Mualliflar

  • Tillaboyeva Umida Teshabayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97112

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: deviant xulq o‘smirning hayotiy mezonlari ma’naviy va huquqiy me’yorlar psixodiagnostika qilish deviant xulqqa moyilligi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  deviant  xulq-atvorli  o‘smirlar  alohida 
xususiyatlarining ijtimoiy-psixologik tashxisining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr 
yuritiladi.  Xulq-atvordagi  og‘ishlarni  tasniflashga  bo‘lgan  ko‘pgina  urinishlarga 
qaramay tadqiqotchilar yagona mukammal tasnifni tuzishga hozircha hali muvaffaq 
bo‘lishgani  yo‘q.  Batafsil  bayon  qilish  bir  talay  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqarishi 
mumkin.  Deviant  xulq-atvor  muammosida  intizomiy  xarakter  asosiy  sabab  sifatida 
belgilanadi. Afsuski shaxsdagi deviant og‘ishlar xaqidagi yagona mukammal ta’rif 
yo‘q. Ushbu tushunchaning murakkabligi shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib 
ko‘pgina fanlar tomonidan o‘ziga xos mazmun nuqtai nazaridan o‘rganiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

96

ISSN:3030-3613

DEVIANT XULQ YUZAGA KELISHIGA SABAB BOʻLUVCHI

OMILLARNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Tillaboyeva Umida Teshabayevna

Toshkent viloyati Parkent tumani 26-umumta'lim

Maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada deviant xulq-atvorli o‘smirlar alohida

xususiyatlarining ijtimoiy-psixologik tashxisining

o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr

yuritiladi. Xulq-atvordagi og‘ishlarni tasniflashga bo‘lgan ko‘pgina urinishlarga
qaramay tadqiqotchilar yagona mukammal tasnifni tuzishga hozircha hali muvaffaq
bo‘lishgani yo‘q. Batafsil bayon qilish bir talay qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi
mumkin. Deviant xulq-atvor muammosida intizomiy xarakter asosiy sabab sifatida
belgilanadi. Afsuski shaxsdagi deviant og‘ishlar xaqidagi yagona mukammal ta’rif
yo‘q. Ushbu tushunchaning murakkabligi shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib
ko‘pgina fanlar tomonidan o‘ziga xos mazmun nuqtai nazaridan o‘rganiladi.

Kalit so’zlar:

deviant xulq, o‘smirning hayotiy mezonlari, ma’naviy va huquqiy

me’yorlar, psixodiagnostika qilish, deviant xulqqa moyilligi.

KIRISH

Inson xulq-atvori, psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq masala insoniyatni

qadim zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bu sohada izlanish olib borgan ko‘plab
olimlar insonning tug‘ilganidan boshlab shakllanishi bilan bog‘liq barcha hodisalarni
o‘rganishni tadqiq qilish orqali, uning o‘ta murakkab jihatlarini kashf etgan.
Haqiqatdan ham, inson xulq-atvorining jamiyatda belgilangan hayotiy normal
mezonlardan og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammoni psixologiya fani o‘rganadi.
Psixologiyada deviant, ya’ni oʻquvchi axloqining turli shakllari, anomal turlari, sabab
va motivlari mavjud bo‘lib, bu pedagoglar, psixologlar, psixoterapevt va boshqa inson
ongi va tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanuvchi soha mutaxassislarining tadqiqot
obekti hisoblanadi.

Ma’lumki, kishining deviant axloqini jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga

zidligi va ruhiy jarayonlarining muvozanatsizligi, moslashuvchan emasligi
ko‘rinishida yoki uning shaxsiy axloqi ustidan axloqiy va estetik nazoratdan bo‘yin
tovlash ko‘rinishidagi o‘zini faollashtirish jarayonining buzilishida namoyon
bo‘luvchi alohida qilmishlar yoki qilmishlar tizimi sifatida belgilash mumkin.
Og‘uvchi xulq (deviant, lot. deviatio – og‘ish) deb, kishining qilmishlari, faoliyati turi
odatiy, umum e’tirof etilgan me’yorlardan farq qiladigan yoki u o‘zi a’zosi bo‘lgan
jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlarga mos kelmay, barqaror ravishda
ularning ijtimoiy me’yorlaridan og‘ishida namoyon bo‘ladigan axloqqa aytiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

97

ISSN:3030-3613

Demak, deviant xulqli shaxs deb, birinchi navbatda, axloqiy jihatdan
qarindoshurug‘lari va do‘stlarining ko‘nglini og‘ritadigan va atrofdagilarning hayoti
uchun xavf tug‘diradigan shaxslarga (individlarga) aytiladi. Shaxs va borliqning
o‘zaro munosabatlarini beshta usul bilan aniqlash mumkin:

1)

moslashuv;

2)

qarshilik ko‘rsatish;

3)

ro‘para bo‘lish;

4)

vaziyatdan qochish;

5)

mensimaslik.

