Mualliflar

  • Shoiraxon Jabborova Mamatvaliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97142

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: kasb o’yin ijodkorlik yaratuvchanlik metodlar tajriba mahorat.

Annotasiya

Annotatsiya:  O’qituvchining  shaxsi  -  o’qituvchining  ijodiy  rivojlanishini, 
yuksak  pedagogik  mahoratini,  ishda  doimiy  novatorligini,  omilkorligini,  bolalarga 
nisbatan muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

258

ISSN:3030-3613

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARINI KASB TANLASHGA

OʻRGATISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Shoiraxon Jabborova Mamatvaliyevna

Farg'ona viloyati Quva tumani

12-umumta‘lim maktabi psixologi

Annotatsiya

: O’qituvchining shaxsi - o’qituvchining ijodiy rivojlanishini,

yuksak pedagogik mahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligini, bolalarga
nisbatan muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir.

Kalit so’zlar

: kasb,o’yin

,

ijodkorlik, yaratuvchanlik, metodlar, tajriba,

mahorat.

KIRISH

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining eng zarur hayotiy vazifalardan biri

o’quvchi-yoshlarni kasb tanlashga to’g’ri yo’naltira olishdir. Bu sohada ota-onalar
bilan hamkorlikda ish olib borish juda ham muhim hisoblanadi.Bolalarni kasblar
olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo’ljal olishga o’rgatish zarur.

Ayni shunday o’qituvchi o’quvchilarda o’ziga nisbatan hurmat-ehtirom, ishga

havas tug’diradi, o’ziga o’xshash bo’lish, u bilan do’stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol
to’g’risidagi, o’z kasbi haqidagi orzularni baham ko’rish ishtiyoqini yaratadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida shuni ayta olamanki,bolaga yoshlikdan to’g’ri
bilim berib borilsa,bola hech qachon bilim olishdan bezimaydi.Shuning uchun har bir
o’qituvchi bolaga to’g’ri bilim berishi,uning yosh xususiyatini inobatga olgan holda
vazifalarni to’g’ri taqsimlay olishi va bu bilimlarni qiziqarli,hayotiy qilib yetkazib bera
olishi kerak. Tarbiya jarayonida o’quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning
rivojlanish bosqichlari, u yoki bu kasb haqida muayyan ma’lumotga ega bo’lish,
bolalar psixologiyasini hisobga olish talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarning turli
o’quv predmetlarini, mehnat darslarida, mehnat faoliyatining xilma-xil turlarini
egallash malakalarini shakllantirar ekan, maktab yoshlarini ijodiy mehnat qilishga
tayyorlash uchun da’vat etganligini e’tiborga olish kerak. O’quvchining mehnatga
munosabati tarzini belgilaganda ikkita asosiy shartdan kelib chiqish kerak:

-

o’quvchida mehnat faoliyatining u yoki bu turiga nisbatan individual qobiliyatlar

mavjudligini hisobga olishni:

-

ishtiyoq bilan, ijodiy mehnat qila olish ko’nikmasi mavjudligiga ahamiyat

qaratishni.

Agar o’quvchi topshiriqni osongina emas, ayni paytda ishtiyoq bilan, iloji

boricha yaxshiroq natijalarga erishish istagi bilan bajargan taqdirdagina faoliyatining
muayyan turiga barqaror munosabat haqida gapirish mumkin. Demak, o’quvchining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

259

ISSN:3030-3613

mehnatga munosabatini faqat muntazam kuzatishlar negizidagina belgilash mumkin.
Kuzatish jaryonida o’qituvchi quyidagi shaxs fazilatlariga e’tibor berishi kerak:
intizomlilik; mehnatsevarlik; tejamkorlik; jamoatchilik; mehnat natijalriga o’zi baho
berishi. O’qituvchi har bir dars jarayonida turli o’yinlardan foydalangan holda
o’quvchilarni kasbiy qiziqishlarini aniqlab borishi va bolaning iqtidoridan kelib
chiqqan holda shu kasbga yo’naltirib borishi ayni muddao bo’ladi.Bunda o’qituvchi
har tomonlama o’quvchilarni yaxshi bilishi ularni qiziqishlarini anglab yetishi kerak.
O’quvchilarni to’g’ri kasbga yo’naltirishda o’qituvchining o’rni ham kata ahamiyatga
ega. O’qituvchi o’yinlar o’ynatish jarayonida ularni har birini alohida ko’zatishi va shu
ko’zatishlari asosida kasbga yo’naltirishi lozim.Bilamizki o’yin qadim zamonlardan
beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib
kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini
belgilaydi. «Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega,- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U
insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun
ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».

Yan Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga

to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o’yin - bolaning barcha
qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo
haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o’yin
davomida tengqurlari bilan do’stlashadi. Y.A.Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va
bolani uyg’un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga
e’tiborli munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
Shu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan
ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot
o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma’lum maqsadga yo’naltirilgan
ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga
tayyorlashga xizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi.
O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta’sir etgan holda
shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof
to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish
mumkin.

Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham

rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yiniga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini
rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o’yinlar yaratilishi kerak.

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida

muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo’ladi.
Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa, ilm aqli-olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrihoh
bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar jamiyat ravnaqiga hissa


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

260

ISSN:3030-3613

qo’shuvchilar deb biladi. Beruniy bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari
haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish
kerak, deydi.

XULOSA

Shunday ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodni kasb hunarga yo’naltirish, to’g’ri

kasb egallashga yo’naltirish masalasi faqat hozirgi kunda emas balki azaldan hayotiy
ahamiyatli, dolzarb muammolardan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Farzandlarimizni erta yoshligidan boshlab qiziqishlari, moyillik va qobiliyatlarini
e’tiborga olib ularni kasb hunarga to’g;ri yo’naltirsak, nafaqat oilaning, balki butun
jamiyatning ravnaqiga samarali ijobiy ta’sir qiladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Nabijonova D. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish psixologiyasi. Toshkent: 2002.

2.

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. "Umumiy psixologiya". - Toshkent: Mumtoz so’z,
2010.

3.

Nazarova, M. (2021). BOSHLANG’ICH TA’LIM O_ QUVCHILARINING
PSIXIK

TARAQQIYOTIDA

INTEGRATSIYAVIY-INNOVATSION

YONDASHUVLAR AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 7(7).

4.

“SCIENCE AND EDUCATION”SCIENTIFIC JOURNAL /ISSN 2181-0842
APREL 2022 /VOLUME 3 ISSUE 4

Bibliografik manbalar

Foydalangan adabiyotlar:

Nabijonova D. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish psixologiyasi. Toshkent: 2002.

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. "Umumiy psixologiya". - Toshkent: Mumtoz so’z,

Nazarova, M. (2021). BOSHLANG’ICH TA’LIM O_ QUVCHILARINING

PSIXIK TARAQQIYOTIDA INTEGRATSIYAVIY-INNOVATSION

YONDASHUVLAR AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz), 7(7).

“SCIENCE AND EDUCATION”SCIENTIFIC JOURNAL /ISSN 2181-0842

APREL 2022 /VOLUME 3 ISSUE 4