Mualliflar

  • Shodiyeva Nilufar Shokir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97099

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: bola psixologiyasi tarbiya metodika longityud xissiy jarayon ma’rifiy jarayonlar.

Annotasiya

 
Annotatsiya: “Oila ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan kelib 
chiqib,  unga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  oila  -  bu  uyushgan  ijtimoiy  guruh 
bo‘lib,  uning  a’zolari  umumiy  hayot,  nikoh  yoki  qarindoshlik  munosabatlari  bilan, 
shuningdek,  jamiyatning  jismoniy  ehtiyojlari  tufayli  ma’naviy  javobgarlik  bilan 
bog‘lanadi” 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

214

ISSN:3030-3613

OʻSMIRLIK DAVRIDA BOLALARNING RUHIY SHAKLLANISHIDA

OILANING OʻRNI VA AHAMIYATI

Shodiyeva Nilufar Shokir qizi

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on

tumani 25-IDUM psixologi


Annotatsiya:

“Oila ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan kelib

chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: oila - bu uyushgan ijtimoiy guruh
bo‘lib, uning a’zolari umumiy hayot, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari bilan,
shuningdek, jamiyatning jismoniy ehtiyojlari tufayli ma’naviy javobgarlik bilan
bog‘lanadi”

Kalit so’zlar:

bola psixologiyasi, tarbiya, metodika, longityud, xissiy jarayon,

ma’rifiy jarayonlar.

KIRISH

Mashhur faylasuf V.Gyugo aytganidek, “oila jamiyatning duru gavharidir”.

Shuningdek, “Oila tabiatning shox asarlaridan biridir”. Xuddi shox asar hisoblangan
oilani o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq etib borish bugungi kunning ham eng dolzarb
masalalaridan bo‘lib, hozirgi davrda mustaqil O‘zbekistonda bu borada juda katta
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda. “Oila” haqida gapirar ekanmiz, avvalom
bor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas
urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak avlodlar qanday inson bo‘lib
yetishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini deb bilamiz. Har bir
oilaning kelajagi va istiqboli, uning mustahkamligiga, sog‘lom turmush tarziga
bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida xalqning, jamiyatning istiqbolini belgilaydi. Shu tufayli
oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari mamlakat, jamiyat manfaati yo‘lida amalga
oshiriladigan eng muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Bunda o‘zbek xalqida kelin - kuyovga eskicha nikoh o‘qitish, shuningdek

Respublikamizda yashovchi boshqa xalqlar, jumladan, ruslarda cherkovda nikoh
o‘qitish, turklarda esa nikoh to‘yidan keyin hurmat belgisi sifatida kelin-kuyovni
ma’lum muddat davomida oila a’zolari bilan gaplashmay yurishlari singari an’anaviy
udumlar ko‘zda tutilgan.Oilaning turlari :

Monogam oila- bola manfaatlariga yoʻnalgan oiladir. XIX asrning oxiri

XX asrning boshlarida paydo boʻlgan hodisadir. Bu turdagi oilalar koʻproq bolani
kelajakda kim boʻlishi, u egallashi lozim boʻlgan martabalar, uning istiqboli xususida
qaygʻuradigan, shu bois oilaning budjeti uni taminlash, unga zarur taʼlim tarbiyani
berish, gʻamxoʻrlik qilishga sarflanadi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

215

ISSN:3030-3613

baʼzan ona faqat bolani oʻylash, unga eʼtibor qilishni afzal bilgandan eridan ham voz
kechishi holatlari ham kuzatilgan.

Avtoritar oila- bola soni 1 yoki 2 ta, ota onaning cheksiz gʻamxoʻrligi, ular

obroʻsi bilan parallel tashkil etiladi. Masalan: kohinlar amaldorlarning oilasi shunday.
Ota ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga yetadigan, shuning uchun bola ham
xuddi otasi yoki onasi kabi yetishish motivatsiyasi kuchli boʻladi.

