T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
144
ISSN:3030-3613
SHAXSNING KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARI
Nuriddinova Nigora Ruxiddin qizi
O’zMU psixologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxsning kommunikativ qobiliyatlari
tushunchasining psixologik mazmuni, uning shakllanish omillari ko‘rib chiqiladi.
Muloqotni turli xil yondashuvlar nuqtai – nazaridan to’liq tahlili esa olim V.V. Rijov
tadqiqotlari orqali yoritib o’tiladi. Shaxsning kommunikativ xususiyatlari,
kommunikativ potensial shaxs tuzlimasini tashkil etuvchi komponentlar, ichki
tuzilmalar bilan aloqadorlikda bo’lishi bayon etiladi.
Kalit so’zlar:
kommunikatsiya,muloqot, analitik yondashuv, empatiya,
kommnikativ qobiliyatlar
Shaxsning kommunikativ xususiyatlari
–
bu insonning muloqot sohadagi uning
ijtimoiy muhiti uchun ahamiyatli bo’lgan xulq – atvor xususiyatlarning barqaror
tavsifidir. Muayyan shaxs boshqa insonlar bilan birgalikdagi faoliyatning ko’pqirrali
tizimida ishtirok etadi va bu muloqotida mavjud bo’ladigan xilma – xil shaxsiy
uslublarlarning jamlanishi va mustahkamlanishini belgilab beradi.
Shuningdek muloqot subyektida uning kommunikativ imkoniyatlarini belgilab
beruvchi muayyan kommunikativ potensial mavjud bo’ladi.
Shaxsning kommunikativ xususiyatlari, kommunikativ potensial shaxs
tuzlimasini tashkil etuvchi komponentlar, ichki tuzilmalar bilan aloqadorlikda bo‘ladi
va muloqot sohasida inson xulq – atvoriga hamda umumiy tarzda shaxsning barcha
komponentlariga o’z belgisini qo’yadi (ta’sir o’tkazadi).
Psixologiyada shaxsning kommunikativ xususiyatlarini o’rganish uchun aynan
shas va muloqot muammosi borasidagi tadqiqotlar boshlang’ich baza bo’lib xizmat
qiladi.
Ma’lumki, shaxs muammosini tadqiq etishga Rossiya olimlari ham, xorij olimlari
ham (A.F. Lazurskiy, G. Olport, R. Kettel va h.k.) jiddiy hissa qo’shishgan.
Muloqot muammosini konseptual tarzda qayta ishlash eng avvalo muloqotga
insonning psixik rivojlanishi, uning ijtimoiylashuvi va individuallashishi, shaxsiyati
shakllanishi uchun muhim shart sifatida qaragan B.G. Ananev, L.S. Vigotskiy, A.N.
Leontev, V.M. Myasishev, S.L. Rubinshteyn nomlari bilan bog’liq. Muloqotni turli xil
yondashuvlar nuqtai – nazaridan to’liq tahlil V.V. Rijov ishlarida amalga oshirilgan. U
psixologiyada muloqotni, faoliyatni, umuman psixik hodisalari tadqiq etishining yangi
tamoyili – muloqot va faoliyat birligi tamoyili paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Yoki
juda bo’lmaganda ular murakkab o’zaro aloqadorlikda. Uning fikricha, shu sababli
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
145
ISSN:3030-3613
muloqotning o’zi hamkorlik qilayotgan insonlarning ularning birgalikdagi faoliyatida,
hamkorligida yaxlit tizim yaratishga yo’naltirilgan maxsus faoliyati hisoblanadi.
Umumiy tarzda shaxsning kommunikativ xususiyatlarini tadqiq etishga uch
yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: analitik, polikomponent va tizimli.
Analitik yondashuv doirasida shaxsning alohida kommunikativ xususiyatlari
tadqiq etilgan. Tadqiqotchilar alohida kommunikativ xarakteristkalarni o’rganishda
asosan kirishimlilik, empatiya va o’ziga ishonganlikka to’xtalishgan.
Kirishimlilik shaxsning muloqot muvaffaqiyatini belgilovchi zaruriy sifati
hisoblanadi. Empatik kechinmalar muloqot, shaxsning o’zaro ta’siri muammolariga
aloqadorlikda o’rganiladi. Bizning davrimizda empatiyani aniq ta’riflash masalasi
bo’yicha alohida kelishuv mavjud emas. Ammo, Rossiya va xorij psixologlari
empatiya shaxslarning o’zaro ta’sirlashishlaridagi zaruriy xususiyat ekanligini ko’p
marotaba ta’kidlashgan. Shuningdek shasning kommunikativ xususiyatlari orasida
o’ziga ishonganlik ham muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunga kelib ishonganlikni
o’rganish va tasvirlashda butunlay farqli pozitsiyalar qayd etilgan ko’plab nashrlar
mavjud. Ammo shu paytgacha ushbu fenomen mohiyati bo’yicha yagona tushuncha
mavjud emas.
