T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
15
ISSN:3030-3613
GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘SMIRLARDA PSIXOLOGIK
BARQARORLIKNI TAMINLASHNING DOLZARBLIGI VA OMILLARI.
Ollonova Mahfuza Musayevna
Buxoro viloyati Qorako‘
l tumani 53- maktab psixologi.
Annotatsiya:
Mazkur maqola globallashuv jarayonining o‘smirlarning
psixologik barqarorligiga ta’sirini yoritib beradi. O‘smirlik davri inson rivojlanishida
o‘ziga xos psixologik faza bo‘lib, globallashuvning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy
jihatlari o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu maqolada globallashuvning psixologik barqarorlikka ta’siri,
o‘smirlarning psixologik va hissiy holatlari, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga
moslashishdagi muammolar nazariy asosda tahlil qilinadi. Psixologik barqarorlikni
ta’minlashda o‘ziga bo‘lgan ishonch, hissiy muvozanat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
tizimlari va globallashuvning o‘ziga xos jarayonlari o‘smirlar psixologiyasidagi
muhim omillar sifatida yoritiladi. Maqola o‘smirlarning psixologik barqarorligini
saqlash va ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nazariy yondashuvlarni muhokama qiladi.
Kalit so‘zlar:
Globallashuv, psixologik barqarorlik, o‘smirlar, hissiy muvozanat,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy ta’sir, ijtimoiy o‘zgarishlar, identifikatsiya
muammolari, stressni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonch.
Globallashuv zamonaviy dunyoda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni
jadallashtirib, jamiyatning barcha qatlamlariga, xususan, o‘smirlar hayotiga chuqur
ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon o‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar ochib bersa-da,
ular uchun psixologik va hissiy barqarorlikni saqlash borasida qator muammolarni
yuzaga keltiradi. Xususan, ommaviy madaniyatga taqlid qilish, global normalarga
moslashish, boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi holatlar o‘smirlarning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini susaytirib, ularning mustaqil fikrlash va o‘zligini anglash
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Taniqli olim A. Erkayev bu borada shunday deydi: “Fikran kimgadir qaram
bo‘lgan yoki dunyoqarashi cheklangan kishi o‘z ekzistensial holati va ehtiyojlarini
ham, jamiyat hayotidagi ijtimoiy-tarixiy zaruriyatni ham to‘liq anglay ololmaydi, bir
yoqlama tushunadi... O‘zgalarning fikrlarini tanqidiy baholay olmaslik oqibatida
boshqalarning ortidan ko‘r-ko‘rona ergashish yoki intuitiv harakat qilishga odatlanib
qoladi. Bu hol inson erkinligini cheklab, uni tasodiflarga yoki o‘zgalar irodasiga qaram
qilib qo‘yadi.”
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
16
ISSN:3030-3613
Demak, globallashuv sharoitida o‘smirlarning psixologik barqarorligini ta’minlash
— ularning shaxsiy rivojlanishi, mustaqil fikrlashi va o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik
uchun dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Bugungi globallashuv jarayoni inson hayotining barcha jabhalariga, ayniqsa
yoshlar va o‘smirlarning ruhiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu
ta’sirlarni chuqur tahlil qilish uchun avvalo
“globallashuv”
va “psixik barqarorlik
”
tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlab olish lozim.
Globallashuv
— bu butun dunyo miqyosida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy
sohalarning o‘zaro chambarchas bog‘lanishidir. Bu jarayon axborot texnologiyalari,
ommaviy kommunikatsiya vositalari, transport tizimlari va xalqaro iqtisodiy aloqalar
orqali amalga oshadi. Globallashuv shaxsning fikrlash doirasini kengaytirsa-da, ayni
paytda milliy identitet, madaniy qadriyatlar va psixologik muvozanatga bosim
o‘tkazuvchi omilga ham aylanishi mumkin. A.Giddens, Z.Bauman, U.Bek kabi
sotsiologlar globallashuvni insonning o‘zini anglash va jamiyatdagi o‘rnini aniqlash
jarayoniga kuchli ta’sir qiluvchi omil sifatida baholashadi.
Globallashuv va psixik barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik shundaki,
globallashuvning kuchli axborot oqimi, ommaviy madaniyat, jahon trendlari va
ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir ruhiyatiga bosim qilishi mumkin. Shuning uchun
ushbu tushunchalarni birgalikda tahlil qilish o‘smirlarning ruhiy holatini tushunishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu
davrda inson o‘zini anglash, shaxsiy identitetni shakllantirish, jamiyatdagi o‘rnini
belgilash, mustaqil fikr yuritish va hayotiy qarorlar qabul qilishga o‘rganadi. Shu bois,
o‘smirlar psixik barqarorligini ta’minlash bugungi globallashuv sharoitida nihoyatda
dolzarb masalaga aylanmoqda.
