T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
96
ISSN:3030-3613
O’QUVCHILARNI SOG’LOM RUHIY MUHITDA TARBIYALASH
Axmedova Gavhar Panjiyevna
Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman MMTBga
qarashli 44-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA.
Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq,
o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа
yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа
kеldi. Endilikdа zаmоnаviy o’quvchi – o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn
fоydаlаnib emаs, bаlki ulаrgа mustаqil bilim оlish hаmdа egаllаgаn bilimlаrini
tаkоmillаshtirishgа intilish mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi zаrur. Ushbu
maqolada pedagogikada bolalarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash usullari tadqiq
etilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya,
pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter.
Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy
burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar
cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki,
uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu
bilan uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi.
Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida
oila obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi. Bizga
maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual psixologik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan xislatlar
nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik
hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan
va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik
xususiyat yigʼindisi tushuniladi. Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning
birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy
qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z
bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida
erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida
qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda
berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi. O‘z burchini
sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi shakllanadi.
Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni
hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila tarbiyasining bola
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
97
ISSN:3030-3613
shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga molik. Maktab
bolani kengroq jamiyatga kirishiga yordam beradi.
Maktabda bola oʼzining individual qobilyati va qiziqishiga qarab kengroq bilimga
ega boʼla boshlaydi. Maktabda bolaning olgan taʼlim tarbiyasiga qarab dunyoqarashi
kengaya boshlaydi va shu bilan birga uning ochilmagan qirralari yaʼni xar xil soxaga
boʼlgan qiziqish va qobilyatlari namoyon boʼla boshlaydi. Qiziqish qobilyat bolaning
individual hususiyatlari qatoriga kiradi. Qiziqish va qobilyatdan tashqari, temperament
va xarakter ham individual hususiyatlar qatoriga kiradi.
Har bir bolaning oʼziga yarasha individual hususiyatlari mavjud boʼladi.
Individual xususiyatlarga toʼxtalib oʼtamiz; Qobilyat—insonning individual salohiyati
va imkoniyatlaridir. Qobilyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi
hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati
sanaladi. Qobilyat koʼnikma, malakadan farq qiladi. Аksariyat ilmiy manbalarda
mohirlik bilan qobilyat anglashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʼnikma va
malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobilyat turi
shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʼlib, u
faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʼz ichiga oladi. Shuning
uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʼzini emas, balki shaxs faoliyatining
talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʼrsatkichlarga erishishni
taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim.
Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni
fahmlash, obʼektdan u yoki bu alomatlarni koʼra bilish, ajrata olish koʼnikmasidir.
Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy
tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʼlishi bilan birga,
tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʼpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi.
Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʼpgina narsalarga nisbatan ortiqcha
qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʼladi. Zehn nishonalari deganda
qobilyat ichki imkonyatlarning mohiyatini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik,
mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobilyat umumiy va
maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va
taraqqiyot tushuniladi. Qobilyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida
rivojlantirilishi mumkin. Qobilyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali,
tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb
etish, qobilyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʼllash, shaxsning faollik
alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni
umumiy talablar bilan uygʼunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari
mavjud. Qobilyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholikda namoyon boʼladi.
Xarakter – (yunoncha tamgʼa, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit taʼsirida
tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va oʼz - oʼziga boʼlgan munosabatda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
98
ISSN:3030-3613
ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan
barqaror individual psixik xususiyatlar yigʼindisidir. Xarakter termini fanga qadimgi
yunon olim va faylasufi Teofrast tomonidan kiritilgan. Xarakter tugʼma
oʼzgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bogʼliq holda tarkib
topib, oʼzgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus taʼlim-tarbiya
taʼsirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini
tarbiyalash mumkin. Yendi individual hususiyatlarni taʼlim jarayoniga bogʼlaymiz.
