Mualliflar

  • Kamolova Madinaxon Sirojiddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97342

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ona tili taʼlimi adabiyot darslari multimedia vositalari lingvodidaktika axborot texnologiyalari interaktiv taʼlim zamonaviy pedagogika.

Annotasiya

Annotatsiya 
          Bugungi  kunda  taʼlim  jarayonida  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan  unumli  foydalanish  masalasi  davlat  siyosatining  ustuvor 
yo‘nalishlaridan  biriga  aylangan.  Xususan,  ona  tili  va  adabiyot  fanlari  bo‘yicha 
multimedia vositalarining qo‘llanilishi darslarning interaktivligi, mazmunan boyligi va 
samaradorligini  oshirishga  xizmat  qilmoqda.  Ushbu  maqolada  multimedia 
vositalarining  lingvodidaktik  asoslari,  ularning  ona  tili  va  adabiyot  darslaridagi 
afzalliklari,  o‘quvchilarning  til  kompetensiyalarini  rivojlantirishdagi  roli,  mavjud 
muammolar  va  taklif  etilayotgan  yechimlar  atroflicha  tahlil  qilinadi.  Tadqiqot 
davomida respublikamizdagi mavjud ilmiy ishlanmalar, tajriba asosidagi kuzatuvlar va 
amaliyotga  doir  tavsiyalar  asosida  ilmiy-tahliliy  yondashuv  amalga  oshirilgan. 
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sharoitida multimedia vositalari asosida ona tili va 
adabiyot  fanlarini  o‘qitish  istiqbollari,  mazkur  vositalarni  yanada  takomillashtirish 
yo‘llari bayon etilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

20

ISSN:3030-3613

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA MULTIMEDIA

VOSITALARINING O‘RNI VA SAMARADORLIGI

Kamolova Madinaxon Sirojiddin qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti

universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya

Bugungi kunda taʼlim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan unumli foydalanish masalasi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xususan, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha
multimedia vositalarining qo‘llanilishi darslarning interaktivligi, mazmunan boyligi va
samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada multimedia
vositalarining lingvodidaktik asoslari, ularning ona tili va adabiyot darslaridagi
afzalliklari, o‘quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli, mavjud
muammolar va taklif etilayotgan yechimlar atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot
davomida respublikamizdagi mavjud ilmiy ishlanmalar, tajriba asosidagi kuzatuvlar va
amaliyotga doir tavsiyalar asosida ilmiy-tahliliy yondashuv amalga oshirilgan.
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sharoitida multimedia vositalari asosida ona tili va
adabiyot fanlarini o‘qitish istiqbollari, mazkur vositalarni yanada takomillashtirish
yo‘llari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

ona tili taʼlimi, adabiyot darslari, multimedia vositalari,

lingvodidaktika, axborot texnologiyalari, interaktiv taʼlim, zamonaviy pedagogika.

Abstract

Today, the issue of the effective use of modern information and communication

technologies in the educational process has become one of the priorities of Public
Policy. In particular, the use of multimedia tools in the native language and literary
Sciences serves to increase the interactivity, wealth and effectiveness of classes. This
article will thoroughly analyze the linguistic foundations of multimedia tools, their
advantages in native language and literature lessons, the role of students in the
development of language competencies, existing problems and proposed solutions.
During the study, an in-depth scientific and analytical approach was carried out on the
basis of existing scientific developments in our republic, experimental based
observations and recommendations for practice. The article also describes the
prospects for teaching native language and literature on the basis of multimedia tools
in the conditions of Uzbekistan, ways to further improve these tools.

Keywords:

native language education, literature classes, multimedia tools,

linguodidactics, information technology, interactive education, modern pedagogy.

