T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
152
ISSN:3030-3613
AGRESSIVLIKNI YUZAGA KELISHI VA UNI BARTARAF ETISHNING
PSIXOLOGIK MASALALARI
Rajabova Laziza Shomurotovna
Buxoro viloyati Vobkent tumani.
40-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolamizda shaxsda agressiv xulqning shakllanishida
oila muhitining o‘rni kattadir. Ota-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksiyasi, ota-
onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya
darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va
undan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at
yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan
biri hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
Agressiya, psixoanalitik yondashuv, etologik yondashuv,
sotsiologik yondashuv, Frustratsiya nazariyasi, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi,
KIRISH:
Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan
biri, bu-agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu bo‘i.ib, u ushbu
fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga
tortib keladi.
Oddiy kundalik hayotda agressiya-zo‘ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita
sifatida qoilaniladi. Agressiya-kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib
chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri boiib, u shunday atamaki, unga oid
mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf,
qisqasi, ijtimoiy soha xodim- larining barchasini birdek qiziqtiradi.
Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi,
chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. Odamlar
biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflagan- larida, uni boshqalarni haqorat
qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini
qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan
inson, deb ta’riflashlari mumkin.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga
asosan bunday fe’i-atvor o‘z tabiatiga ko’ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv
juda keng tarqalgan boiib, unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan
shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvori- da agressiya
sodir boiadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
153
ISSN:3030-3613
Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud
bo‘lib, ularning har biri agressiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil
tushuntirib beradi. Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:
•
Psixoanalitik yondashuv.
•
Etologik yondashuv.
•
Sotsiologik yondashuv.
•
Frustratsiya nazariyasi.
•
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va eng mashhur nazariy tushunchaga asosan
bunday xulq-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv keng
tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra inson genetik va konstitutsional ravishda shunday harakat-
larni bajarishga «programnialashtirilgan»ligi tufayli agressiya sodir bo‘ladi.
Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv tarafdorlarining fikriga
ko‘ra agressiya — bu instinktiv fe'l-atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning
yaratuvchisi bo‘lgan Z. Freyd o‘zining dastlabki ishlarida shuni ta’kidlaganki, insoniy
fe’l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya’ni hayot instinktidan
yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va
ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Ushbu ma’noda agressiya mana shu libidoz impulslarning
buzi- lishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaksiya sifatida qabul qilinadi. Birinchi
jahon urushi zo‘ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib
chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt — tanatos —
o‘limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati
buzg‘unchilikka va hayotni to‘xtatishga yo'nallirilgandir. Shunday qilib, tanatos
agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo‘naltirilishiga bevosita sabab
bo‘ladi.
Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.
Boshqalaridan farqli odaroq bu
nazariya zaruriy mustahkamlash bilan bogdiq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan
xulq- atvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori o‘rganiladi. Bu
nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib olish, provokatsiya qilish (qayrash) va
boshqarishni tushuntirib beradi.
Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun quyidagi vaziyatlarni
e'tiborga olish talab qilinadi:
1.
Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari.
2.
Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qay- rovchi)
omillar.
3.
Ularning mustahkamlanib qolish shart-sharoitlari.
Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuv- ning birlamchi
vositalari boigan ota-onalarning bolalarni agres- siv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun
ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
154
ISSN:3030-3613
agressiya modeli boiib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan
agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bir necha tadqiqotlar «ota-ona-bola»
juftligidagi negativ munosabatlar va bolaning agressiv reaksiyalari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘rsatgan. Agar bola (qaysi yosh guruhiga taalluqliligidan qat’i nazar)
ota, ona yoki ularning ikkisi bilan ham yomon munosa- batda bo‘lsa, ota-ona uni nima
uchun layoqatsiz deb hisoblashi- ni tushunmasa, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashini his
qilmasa, bunday holda uning jinoyat yodiga kirib ketishi ehtimoli yuqori bo‘ladi; o‘zini
boshqa bolalarga qarshi qo‘yadi; tengdoshlari uni agressiv bola deb hisoblaydi; u o‘zini
ota-onasiga nisbatan agressiv tutadi. D. Shtaynmetsning fikriga ko‘ra, siyosiy doirada
buyurtma asosida qotillik sodir etadiganlar yoki o‘z joniga qasd qiluvchilar- ning
aksariyati farzand taqdiri bilan qiziqmaydigan yoki ajrashib ketib, bolaning taqdiriga
befarq qaragan oilalardan chiqqanligi tasdiqlangan. Onalari bolaligida e’tiborsiz
qoldirgan va o‘z ota- onasidan zarur mehrni olmagan qizlar o‘zlari ona bo‘lganlarida
bolalarini jazolab tarbiyalash (masaian, urishish, baqirish, urish, kaltaklash)ga va o‘z
agressiyasini aksariyat hollarda ularga so- chishga moyil bo‘lar ekan.
Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu
nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agres-
sivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi.Frustratsiya
agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivatsiya hosil qiladi.
D.Dollard va M. Millerning fikriga ko‘ra, frustratsiyani keltirib chiqaruvchi
sababga ko‘ra agressiyani namoyon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan
jazolanishi mumkin. Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiya boshqa nishonga,
obyektga yoki shaxsning o‘zo‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo‘lishi
mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941)
XULOSA
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayotganligi
psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egallashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda
agressiv xatti-harakatlarning vujudga kelishi murakkab va ko‘pqirrali jarayon bolib,
unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o’tkazadi.Agressiv xatti-harakatlar -oila,
tengdoshlar guruhi, oilaviy axborot vositasi ta’sirida shakllanishi aniqlangan.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: «Ma’naviyat», 2008.
2.
Гидденс Э. Социология. — 2002.
3.
Маерс Д. Социальная психология. — М.: Аллель, 2000
4.
Маерс Д. Изучаем социальную психологию. — М.: 2009.
5.
V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009.
6.
V. Karimova, O.Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2007.
7.
https://studfile.net/preview/5357107/page:10/