Yetuk intellektual salohiyatli shaxslar voqelikka moslashuvni tanlaydi. Qarshilik

ko‘rsatishda shaxs faol ravishda o‘ziga, dunyoqarashiga mos kelmaydigan borliqni
o‘zgartirishga, ya’ni uni o‘zining shaxsiy qarashlari va qadriyatlariga muvofiq
o‘zgartirishga harakat qiladi. U o‘zi duch kelayotgan barcha muammolar borliqning
ijtimoiy me’yorlariga asoslanganligiga ishonadi va borliq bilan kurash, borliqni o‘ziga
moslashtirib o‘zgartirishga harakat qilish yoki jamiyat me’yorlarini buzuvchi
axloqdan maksimal darajada foydalanish uning o‘z maqsadlariga erishishining yagona
usuli bo‘lib qoladi. Bunda mazkur shaxsga nisbatan borliq tomonidan qaytariladigan
javob ham xuddi shunday qarshi harakat qilish, shaxsni o‘zgartirish, uni voqelik
talablariga moslashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Borliqning shaxsning dunyoqarashiga
zid bo‘lgan ijtimoiy me’yorlariga qarshilik ko‘rsatishi kriminal va delinkvent xulq-
atvorda uchraydi. Borliqning qarshilik ko‘rsatishi, uni o‘zlashtirish va tushunishning
subektiv ravishda buzib ko‘rsatilishi sabablari, tevarak- olam tomonidan
dushmanlarcha qabul qilinadigan ruhiy nuqson alomatlari va ruhiy-patologik
buzilishlar bilan bog‘liq. Ruhiy kasallik alomatlari atrofdagilarning qilmishlari
sabablarini bir xil baholash imkoniyatini izdan chiqaradi, buning oqibatida muhit bilan
o‘zaro samarali munosabatlar qiyinlashadi.

Borliqni negativ va oppozitsion baholaydigan kishilar borliq bilan o‘zaro

munosabatda o‘zini unga moslashishga layoqatsiz deb hisoblab, ongli yoki ongsiz
ravishda tanlaydilar. Ular shuningdek, nomukammalligi, konservativligi, bir
qolipdaligi,

ekzistensial

qadriyatlarni

ezib

tashlashi

yoki

ochiqchasiga

insonparvarlikka qarshi faoliyat olib borishi sababli, moslashishga «loyiq bo‘lmagan»
borliqqa moslashishni istamaslikni nazarda tutishlari ham mumkin. Borliqni
mensimaslik, shaxs o‘zining shaxsiy tor dunyosida mavjud bo‘lgan holda borliqning
talablari va me’yorlarini hisobga olmaganda, uning hayoti va faoliyatining
avtonomizatsiyalashuvida (mustaqilligida) namoyon bo‘ladi. Bunda na to‘qnashuvlar,
na qarshi harakatlar va na voqelikdan chiqib ketish holati sodir bo‘ladi.

Xulq-atvordagi og‘ishlarni tasniflashga bo‘lgan ko‘pgina urinishlarga qaramay

tadqiqotchilar yagona mukammal tasnifni tuzishga hozircha hali muvaffaq bo‘lishgani
yo‘q. Batafsil bayon qilish bir talay qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

98

ISSN:3030-3613

Deviant xulq-atvor muammosida intizomiy xarakter asosiy sabab sifatida belgilanadi.
Afsuski shaxsdagi deviant og‘ishlar xaqidagi yagona mukammal ta’rif yo‘q. Ushbu
tushunchaning murakkabligi shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib ko‘pgina
fanlar tomonidan o‘ziga xos mazmun nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda
ushbu ibora asosan ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, rasman o‘rnatilagan
(belgilangan) yoki mavjud jamiyatda yuzaga kelgan, shakllangan normalarga mutloq
mos kelmaydigan “xatti-harakat, inson harakati” ya’ni deviant xulq-atvor. Bu
tushuncha psixologiya, pedagogika va psixiatriyaning predmeti sifatida qo‘llanilsa,
ikkinchidan jamiyatda rasman belgilangan yoki shakllangan normalarga mutloq mos
kelmaydigan, nisbatan ommaviy va barqaror shaklda bo‘lgan inson faoliyatining ifoda
etuvchi “ijtimoiy hodisa” sifatida u (ya’ni deviant xulq atvor) ham qo‘llaniladi.
Deviant xulq-atvor ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganilar ekan, uni bir necha asoslarga
ko‘ra guruhlarga bo‘lish mumkin:

