T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
101
ISSN:3030-3613
XAVOTIRLANISH DARAJASINI ANIQLASH HAMDA NAMOYON
BOʼLISH SABABLARINI OʻRGANISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Baxtiyorov Axror Baxtiyorovich
Samarqand viloyati Payariq tumani
44-umumtaʼlimm maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
O’smir yoshidagi bolalar balki har qanday shaxsda o’zi kutayotgan
kutilmalarining natijasi ijobiy yakun bilan tugamasligini bilgan shaxslarda
xavotirlanish hissi paydo bo’lib, bu jaroyon jiddiylashgan sari ularning xavotirlanish
darajasi ortib boradi. O’smir yoshidagi o’g’il-qizlarda xavotirlanish hissining paydo
bo’lishiga din omillarning o’rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi bizning
jamiyatimizda diniy omillar yashash turmush tarzimizga singib ketganki ularning
ko’rinishlarini payqash qiyin emas. Chunki din har bir shaxsni yaxshilikka, ezgu
amallarni qilishga, o’z xatti-harakatini nazorat qilishlikka chaqirish bilan bir qatorda,
insonni mushkul vaziyatlarda sabr qilishga, noumid bo’lmaslikka, yaratganda faqat
afzalini so’rashlikka hidoyat qiladi. O’smir birorta faoliyatga kirishar ekan uni
egallagan dunyoviy hamda diniy bilimi uni salbiy harakat qilishdan qaytarib turadi,
agar uni amalga oshirib qo’ysa uni bu bezovtalik hissi tark etmay unga qayta-qayta
eslatib turadi. Vaqt o’tgan sari bu hislar darajasi ortib xavotirlik hissini ortib borishiga
sabab bo’ladi.
Kalit soʼzlar:
muammo,yechim,oʻsmirlik,imkoniyat,faoliyat
KIRISH
Psixolog F.B.Beryozin xavotirlanish jarayoniga izoh berar ekan, “ma’lum bir
ob’yekt bilan aloqaning mavjud emasligi xis qilingan xavf – hatarni
oydinlashtirishning iloji yo’qligi o’sha vaziyatni imkonsiz qilib qo’yadi va
xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi”.[1]
Bunday vaziyatdagi psixologik qabul
qilinmaslik xavotirlikni u yoki bu obekt bilan bog’laydi. Natijada aniqlanmagan xavf
– hatar oydinlashadi va ushbu xolat faqat biror vaziyatni sodir bo’lish ehtimoli bilan
bog’lanadi. Odamlar bilan muloqat qila olmaydigan yoki odamlar orasida nutq so’zlay
olmaydigan, uning qobilyatlarini namoyish qila olmaydigan kishi jiddiy vazifalarni
bajara olmaydilar, shaxslararo munosabatlarda ham o’z o’rnini topishga qiynaladi.
Psixologik tadqiqot ishlarida shuni ko’rishimiz mumkunki, o`smirlar otaonalari ularni
tushunmasliklari, ular bilan hisoblashmasliklari, muammolarga e’tibor bermasliklari
haqida kuyinib gapiradilar. Ular bolalarni qorni to`q bo`lsa yetarli deb o`ylashadi, bola
nima haqida o`ylayotgani, qanday qiziqishlari borligi haqida bilmaydilar ham.
O`smirlik davrida ro`y beradigan holatlarda har xil, lekin ularning mevasi bir xilda-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
102
ISSN:3030-3613
achchiq bo’ladi. Ota-onalar bilan ochiqchasiga, chin yurakdan muloqotning yo`qligi
bolani odamovi va og`ir qilib qo`yadi.
O’smirlik davri haqida izlanishlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki
bu davrda muloqot jarayonida ham xavotirlanish hissi namoyon bo’ladi va bu ota-ona
va tengdoshlari bilan bo’lgan muloqatda yaqqolroq aks etishini ko’ramiz. Chunki
ularda muloqot jarayonida qandaydir sabablar ular bilan muloqatni cheklash, ichki
dunyosini oshkor bo’lib qolishdan xavotirlik tuyg’usi ichki ruhiyatiga ta’sir qilib
turadi. Oʼsmir oʼz qiziqishlariga mos oʼrtoqlar davrasini qidiradi. Аgar oʼsmir oʼzini
qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, oʼz imkoniyatilariga nisbatan shubha
paydo boʼladi, oʼzini yolgʼiz his eta boshlaydi.