Kirishimlilik, empatiya, o’ziga ishonganlik bilan bir qatorda shaxsning
kommunikativ qobilyatlari ham keng tarzda o’rganilgan. Kommunikativ qobilaytlarni
o’rganish kommunikativ xususiyatlarni tadqiq etishda polikomponent yondashuvning
muhim qadami bo’lgan.
B.G. Ananev, A.G. Kovalev, A.N. Leontev, V.N. Myasishev, B.M. Teplov, SL.
Rubinshteyn ishlari sharofati bilan qobilyat muammosiga ilmiy yondashuv konteksti:
uni albatta faoliyat bilan aloqadorlikda ko’rib chiqish aniqlashtirilgan.
Xorij va rus psixologiyadagi adabiyotlar tahlili ko’rsatadiki, “kommunikativ
qobilyatlar” tushunchasi hamma tomonidan bir xil qabul qilinmagan. Rus psixologlari
ham, g’arb psixologlari ham ko’p hollarda “kommunikativ kompetentlik” atamasini
qo’llashadi. Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish va mukammallashtirish
muammosiga zamonaviy yondashuv shundan iboratki, bunda ta’limga shaxsiy
harakatlar asosida o’zini rivojlantirish va o’zini mukammallashtirish sifatida qaraladi.
Kommunikativ kompetentlik deganda esa boshqa insonlar bilan zaruriy aloqalarni
o’rnatish va mustahkamlash qobilyati tushuniladi. Kompetentlik tarkibiga
kommunikativ jarayon samarali kechishini ta’minlovchi bir qator bilim va ko’nikmalar
jamlanmasi kiritiladi.
Olimlar kommunikativ kompetentlikka shaxslararo o’zaro ta’sir vaziyatining
muayyan doirasida samarali kommunikativ harakatlarni tashkil etish uchun zarur
bo’lgan ichki zahiralar tizimi sifatida qarashadi.
Kommunikativ qobilyatlar – bu shaxsning muloqotda namoyon bo’luvchi
individual – psixologik xususiyatlari, shuningdek insonlar bilan muloqot
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
146
ISSN:3030-3613
samaradorligini belgilab beruvchi ko’nikma va malakalardir. Kommunikativ
qobilyatlar tadqiqotlarini umumlashtirgan holda startegik va taktik qobilyatlarni ajratib
ko’rsatish mumkin:
1. Staregik qobiliyatlar. Bu qobilyatlar shaxsning kommunikativ vaziyatni
tushunish, unga to’gri mo’ljal ola bilish va shunga mos ravishda muayyan xulq – atvor
strategiyasini shakllantirish imkoniyatlarini ask ettiradi.
2. Taktik qobiliyatlar. Bu qobilyatlar shaxsning kommunikatsiyada ishtirokini
ta’minlab beradi. Ularni ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:
Birinchi guruhga muloqot jarayonida shaxsiy xususiyatlardan kommunikativ
foydalanish ko’nikmasi kiradi. Bunga intellekt xususiyatlari, nutq rivojlanish
xususiyatlari, xarakter, iroda, emotsional soha xususiyatlari, temperament xususiyatlari
va h.k.larni kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga muloqot va aloqa texnikasini egallash kiradi. Biz bunga shaxs
sifatlarining to’liq kompleksini kiritamiz:
- muloqotda o’z xulq – atvorini boshqarish qobilyati;
- muloqot jarayonida boshqa insonning shaxsiy xususiyatlarini tushunish va
hisobga olish, boshqa shaxsini modellashtirish ko’nikmalari bilan aloqador bo’lgan,
shuningdek, guruhning ijtimoiy – psixologik xarakteristkasini bilish va tushunish
qobiliyati va har bir guruhdagi o’rni va rolini tushunish qobilyati bilan bog’liq bo’lgan
perseptiv qobilyatlar kompleksi;
- aloqa o’rnatish, uni mustahkamlash, uning darajasini o’zgartirish, unga kirish va
undan chiqish, muloqotda tashabbusga egalik qilish va uni taqdim etish qobilyati;
- psixologik munosabatlarda o’z nutqini optimal tashkil etish qobilyati.
Shunday qilib, yuksak darajada rivojlangan, barqaror kommunikativ qobilyatlarni
kommunikativ xususiyatlar sifatida qabul qilish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Davletshin M.G., To‘ychieva S.M. Umumiy psixologiya. T, 2002
2.
G‘oziyev E.G. Psixologiya. T., 1994
3.
Qodirov K.B. Kasb tanlashga tayyorlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis.
– Nom. Diss. T. 2001.