-

ommaviy va individual bog‘liqlik ko‘lamini ajratish;

-

pozitiv va negativ (kishini g‘ashini keltiradigan yomon natija va yashirin, ammo

yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xavfni tug‘dirish) holatlarning oqibatlariga e’tibor
berish;

-

sub’ektga ko‘ra - ravshan og‘ish qiyofasi, norasmiy guruhlar (masalan,

bosqinchilik to‘dalaridagi faoliyat), rasmiy tizimlardagi faoliyat, shartli ijtimoiy
guruhlar ( ichkilikbozlik);

-

ob’ektga ko‘ra - iqtisodiy, maishiy, mol-mulkka oid qoidalarni buzishlar va

boshqalar;

-

davriyligiga ko‘ra - bir martali va uzoq muddatli;

-

me’yorlarni buzish tartibiga ko‘ra - jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik,

o‘z joniga qasd qilish, axloqsizlik, daydilik, foshihabozlik, bezorilik, tekinxo‘rlik,
korrupsiya, byurokratizm, terrorizm, rasizm, genotsid, tuzumga qarshi munosabat.

Olimlarning fikricha, shaxs xulq-atvori jamiyat bilan munosabatlarda quyidagi to‘rt
xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin: me’yoriy xulq-atvor, ijtimoiypsixologik
ko‘nikish, deviant xulq-atvor va huquqbuzarlik.

Shuningdek, deviantlik ikki yirik guruhga ajratib ham ko‘rsatiladi:

1.

Psixik nosog‘lom ko‘rinishdagi xulq-atvor, unda yaqqol yoki yashirin

shaklda ruhiy nosog‘lomlik mavjud bo‘ladi. Bu guruhga astenik (jismoniy va ruhiy
zaif odam), xarakterida shizofreya va tutqanoqning mavjudligi ko‘rinishlari kiradi.

2.

Insoniyat hamjamiyatiga mansub bo‘lgan ijtimoiy-axloqiy me’yorlardan

og‘ish xulq-atvorini ijtimoiy patologiyaning turli ko‘rinishlarida namoyon
bo‘lishiichkilikbozlik, narkomaniya, foshihabozlik va boshqa ko‘rinishlaridir. Bunday
xulq atvor nojo‘ya va jinoiy xatti-xarakatlarda ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari
deviantlikning muqarrar ko‘rinishlarini jinoyatchilik, ichkilikbozlik, narkomaniya,
foshihabozlik, o‘z-o‘zini o‘ldirishga ajratish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda deviant


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

99

ISSN:3030-3613

xulq-atvor nostandart (ijtimoiy andozalar doirasidan chiqqan holda fikrlash va
faoliyat) va destruktiv xulq-atvorga, ijtimoiy me’yorlarni (huquqiy, axloqiy, madaniy)
buzilish yo‘nalishiga ko‘ra, shuningdek shaxsning jamiyatdan ajralib qolishi va
tanazzuliga ajratiladi.

Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarga ko‘ra, deviant xulq-atvorli bolalar o‘z

otaonalarining ham individual-hayotiy, kasbiy faoliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Deviant xulq-atvorli bola nafaqat o‘zigina me’yorlarga moslasha olmaydi, balki o‘zi
anglamagan holda ijtimoiy normalarga, me’yorlarga moslashgan ota-onalari, yaqinlari
faoliyatini ijtimoiy me’yorlardan og‘ishiga sabab bo‘lmoqda.

Deviant xulq-atvorli bolalar yashayotgan oilalardagi psixologik muhitni

o‘rganish natijalarining ko‘rsatishicha, bu oilalarda ota-onalar ko‘pincha salbiy
emotsionalhissiy holatlarni boshlaridan kechiradilar, tushkun kayfiyatda yuradilar,
kelajakka umidsizlik bilan qaraydilar, xarakterlarida qo‘pollik, qaysarlik, o‘zgalarga
yaxshilikni ravo ko‘rmaslik kabi salbiy sifatlar aks eta boshlaydi. O‘z-o‘zidan
ma’lumki, bunday kayfiyatdagi ota-ona deviant xulq-atvorli bolasini muvaffaqiyatli
ijtimoiylashtirishga qodir emas. Avvalo, bunday ota-onalarning o‘zlari ijtimoiy
psixologik yordamga muhtojdir.
Tadqiqotlarda quyidagi krizisli holatlar bosqichlari aniqlangan (odatda, bu holatlar
ota-onalarda bosqichma-bosqich ro‘y beradi, ammo paydo bo‘lish va o‘tishlari
hammada har xil):

1.