Ambivalent detotsentrik oila- bola koʻproq ota onaning hissiy emotsional

gʻamxoʻrligi taʼsirida boʻladi. Masalan: agar qiz bola boʻlsa, u faqat otasi yoki onasi,
yoki ikkisining doimiy erkalashlari ogʻushida katta boʻlib, oxir oqibat shunday holatga
koʻnikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday boʻlsa kerak, degan fikr baʼzan oʻzi
mustaqil oila qurganda uning yangi xonadonga koʻnikishga jiddiy xalaqit beradi.

Kvaziavtonom detotsentrik oila- bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli

tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, oʻz
holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berlgan boʻladi. Buning albatta ijobiy, ham
salbiy jihatlari bor.

Monogam boʻlmagan oila- toifasi chin maʼnoda nikoh munosabatlariga

tayanamaydi. Bundan oilaning 3 xil koʻrinishi mavjud;

ajrimlar tufayli paydo boʻlgan notoʻliq oila- XX asr oxirida koʻpayib

ketgan notoʻliq oila turi Golodning ma'lumotiga koʻra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu
qadar koʻpaydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi toʻgʻri keldi. Buning sabablari:
ota onalik roʻllarning bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan chetlashishi, chunki
ajrashgan otalar maʼlum muddat oʻtgach farzandlardan umuman yuz oʻgiradi.
Oʻzbekistonda ham statistika maʼlumotga koʻra 14,5 mingdan 15 minggacha oila
ajrimlar qayd etildi. Ajrim boʻlgan oilalarning 70% yosh oilalar boʻlib ularda yetim
boʻlib qoladi.

Beva boʻlib qolish, turmush oʻrtogʻining vafoti munosabati- bunda ota

yoki onaning farzandi bilan yolgʻiz qolishidir. Bunday oilalardagi maʼnaviy ajrim
tufayli paydo boʻlgan notoʻliq oilanikidan farq qiladi.

nikohdan tashqari oila- 90- yillarda koʻpaygan oila turi, unda asosan

yolgʻiz qolgan “ayol-ona” oilani tebratadi. Bunday oilalar; Rossiya 20-21% Buyuk
Britaniya Fransiyada 32-35% tashkil etgan. Rossiyada ota onalardan bittasigina
boʻlgan oilalarda 1989 yilda 4.5 mln bola yashagan boʻlsa, bu koʻrsatkich 1994 yilda
5 mln ha yetdi. Oʻzbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulodda holatlar sifatida
qaraladi. Chunki ayrim udumlar, milliy qadriyatlarimiz farzandlarning nikohdan
tashqari paydo boʻlishini qoralaydi.

Ø Alternativ oila- kam uchraydigan oila turlari boʻlib, ular ayrim jihatlari bilan

boshqalardan farqlanib turadi. Bu turdagi oilalar Gʻarb mamlakatlariga xosdir. Bu
toifadagi oilalar oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

216

ISSN:3030-3613

~ fuqorolik nikohi- unda erkak va ayol oʻz ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd

etmay yashayveradi.

~ qayta nikoh- bunday nikoh turi beva qolgan shaxslarda uchraydi. Birinchi

qayta nikoh XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan.

~ qoʻsh xotinlik - bir erkak koʻpincha hufyona oʻz qonuniy nikohidagi ayoldan

tashqari yana boshqasi bilan shariy nikohda yashaydi. Qoʻshxotinlik Osiyo va Sharq
mamlakatlari aholisiga xos hisoblansada, hozzirda Rossiyada ham kuzatilmoqda.
Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan. Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur
etib, uning psixologik xususiyatlarini oʻrganishga jazm olimlardan biri amerikalik
tadqiqotchi Virjiniya Satir ( 1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash
uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi;

*

Oilaning funksional xususiyatlari

*

Oila energetikasi

*

Oila tizimi chegarasi

Oilaning funksional xususiyatlari

Oilaning funksional xususiyatlari - oila aʼzolar oʻrtasidagi munosabatlarning

sifatiy farqlarini tavsiflaydi. Masalan;

Muloqot uslublari

Har bir oilaga xos boʻlgan tartib - qoidalar

Oʻzaro muloqot jarayonida kommunikativ toʻsiqlarning mavjudligi

Ochiq tartib - qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham

mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi boʻlishida katta rol oʻynaydi.
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida koʻtarilmasligi yoki
maʼlum tarzda his kechinmalarning namoyon etmasligida koʻrinadi.

