Mualliflar

  • Abdulxakimov Boxodir Abduraimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97321

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Bolalar psixologiyasi Pedagogik psixologiya Tarbiya Tarbiyaning metodologik masalalari Ibrat Tarbiya samaradorligi printsiplar

Annotasiya

Annotasiya: Bola xulq atvorida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi tashqi 
ta’sirlarning psixologik-pedagogik asoslari.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

104

ISSN:3030-3613

BOLA SHAXSIDA SALBIY O‘ZGARISHLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI

TASHQI TA’SIRLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Abdulxakimov Boxodir Abduraimovich

Farg'ona viloyat Farg'ona tuman MMTBga qarashli

11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab amaliyotchi psixologi

Annotasiya:

Bola xulq atvorida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi tashqi

ta’sirlarning psixologik-pedagogik asoslari.

Kalit so’zlar:

Bolalar psixologiyasi, Pedagogik psixologiya, Tarbiya,

Tarbiyaning metodologik masalalari, Ibrat, Tarbiya samaradorligi printsiplar,


Bola shaxsiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi illatlar. Bolalarning murg’ak qalbiga

hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan
kuchliroq va mustahkamroq o’rin oladigan ibrat yo’q. N.I.Novikov Rivoyat qiladilarki,
bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi
haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga kirganini so’rabdi. Besh yoshga
to’lganini bilib onaga xitob qilibdi: — Tezda uyga qayt! Bola tarbiyasida eng kerak
bo’lgan besh yilni sen boy berib qo’yibsan! Shunday, bola dastlabki yillarda tez va
ko’p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom
etaveradi. “Lekin siz mevani keyin ko’ra boshlaysiz, — deydi bir donishmand — bu
o’zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan tarbiyangiz gulining mevasidir”
bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali kechadi. Yaxshilik va yomonlik
degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi,
harakati orqali borlig’iga singib boraveradi. Donishmandlar kishi keyin umr bo’yi o’zi
yashaydigan yaxshilik va yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida
olishini, besh yoshli bala bilan keksalik o’rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.
Замонавий таълим-тарбия жараёнининг психологик-педагогик масалалари

Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga

oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining
bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular
aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning
tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi
murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal
qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni
o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab
o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik
bilimlarga ham ega bo‘lish lozim. Наr bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham
bo‘lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, turli yoshdagi, turli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

105

ISSN:3030-3613

individual xususiyatlarga ega bolgan o‘quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola
faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega.
Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida ham shu xususiyatlarni bilish va shunga
asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga
olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim
tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Shuning uchun ham psixologiya
fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh (Bolalar) va pedagogik psixologiya asoslarini
chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi. Bolalar psixologiyasi - bu
bolalarning psixologik rivojlanishining umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini, bu
jarayon turli yoshlarda qanday sodir bo'lishini, uni qanday kuchlar va qonunlar
boshqarishini o'rganadigan psixologiyaning bir bo'limi. Shu sababli, bolalar
psixologiyasini ko'pincha yoshlar psixologiyasi deb atashadi. Bolalar psixologiyasi
bolalardagi aqliy jarayonlar (kognitiv, og'zaki, hissiy, irodaviy va boshqalar) ning
ko'rinishi va rivojlanishini, aqliy xususiyatlarini rivojlanishini, har xil faoliyatning
(o'yin, o'rganish, mehnat) rivojlanishini va bolaning shakllanishini o'rganadi.

Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan

foydalanadi, ammo uni qo'llash o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bolaning yoshini
o'rganish uchun koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar
qo'llaniladi. Замонавий таълим-тарбия жараёнининг психологик-педагогик
масалалари Birinchi holda, turli yosh guruhlariga mansub bolalarda bir vaqtning
o'zida faqat bitta aqliy jarayon o'rganiladi. Ikkinchi holda, ma'lum (tanlangan) bolaning
aqliy xususiyatlari ko'p yillar davomida o'rganiladi. Bu, o'z navbatida, ularga aqliy
rivojlanishning umumiy yo'nalishini kuzatish imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi
mustaqil fan sifatida 19-asr o'rtalarida shakllana boshladi. U pedagogik psixologiya,
pedagogika va yuqori asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Uning
bilimi va xulosalari yangi avlodlarni o'qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti
uchun ham, umumiy psixologiya uchun ham muhimdir. Bola ijtimoiylashuvida
sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan
o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi
rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab,
maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi.
Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p
muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi.
Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan
munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan
boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba
to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Keling, endi bola
xulq atvorida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi tashqi ta’sirlar haqida
gaplashsak. Hammamizga ma’lumki, Oilada ota-onalar o’rtasidagi o’zaro samimiyat,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