Kirish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

21

ISSN:3030-3613

So‘nggi yillarda dunyo taʼlim tizimi jadal rivojlanmoqda va bu o‘zgarishlar
raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining keng ko‘lamda joriy etilishi taʼlimda yangi pedagogik
yondashuvlarni shakllantirishga olib keldi. Jumladan, ona tili va adabiyot darslarida
multimedia texnologiyalarining o‘rni beqiyos bo‘lib, ularning yordamida dars
mazmuni boyitiladi, o‘quvchilarning til ko‘nikmalari va estetik didi rivojlanadi.
Multimedia vositalarining bu fanlardagi ahamiyati o‘quvchilarda ona tiliga va
milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini
shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish kabi omillarda yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Biroq bu jarayonda o‘qituvchining roli, darsda multimediadan oqilona
foydalanish, texnik imkoniyatlarning mavjudligi ham muhim omillar qatoriga kiradi.
O‘zbekistonda ham bu borada bir qator muhim islohotlar amalga oshirilmoqda:
“Raqamli taʼlim” konsepsiyasi, “Yagona elektron taʼlim platformasi”ning joriy
qilinishi, elektron darsliklar va mobil ilovalarning yaratilishi bunga yorqin misol bo‘la
oladi. Ayni paytda esa, ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda bu vositalarning qanday
tatbiq etilishi, ularning taʼlim samaradorligiga taʼsiri, mavjud muammolar va ularni hal
etish yo‘llari atroflicha o‘rganilishga loyiqdir. Prezident Sh.Mirziyoyev
taʼkidlaganidek, “ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli maʼlumotlarni, asosan,
internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va
qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini,
onlayn darsliklar, elektron lugʻatlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan toʻliq
foydalanib oʻzbek tilini keng targʻib etish boʻyicha ishlarimizni kuchaytirishimiz
lozim”. Darhaqiqat, internet rivojlanib borishi ta’limda multimedia vositalaridan
foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

Asosiy qism

Ma’lumki, multimedia vositalarining imkoniyatlaridan unumli foydalana olish
oʻqituvchi va oʻquvchini yangi taʼlim muhitiga olib kiradi, koʻproq va kengroq
maʼlumot egallash uchun shart-sharoit yaratadi. Ona tilini o‘qitishda multimedia
vositalaridan foydalanish o‘z samarasini ko‘rsatganligi sir emas. Tajribalardan shu
ayonki, o‘quvchilar o‘qituvchining og‘zaki ma’ruzasidan ko‘ra ko‘rgazmali
vositalrdan foydalanib tushuntirishiga ko‘proq qiziqar ekan. Ana shunda ular
yetkazilayotgan ma’lumotni ko‘proq yodida saqlab qolar ekan. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimida joriy etish, dars mashg‘ulotlarida
ushbu texnologiyalarning turli shakllaridan samarali foydalanish nafaqat mazkur
sohadagi bilim va malakalarning rivojlanishiga xizmat qiladi, vaholanki oʻquvchi
dunyoqarashining shakllanishiga, o‘z yo‘lini mustaqil tanlashiga, shaxsiy
fazilatlarining mukammallashuviga taʼsir koʻrsatadi, bilim olish jarayoniga bo‘lgan
qiziqishini oshirishga, oʻrganishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Koʻplab
olimlarning fikriga koʻra, “AKT” oʻquvchilarning ijodiy tafakkuri rivojlanishiga ham


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

22

ISSN:3030-3613

jiddiy ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Matn, nutq, grafika, animatsiya, audio, video kabi
turlicha usullarning kombinatsiyasidan yaratilgan yangi, zamonaviy mahsulotlardan
ona tili mashgʻulotlarida unumli va oʻrinli foydalanib darsning mazmuni va shaklini
taʼminlash oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kreativ fikrlashlarini
takomillashtirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Multimedia vositalari-bu turli axborot shakllari (matn, audio, video, grafik,
animatsiya)ni bir tizimda uyg‘unlashtirgan texnologiyalardir. Ular ona tili va adabiyot
darslari jarayonida lingvodidaktik imkoniyatlarni kengaytiradi. Bunga quyidagilar
kiradi:

Audiovizual vositalar:

darslarda sheʼrlar, hikoyalar va dramatik asarlarning

videolavhalari o‘quvchining eshitish va ko‘rish xotirasini kuchaytiradi.

Interaktiv platformalar:

Quizlet, Kahoot, Moodle kabi platformalarda adabiy

qahramonlar, mualliflar va badiiy asarlarni muhokama qilish imkoniyati mavjud.

Virtual muhitlar:

Zoom, Google Meet orqali interaktiv suhbatlar, sahna ko‘rinishlarini

namoyish etish mumkin.

