiga ota-ona tomonidan o’smir qobiliyatlari,
qiziqishlari inobatga olinmagan holda haddan ziyod yuqori talablarning qo’yilishi.
Disfunksional oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlarda agressiv xulq
ko’rinishlarining shakllanishi ehtimoli funksional oilalarda tarbiyalanayotgan
oilalardagi o’smirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.
Oilada o’smir erkinliklarini haddan ziyod cheklash, yoki aksincha, ota-ona
tomonidan surunkali befarqlik ham agressiv xulq ko’rinishlarining shakllanishga olib
keladi.
Agressiv xulq oilada o’smirning erkinliklari haddan ziyod chegaralanganda yoki
unga haddan ziyod erkinliklar berilganda ham shakllanishi mumkin. Agar o’smir oilada
barcha ehtiyojlarining tezlik bilan qondirilishiga o’rganib qolgan bo’lsa, tengdoshlari
jamoasida uning ehtiyojlariga to’sqinlik qilganlarga nisbatan agressiv munosabat
bildiradi. Oilada emotsional inkor etilganlik holatlarida ham o’smirlar agressiv xulq
ko’rinishlari bilan o’zlariga e’tiborni qaratishga harakat qiladilar. Ota-onaning o’smir
xulqidagi o’zgarishlar sababini izlashi yuzaga kelgan muammolarni konstruktiv tarzda
hal etishi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Agar o’smirning oila a’zolari
muntazam tarzda o’zaro nizolar, baqiriqlar orqali ta’sir o’tkazish asosida
muammolarini hal etishga o’rgangan bo’lsalar, boshqa ijtimoiy vaziyatda o’smir aynan
o’zini shunday tutishga intiladi;
-
shaxsiy
muammolar
(fiziologik va
psixologik
xarakterdagi muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi o’smirlarda
jinsiy rivojlanish xususiyatlari – pubertat davri xususiyatlarining namoyon bo’lishi);
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
229
ISSN:3030-3613
-
o’zining tashqi ko’rinishidan norozi bo’lish – «Terzit kompleksi» (kattalar
tomonidan noadekvat idrok qilinishi).
O’smir o’zini kattalardek his etishida unga bolalar kabi munosabatda bo’lish
yoqmaydi;
-
o’smirdagi tafakkurning tanqidiyligi – kattalar hatti-harakatiga nisbatan
shubha bilan qarash, ularda o’rnatilgan axloqiy meyorlarga nisbatan e’tiroz hislarining
shakllanishga olib keladi;
-
o’smirga nisbatan ma’lum bir ijtimoiy tamg‘alarning bosilishi
(o’qituvchilar tomonidan o’smirning o’zlashtira olmasligi, tarbiyasizligi, u bilan
gaplashish befoydaligini ta’kidlash);
-
ijtimoiy omillar (jamiyatda muammolarni kuch ishlatish orqali hal etilishi
haqidagi g‘oyasining o’rnatilganligi, maktablardagi o’quv sinflarning haddan ziyod
to’laligi, maktabdan haddan ziyod charchash, asabiylashish). Agressiv xulq
shakllanishida «agressor» va «qurbon» rollari ajratiladi.
Maktabdagi «agressorlar» tengdoshlari va kattalarga nisbatan o’zlarini yuqori
tutadilar, ruhiy og‘riqqa nisbatan og‘riqni his etmaydilar, o’zlarini dominant tutadilar,
yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni jismoniy kuch ishlatish orqali hal etadilar. Bu ko’proq
o’g‘il bolalarda kuzatiladi. «Agressorlar» affekt holatlarida o’z-o’zini yetarli darajada
idora eta olmaydilar. O’zlarini tengdoshlariga nisbatan kuchliroq his etib, o’zlaridan
kuchsiz bo’lganlarni «qurbon» sifatida tanlaydilar. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda
nafaqat «agressorlar», balki «qurbonlar» ham pedagog va psixologlar e’tiborini talab
qiladi. Ya’ni ushbu toifadagi o’smirlar «ijtimoiy autsayder» atamasi bilan nomlanadi.
