T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
155
ISSN:3030-3613
SHAXS RIVOJLANISHIDAGI PSIXOLOGIK OʻZGARISHLAR
Matmuratova Muazzam Zakirbayevna
Xorazm viloyati Hazorasp tuman 1- son maktab psixologi
Annotatsiya
: Ruhiy rivоjlаnishdа esа kishi shаxsidаgi psixik sifаt vа
bеlgilаrning shаkllаnishi, emоsiоnаl irоdаviy, bilish jаrаyоnidа muhim o’zgаrishlаr
yuz bеrаdi.Bоlаning ijtimоiy rivоjlаnishi u ijtimоiy hаyоtdа qаtnаshа bоshlаgаndа,
uning xulqidа, tеvаrаk-аtrоfgа bo’lgаn munоsаbаtidа, аyniqsа jаmоа ishlаridа
qаtnаshishidа nаmоyоn bo’lаdi.
Kalit so'zlar:
Psixologiya, bola, o'quvchilar, jismoniy va ruhiy o'zgarishlar,
jismoniy o'sish
.
KIRISH
Ma’lumki, hаr bir kishi fаоliyatning birоr turigа bоshqа turlаrgа nisbаtаn
ko’prоq qоbiliyatli bo’lаdi.Insоn qоbiliyat vа qiziqishlаrini аmаlgаоshirish uchun
tеvаrаk-аtrоfdаgi tаbiаt vа kishildаr bilаn o’zаrо ta’sir etishgа kirishаdi. Uning
tеvаrаkаtrоfdаgi bоrliqqа nisbаtаn fаоl munоsаbаti uning buyumlаr bilаn bo’lаdigаn
fаоliyati оrqаli аmаlgаоshirilаdi.Kishi o’zining tаlаbini qоndirish uchun tеvаrаk-
аtrоfdаgi hаyоt vа kishilаr bilаn o’zаrо fаоl ta’sirgа kirishаdi. Kishining dunyоgа fаоl
munоsаbаti uning buyumlаr bilаn bo’lаdigаn fаоliyatidа nаmоyоn bo’lаdi.Ishlаb
chiqаrish usuli, ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаri vа ulаr аsоsidа yuzаgа kеluvchi ijtimоiy
muhit, kishining fаоl ma’nаviy hаyоti uning shаxsi mаzmunini bеlgilаydi.Pеdаgоgikа
shаxs tаrixiy jаrаyоnining оbеkti vа subеkti sifаtidа rivоjlаnаdi dеb uqtirаdi. Fаоliyat
vа tаrbiya ta’siridа, jаmiyat tоmоnidаn yarаtilgаn g’оyalаr, qоidа vа nоrmаlаrni
o’zlаshtirish nаtijаsidа kishining shаxsgа xоs bo’lgаn xususiyat vа sifаtlаri shаkllаnаdi,
mеhnаtgа, mеhnаt mаhsulоtigа,оdаmlаrgа, o’zigа nisbаtаn munоsа`bаti sistеmаsi
shаkllаnаdi. Kishi shаxsi uning jаmiyatdа tutgаn o’rnigа, mаqsаdigа, hаyоtdаgi rоligа,
nimаgааsоslаnib hаrаkаt qilishigа qаrаb bеlgilаnаdi.Shаxs dеgаndа kishining ijtimоiy
mоhiyati tushinilаdi.
