Mualliflar

  • Jumayeva Gulnora Tolibjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97097

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: yetakchi optimistik ruh liderlik psixologiyasi demokratik tamoyil liberal tamoyil intellektual salohiyat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Jamiyatimizda  “rahbar”,  “lider”,  “yetakchi”,  “sardor”  kabi  tushunchalar 
mavjud. Aslida ularning barchasi bir ma’noni anglatadi hamda bir maqsad yo’lida 
xizmat qiladi.  
Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o’rtasida katta tafovutni aniqlash 
mushkul. Ularning vazifasi ham, mas’uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday 
bo’lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

223

ISSN:3030-3613

YOSHLARDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI

Jumayeva Gulnora Tolibjonovna

Farg'ona viloyati So‘x tumani 2sonli AT-ga

ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabi psixologi

ANNOTATSIYA

Jamiyatimizda “rahbar”, “lider”, “yetakchi”, “sardor” kabi tushunchalar

mavjud. Aslida ularning barchasi bir ma’noni anglatadi hamda bir maqsad yo’lida
xizmat qiladi.

Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o’rtasida katta tafovutni aniqlash

mushkul. Ularning vazifasi ham, mas’uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday
bo’lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

yetakchi, optimistik ruh, liderlik psixologiyasi, demokratik

tamoyil, liberal tamoyil, intellektual salohiyat.

KIRISH

Jamiyatimizda “rahbar”, “lider”, “yetakchi”, “sardor” kabi tushunchalar mavjud.

Aslida ularning barchasi bir ma’noni anglatadi hamda bir maqsad yo’lida xizmat qiladi.

Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o’rtasida katta tafovutni aniqlash

mushkul. Ularning vazifasi ham, mas’uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday
bo’lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi. Rahbar
rasmiy, ya’ni qonunga muvofiq shu lavozimga tayinlangan. Lider bo’lsa norasmiy,
ya’ni biror bir guruh tomonidan ularning xohishiga binoan saylangan shaxsdir. Bular
liderlikning ikki xil ko’rinishlari. Ko’p hollarda, rahbar dastavval lavozimga, so’ngra
shu lavozimi ortidan hurmatga erishsa, lider aksincha hurmat ortidan lavozimga
erishadi.

Lavozimi yuqori shaxs, ya’ni rahbar o’z-o’zidan liderlikka erishadi va qo’l

ostidagilariga nima qilish kerakligini ta’kidlab turadi. Haqiqiy lider, undan farqli
o’laroq, o’zining ortidan ergashuvchilarga nima qilish kerakligini ko’rsatib va unda
o’zi ham ishtirok etib boradi. Qachonki liderning safdoshlari uning borligiga, kuch-
qudratiga va iste’dodlariga shubha bilan qarashmasa, unga ishonch bildirishsa lider eng
katta kuchga ega bo’ladi. Liderni boshqalardan ajratib turuvchi tomonlari uni
yuksaklikka olib chiqish yo’lida xizmat qiladi.

Liderni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy tomonlaridan biri - bu liderning eng

avvalo, o’ziga va unga ergashayotgan safdoshlariga bo’lgan ishonchi. Buyuk
allomalarimiz aytganidek, o’z kuchingni his etishing kuchingga kuch qo’shadi. Lider
hamma vaqt biror bir ishni boshlashdan avval atrofidagilar bilan maslahatlashishi va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

224

ISSN:3030-3613

unga yuklatilgan topshiriqlarning bir qismini ularga ishonib topshirishi darkor. Bu
bilan u o’z izdoshlariga bo’lgan ishonchi yuqorida darajada ekanligini isbotlab bergan
bo’ladi.

Liderning o’ziga xos muhim jihatlaridan biri – bu optimistik ruhda fikr

yuritishida, ya’ni har bir ko’zlagan maqsadni faqat yaxshi tomonlarini o’ylab ish
ko’rishidadir. Yana u to’g’ri qaror qabul qilish qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ba’zilar
uzoq o’ylab qarorlarini bir necha marta o’zgartirishsa, lider bir marotaba qaror qabul
qiladi va o’z qaroridan hech qachon shubhalanmaydi. Shu sababdan liderlarni kelajakni
ko’ra olish qobiliyatiga ega deyishadi. Ammo ular bunday kuchga ega emaslar.
Yetakchilar shunchaki o’zlari uchun kelajakni yaratishga intilishadi va ba’zida dunyoni
o’zgartirishga qodir qarorlar qabul qilishadi.Lider o’zining kuchli va ustun jihatlarini
yaxshi biladi hamda imkon qadar ulardan unumli foydalanishga intiladi. Shu bilan
birga u o’zining kuchsiz tomonlarini ham tan ola biladi va ularni zaifligicha
qoldirmaslik yo’lida to’g’irlashga harakat qiladi.