Bolalarni taʼlimga oʼrgatish avvalo uning qiziqish va qobilyatidan kelib chiqsa
maqsadga muvofiq boʼladi. Shu masalaga pedagoglar alohida ahamiyat berishlari
kerak. Har bir bola oʼz individual hususiyatiga qarab oʼzi qiziqqan va qobilyati boʼlgan
sohani tanlaydi. Qaysidir bola aniq fanga qiziqsa qaysidir bola gumanitar sohaga
qiziqadi. Shuning uchun aniq fanni bilmagan bolani biz qobilyatsiz bola deb ayta
olmaymiz. Biz ular qaysi sohaga qiziqishi va qobilyati mavjudligini aniqlab uni oʼsha
soxaga yoʼnaltirishimiz darkor. Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, oʼz
imkoniyatlari haqida oz boʼlsa-da tasavvurga ega boʼla boshlaydi. Yoshligidanoq
bolalar feʼl-atvori haqida oldin ota-onalari, keyin esa atrofdagilari oʼz munosabatini
bildira boshlaydi. Tashqi taʼsir natijasi oʼlaroq, har bir insonda oʼziga-oʼzi baho berish
qobilyati shakillana boshlaydi. Qaysidir bola oʼziga juda yuqori baho bersa, yana
qaysidir bola oʼzi haqida salbiy fikrga ega boʼladi. Oʼziga yuqori baho bergan bolalar
ham past baho beradigan bolalar ham taʼlim dargohida bilim olishga qiynaladi. Yuqori
baho bergan bolalarning qiynalishini sababi shundaki, uning oʼzi haqidagi fikri real
imkoniyatlaridan koʼra ilgarilab ketgan boʼladi. Bunday bolalar atrofdagilaridan norozi
boʼlishadi, ularning oʼzi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o;zgartirgandan soʼnggina u
bilim olishga qiynalmaydi. Ularning oʼzi haqidagi fikirlarini oʼzgartirish ham qiyin
kichadi. Buning uchun oʼzgalarning yutigʼini koʼrib, u bilan oʼz imkonyatlarini
taqqoslash, atrofdagilarining unga nisbatan toʼgri muomila qila olishi muhum
ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish darkor. Oʼzi haqida salbiy fikirga ega boʼlgan
bolalarga ham oson emas. Ularning boshqalar bilan muomilaga kirishlari, yangi
tanishlar orttirishlari qiyin kichadi shu bilan birgalikda taʼlim olishlari ham qiyin
kechadi. Ularni doim bir ishni boshlashdan oldin “men toʼgʼri yoʼl tutyapanmikin” kabi
shubhali savollar qiynaydi. Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun bolalarga
avvalambor oʼzlariga chettan nazar solish kerakliligini tushuntirish kerak. Ularga hech
kimdan kam emasligini shu bilan barobarda boshqalardan ustun jihati mavjudligini
tushuntirish va shu jihatni his qila bilishni oʼrgatish kerak. Аna shundagina bola
hayotda oʼz oʼrnini topa oladi.
Maktab, akademik litsey, kasb hunar koliji oʼquvchilarining qaysi sohaga qiziqish
va qobilyati mavjudligini aniqlab ularni shu sohaga yoʼnaltirish uchun oʼqituvchilar
quydagi inovatsion metodlardan foydalanishsa yuqori natijalarga erishadilar; -
“qobilyatni aniqlash testi” bu test oʼquvchilarning hayotda oʼz yoʼnalishlarini toʼgʼri
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
99
ISSN:3030-3613
tanlashga yordam berishi bilan birgalikda, oʼqituvchilarga oʼquvchilarning qobilyatini
aniqlab qiziqishlariga qarab dars samaradorligini oshirsh imkoniyatini beradi. -“ijodiy
qobilyatlarni aniqlash soʼrovnomasi” mazkur soʼrovnoma shaxsda ijodiy faollik bilan
bogʼliq boʼlgan 4 ta asosiy xususiyat- qiziquvchanlik, yaxshi rivojlangan xayol,
murakkab hodisalarni yechishga intiluvchanlik, tavakalchilikka moyilik darajasini
aniqlashga imkon beradi. -“Gottshald shakillari” mazkur metodika shaxsning bilish
faoliyatida ikki kognetiv uslub maydonga tobe va maydondan mustaqil uslubning qaysi
biri ustunligini aniqlash uchun qoʼlaniladi. Bunda maydonga tobelik odamning olamni
bilish jarayonida tashqi chalgʼituvchi omillar taʼsiriga kuchli berilishini, maydondan
mustaqil uslub esa bunday taʼsirdan yetarlicha holi ekanligini anglatadi.
XULOSA
Bolalarning qobilyatiga qarab ularni oʼz xayotida oʼzi qiziqqan soha mutaxasislari
boʼlishlari uchun ularga toʼgʼri yoʼnalish berish kerak. Baʼzi bir bolalar judayam
qobilyatli boʼlishadi leki judayam qaysar boʼlishadi ular bilan koʼproq shugʼullanish
kerak. Аna shundagina ular ham oʼz hayotida oʼz oʼrniga ega boʼlishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION OF
THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION
LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO
ACCOUNT REGIONAL FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. –
2021. – Т. 1. – №. 1.
2.
Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT YOUTH IN
THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY TECHNICAL
LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald pedagogiki.
Nauka.