Mobil ilovalar:

ona tili grammatikasi, yozuv malakalarini rivojlantiruvchi o‘yinli

dasturlar mavjud.
Multimedia vositalari o‘quvchilarning ona tili va adabiyot bo‘yicha asosiy til
kompetensiyalarini rivojlantiradi:

Tinglab tushunish:

adabiy matnlarning audioversiyalari orqali o‘quvchi tinglash

malakasini rivojlantiradi.

O‘qish:

multimediali matnlar orqali o‘quvchi matn mazmunini tahlil qiladi, qahramon

xarakterlarini tushunadi.

Yozish:

multimedia asosidagi topshiriqlar o‘quvchilarning fikrni yozma bayon qilish

salohiyatini oshiradi.

Gapirish:

dramatik asarlarni sahnalashtirish, adabiy chiqishlar qilish orqali og‘zaki

nutq rivojlanadi.
O‘zbekistonda ona tili va adabiyot darslarida multimedia texnologiyalarining
tatbiqi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Quyidagi loyihalarni alohida
taʼkidlash mumkin:
“Adabiyot darslari” videoresurslar to‘plami.
“TV maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilgan adabiyot saboqlari.
“Ona tili darslari” mobil ilovalari va interaktiv darslar.
Biroq, hali ham multimedia vositalarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Bu esa o‘qituvchilarning AKT bo‘yicha malakasining pastligi, texnik infratuzilmaning
baʼzi hududlarda yetarli emasligi bilan bog‘liq.
Taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllanadigan har bir shakl, vosita, metod
va usullarning qoʻllanish xususiyatlari mavjud. Pedagogik meʼyor va mezonlarga rioya
etish bu yerda ham oʻz kuchini toʻla saqlab qoladi. Bu siraga multimedia vositalaridan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

23

ISSN:3030-3613

darsning qaysi qismida, qancha miqdor va muddatda foydalanish ham oldindan puxta
rejalashtirilishi joiz boʻladi. Ularga rioya etmaslik oʻquvchida zerikish, tushunmay
qolish, paydo boʻlgan savollarni esidan chiqarib qoʻyish holatlariga olib kelishi
mumkin. Oʻqituvchi video qoʻyilgan dars jarayonida boshqa narsaga chalgʻimasligi,
shu bilan birgalikda oʻquvchi bilan bab-baravar jarayon ishtirokchisiga aylanishi
lozim, aks holda jarayonning buzilishi, oʻquvchilarda norozilik kayfiyati, parokandalik
holatlari paydo boʻladi.

Muammolar

Multimedia kontentning yetarli emasligi:

O‘zbek adabiyoti va ona tili bo‘yicha

sifatli multimedia materiallari (video, audiokitoblar, animatsiyalar) yetarli emas.
Ko‘plab o‘quvchilar va o‘qituvchilar eski yoki cheklangan resurslardan foydalanishga
majbur.

Texnik jihozlanishdagi nomutanosiblik:

Maktablar orasida texnik taʼminotda

katta tafovut mavjud. Baʼzi taʼlim muassasalari zamonaviy texnik vositalar bilan
taʼminlangan bo‘lsa, boshqalarida hatto oddiy proyektor va internetga ulanish
imkoniyati mavjud emas.

O‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi pastligi:

Ko‘plab pedagoglar

multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega
emaslar. Bu esa ularning ijodiy yondashuviga va dars sifatiga salbiy taʼsir
ko‘rsatmoqda.

Metodik qo‘llanmalar va normativ-huquqiy asoslarning yetarli emasligi

: Ona

tili va adabiyot fanlari uchun multimedia vositalarini qo‘llashga oid maxsus metodik
tavsiyalar, amaliy qo‘llanmalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.

O‘quvchilar o‘rtasida raqamli bo‘linish:

Ayrim o‘quvchilar multimediadan

foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ijtimoiy qatlamdan ya’ni ularda internet
vositalaridan foydalanishga sharoiti yo‘q. Bu esa teng imkoniyatlar prinsipiga zid
keladi.

Yechimlar va takliflar:

Yangi milliy multimedia kontentlar yaratish:

O‘zbekiston yozma va og‘zaki

adabiyoti asosida maxsus audiokitoblar, videodarsliklar, dramatik lavhalar, sheʼr
ijrolari va didaktik animatsiyalar ishlab chiqilishi kerak.