Ushbu o’smirlar passiv va namoyishkorona turlarga ajratiladi. Passiv tipdagi
«qurbonlar» bosiq, hadiksirovchi, qo’rqoq bo’ladilar. Odatda, ularda o’z-o’ziga past
baho berish, o’zlarini ko’rimsiz, kuchsiz deb baholash kuzatiladi. Ularga nisbatan
tajovuz jarayonida yig‘laydilar, qochadilar. Maktabda, mahallada o’rtoqlari kam
bo’ladi. Ikkinchi guruh namoyishkorona tipdagilar uchun «agressorlar»ga xos bo’lgan
xususiyatlar namoyon bo’ladi. Bu o’smirlarda bir vaqtning o’zida agressiya va qo’rqish
holatlari namoyon bo’lishi asosida impulsiv, agressiv xulq ko’rinishlari bilan ulardagi
qo’rqish va xavotirlanish holatlari birgalikda namoyon bo’lishi, doimiy tarzda
kurashga tayyorlik holatlari kuzatiladi. O’zlarining xulqi bilan ular atrofdagilarning
noroziligi, agressivligini jalb qiladilar. Bir tomondan, xulqi bilan atrofdagilarning
agressiv munosabatlarini o’zlariga jalb qilsalar, boshqa tomondan kuch ishlatish usuli
orqali muammolarni hal etishga moyil bo’ladilar. Ushbu toifadagi o’smirlarni
tengdoshlari, kattalar yoqtirmaydilar. Agressivlik o’z-o’zidan paydo bo’ladigan holat
emas. Ko’p hollarda psixologik muammolarni hal etishda ojizlik holatlari ta’sirida
shakllanadi: Charchash. Agar o’smir haddan ziyod charchagan bo’lsa, psixik agressiya
psixik resurs imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida shakllanadi. O’z-o’zini negativ
idrok etish. «Men yomon odamman. Shuning uchun o’zimni shunday tutaman».
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
230
ISSN:3030-3613
Tobora yomonlik hissi o’smir uchun chuqur, ma’lum bir hatti-harakatni bajarishga
psixofiziologik tayyorlik xolati – ustanovkaga aylanadi. Bu toifadagi o’smirlarda
arzimagan, yumshoq tanqid ham psixik og‘riqning shakllanishiga olib keladi. Agar
o’smir insonlar bilan munosabatlarda salbiy tajribaga ega bo’lsa, u ertaroq
himoyalanishga intiladi. Ko’p hollarda uning hayotiy tajribasida shunga o’xshash
holatlar uchragan, o’zi uchun xavfli deb hisoblagan vaziyatdan himoyalanishga harakat
qiladi. O’smirda ijtimoiy muhitdagi insonlar bilan yaqin emotsional munosabatlar
o’rnatilmaganligi, o’zini himoyasizqo’rqoq bo’ladilar. Odatda, ularda o’z-o’ziga past
baho berish, o’zlarini ko’rimsiz, kuchsiz deb baholash kuzatiladi. Ularga nisbatan
tajovuz jarayonida yig‘laydilar, qochadilar.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo’lsak, o’smirni yosh bola sifatida qabul qilsakda, unda
kattalarga xos sifatlar shakllanganligini hisobga olib, uning fikrlarini, qarashlarini,
hohishlarini, takliflarini e’tiborga olish muhimligini esimizdan chiqarmasligimiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Agressiya v podrostkovom vozraste. – Sankt-Peterburg, «Piter», 2007.
2.
Bandura A., Uolters R. Podrostkovaya agressiY. Izucheniye vliyaniya vospitaniya
i semeynix otnosheniy. / Perevod s angl. – M.: «Aprel Press», 1999.
3.
Beron R., Richardson D. AgressiY. / Per. s angl. S. Melenevskaya, D. Viktorova,
S. Shpak. – Sankt-Peterburg: «Piter», 2001. –S. 142, 147.
4.
Berkovits L. Agressiya i agressivnoye povedeniye. – Voronej: «Nauchnaya kniga»,
2004. –S. 80.
5.
Beron R., Richardson D. Psixologiya chelovecheskoy agressii. – M.: «Vuzovskaya
kniga», 2001. –S. 71, 72.