Ota-onalar bolalaridagi deviant xulq-atvorlarni tan olgilari kelmaydi,

dalillarni yoshlikka, tajribasizlikka yo‘yishadi. Muammoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor
etadilar, ammo shubha paydo bo‘ladi. Salbiy emotsional-hissiy holat yuzaga keldi, u
kundankunga kuchayib bormoqda.

2.

Deviant xulq-atvor dalillari inkor qilib bo‘lmaslik darajasiga yetadi.

Otaonadagi salbiy emotsional-hissiy holat yuqori depressiv darajaga yetadi. Ilojsizlik,
najotsizlik holati sodir bo‘ladi, g‘ayritabiiy, mo‘’jizaviy chora-tadbirlar xayolga kela
boshlaydi.

3.

Vaziyatdan chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida fikrlash boshlanadi (mana

shu bosqichda ota-onaga psixologik yordam kerak).

4.

Vaziyat qabul qilinadi, mutaxassislarga murojaat qilish eng to‘g‘ri yo‘l

ekanligi tan olinadi va bu yo‘lda harakat boshlanadi.

5.

Deviant xulq-atvorli bolasiga ota-ona butun e’tiborini, faoliyatini

bog‘lab, atrofidagi kasbiy, ijtimoiy munosabatlarini uzib qo‘yishi mumkin.

6.

Psixolog

ota-onaga

deviant

xulq

atvorli

bolani

davolash,

ijtimoiylashtirish bilan birga o‘zlarining ham kasbiy, ijtimoiy, individual hayotlari
bilan yashashlari kerakligini uqdirib boradi.

Oilada psixokorreksion ishlarni olib borishda quyidagi o‘zaro ta’sir usullaridan
foydalanishi lozim:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

100

ISSN:3030-3613

-

oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat uyushtirish;

-

farzandlarga psixologik xizmatni joriy etish;

-

ota-ona va farzandlar uchun tibbiy-psixologik-pedagogik maslahatlar

berish;

-

xulqiy og‘ishlar bo‘yicha aniq psixodiagnostika va psixologik

korreksiyasi dasturini tashkil qilish;

-

profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-

oila va farzandlar huquqini himoya qilishning ta’sirchan usullarini

qo‘llash.

XULOSA

Notinch oilalar bilan ish olib borishda oilaning bolaga munosabati va nosog‘lom

muhitni yuzaga kelishi o‘rganiladi. Ota-onalarga farzand tarbiyasi yuzasidan
psixologik-pedagogik maslahatlarni berib boriladi. Psixologik savodxonlik darajasini
ko‘tarish maqsadida psixologik treninglar o‘tkaziladi.
Shunday qilib, jamiyatda deviant xulq-atvorli bola to‘la ijtimoiylashib ketishi, ota-
onalarning individual, ijtimoiy, kasbiy hayotlarini to‘la, normal saqlanib qolishi
choralarini ko‘rish va ularga ko‘maklashish uchun har bir shaxs mas’uliyatlidir.

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Elov Z.S. Berdiyeva D.Sh. Psychological reasons for suicide motivation in
adolescents with deviant behavior. Oriental renaissance: innovative, educational,
natural and social sciences scientific journal. volume 2, issue 2 February 2022
10031009

2.

Elov Z.S. O‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn rеаksiyalаrning
psiхоlоgik tа’siri. science and education scientific journal volume 3, issue 3 march
2022 442-447

3.

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik
qo‘llanma. 2021. Buxoro 1-164.

4.

Elov, Z. S. (2016). Researches of the Reasons Conditions. Fastors of Suicide Rick
Intellectual Archive, 5(1), 49-53.

5.

Elоv, Z. S. (2022). O ‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn
rеаksiyalаrning psiхоlоgik tа’siri. Science and Education, 3(3), 442-447.

Bibliografik manbalar

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR

Elov Z.S. Berdiyeva D.Sh. Psychological reasons for suicide motivation in

adolescents with deviant behavior. Oriental renaissance: innovative, educational,

natural and social sciences scientific journal. volume 2, issue 2 February 2022

Elov Z.S. O‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn rеаksiyalаrning

psiхоlоgik tа’siri. science and education scientific journal volume 3, issue 3 march

442-447

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik

qo‘llanma. 2021. Buxoro 1-164.

Elov, Z. S. (2016). Researches of the Reasons Conditions. Fastors of Suicide Rick

Intellectual Archive, 5(1), 49-53.

Elоv, Z. S. (2022). O ‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn

rеаksiyalаrning psiхоlоgik tа’siri. Science and Education, 3(3), 442-447.