Globallashuv tufayli o‘smirlar ko‘plab madaniy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar
bilan to‘qnash kelmoqda. Bu esa ularning ongida turli ziddiyatli holatlarni keltirib
chiqaradi. Ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda boshqalar bilan taqqoslash, ommaviy
madaniyatda targ‘ib qilinayotgan “ideal” obrazlarga intilish, modaga moslashish,
mashhurlikka erishishga bo‘lgan ishtiyoq o‘smirning o‘zini yo‘qotishiga, o‘ziga
bo‘lgan ishonchni pasayishiga olib keladi. Buning oqibatida psixologik xavotir,
tushkunlik, yolg‘izlik va ichki qarama-qarshiliklar kuchayadi.
Psixik barqarorlik
- o‘smirning ruhiy holati, emotsional muvozanat, tashqi
omillarga nisbatan bardoshlilik va stressga qarshi turish qobiliyatidir. L.S.Vygotskiy,
A.N.Leontyev, E.Erikson singari psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariyalarga
ko‘ra, psixik barqarorlik o‘smirlik davrida shaxsning ijtimoiy moslashuvi va sog‘lom
rivojlanishi uchun muhim omildir. Psixik barqaror bo‘lgan o‘smir mustaqil fikr yurita
oladi, ijtimoiy bosimlarga qarshi tura oladi va o‘z shaxsiy ehtiyojlari, qadriyatlari
asosida qarorlar qabul qiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
17
ISSN:3030-3613
Bugungi kundа psixologiyаning ko‘pginа yаngi
sohаlаridа
psixologik bаrqаrorlik
termini shаxsning hаr xil qiyinchilik vа to‘siqlаrgа chidаshi, o’zgaruvchan muhit
sharoitiga moslasha olish , o‘zini-o‘zi nаzorаt qilish vа stressli vаziyаtlаrdа hаm
bаrqаrorlikkа erishish qobilyаti sifаtidа аnglаnаdi. Ushbu tushunchа shаxsning hissiy
vа ruhiy holаtini boshqаrish, stressli vаziyаtlаrgа qаrshi kurаshish vа o‘z oldigа
qo‘ygаn mаqsаdlаrigа erishishdа chidаmli bo‘lish qobiliyаtlаrini o‘z ichigа olаdi.
Psixologik barqarorlik tushunchasi moslаshuvchаnlikbilan ham uyg’un bo’lib,
yаngi muhit yoki shаroitgа muvаffаqiyаtli tаrzdа integrаtsiyа qilish qobiliyаtini
аnglаtаdi. Bu insonning o‘z fikrini, qаrorlаrini vа xаtti-hаrаkаtlаrini o‘zgаrtirishgа
bo‘lgаn qobiliyаtini ifodаlаydi. Hаyotdаgi o‘zgаrishlаrgа moslаshish, yаngi
shаroitlаrdа muvаffаqiyаtli bo‘lish vа o‘rgаnish qobiliyаti moslаshuvchаnlikkа
аsoslаnаdi. Mаsаlаn, yаngi ish muhitigа yoki yаngi jаmoаgа qo‘shilish, yаngi
texnologiyаlаrni o‘rgаnish yoki muаyyаn stressli holаtlаrdа optimаl yechim topish –
bulаrning bаrchаsi moslаshuvchаnlikni tаlаb qilаdi.
Shu sababli, globallashuv asrida o‘smirlarning psixik barqarorligini ta’minlash
quyidagi asosiy zaruriyatlarga tayanadi:
Ichki muvozanatni shakllantirish
– O‘smirlar o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olishi
kerak.
Mustaqil fikr yuritishni o‘rgatish
– Har qanday axborotni tanqidiy tahlil qilishga
o‘rgatish.
Psixik barqarorlikni mustahkamlash, o‘smirlar hayotida yuzaga keladigan
emotsional muammolarning oldini olishga yordam beradi. Bu esa ularning sog‘lom
rivojlanishida,
jamiyatga
integratsiyalashuvida
va
kelajakdagi
shaxsiy
muvaffaqiyatlarida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Globallashuv ta’sirida shakllanayotgan murakkab ijtimoiy muhit o‘smirlarning
shaxsiy rivojlanish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularning psixik
barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan omillarni aniqlash va amalda qo‘llash
juda muhimdir. O‘smirlar psixologik barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillar :
1.
Oilaviy muhit va hissiy qo‘llab-quvvatlash
Oilaviy munosabatlar o‘smirning ruhiy sog‘lomligida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Sog‘lom, mehrga boy va ochiq muloqotga asoslangan oilaviy muhit o‘smirga o‘zini
qadrlangan, tushunilgan va xavfsiz his qilish imkonini beradi. Psixologik tadqiqotlarga
ko‘ra, ota-ona bilan iliq, ishonchli munosabatlar o‘smirlarning depressiya va xavotir
holatlariga kamroq uchrashiga yordam beradi.
2.
