Mualliflar

  • Nabiyev Ravshanjon Shavkatjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97327

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ehtiyoj aqli zaiflik korreksiya. nutq nutq o’stirish rivojlanish ruhiy jarayonlar meyor patalogiya

Annotasiya

  Annotatsiya. Bu maqolada aqli rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning 
bilish faoliyatinining o’ziga xos xususiyatlari, korreksiyalash usullari keltirib o’tilgan. 
Aqliy  nuqsonga  ega  bo’lgan  o’quvchilarda  bilish  faoliyatining  psixologik  ishlar 
keltirib o’tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

81

ISSN:3030-3613

ALOHIDA TA’LIM EXTIYOHLARI BO’LGAN (AQLI ZAIF ) BOLALAR

BILISH FAOLIYATINI TIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Nabiyev Ravshanjon Shavkatjon o’g’li

Qo‘qon DU “Maxsus pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi


Annotatsiya.

Bu maqolada aqli rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning

bilish faoliyatinining o’ziga xos xususiyatlari, korreksiyalash usullari keltirib o’tilgan.
Aqliy nuqsonga ega bo’lgan o’quvchilarda bilish faoliyatining psixologik ishlar
keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

ehtiyoj, aqli zaiflik, korreksiya. nutq, nutq o’stirish, rivojlanish,

ruhiy jarayonlar, meyor, patalogiya


Aqli zaif o’quvchilar meyorda rivojlanayotgan o’z tengdoshlari orasida

xarakterli farqlardan biri – bilim faoliyatining yetarli rivojlanmasligi hisoblanadi.
Rivojlanishi orqada qolgan o’quvchilarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari
doimio past ekanligini ko’rstadi. Shuningdek, o’quvchi nutqining rivojlanishi
darajalari va uning intellekti orasida o’zaro murakkab munosabatlar xukm suradi.
Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning
psixik faoliyatining rivojlanish imkoniyatlariga tayanib, aqliy rivojlanishi bunday
o’quvchilar o’ziga xos, meyordagi tengdoshlari kabi umumiy qonuniyatlar asosida
rivojlanib borishini ta’kidlagan.

Me’yorda rivojlanish barcha bosqichlarida dinamik tarzda amalga oshsa, aqli

zaif o’quvchilar rivojida bir muncha chetga chiqish ko’zga tashlanadi. Aqli zaif
o’quvchilar rivojlanishi bosh miya nuqsoni asosida kechadi. Demak, aqli zaif
o’quvchilar markaziy asab tazimining turli tomonlari, ruhiy jarayonlar adinamik tarzda
rivojlanadi.

Bu borada L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar nazariyasi,

“erishilgan va yaqin vaqtlarda rivojlanish mumkin bo’lgan daraja” haqidagi ilmiy
ishlar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

J.I.Shifning e’tirof etishiga, “Aqli zaif o’quvchilar ruhiyati normal o’quvchi

ruhiyati kabi rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi”

1

.

Ruhiyatning rivojlanish qonuniyatlariga ta’lim – tarbiya ham ma’lum darajada

ta’sir etadi.

AS.Vigotskiy birlamchi nuqsolarni ajrata bilish zarurligini ko’rsatdi.
Dastlabki va tez– tez uchraydigan nuqson psixologik funksiyalarning

rivojlanmasligidir. Buning asosida xotira, tafakkur, xarakter buzilishlari yotadi.

1

J.I.Shifning “Mahsus maktab o’quvchilarida nutq rivojlanishi va boshqa aqliy faoliyatining jarayonlari”.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

82

ISSN:3030-3613

Nuqsonli o’quvchi ruhiyati rivojlanishning asosiy belgisi biologik va madaniy
rivojlanish orasida bog’liqlikning buzilishidir deb ta’kidlaydi L.S.Vigotskiy.

O’quvchidagi biologik nuqson o’z navbatida madaniy bilimlarni egallashga

to’sqinlik qiladi. L.S.Vigotskiy nazariyasiga ko’ra, oliy ruhiy funksiyalar xotira,
tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Aqli zaif o’quvchi bir-biridan
uzoqlashishi natijasiada ulardagi intilish va talablar diogarmonik, uyg’un bo’lmagan
tarzda shakllanadi. S.S.Korsakov “Chuqur darajadagi aqli zaif o’quvchilarda atrofni
bilishga bo’lgan intilish shakllanmagan” deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni
T.YE.Suxareva o’z ishlarida rivojlantiradi.