O’smirlarning diniy bilimga egaligi yoki bunday bilimlarning yetishmasligining
ahamiyati ham sezilarli darajada ekanligini ko’rishimiz mumkin. Chunki bu jixatlar
ularda xavotirlanish fenomenini belgilab berishda yuqori ahamiyat kasb etadi. Ularning
diniy bilimga egaligi har qanday jarayonga sabr va aql bilan yondashish kerakligi, qiyin
vaziyatlarda o’zining xulq atvorini ijobiy tomonda ko’rsatish kerakligini yaxshi anglab
borib, xavotirlik tuyg’usi diniy amallarni bajarish bilan susaytirib boradi. Moʻmin-
musulmon kishi Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, paygʻambarlariga, qiyomat
kuniga, taqdirning yaxshi va yomonligi Allohdan ekanligiga imon keltirgan boʻladi.
Allohning rahmatidan umidvor boʻlmoq imonning shartlaridan biri hisoblanadi.
Demak, sabr nafsni boshidanoq tiyishdagi qatʼiyatlikdir, deyish mumkin. Abu Said al-
Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda “Kimki bardoshli boʻlsa, Alloh
uni haqiqiy sabrli qilib qoʻyadi.
Biror kishiga sabrdan koʻra ulugʻ va yaxshi narsa berilmaydi”[3]
deb yozilgan.
Sabr bu ziyodir va ziyo deb qizdiradigan kuydiradigan nurga aytiladi. Nafsga zid
boʻlgan hollarda sabr qilish Allohning taqdiriga rozi boʻlishni anglatadi. Shuning
uchun ham turli balolarga, musibatlarga sabr qilgan kishiga savob beriladi, gunohlari
toʻkiladi. Yuqoridagilardan shunday xulosalash mumkunki musulmon kishi oʻzini
halokatga tashlamaslik,yaratganning amriga itoat etishda va turli xil qiyinchiliklarda
ham sabr qilmogʻi darkor. Sabr qilish musulmon kishi uchun vojib amallardan biri
hisoblanadi. O`smirning ota-onasidan va uni o`rab turgan katta yoshlilardan tarbiya
chog`ida sabrtoqat, keng fe’llik, mehr, rahm-shafqat talab qiladi. Аksariyat ota-onalar
oʼz farzandlari tarbiyasiga gʼamxoʼrlik, mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar
bilan yondashish oʼrniga, kuch, ayniqsa, jismoniy jazo usuli bilan taʼsir oʼtkazadilar.
Oʼz navbatida, bu kabi xatti- harakatlar bolalarda doimiy xavotirli kutilmalar bilan
yashashiga va agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin boʼladi. Psixolog
B.MakKartinning tushuntirishicha, odatda, kichkina qotillar «tartibsizlik va sukunat
hukm surgan, bir-birining his-tuygʼulariga befarqlik, jismoniy zoʼravonlik, bir- birini
qoʼllamaslik va bir-birining taqdiri bilan qiziqmaslik bilan yonma-yon kelgan
oilalarda» ulgʼayadilar. Axir o`smirning qalbi tarang tortilgan va lahzada uzilishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
103
ISSN:3030-3613
mumkin bo`lgan torga o`xshaydi. Faqatgina ishonch va o`zaro yaqinlik o`smirni
qalbdan go`zal qilib tarbiyalashga yordam beradi. Oila bola uchun ta’lim-tarbiya
o`chog`i ekan, uni toza qalbli, o`z kuchiga va imkoniyatlariga ishonadigan va bu
imkoniyatlardan bemalol foydalana oladigan qilib tarbiyalash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics of Children with
Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training.
European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 295-298.
2.
Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy. Riyozus-solihin. – Toshkent:
Movarounnahr, 2014. – B. 13.
3.
Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse’s of teenagers on
interpersonal relations.
European journal of education and applied psychology
,
(2).
4.
Beryozin F.B. T.: O`qituvchi, 1999
5.
Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND
ITS FEATURES.
European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol
,
8
(6).
6.
Nazarov,
A.
S.
(2021).
RAHBAR FAOLIYATIDA
BOSHQARUV
QARORLARINI
QABUL
QILISH
TAMOYILLARINI
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSUSIYATLARI.
Oriental
renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(Special Issue 2), 342-348.
7.
Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE
SPHERE. Международный научнопрактический электронный журнал «МОЯ
ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022).
Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.
8.
Абдуғаниева, Д. А. Қ. (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА
ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БЎЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,
1(Special Issue 2), 150-156.