Lider atrofdagilarga ta’sir o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Unda

boshqalarni o’z ortidan ergashtirish, to’g’ri yo’lga yetaklash, safdoshlariga o’z
iste’dodini topishda va rivojlantirishda ko’maklashish, yordamini ayamaslik kabi
xususiyatlar jam bo’ladi. Hozir kundan kunga rivoj topib kelayotgan davrda liderlarga
bo’lgan talabning kuchayganligini tan olmasdan ilojimiz yo’q. Liderlik
psixologiyasining zamonaviy va ko’p uchraydigan muammolari safiga muloqotga
kirisha olmaslik, javobgarlik va mas’uliyat hissining yetishmasligi, kelishuv va murosa
qila olmaslik, reja qilingan ishda qoniqarli natijaga erisha olmaslik, rag’batlantirish va
jazolashning me’yori kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Demokratik va liberal tamoyillardan unumli hamda to’g’ri foydalana bilish

ham liderlikning ko’p uchraydigan muammolaridan hisoblanadi. Lider ko’p hollarda
liberal tamoyil asosida ish ko’radi, ya’ni barcha rejalari-yu, maqsadlaridan
safdoshlarini xabardor qiladi, ular bilan maslahatlashadi, ularning barchasiga birdek
ishonadi va hech biridan shubhalanmaydi. Bu guruh a’zolarining liderga bo’lgan
hurmatini oshiradi.

Lekin shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, lider o’z guruhi uchun o’zi qaror qilishi,

hech kimga tayanmasligi talab qilinadi.

Demokratik tamoyilda ish olib boradigan lider esa aksincha, faqat o’ziga

tayanadi, hech kimga ishonmaydi va maslahatlashmaydi. Qarorlar lider tomonidan
o’rnatiladi va hammadan ularga bo’ysunish talab qilinadi. Bu guruh a’zolarining o’ziga
bo’lgan ishonchi pasayishiga olib keladi. Lekin ba’zida boshqalarning fikrini ham
tinglay bilish, ular bilan fikr almashish foyda beradi.

Lider oldiga qo’ygan maqsadga erishish yo’lida barcha kamchiliklarni bartaraf

etishi va shu bilan birga muammolarga qarshi o’zida immunitet hosil qila olishi kerak.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

225

ISSN:3030-3613

Muammolardan qochmaslik, ularni kelishilgan holda oz muddatda hal qila olish ham
samarali liderning kuchli jihatlaridir.

Liderning asosiy qurollaridan biri uning muloqotni to’g’ri yo’lga qo’ya

olishidadir. Lider, ham safdoshlarining bir-biriga bo’lgan, ham o’zining ularga bo’lgan
muloqotini ta’minlab bera oladigan kuchga ega shaxs bo’lishi darkor. Muloqot orqali
lider guruhdoshlarini ruhlantira olishi va ulardagi “men”ni “biz”ga aylantira olishi
kerak. Bu orqali u izdoshlarini guruh uchun qayg’urishga va ularni birlashtirishga
erishgan bo’ladi. Guruh qanchalar ahil, kelishuvchan va hamfikr bo’lsa, o’z oldiga
qo’yilgan maqsadlariga shunchalar tez va oson erisha oladi. Marralarni zabt etishda esa
muloqotning o’rni beqiyosdir.

Muloqot to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, o’z navbatida xushmuomalalikni ham

unutmaslik darkor. Lider har qanday muammoni xushmuomalalik va muloyimlik bilan
hal qilsa, atrofidagilarning unga bo’lgan mehri, hurmat-e’tibori shunchalar ortib
boradi. Lider o’zi istagan va kutgan natijaga erishishi uchun, avvalo, unda javobgarlik
va mas’uliyat hissi yuqori bo’lishi kerak. Lider safdoshlarining har biri uchun javobgar
shaxs bo’libgina qolmay, unga yuklatilgan vazifani mas’uliyat bilan ado eta olishi ham
kerak. U safdoshlari haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lishi va ulardan har birining
kuchli va zaif tomonlarini, iste’dodini juda yaxshi bilishi kerak. Ularni har qanday
vaziyatda ham qo’llab-quvvatlashi, ko’maklashishi va dalda bera olishi kerak.
Qachonki lider har bir vazifani bajarishda mas’uliyatni his qilar ekan, uning har bir ishi
unumli va o’z vaqtida hal bo’ladi.