Texnik bazani kuchaytirish:

Har bir maktabga yuqori tezlikdagi internet,

interaktiv doska, kompyuterlar va multimedia proyektorlarini yetkazib berish bo‘yicha
davlat dasturlari kengaytirilishi lozim.

O‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish kurslari:

Pedagogik kadrlar

uchun multimedia texnologiyalari bilan ishlashga oid qisqa muddatli va uzoq muddatli
o‘quv kurslarini tashkil etish zarur. O‘qituvchilar uchun multimedia vositalaridan
foydalanish bo‘yicha maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish ham o‘qituvchilarga
kata yordam beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

24

ISSN:3030-3613

Metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish:

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-

tadqiqot institutlari tomonidan multimedia vositalari asosida dars o‘tish bo‘yicha
metodik tavsiyalar ishlab chiqilishi kerak.

Ijtimoiy tenglikni taʼminlash:

Raqamli vositalarga ega bo‘lmagan o‘quvchilar

uchun jamoaviy kompyuter xonalari, mobil multimedia kutubxonalarini tashkil etish
maqsadga muvofiq.

Monitoring va tahlil tizimini joriy qilish:

Qanday multimedia vositasi

samaraliroq natija bergani bo‘yicha doimiy monitoring olib borish va tajriba asosida
takomillashtirib borish muhim.

Xulosa

Demak, multimedia vositalari ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda yangi
bosqichni boshlab berdi. Ular o‘quvchilarning mavzuga qiziqishini oshiradi, o‘z fikrini
mustaqil va erkin ifoda etishga undaydi, tahliliy va tanqidiy fikrlash malakasini
rivojlantiradi. Darslarga bo‘lgan qiziqishni, e’tiborni oshirdi Ayniqsa, O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan raqamli taʼlim islohotlari ona tili va adabiyot taʼlimi
metodikasini tubdan yangilashda muhim omil bo‘lmoqda. Shuningdek, multimedia
vositalarini yaratishda milliy kontentni ko‘paytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish,
texnik taʼminotni yaxshilash – bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Kelajakda ushbu vositalar asosida zamonaviy, interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan ona
tili va adabiyot darslarini tashkil qilish orqali O‘zbekiston taʼlimi yanada rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. – Xalq so‘zi, 2019-yil 21-
oktyabr.

2.

Kuldosheva Sanobar. Ona tili ta’limida multimediali usullardan foydalanish
metodikasi. // O‘zbekiston: til va madaniyat, 2023.

3.

Suvankulov B. Taʼlimda multimedia vositalaridan foydalanish: Yangi O‘zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari. //pedagoglar.org, 2024.

4.

Ziyauddinova G. Adabiyot darslarida multimedia vositalaridan foydalanish.
//Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari, 2024.

5.

Po‘latova E. O‘zbekistonda raqamli ta’lim; tahlillar, muammolar va yechimlar. //
Journal of new century innovations, 2024.

References:

1.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. – Xalq so‘zi, 2019-yil 21-
oktyabr.

2.

Kuldosheva Sanobar. Ona tili ta’limida multimediali usullardan foydalanish
metodikasi. // O‘zbekiston: til va madaniyat, 2023.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

25

ISSN:3030-3613

3.

Suvankulov B. Taʼlimda multimedia vositalaridan foydalanish: Yangi O‘zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari. //pedagoglar.org, 2024.

4.

Ziyauddinova G. Adabiyot darslarida multimedia vositalaridan foydalanish.
//Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari, 2024.

5.

Po‘latova E. O‘zbekistonda raqamli ta’lim; tahlillar, muammolar va yechimlar. //
Journal of new century innovations, 2024.


Bibliografik manbalar

References:

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz

yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. – Xalq so‘zi, 2019-yil 21-

oktyabr.

Kuldosheva Sanobar. Ona tili ta’limida multimediali usullardan foydalanish

metodikasi. // O‘zbekiston: til va madaniyat, 2023.

Suvankulov B. Taʼlimda multimedia vositalaridan foydalanish: Yangi O‘zbekiston

taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari. //pedagoglar.org, 2024.

Ziyauddinova G. Adabiyot darslarida multimedia vositalaridan foydalanish.

//Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari, 2024.

Po‘latova E. O‘zbekistonda raqamli ta’lim; tahlillar, muammolar va yechimlar. //

Journal of new century innovations, 2024.