M.G.Blyumina esa “Bog’cha yoshidagi aqli zaif o’quvchilarga bo’shlik, zaiflik,

tashabbussizlik, qiziqishlarning yetmasligi xosdir”deb ko’rsatadi. Psixik
rivojlanishning orqada qolishini guruhlash intellektual nuqsonning mavjudligi
darajasiga

qarab

belgilanadi.

(V.G.Petrova,

V.I.Lubovskiy,

A.P.Gozova,

I.G.Yermenko, V.V.Kavalyov, T.YE.Suxareva).

S.YE.Mnuxin va D.N.Isayevlar neyrofizologik tonusning xolatiga qarab

oligofreniyaning shakllarini a) astenik, b) stenik, v) atonik, disforik tarzda ajratdilar.

T.YE.Suxareva bosh miyaga ta’sir etuvchi potologik faktorning vaqtiga

asoslanib, oligofreniyaning 3 ta shaqlini qayd qiladi

2

:

1) Endogen tabiatli;
2) Embrio – fetopatik;
3) Perenatal kelib chiqish;
Aqli zaiflikning klinik jihatdan darajalarga ajratish faqat tibbiy davolashga emas

balki pedagogik korreksiya uchun ham muhum ahamiyatga ega.

Aqli zaif o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini erta tashxis qilish,

turg’un buzilishi va uni bartaraf etish, ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish
o’quvchining keyingi ijtimoiy hayotiga moslashuviga yordam beradi.

Adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha turli mualliflar oligofreniyada yetakchi

sindrom sifatida o’zlarining fikr – qarashlarini ilgari surmoqdalar kurt Levin
oligofreniyada yetakchi belgi – affektiv iroda sohalarining buzilishini ta’kidlaydi.
M.Pevzner esa aqli zaif o’quvchilarda umumlashtirish qobilyatlarining
qiyinlashganini, yomonlashganini asosiy belgi sifatida ko’rsatadi. A.R.Luriya esa, aqli
zaif o’quvchilarda nutqning boshqaruvchilik rolini zaif darajadaligini ta’kidlaydi.

Tekshirish shuni ko’rsatadiki, aqli zaif o’quvchilarda bilish jarayoning barcha

bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Buning natijasida ular atrof –muhit haqida to’liq
bo’lmagan, xatto noto’g’ri taasurotlar oladilar. Aqli zaif o’quvchilarda bilishning
birinchi bosqichi – idrok qilishda yetishmovchiliklar kuzatiladi. Aqli zaif o’quvchilar
idrokning o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turishi berilayotgan o’quv materiallarini

2

“Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”. T.Ye.Suxareva.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

83

ISSN:3030-3613

idrok qilish uchun uzoq vaqt talab etilishi, asosiy narsalarni muhim belgilar va
alomatlarini ajratishda qiynalishi, yaxlitlashdagi qismlar orasida ichki bog’lanishni
tushunmasligi bilan belgilanadi.

Aqli zaif o’quvchilar fazo va vaqtni idrok qilishda qiyinchiliklarga duch

keladilar, bu esa atrof muhitda moslashishga to’sqinlik qiladi. Ko’pincha 8-9 yoshga
yetgan o’quvchilar o’ng va chap qo’llarini ajrata olmaydilar. Ular soatdan vaqtni
aniqlashga, hafta kunlarini, yil fasllarining ketma-ketligini bilishga qiynaladilar,
ranglarni ajratishda muayyan xatolarga yo’l qo’yishadi.

Tafakkur bilimining ilmiy manbai va mexanizmi xisoblanadi, bir tizimiga solish

kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Aqli zaif o’quvchilarda bu jarayonlar, yetarli
darajada shakllanmagan va ular o’ziga xos xususiyatga egadir. Shunga ko’ra
narsalarning taxlili ular tomonidan tizimsiz ravshda amalga oshiriladi, buning
natijasida o’quvchilar narsalarning qismlari orasidan bog’liqlikni aniqlashga
qiynaladilar. Tahlilning mukammal bo’lmaganligi sababli predmetlar o’rtasidagi
aloqadorlikni farqlamaydilar.

Predmetlarni qismlarga ajratgan xolda ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashda

ham qiyinchilikka uchraydilar. Aqli zaia o’quvchilarda predmet bilan tanishishga
befarq, loqayddirlar. Predmetlarni bexafsalalik bilan sekin, xoxishsiz ishlaydilar. Bir
necha martta manupulyativ xarakatlarni amalga oshiradilar.

O’quvchilarga ta’lim jarayonida predmetli faoliyatni o’z vaqtida rivojlantirish

ularning keyingi faoliyatlarining shakllanishida katta rol o’ynaydi. Aqli zaif
o’quvchilar ko’p xollarda tevarak – atrofdagi predmetlarga nisbatan befarq qaraydilar.
Shu bilan birga maktabgacha tarbiya yoshdagi o’quvchilar predmet bilan faoliyatda
predmetlarning xususiyatlarini anglashda qiyinchiliklarga duch keladilar.