Lider guruh a’zolari orasida kelishib ish ko’rishni ta’minlay olishi ham kerak.

Undan guruhdagi har bir safdoshining fikri bilan qiziqish, ularni bir maqsad yo’lida
murosaga keltira olish talab qilinadi. Zero, barcha bir maqsad yo’lida tirishar, hamfikr
bo’lib ishlar ekan ularning marrani zabt etishi yo’lida duch keladigan qiyinchiliklari
ham osongina yengib o’tiladi.

Guruhda yetakchilik qilayotgan shaxs har bir vazifani o’z vaqtida hamda tartib

bilan bajarishi shart. Belgilab qo’yilgan maqsadlariga birma-bir sabr bilan erishishga
intilishi kerak. Hamma narsaga erishishga harakat qilayotgan inson oxirida hech
narsaga erisholmaydi. Shuni inobatga olgan holda, rejaga tayanib ish ko’rishni
maslahat berar edim.

Lider va uning izdoshlari ko’zlagan marraga erishar ekanlar, lider

rag’batlantirishni unutmasligi kerak. Rag’batlantirish orqali u o’z safdoshlarini
ilhomlantira va olg’a intilishga unday oladi. Rag’batlantirish haqida gap borar ekan,
yetakchilar albatta, jazolashni ham chetlab o’tishmaydi. Lekin har bir narsaning
me’yori bo’lganidek, lider ham buning me’yorini bilishi foydadan holi emas. Jazoni
haddan ziyod ko’p qo’llash rivojlanish saviyasining pasayishiga sababchi bo’lishi
mumkin. Agar lider kutgan natijaga erisha olmasa va bunday vaziyatda buning sababini
topib uni yechishdan ko’ra, jazolashni ma’qul ko’rsa u guruh a’zolarini shunga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

226

ISSN:3030-3613

ko’niktirib qo’yadi. Buning oqibatida esa guruhda oldinga intilish va o’sish kabi
tushunchalar yo’qolib boradi.

Moslashuvchanlik hozirgi kunda lider uchun qo’yilayotgan eng zaruriy

talablardan biri bo’lib kelmoqda va shu bilan birga bu liderlikning zamonaviy
muammolari sirasiga kiradi. Lider har qanday vaziyatga va sharoitga tez hamda osonlik
bilan moslashib keta olishi kerak. U har qanday davrada o’zini qanday tutishni bilishi
va u yerga, u yerning shart-sharoitlariga moslashgan holda ish ko’rishi lozim.
Moslashuvchanlik, eng avvalo, kommunikatsiya qobiliyatlarini ham talab qiladi.

XULOSA

Liderga xos bo’lgan har bir jihatning ahamiyati shundaki, ularning barchasi bir-

biri bilan uzviy bog’liqdir, biri birini inkor qila olmaydi, aksincha, bir-birini
to’ldirishga xizmat qiladi. Masalan, u o’ziga ishonsagina safdoshlariga ham ishona
oladi. Bu uzviy bog’langan ishonch ulardagi optimistik ruhni keltirib chiqaradi. Har
qanday positiv kayfiyatdagi inson esa to’g’ri va obdon o’ylangan qarorlar qabul qila
olishi mumkin. Javobgarlik va mas’uliyatni his qila olish qobiliyati esa liderni yuksak
cho’qqilar sari yetaklaydi.Zamonaviy liderning intellektual salohiyati ham yuqori
bo’lishi kerak, ya’ni u dunyoviy bilimlarga ega bo’lishi, kompyuter texnologiyalaridan
xabardor bo’lishi, har bir jabhada o’zini sinab ko’rgan va yetarlicha ko’nikma hosil
qilgan bo’lishi darkor. Har tomonlama rivojlangan, ma’nan va jismonan komillikka
erisha olgan, liderlik xususiyatlariga ega bo’lgan shaxs jamiyatda o’z o’rnini topa
olishiga ishonchim komil. Lider - jamiyatning ertangi kuni to’g’risida qayg’uradigan
eng buyuk insonlar sirasiga kiradi. Ular “Agar men bo’lmasa, kim?” degan fikrda hayot
kechirar ekanlar, bizni porloq kelajak kutayotganiga aminmiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ziyonet.uz.

2.

Hayitov O.E. Boshqaruv psixologiyasi. Chirchiq, 2020.

3.

Robin Sharma. Muvaffaqiyatning 200 siri. Toshkent, 2017

4.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Ziyonet.uz.

Hayitov O.E. Boshqaruv psixologiyasi. Chirchiq, 2020.

Robin Sharma. Muvaffaqiyatning 200 siri. Toshkent, 2017

Internet materiallari