Shаxs tushunchаsi o’z ichigаhаr xil ta’sirlаr vа ijtimоiy muhit ta’siridа
shаkllаngаn xususiyatlаr, sifаtlаr yig’indisini оlаdi. Muhitning ta’siri to’g’risidа gаp
kеtgаndа, аvvаlо ijtimоiy muhit etibоrgаоlinаdi, chunki ijtimоiy muhit tushunchаsigа
shаxs yashаyоtgаn jаmiyatdаgi mоddiy shаrоit, uning iqtisоdiyоti, ijtimоiy vа dаvlаt
tuzumi, ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаri sistеmаsi vа kishilаrning shulаr bilаn
bеlgilаngаn turmush tаrzi kirаdi.Kishi shаxsining shаkllаnishigа ta’sir etuvchi аsоsiy
ijtimоiy оmillаrgа xalq mаоrifining bаrchа bo’g’inlаrini o’z ichigаоluvchi hаmmа
o’quv-tаrbiya muаssаsаlаr, ijtimоiy tаshkilоtlаr, аxbоrоtni tаrqаtish оmmаviy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
156
ISSN:3030-3613
vоsitаlаri vаоilа kirаdi.Insоn ijtimоiy muhitning mаhsulidir. Bu muhit o’zgаrishi bilаn
insоndаxаm o’zgаrishlаr yuz bеrаdi.
Muayyan bir yosh davriga hos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga
tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni
muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi
ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham
bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.Bolaning o‘ziga hos xususiyatini
hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan
turlicha bo‘lishi mumkin.Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash,
sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki
g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,
yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining
ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga hos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish
muhim.
Temperament
(lotincha«temperamentum»
«qismlarning
bir-biriga
munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari
majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga hos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib
bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga
bo‘linadi:
1.
Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo‘lgan davr.
2.
Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3.
Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5.
O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh.
6.
Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning
tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi.
Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.Jismoniy
o‘sishiga hos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola
bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
157
ISSN:3030-3613
qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur
yosh davri o‘quvchilariga emotsionallik hos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-
tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik 12-15 yosh). O‘smirlikning murakkabligi
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda
jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida
mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi
pasayadi, intizomi bo‘shashadi.
Hozirgi davr o‘smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi:
1.
Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada
tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to‘garaklar, studiya,
sektsiya, turli tadbirlar o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o‘qishga
qiziqishi ortadi.
2.
O‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o‘zini boshqalar
bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘smir harakterida murakkab
qaramaqarshiliklar ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar –
yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Turli to‘garaklarga 21 foiz o‘smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan
shug‘ullanadi. 40 foiz o‘quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham
barqarorlik yo‘q.Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni
88 foiz o‘smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o‘z ihtiyorlari bilan qanday
o‘tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o‘smir vaqtini o‘z holicha o‘tkazadi, 70 foizi kino yoki
televizor ko‘radi, 50 foizi sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uhlab yoki yotib dam
oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o‘smirlarning soni
15 foizni tashkil etadi.O‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi.
Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir
etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to‘liq bo‘ladi.Bu yoshda
o‘smirlar kattalar oldida o‘zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O‘z-
o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab o‘sadi. “Dangasa”, “qo‘pol”, “bee’tibor”,
“qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og‘rinib qabul qiladilar.O‘smir
yoshida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual
malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish
lozim.O‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida o‘g‘il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur;
qizlar esa – o‘ta ko‘nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‘la boshlaydilar.Shuning uchun
o‘smirga o‘z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o‘smirda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
158
ISSN:3030-3613
burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‘la boshlaydi. Muhimi, o‘smir
shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‘lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o‘quvchilari (o‘spirinlik davri 15-18 yosh).
Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya
boradi,his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga
kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida
munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning
uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi
zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.O‘spirinlik bu
aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil
ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda
o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri
yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy
xislatlari tez shakllanadi.Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini
tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek
his etish, o‘ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga
harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi.
Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu
bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta
muhim.Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
XULOSA:
Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan
yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustaqil
hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning
faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Amaliy psixologiya (N.Boymurodov) · Toshkent-2015[1]
2.
Aqli zaif bolalar psixologiyasi (K.Mamedov, G'.Shoumarov).Toshkent-2019[2]
3.
Umumiy psixologiya(N.Zufarova)Toshkent-2018[3]
4.
Umumiy psixologiya(M.Xaydarova )Toshkent-2018[4]