Oila energetikasi. Bu tushuncha oʻz ichiga koʻplab jabhalarni xususan, oilaning

tibbiy biologik xususiyatlardan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi
omillar, shart sharoitlardan boshlab tiriklik mezonlari boʻlmish ovqatlanish, hamda bir
oila aʼzosining xatti harakatlarining namoyon boʻlishigacha qamrab oladi. V.Satir
oilaning oila energetikasini tavsiflaydi. Yaʼni, “oilaning emotsional qozoni”
tushunchasini ishlatadi. Oila aʼzolari kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u
goʻyoki bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashda namoyon boʻladigan
hissiyotlar koʻzgusida" tasavvur etadi.

Oilaviy munosabatlar. Oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻlayotgan murakkab

munosabatlar koʻplab olimlar, shu jumladan, Oʻzbekistonlik olimlar M.Davletshin,
B.Qodirov, X.Karimov, N.Sogʻinovlar tomonidan oʻrganilgan. Ularda koʻproq oʻzbek
oilasiga xos urf-odatlar, anʼanalar udumlar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning
etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning
qonunyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu oʻrinda biz oilaviy, oʻzaro munosabatlarga xos


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

217

ISSN:3030-3613

boʻlgan munosabatining psixologik tabiatdan kelib chiqishi, va dinamikasiga eʼtiborni
qaratgan koʻplab tadqiqotlada ilgari surilgan maʼlumotlarni keltirishni joiz deb bildik.

Oila muhitini barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash muommosi turkiy

xalqlarning mushtarak yodgorligi, Avesto, shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, tortib hozirgi zamon
pedagoglarining

oʻziga

xos

fikr

mulohazalar

bildirilgani

diqqatga

sazovordir.Kaykovus, S.Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, A.Fitrat, A.Avloniy kabi,
mutafakkirlarimizning ilmiy nazariy asarlarida oila munosabatlaridagi tarbiya
tarixiylik nuqtai nazaridan bayon etilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Avvalo bola psixologiyasi haqida so’z yurutamiz. Bola psixologiyasi onaning

qornidayoq boshlanadi. Asosan bizning millatimizda bola tarbiyasiga juda katta
ahamiyat beradilar.Psixologiya tarbiyada yaqqol namoyon etuvchi ruhiy hodisa
hisoblanadi. Mana shuning uchun bizning elat va millat shaxslari bolalar va
yoshlarning psixologiyasiga yomon ta’sir etuvchi omillardan uzoqroq yurishga harakat
qiladilar. Bolalar psixologiyasi psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining
umumiy va aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday
kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli
bolalar psixologiyasini koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar. Bolalar
psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.)
paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil
faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida
shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan
tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor.

Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb

nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir
vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat
(longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari
koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi
rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar
psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch, hurmat,
qo'llabquvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish, Mumkin bo'lgan va mumkin
bo'lmagan holatlar o'rgatiladi. Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi.
Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush
ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom
etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan,
bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz. Bolalar psixologiyasi 19-asr
oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi,
ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning
maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

218

ISSN:3030-3613

uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar
psixologiyasi masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Farzand-inson
hayotining mazmuni, nasl-nasabinining davomchisi, oilaning mustahkam zanjiri
hamdir. Aqlli , bilimdon, mehnatsevar iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning
balki butun jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi . Odatda, farzand oilada ham
jismonan , ham ma'nan ulg'ayib shakllanadi .

Ularning voyaga yetishi davomida oiladagi ahillik muhim ro'l o'ynaydi.

Ayniqsa,ularning ma'naviy tarbiyasi bilan jamiyatga xizmatini ifodalaydi.
Farzandlarimiz sog'lom , e'tiqodli jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona
zimmasizga yuklangan. Rasululloh Sallallohu alayhi vasallam "Farzandlaringizga
suvda suzishni, kamondan otishni, nayza uloqtirishni ,otda choptirishni o'rgatinglar!”-
deb, Farzandlaringizni chaqqon,sog'lom, baquvvat, ziyrak qilib tarbiyalashga
ummatlarini targ'ib qildilar(Termiziy va Abu Dovid rivoyatlari).Zeroki, sog'lom
psixologik tarafdan ham yetuk farzand hamma joyda ham o'z yurtiga naf keltiradi.

