Mualliflar

  • Yegamberdiyeva Xurshidaxon Alisherovna
  • Sharifova Olmaxon Sherali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97344

Annotasiya

 
“O’zbekiston  temir  yo’llari”  AJ  O’zbekiston  Respublikasida  temir  yo’l 
transportida yuk va yo’lovchilarni tashishni amalga oshiruvchi hamda tartibga soluvchi 
kompaniya  hisoblanadi.  “O’zbekiston  temir  yo’llari”  AJning  umumiy  temir  yo’l 
uzunligi 7400 kmni tashkil etadi. Jamiyatda hozirgi kunda 79 mingdan ortiq xodimlar 
faoliyat ko’rsatadi. 1  
O’zbekiston  temir  yo’llarida  so’ngi  20  yil  ichida  amalga  oshirilgan  yirik 
investitsion loyihalarning samarali faoliyati natijasida  “O’zbekiston temir yo’llari” 
AJning asosiy faoliyat ko’rsatkichlarida dinamik o’zgarishlar kuzatildi.  
O’zbekiston temir yo’llarining mamlakatning umumiy transport tizimida tutgan 
ornini  va  ulushini  quyidagi  statistik  ma’lumotlarni  tahlil  qilgan  holda  ko’rishimiz 
mumkin. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

12

ISSN:3030-3613

“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ EKSPLUATATSIYA

FAOLIYATINING ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI

TAHLILI

Yegamberdiyeva Xurshidaxon Alisherovna

dotsent v.b., Toshkent davlat transport universiteti

Sharifova Olmaxon Sherali qizi

IQA-4 guruh talabasi, Toshkent davlat transport universiteti

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ O’zbekiston Respublikasida temir yo’l

transportida yuk va yo’lovchilarni tashishni amalga oshiruvchi hamda tartibga soluvchi
kompaniya hisoblanadi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJning umumiy temir yo’l
uzunligi 7400 kmni tashkil etadi. Jamiyatda hozirgi kunda 79 mingdan ortiq xodimlar
faoliyat ko’rsatadi.

1

O’zbekiston temir yo’llarida so’ngi 20 yil ichida amalga oshirilgan yirik

investitsion loyihalarning samarali faoliyati natijasida “O’zbekiston temir yo’llari”
AJning asosiy faoliyat ko’rsatkichlarida dinamik o’zgarishlar kuzatildi.

O’zbekiston temir yo’llarining mamlakatning umumiy transport tizimida tutgan

ornini va ulushini quyidagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda ko’rishimiz
mumkin.

2023-yilda barcha transport turlari orqali 1452,2 million tonna yuk tashildi, bu

o‘tgan yilning yanvar-dekabriga nisbatan bor yo’g’i 1,5% ga ko’p degani. Shu bilan
birga, 2011 yilga nisbatan 13 yil davomida yuk tashish hajmi 69% ga ortgan. Bu albatta
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishning so’nggi 10 yillikda juda yaxshi
suratlarda o’sganini namoyon qiladi.

Temir yo’l transportida yuk tashish hajmining o’sish sur’ati 2011-2023 yillarda

125% ga teng, avtomobil transportida esa ushbu ko’rsatkich huddi shu davr uchun
185% ga teng. Quvur va havo yo’llarida mos ravishda 100,3% va 29% ga teng, ya’ni
havo yo’llarida yuk tashish hajmi keskin kamayib ketgan, bunga sabab havo yo’llarida
yuk tashish hajmi qimmat va yuk ko’tara olish qobiliyati past. Quvur yo’llarida esa
cheklangan turdagi yuklar tashiladi, shuning uchun ham bu transport turida yuk tashish
aktual emas. Yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda transport bozorida
yuk tashishda eng yirik tashuvchilar bu – avtomobil va temir yo’l transporti
hisoblanadi.

Chunki, O’zbekistonning huduiy sharoiti suv transportini rivojlantirishga imkon

bermaydi, shuning uchun quruqlikdagi transport turlarini rivojlantirishga e’tibor
qaratilgan.

1

http://www.railway

.uz


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

13

ISSN:3030-3613

1-rasm. O’zbekiston Respublikasida turli transport turlari bo’yicha 2011-2023

yillar davomida yuk tashish hajmi dinamikasi, ming.t

2


Yuqoridagi diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, barcha transport turlari

bo’yicha yuk tashish miqdori 2011-2023 yillar davomida tarkibiy jihatdan deyarli bir
xil tendensiyada o’sib borgan.

Yuk tashish bo'yicha barcha transport turlari orasida avtomobil transporti ustunlik

qiladi (1 309,40 mln.t.). 2011 yilda yuk tashish hajmida avtomobil transportining
ulushi 82% bo’lgan, temir yo’l transporti hamda quvur transportining ulushi esa 7% ga
teng bo’lgan. 2023 yilda quvur transportida 60,1 million tonna gaz, temir yoʻl orqali
73,8 million tonna yuk tashildi. Yuklarni tashish bo'yicha eng past ko'rsatkich havo
transportida qayd etildi – 8,9 ming tonna. Yuk tashish umumiy hajmining salmoqli
qismini avtomobil transporti – 90%, boshqa transport turlarida tashish ulushi 10% ni
tashkil etadi. Temir yo’l va quvur transportining ulushi 2023 yilda 7% dan mos
ravishda 2% va 3% ga tushgan.

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tuzilgan

0

200000

400000

600000

800000

1000000

1200000

1400000

1600000

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Temir yo'l

Avtomobil

Quvur yo'li

Havo yo'li


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

14

ISSN:3030-3613

2-rasm. 2011 yilda (chap) va 2023 yilda (o’ng) O’zbekiston Respublikasida turli

transport turlari bo’yicha yuk tashish hajmining solishtirma og’irligi

3


2023-yilda barcha transport turlari boʻyicha yuk aylanmasi hajmi 2011-yilga

nisbatan 14,24 mlrd t-kmga oshdi. Shu jumladan, temir yo’l transportida 13 yil ichida
yuk aylanma miqdori 4,2 mlrd. t-km ga oshdi, avtomobil transportida esa 12 mlrd. t-
km ga, quvur transportida 74,1 mln. t-kmga oshdi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning so‘nggi

yillardagi faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kompaniya mamlakat transport
tizimida muhim o‘rin egallab kelmoqda. 2011–2023 yillar davomida temir yo‘l
transportida yuk tashish hajmining 125% ga oshgani, yuk aylanmasining esa 4,2
milliard tonna-kilometrga ortgani temir yo‘llarning iqtisodiyotdagi o‘sishiga mos
ravishda rivojlanayotganini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, avtomobil transportining yuqori ulushi va o‘sish sur’ati bilan

solishtirganda, temir yo‘l transportining umumiy ulushi biroz kamayganini ham
ko‘rish mumkin. Bu esa, yuk tashish samaradorligini oshirish, logistika
infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini yaxshilash orqali
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ oldida turgan dolzarb vazifalar borligini anglatadi.
Kelgusida transport bozoridagi raqobatbardoshlikni oshirish, ekologik xavfsizlikni
ta’minlash va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali temir yo‘l transportining
ulushi va ahamiyatini yanada kuchaytirish mumkin bo‘ladi.


3

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tuzilgan

7%

82%

7%

4%

Temir yo'l

Avtomobil

Quvur yo'li

Havo yo'li, ming t.

5%

90%

4%

1%

Temir yo'l

Avtomobil

Quvur yo'li

Havo yo'li, ming t.