Aqli zaif o’quvchilar predmetlarning nomi, qismlari va ularning vazifalarini

yaxshi bilsalargina ularni o’z rasmlarida aks ettirish, o’yin va boshqa faoliyatlarda
foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu aqli zaiq o’quvchilarning ta’lim jarayoni
uchun muhum omil bo’lib hisoblanadi.

Predmet va narsa – hodisalarni taqqoslash jarayonida aqli zaif o’quvchilar

tafakkurining o’ziga xosligi yaqqol ko’rinib turadi.O’quv materialini idrok qilish va
anglashning o’ziga xos xususiyatilari o’quvchilarning xotiralari bilan bog’liq.
Xotiraning asosiy jarayonlarida esda qolish, esiga tushirish aqli zaif o’quvchilarda
o’ziga xos tarzda rivojlanadi. L.V.Zankov va V.G.Petrovlar ko’rsatganidek aqli zaif
o’quvchilar xotirasining sustligi ularni ma’lumotlar olish va esda saqlashdagi
qiyinchiliklari tufayligina emas, balki shu ma’lumotlarni esga tushirish qiyinchiliklari
bilan ham bog’liqdir. Aqli zaif o’quvchilar tasavvuri o’zining sustligi bilan ham ajralib
turadi. Ular tasavvurlarining xiraligi, torligi, beqarorligi bilan meyordagi
tengdoshlaridan farqlanishini keltirib chiqaradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

84

ISSN:3030-3613

Nutqning idrok qilish va tushunish ongning o’sishiga, uning yangi bilim va
ko’nikmalar xosil qilishga ta’sir qilib qolmasdan, balki ong tarkibini tartibga soladi,
insondagi oliy, o’ziga xos ruxiy jarayonning vositaviy qurilishini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Maxsus pedagogika. Po’latova P.M. “Fan va texnologiya” nashiryoti 2014. 368 bet

2.

Nurmuxamedova L.SH. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogic
xususiyatlari. Ped.fan.nomz.dis....avtoref. – T.:Nizomiy nomidagi TDPU.2005. -26

3.

Shavkatjon o’gli, Nabiyev Ravshanjan. "METHODS OF STUDYING THE
EDUCATIONAL ACTIVITY OF MENTALLY WEAK STUDENTS OF Q
HOME CLASS ON THE BASE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES."

4.

Shavkatjon o‘g‘li, Nabiyev Ravshanjon. "BOSHLANG ‘ICH SINF AQLI ZAIF O
‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH." RESEARCH AND EDUCATION 1.1
(2022): 263-267.

5.

O’gli, Nabiev Ravshanjon Shavkatjon, and Quchqorova Farida Erkin Qizi.
"Features of the Higher Nervous Activity and Psychic Processes of Students with
Intellectual Deficiencies." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 19
(2023): 146-151.

6.

O’gli, Nabiyev Ravshanjon Shavkatjon, and Ortiqboyeva Parizoda Ismoiljon Qizi.
"Families of Children with Defects in the Development of Pedagogical-
Psychological Work." Journal of Pedagogical Inventions and Practices 19 (2023):
143-146.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Maxsus pedagogika. Po’latova P.M. “Fan va texnologiya” nashiryoti 2014. 368 bet

Nurmuxamedova L.SH. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogic

xususiyatlari. Ped.fan.nomz.dis....avtoref. – T.:Nizomiy nomidagi TDPU.2005. -26

Shavkatjon o’gli, Nabiyev Ravshanjan. "METHODS OF STUDYING THE

EDUCATIONAL ACTIVITY OF MENTALLY WEAK STUDENTS OF Q

HOME CLASS ON THE BASE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES."

Shavkatjon o‘g‘li, Nabiyev Ravshanjon. "BOSHLANG ‘ICH SINF AQLI ZAIF O

‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH." RESEARCH AND EDUCATION 1.1

(2022): 263-267.

O’gli, Nabiev Ravshanjon Shavkatjon, and Quchqorova Farida Erkin Qizi.

"Features of the Higher Nervous Activity and Psychic Processes of Students with

Intellectual Deficiencies." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 19

(2023): 146-151.

O’gli, Nabiyev Ravshanjon Shavkatjon, and Ortiqboyeva Parizoda Ismoiljon Qizi.

"Families of Children with Defects in the Development of Pedagogical-

Psychological Work." Journal of Pedagogical Inventions and Practices 19 (2023):

-146.