T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
261
ISSN:3030-3613
TARBIYASIDA OGʻISHLAR ANIQLANGAN BOLALAR BILAN
ISHLASHNING SAMARALI USULLARI
Faxritdinov Husniddin Amritdin oʻgʻli
Navoiy viloyati Nurota tumani 32-umumta'lim
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya :
Tarbiyasi ogʻir bolalar – bular tarbiyada eʼtibordan chetda
qolgan, oʻz holicha tashlab qoʻyilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir,
kimlarningdir tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual
yondosha bilmaslik oqibatida paydo boʻlgan. Boshqacha aytganda, normal taʼlim va
tarbiya jarayonidan chetda qolgan, oʻqituvchilar, ota-onalar, oʻrtoqlari bilan normal
munosabat oʻrnata olmagan, qalb tugʻyonlarini oshkor etishning toʻgʻri yoʻllarini
topa bilmagan bolalar – tarbiyasi ogʻir bolalar turiga kiradi. Bunday bolalarni oʻz
vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa, ularga jamoatchilik taʼsiri
oʻtkazilmasa, noxush koʻngilsiz voqealar sodir boʻlishi mumkin.
Kalit so’zlar:
tarbiya,shaxs,xususiyat,aloqa, individual,qaysarlik, agressiya.
KIRISH
Tarbiyasi ogʻir bolalardagi ayrim kamchiliklar va nuqsonlar, chunonchi:
qaysarlik, oʻjarlik, qoʻpollik singari salbiy koʻrinishlar maktabga kelmasdanoq
boshlanishi mumkin. Bu, albatta, oila tarbiyasi yoki bogʻcha-yasli, maktab, ish
faoliyati bilan bogʻliqdir.Olimlarning kuzatishicha, kichik yoshdagi bolalarning
oʻndan toʻqqiz qismi oila sharoitida tarbiyalanadi. Bunday oilalarda ota-onalar
farzandlariga yetarli darajada eʼtibor bermaydilar yoki ularni erka qilib oʻstiradilar.
Onalar esa bolalarining yomon xulq-atvorini, xatti-harakatlarini otalaridan
yashiradilar. Oqibatda bunday oiladagi bolalar koʻzboʻyamachi, xudbin, faqat oʻz
foydasini koʻzlaydigan, kaltafahm, bachkana, qoʻrs, birovga ozor beradigan boʻlib
oʻsadilar.
Baʼzi ota-onalar farzandi ust-boshining but boʻlishini oʻylaydilar-u, ularning
ichki dunyosi, maʼnaviy ehtiyojlari haqida qiziqmaydilar. Tarbiyaga nisbatan bunday
munosabat tarbiyasi ogʻir bolalarning koʻpayishiga sabab boʻladi.
Bolangizni feʼl-atvoriga tugʻilganidan eʼtibor bering. Xalqimiz xotin boshidan,
bola yoshidan deb bejiz aytmagan. Onalar bir yoshgacha bolaga juda eʼtiborli
boʻlishadi. Chaqaloq gapirmasada ona uning hatti-harakatidan darhol gap
nimadaligini anglaydi. Holatidan tagligini almashtirish yoki emizish vaqti kelganligini
yoki nimadir bezovta qilayotganligini darhol tushunadi
.
Bu hammasi sinchkovlik
tufayli. Bola oʻzligini anglaguncha ana shunday eʼtibor kerak. Goʻdakligida qanday
avaylagan boʻlsangiz ana shunday avaylab, kayfiyatini anglab turish lozim.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
262
ISSN:3030-3613
Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to
umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe –
hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy
fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi eng
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoning yuzaga kelishi sabablarini
chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan
shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib voyaga yetib,
ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, oxirgi paytlarda
“tarbiyasi og’ir” bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular
soning keskin oshganligi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu muammoni bir qancha
tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi
( uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi
norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning
e’tibori, oiladagi iqtisod va hokazolar. Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan
pedagogik xizmat doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda
eng avvalo bolaga ta’sir ko’rsatish lozimligini ta’kidlashgan. Buning uchun bolaning
o’zini o’zgartirishga tayyorlash , ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik;
turli xil qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.
Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy
rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali tarbiyasidagi qiyinchiliklarni
yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va
shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal
qiluvchi ahmiyatga ega. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga
ta’sir qiladigan kuch – ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat
ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va
o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi
kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Ma’lumki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari
bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izoh beriladi. Lekin,
shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko’pincha insonning
xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi bilan bog’liq ekanligiga
amin bo’lamiz.
Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlaricha baho beradilar. Ular
ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab
belgilaydi. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol totirgan oilalardagi sofdillik,
samimiylik, bir-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab
bo’ladi. Ahil oilada bolaning xulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-
onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab – tergab tursalar bu
uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
263
ISSN:3030-3613
tushunchalari, ichi qoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardagi
qashoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi
ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka, haq va nohaqlikka nisbatan
juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushinish mumkin
bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushinmaydi.
Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolani ruhiy kechinmalari
to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Ruhiy holat insonning biron – bir tarzda
ta’sir etuvchi xattiharakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir.
Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax qilishda
ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga e’tiborsizligida ham
nohaqlik ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat nafsiga tegadi,
g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv(nafrat) va passiv(g’iybat va ko’ra olmaslik)
norozilikning turli tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamni
yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai bo’lishi mumkin.
Ota-onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul toppish yo’llarini bolalar
oldida maqtab gapirishlari, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan
gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. “Tarbiyasi og’ir“ va uzluksiz
bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda
qoloq va no’noq o’quvchilar “tarbiyasi og’ir” bola hisoblanadi. Tajribalardan
ma’lumki, bolalar xarakter jihatdan xar hil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari
anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi “tarbiyasi og’ir” bo’lishi mumkin.
Axloq normalariga, jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvorli bolalar asotsial
xulq-atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq atvor va harakat bola miyasining
kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar – bular tarbiyada e’tibordan
chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir,
kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual
yondasha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar murakkab
tushuncha. Ularning har birida “tarbiyasi og’ir” boshqa bolalarga o’xshamagan,
o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z xususiyati, o’zining
normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi.
XULOSA
Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonida chetda qolgan
o’quvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini
oshkor etishning tog’ri usullarini topa bilmagan bolalar “tarbiyasi og’ir” bolalar turiga
kiradi. Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday bo’lishi – bu shaxsiy
ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani tarbiyalaganda, u
qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali
tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. U chinakam mard yigit bilan
do’st, chin o’rtoq qilishni orzu qiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
264
ISSN:3030-3613
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.
Komilova
N.G’.
“Xulqi
og’ishgan
bolalar
psixologiyasi”
o’quv
qo’llanma.Toshkent-2007 105 b
2.
Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish
uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b
3.
G.S.Tursunbayeva, G.M.Duschanova, J.S.Sadinov "Botanika" Toshkent 2020.
4.
Q. X. Xaydarov, Q. X. Xojimatov. O’zbekiston o‘simlilari. Toshkent 1992.