Yuqoridagi

fikrlarimizdan

kelib

chiqqan

holda,barcha

narsa

bola

psixologiyasiga

bog'liq

ekanligini

anglab

yetsak

bo'ladi.

Bola

psixologiyasi,ayniqsa,maktabgacha

yoshdagi

bola

psixologiyasi

juda

murakkabdir.Shuning uchun,men o’z bilim va ko'nikmalarimdan kelib chiqqan
holda,ko'proq maktabgacha yoshdagi bolalarga etibor qaratish maqsadga muvofiq ish
deb o'ylayman.Chunki, bu yoshda ya’ni, maktabgacha yosh 3-4, 5-6-7 shu yoshlarda
bola juda tez fikrlaydi va psixologiyasi judda murakkab va qiziqishlari turli xil bo'ladi.
Shu bilan bir qatorda, rivojlanayotgan bola psixologiyasi yana oilaga borib
taqaladi,chunki bola asosan 2 xil muhitni farqlaydi ya’ni, oila va o’zi borayotgan
maskan ya’ni, bog'cha albatta bog'chada boshqa muhit oilada esa o'zgacha muhit
shuning uchun ham bolaga oiladagi muhit bog'chaga ya'ni,ta'lim tarbiya olayotgan
maskaniga, u yerdagi bolalarni psixologiyasiga ham katta ta’sir qilishi mumkin. Shu
ta'lim maskani ya’ni, bog'cha ham oilaga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun,
maktabgacha

tarbiya

yoshida

e’tiborimizni

farzandimizga

qaratishimiz

kerak.Bildirilgan barcha ma’lumot va fikrlarimizdan xulosa qilib aytganda, bolada 2
xil fikr va qarashlar hosil qilib qoyishimiz kerak emas ya’ni, oila ijobiy bog'cha salbiy
degan yoki shuning aksi bo’lishi ham mumkin.Shuning uchun ota-onalarimiz va biz
malakali pedagoglar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlashimiz zarur va shartdir.
Shundagina, biz o'zimiz o'ylagan ulkan natijalarga erishamiz. Va yurtimiz uchun
ravnaqi uchun yetuk va barkamol farzand bo'lib yetishib chiqamiz.

XULOSA.

Bizning islomiy kitoblarimizda aytilishicha, bola o’ng qo’li bilan chap qo’lini

ajratadigan bo’lganda, uni jiddiy tarbiyalash boshlanadi. Uning ko’nglini
qoldirmasdan, qo’pollik qilmasdan, bolaligini e’tiborga olib, ruhlantirib
tarbiyalanaveradi. Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo’lib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

219

ISSN:3030-3613

bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o’rgata borish , kattalar mehnatini
e’zozlaydigan qilib tarbiyalash , bolani ilm va kasbga o’rgatish oilaning diqqat
markazida bo‘lishi kerakligihaqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat
tarbiyasini maktabda ta’lim bilan birga hunar o’rgatishga bog’lab davom ettirish
lozimligi haqida alohida ta’kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb -hunar vorislik
asosida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchkovlik bilan o’rgangan va
insonlarning hunarmandchilik faoliyatini yuqori baholagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf ―Shoyadki taqvodor bo‘lsak‖
ma‘ruzalar, maqolalar va suhbatlar to‘plami, TOSHKENT, Cho‘lpon.

2.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com. iqtiboslar _olami.aforizmlar.

3.

Z.T.Nishonova

―Rivojlanish

psixologiyasi.

Pedogogik

psixologiya‖

TOSHKENT2018.

4.

Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf ―Shoyadki taqvodor bo‘lsak‖

ma‘ruzalar, maqolalar va suhbatlar to‘plami, TOSHKENT, Cho‘lpon.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com. iqtiboslar _olami.aforizmlar.

Z.T.Nishonova ―Rivojlanish psixologiyasi. Pedogogik psixologiya‖

TOSHKENT2018.

Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq.