Mualliflar

  • Siddikova Ozodaxon Avazovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97151

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: individual ta’lim pedagogik ta’limning innovatsion klasteri ilm- fan ta’lim va tarbiya pedagogik ta’sir “Talaba talabaga ustoz talaba talabaga shogird” tamoyili innovatsion uslub fanlar integratsiyasi metod.

Annotasiya

Ta’lim  sifatini  oshirish  uchun  o‘quv-tarbiya  muassasalari  va  pedagoglar 
barchaning  e’tibori  markazida  bo‘lishi  kerak.  Biz  yashayotgan  asr  ham  ijtimoiy 
o'zgarishlar,  ham  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  asosini  tashkil  etgan  buyuk  ta'lim 
yutuqlari bilan ajralib turadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

227

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHILAR BILAN INDIVIDUAL ISHLASHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Siddikova Ozodaxon Avazovna

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani

56-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv-tarbiya muassasalari va pedagoglar

barchaning e’tibori markazida bo‘lishi kerak. Biz yashayotgan asr ham ijtimoiy
o'zgarishlar, ham ilmiy-texnika taraqqiyotining asosini tashkil etgan buyuk ta'lim
yutuqlari bilan ajralib turadi.

Kalit so‘zlar:

individual ta’lim, pedagogik ta’limning innovatsion klasteri, ilm-

fan, ta’lim va tarbiya, pedagogik ta’sir, “Talaba talabaga ustoz, talaba talabaga shogird”
tamoyili, innovatsion uslub, fanlar integratsiyasi, metod.

KIRISH

Ta'lim sohasining holati va istiqbollarini o'rganish orqali ta'lim sifatini oshirish

dolzarbligi kundan kun ortib bormoqda, chunki insoniyat oldida turgan global
muammolarni hal qilish uchun yangi kuch bilimlar kerak, ularning yagona manbai
inson salohiyatidir.

Yangi O‘zbekistonni yangicha dunyoqarash bilan barpo etishda, albatta,

yoshlarning o‘rni nihoyatda ahamiyatli. Oliy ta’lim muassasalari esa Yangi
O‘zbekistonni bunyod etadigan malakali, bilim va salohiyatga ega kadrlarni yetishtirib
chiqaruvchi maskan vazifasini o‘tamoqda.

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar bugungi kunda mavzu va yo‘nalish aura

(doira)larining keng qatlamini qamrab olayotganligi bilan ahamiyat kasb etib
bormoqda. Bu islohotlar vazirlik, idora vakillari, oliy ta’lim muassasasi
professoro‘qituvchilari bilan barobar ravishda talabalarning aralashuvini ham
ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Ushbu ta’minlov talabalardan nafaqat ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, balki ilmiy sohalarda ham uzluksiz izlanishda bo‘lishni
taqozo etmoqda.

Taraqqiyotning tamal toshi mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch

ham aynan ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligi hammamizga ayon. Alalxusus, Yangi

O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kompleks rivojlantirish,

malakali va bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan kadrlarni tayyorlash
maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar tegishli tartibda yo‘naltirilmoqda.

Bugungi yangilanayotgan ta’lim tizimidagi tub islohotlar yangi bosqich sifatida

namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

228

ISSN:3030-3613

poydevorini faqatgina yangicha dunyoqarashdagi yoshlar qura olishiga urg‘u
berilmoqda. Bunga eng yaqin ko‘makchilar esa ustoz va murabbiylar ekanligi kundek
ravshan.

Ma’lumki,

mamlakatimizning

ta’lim-tarbiya

tizimini

yanada

takomillashtirish, ilm-fan sohasini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni
loyihasi ishlab chiqilgan. Umuman olganda, ta’lim-tarbiya tizimiga oid Prezidentimiz
hamda tegishli tashkilot-idoralar tomonidan qabul qilinayotgan har qanday qaror,
farmon va farmoyishlar amalda to‘laligicha ijro qilinmoqda, hayotga tatbiq etilmoqda.

Individual ta’lim bola ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va

kasb egallashga bo‘lgan tabiiy moyilliklarini to‘liq e’tiborga olish imkoniyati
ta’minlangani uchun ham keng ommalashib ulgurdi.

Xo‘sh, bugungi yangilanayotgan ta’lim tizimida individual ta’lim o‘zi nima?

Dolzarblik mohiyati qanday? Nega aynan ta’limning bu turi tanlanmoqda?

Bu xususda bir necha manbalarga to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.
Individual ta’lim - o‘qituvchining o‘quvchiga pedagogik ta’sirini amalga

oshiruvchi o‘quv mashg‘ulotlari shakllaridan biri. O‘qituvchining o‘quvchi bilan sinf
jamoasidan tashqarida olib boriladigan faoliyati tushuniladi.

Individual ta’lim o‘z navbatida yakka tartibdagi ta’lim bilan tenglashtirish

mumkin. Individual ta’lim yo‘nalishining avvalo, o‘quvchi-talabaga har jabhada o‘ziga
xos “independent researcher”, ya’ni mustaqil maqomini olishga yo‘l ochadi. Bundan
tashqari, o‘zini o‘zi qadrlash, shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan intilish, talabaning
kelajakdagi qiziqish sohasida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, talaba yo‘l qo‘ygan xato-

kamchiliklarini ilmiy rahbari orqali aniqlab olishning sharoitlarini yuzaga chiqaradi.

Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual

o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus
sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini
ilmiy asosda tushunishni anglatadi Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari
deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash
bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat.

Ta’limni modernizatsiyalashtirish ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma,

malakalarini shakllantirish bilangina hal bo‘lib qolmaydi. O‘quvchi shaxsining
mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar
bilan bog‘liq funksiyalari ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan tizimi vositasida amalga
oshiriladi. Bunda o‘quvchi ta’lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta’lim tizimi turli
shaxsga xos barcha xususiyatlarini (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy
fikrlarning mutlaq o‘ziga xos tizimga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini tasdiqlash ehtiyojining
mavjudligi) hisobga olgan holda, o‘quvchiga uning o‘ziga xosligi (individualligi)ni
rivojlantirish imkonini berish, uning o‘z-o‘zini rivojlantirishi, namoyon etishi uchun


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

229

ISSN:3030-3613

sharoit yaratish lozim. Zero, har qanday o‘quvchi o‘ziga va faqat o‘zigagina xos
takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirish va namoyon etishga intiladi.

Har qanday holatda individual ta’lim talabaning o‘quvchi-talabaning kelgusi

faoliyati va istiqbolini belgilab olish uchun ta’limdagi barcha sharoitlar talabaga yangi
imkoniyat eshiklarini ochishi kerak.

Individual ta’limda talaba va uning rahbari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tinglashi,

fikr almashinishi, talabaning mustaqil ilmiy faoliyatini yuzaga chiqarish uchun uning
fikri va xohishini inobatga olishi kerak deb hisoblaymiz. Ta’limning bu turida fikrlar
ochiqligiga e’tibor va shunga hamohang ravishda natijalar ro‘yxati va o‘quv (jumladan,
rejalar) jadvalini talaba bilan birgalikda tuzish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Individual ta’limni har bir o‘quvchi-talaba bilan alohida-alohida ishlash deb

tushunish ham haqiqatdan yiroq emas. Buni mavzularni o‘zlashtira olmagan o‘quvchi
yoki talaba bilan qolgan iqtidorli o‘quvchi yoki talaba do‘sti darajasiga yetishish uchun
qilgan individual shug‘ullanish deb izohlash mumkin. Yoki imkoniyati cheklangan
o‘quvchilar bilan ham yakka tartibda o‘z uylarida individual dars o‘tish mumkin.
Bunda turli xil metodlar orqali individual shug‘ullansa bo‘ladi. Ammo bir narsani
nazardan chetga qoldirmaslik kerakki, individual dars o‘tish jamoaviy holda dars
o‘tishni o‘rnini bosa olmaydi. Agar jamoaviy barcha o‘quvchilar bilan dars o‘tilsa,
sog‘lom raqobat paydo bo‘ladi, o‘quvchilarning jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari hosil
bo‘ladi.

O‘quvchilarning bir-biridan o‘zishga harakat qilishi, kezi kelganda, bir-birlarini

qo‘llab-quvvatlashi va yordam berishiga hech nima teng kelmasa kerak, albatta.

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning

asosiy maqsadi - mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, oliy ta’lim muassasalari
professor-o‘qituvchilari,

jumladan, talabalarning ilmiy

tadqiqot

faoliyati

samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning
elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratish,
shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini chuqur va tanqidiy
o‘rgangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
yangi bosqichiga olib chiqishdan iborat.

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar bugungi kunda mavzu va yo‘nalish aura

(doira)larining keng qatlamini qamrab olayotganligi bilan ahamiyat kasb etib
bormoqda. Bu islohotlar vazirlik, idora vakillari, oliy ta’lim muassasasi
professoro‘qituvchilari bilan barobar ravishda talabalarning aralashuvini ham
ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Ushbu ta’minlov talabalardan nafaqat ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, balki ilmiy sohalarda ham uzluksiz izlanishda bo‘lishni
taqozo etmoqda.

Qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mohiyatida yurtimizning kelajagini

yanada yuksaltirish uchun, mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

230

ISSN:3030-3613

uchun asosiy kuch ilm-fanda ekanligini yana bir isbotidir. Shunday ekan, ilmiy faoliyat
bilan nafaqat professor-o‘qituvchilar, olimlar, balki, talabalar ham o‘z faoliyatining
ajralmas qismi sifatida tashkil eta olsa, o‘ylaymizki, qonun hujjatlarida ko‘zlangan
maqsadga tezroq erishamiz. Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari ikki
yo‘nalishda olib borilishi, ulardan biri o‘quv jarayonining ma’lum qismi sifatida o‘quv
rejalari, kalendar rejalar va dasturlarga kiritilib, barcha talabalar uchun majburiy
hisoblangan o‘quv-tadqiqot ishlari hamda keyingi yo‘nalish - o‘quv rejalaridan
tashqari, mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda iqtidorli talabalar yo‘li bilan to‘garaklarda,
kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriyalar, klublarda tashkillashtirilsa, maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytib o‘tish joizki, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmuni

va tizimi ilmiy-tadqiqot tadbirlari va shakllarining o‘quv jarayoni qonuniyatlariga
muvofiq ravishda mutassil bo‘lishini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida ilmiy-tadqiqot
ishlari shakl va usullarining kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bir fandan ikkinchi
fanga, bir xil mashg‘ulotlardan boshqa xil mashg‘ulotlarga izchil tartibda o‘tib
borishini, talabalar ilmiy ishlarni bajarish jarayonida o‘zlashtiradigan bilim va
malakalarning hajmi astasekin ko‘payib va murakkablashib borishini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g’oyalarimiz
poydevori”, Toshkent – 2021y. 45-67

2.

Muxtarova, S. M. (2022). O’quvchilarning yozma nutqini o’stirishda yozma ishlarning
ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(5), 1167-1175.

3.

Muxtarova, S., & O’G’Li, H. U. A. (2022). Til ta’limida o ‘quvchilarning matn yaratish
ko ‘nikmasini o ‘stirish. Science and innovation, 1(B3), 533-538.

4.

Turg‘unpo‘latov D. R. Globallashuv jarayonida talaba-yoshlarning intellektual
imkoniyati: muammo, taklif hamda yechimlar. Xalqaro ilmiy-onlayn konferensiya. (pp.
156-158), 2021.

5.

Turg‘unpo‘latov D. R., Abdullaeva O.O. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda
internet tarmoqlari orqali kommunikativ ta’lim darslarni tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari «O‘zMU xabarlari» Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
Universiteti ilmiy jurnali. 2022, 1/6/1, 27-29-b.

6.

Turg‘unpo‘latov D. R., Mo‘ydinov Q.A. Maktab o‘quvchilarning kreativ fikrlashini
rivojlantirishda o‘ziga xos uslub hamda imkoniyatlar (sodda va qo‘shma gap mavzusi (9-
sinf) misolida) « «Central Asian academic journal of scientific research»». 2022, 2(7), 93-
97-b.

7.

Davurova G.A. Talabalarning faoliyatida o‘qituvchining o‘rni. Ta’lim va innovatsion
tadqiqotlar (2021 yil maxsus son). 243-246-b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g’oyalarimiz

poydevori”, Toshkent – 2021y. 45-67

Muxtarova, S. M. (2022). O’quvchilarning yozma nutqini o’stirishda yozma ishlarning

ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(5), 1167-1175.

Muxtarova, S., & O’G’Li, H. U. A. (2022). Til ta’limida o ‘quvchilarning matn yaratish

ko ‘nikmasini o ‘stirish. Science and innovation, 1(B3), 533-538.

Turg‘unpo‘latov D. R. Globallashuv jarayonida talaba-yoshlarning intellektual

imkoniyati: muammo, taklif hamda yechimlar. Xalqaro ilmiy-onlayn konferensiya. (pp.

-158), 2021.

Turg‘unpo‘latov D. R., Abdullaeva O.O. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda

internet tarmoqlari orqali kommunikativ ta’lim darslarni tashkil etishning o‘ziga xos

xususiyatlari «O‘zMU xabarlari» Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy

Universiteti ilmiy jurnali. 2022, 1/6/1, 27-29-b.

Turg‘unpo‘latov D. R., Mo‘ydinov Q.A. Maktab o‘quvchilarning kreativ fikrlashini

rivojlantirishda o‘ziga xos uslub hamda imkoniyatlar (sodda va qo‘shma gap mavzusi (9-

sinf) misolida) « «Central Asian academic journal of scientific research»». 2022, 2(7), 93-

-b.

Davurova G.A. Talabalarning faoliyatida o‘qituvchining o‘rni. Ta’lim va innovatsion

tadqiqotlar (2021 yil maxsus son). 243-246-b.