106

ISSN:3030-3613

hamjihatlik, mеhru oqibat, o’zaro hurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g’amxo’rlik qilish
kabi munosabatlar farzand tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi. bu-

Bugungi kunda hayotda ko`plab muammolarga duch kelamiz. Bulardan eng

avvalosi inson xarakteridir. Inson xarakteri qaerdan va qanday shakllanadi?. Albatta
bu oiladan boshlanadi. Oila – bu juda nozik muassasa. Bu farzand dunyoga kelganidan,
ota-onaning bir-biriga bo`lgan munosabatidan boshlanadi. Ota-onaning bosayotgan har
bir qadami bolaning ongiga o`rnashib qoladi. Замонавий таълим-тарбия
жараёнининг психологик-педагогик масалалари Ba`zi otalar farzandlari sigareta
chekishiga o`rganib qolganidan shikoyat qilishadi. Hurmatli Otalar, o`zingiz uyda
sigareta chekasizmi? O`zingiz uyda sigareta chekib turib, qanday qilib farzandingizga
sigareta chekma deb ayta olasiz? Ba`zida ota onalar farzandlari ularni hurmat
qilmayotganidan shikoyat qilishadi. Hurmatli ota onalar, sizlar bir-birlaringizni chin
dildan hurmat qilasizlarmi? Axir, har bir bola ota onasidan, aka-opasidan o`rnak oladi.
Bir so`z bilan aytganda oiladagi muhit unga ta`sir qiladi. Oilada tanqid, yolg`on,
g`azab, masxara, janjal, notinchlikni ko`rib o`sgan farzand yolg`on gapirishni,
janjallashishni, g`azablanishni va boshqlarga ozor berishni o`rganadilar. Ota
bobolarimiz ham “Qush uyasida ko`rganini qiladi” deb bejiz aytishmagan. Shu bois,
bizning oiladagi rolimiz juda ham muhimdir. Qiz bola ham ayollik jozibasi nima
ekanligini, dunyoga kelganidan boshlab onadan o`rganadi. Ona uydagi ayollik rolini
chiroyli kiyinib, nazokat bilan amalga oshirishi, turmush o`rtog`i va farzandlariga
qilayotgan muomalasi bilan o`z qiziga o`rnak bo`ladi. Ana o`shanda qiz voyaga etib,
oila qurganda o`z vazifasini chiroyli bajaradi. Oilada dalda, maqtov, ishonch, halollik,
mehr va xavfsizlikni ko`rib o`sgan farzarzand sabr qilishni, o`zini va boshqalarni
xurmat qilishni, o`ziga bo`lgan ishonchni va boshqalarni yaxshi ko`rib ularni xurmat
qilishni o`rganadi. Oilaviy muammolarda ko`p hollarda “qars ikki qo`ldan chiqadi”.
Oila mustahkam qo`rg`onga aylanishi uchun oilada ikki taraf ham bir yoqadan bosh
chiqarishi yaxshiroqdir. Er-xotinning do`stona munosabati, ahilligi va mehr-oqibati
farzandlarimizga ham o`tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ерофеева М.В. «Психологическое консультирование родителей по проблеме
гиперактивности ребенка» Санкт-Петербург 2020 г.

2.

Sirotyuk A.L. Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi. - M .: TC Sphere, 2002
yil.

3.

Романчук О.И. Синдром дефицита внимания и гиперактивности у детей /
Пер. с украинского. — М.: Генезис, 2010.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

Ерофеева М.В. «Психологическое консультирование родителей по проблеме

гиперактивности ребенка» Санкт-Петербург 2020 г.

Sirotyuk A.L. Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi. - M .: TC Sphere, 2002

yil.

Романчук О.И. Синдром дефицита внимания и гиперактивности у детей /

Пер. с украинского. — М.: Генезис, 2010.