Maktab va ta’lim tizimidagi psixologik qo‘llab-quvvatlash
Maktab o‘smirlarning ijtimoiylashuvi, o‘ziga ishonchi va bilimga bo‘lgan
munosabatini shakllantiruvchi muhitdir. Pedagoglar va maktab psixologlarining o‘z
vaqtida ko‘rsatilgan yordami, motivatsion qo‘llab-quvvatlash, sinfdoshlari bilan
sog‘lom munosabatlar o‘rnatilishi o‘smirda barqarorlikni kuchaytiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
18
ISSN:3030-3613
3.
Ijtimoiy aloqalar va do‘stlik munosabatlari
Sog‘lom do‘stlik va ijtimoiy guruhga mansublik hissi o‘smirning emotsional
barqarorligida muhim o‘rin tutadi. Psixolog Eriksonning rivojlanish bosqichlari
nazariyasiga ko‘ra, o‘smirlik davrida "ijtimoiy qabul qilinish" ehtiyoji kuchli bo‘ladi.
Ijobiy tengdoshlar bilan muloqot qilish, o‘zini jamiyatga tegishli his qilish salbiy
fikrlardan himoya bo‘lib xizmat qiladi.
4.
Shaxsiy qiziqishlar va ijodiy faoliyat
O‘smirning o‘z qiziqishlariga vaqt ajratishi, sport, musiqa, san’at kabi sohalarda
o‘zini namoyon qila olishi uning o‘zini anglashiga, o‘zini qadrlashiga va stressni
kamaytirishga xizmat qiladi. Bu orqali u o‘z imkoniyatlarini kashf etadi va o‘ziga
bo‘lgan ishonch mustahkamlanadi.
5.
Axborot oqimini ongli boshqarish (media savodxonlik)
Ijtimoiy tarmoqlarda yoki ommaviy axborot vositalarida berilayotgan har qanday
ma’lumotni ongli qabul qilish, tahlil qilish va filtrdan o‘tkazish o‘smirning psixik
barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Aks holda, ideal obrazlarga taqlid,
noto‘g‘ri axborotlar va virtual bosim ruhiy muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
6.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
O‘smirlar har qanday axborot, fikr yoki norma haqida o‘z mustaqil mulohazasini
shakllantira olishi lozim. Tanqidiy fikrlash o‘smirning o‘z fikrini himoya qilishiga,
boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashmasligiga va ruhiy jihatdan mustahkam bo‘lishiga
yordam beradi. Bu nafaqat psixik barqarorlik, balki intellektual rivojlanishning ham
asosi hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, globallashuv sharoitida yosh avlod, ayniqsa
o‘smirlar psixologik, ijtimoiy va madaniy bosimlar ostida shakllanmoqda. Bu jarayon
bir tomondan ularga cheksiz imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa, boshqa tomondan esa o‘zini
anglash, mustaqil fikrlash, shaxsiy qaror qabul qilish, o‘ziga ishonch kabi psixik
barqarorlikni ta’minlovchi muhim jihatlarga tahdid solmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy
tarmoqlar va ommaviy madaniyat ta’sirida o‘smirlar ko‘r-ko‘rona taqlidga, o‘zini past
baholashga, tanqidni qabul qilmaslikka moyil bo‘lib bormoqda.
Globallashuvning salbiy oqibatlarini butunlay yo‘q qilish emas, balki uni ongli
boshqarish orqali kamaytirish mumkin. Buning uchun esa o‘smirlarga:
raqamli savodxonlikni o‘rgatish,
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
psixologik jihatdan barqaror bo‘lishga yordam berish,
oilaviy va maktab muhitini qo‘llab-quvvatlovchi omilga aylantirish zarur.
Shuningdek, ota-onalar, ustozlar va jamiyat vakillari o‘zlariga ham javobgarlikni
olishlari lozim. O‘quvchilarning dangasalik, sabrsizlik, irodasizlik kabi holatlari —
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
19
ISSN:3030-3613
tarbiya va e’tibor etishmovchiligining, shuningdek, noto‘g‘ri raqamli muhit ta’sirining
natijasidir. Demak, psixik barqarorlikni ta’minlash — bu nafaqat o‘smirning o‘zi, balki
atrof-muhitdagi barcha tarbiyaviy institutlar hamkorlikda yechishi lozim bo‘lgan
umumiy vazifadir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Bаrоtоv Sh.R., Muхtоrоv Е.M. О’smirlаrdа о’z-о’zini рsiхоlоgik muhоfаzа qilish
hаqidаgi tаsаvvurlаrni shаkllаntirishning ilmiy-аmаliy аsоslаri. Mоnоgrаfiyа. – T.:
“Fаn” nаshriyоti. 2008.
2.
Bаrоtоv Sh.R. Рsiхоlоgik хizmаt. – Tоshkеnt: “Nаvrо’z”, 2018.
3.
Аболин, Л.М. Психологические механизмы эмоциональной устойчивости
человека: монография / Л.М. Аболин. - Казань: Издательство Казанского
университета, 1987. - 264 с.
Intеrnеt sаytlаr
4.
httр://www.librаry.uz/
5.