Mualliflar

  • Muminova Gulmira Jurabayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97350

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor diagnostika ijtimoiy funksiya jinoyatchilik ijtimoiy norma o'smir profilaktika.

Annotasiya

 Annotatsiya:  Voyaga  yetmaganlarning  deviant  hulq-atvori  katta 
yoshdagilarning  og‘ma  hulq-atvori  qonuniyatlariga  muvofiq  emasligini  qayd  etish 
zarur.  Jumladan,  kriminologiya  umum  tomonidan  qabul  qilingan  hulq-atvor 
normalarining  jinoyatchilar  tomonidan  buzilishini  ularda  rasman  ma‘qullanadigan 
yoki  umumiy  e‘tirof  etilgan  hulq-atvor  normalarining  jinoyatchilar  tomonidan 
buzilishini  ularda  rasman  ma‘qullanadigan  yoki  umumiy  e‘tirof  etilgan  hulq-atvor 
normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi.          


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

286

ISSN:3030-3613

VOYAGA YETMAGAN YOSHLAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR

VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK

YECHIMLARI

Muminova Gulmira Jurabayevna

Fargʻona viloyati Toshloq tumani MMTB ga

qarashli 1-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Voyaga

yetmaganlarning

deviant

hulq-atvori

katta

yoshdagilarning og‘ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish
zarur. Jumladan, kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor
normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan
yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan
buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor
normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi.

Kalit so'zlar:

voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy

funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika.

KIRISH:

Jinoyatchilikni, eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial

submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday
yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan
qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan
inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-
e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga
to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar.
Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant
hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka
duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei
bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”.

ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga

yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino
yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi
mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA

NATIJALAR

Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot

vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri
so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

287

ISSN:3030-3613

olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli
o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy
maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama
ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash
tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy
funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi.

Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari,

shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga
qaratilgan tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari
tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy
profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin
amal qila boshlaydi.

Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ishlashi‖ uchun u bolaning ongiga

qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq
maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin. Bizga
ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy
shakllanishiga ta‘sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning
guvohi bo‘lgan o‘smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday
jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini
ko‘rishimiz mumkin.

Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning kelib chiqish

sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning sodir etilishidagi
shartsharoitlarga, sabablarga to‘xtalib o‘tamiz. Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan
juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari,
maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi
o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana shu voyaga
yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ular tarbiyasidagi ta‘siri
kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.

Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi yoki ma‘naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi.

Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka
qarshi kurash hamda uning oldini olish birinchi navbatda oila ahloqini
qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda turli xil
huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari mavjud bo‘lib, bularning
barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik xattiharakatlarini sodir qilishga
oilani roli muhimligi haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, V.Ya.Rubalskaya tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 47 % voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi ota


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

288

ISSN:3030-3613

onaning salbiy ta‘siri yoki befarqligining, 14,8 % oilada hamjihatlik yo‘qligining,
38,3% ota yoki onani yo‘qligining, 23,5 % kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir
etishning asosini tashkil etadi. O‘smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi
jihatdan va o‘z da‘volariga ko‘ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga
ko‘ra esa, ular hali bola. O‘smirlarning erkalashga, o‘ziga e‘tibor berilishiga moyilligi,
o‘yin qaroqligi mana shu bilan bog‘liq. Shu bilan birga o‘smirlarda o‘zining katta
yoshli bo‘layotganligini his etish bilan birgalikda ong, o‘z qadrqimmatini his etish,
jinsiy mansubligini anglash uyg‘onadi va faol shakllanadi.

O‘smirlik yoshi o‘zida har xil ruhiy jarohat yetkazadigan omillar ta‘siriga tutish

xavfi yuqori darajada bo‘lgan shart-sharoitlar jamini ham ifodalaydi. O‘tkazilgan
sotsiologik tadqiqotlar ma‘lumotlar buyicha ota-onalar o‘rtasidagi urush-janjallar,
o‘smirning nuqtainazariga ko‘ra ularda o‘smirni va atrofdagilarni kamsitadigan
nuqsonlarning mavjudligi, o‘smirga nisbatan haqoratlovchi munosabat bo‘lish, unga
ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana shunday kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan
omillardandir. Bularning barchasi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini
qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni
keltirib chiqaradi.

O‘smir huquqlari o‘zida butun insoniyatning qadr-qimmatini mujassam etadi.

Bu degani bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir.
Inson huquqlari avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va
barcha insoniyatning kelajagi o‘ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy
rivojlanish darajasiga, uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va
ahamiyatini tushunishiga, shuningdek, o‘z taqdiri hamda o‘z harakatlari uchun
ma‘suliyatiga bog‘liq.

XULOSA

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda

davlat qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh
avlod amalga oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog‘i
zarur. Shu sababli yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi,
qonun asoslarini bilishi, qonun hurmat qilishi, ularga so‘zsiz bo‘ysunishi madaniyatiga
ega bo‘lishi ruhida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
muammolari. Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y. 23 bet.

2.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для
вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.
С. 20.

3.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

289

ISSN:3030-3613

4.

B.A.Aliyev.,

G‘.Rafiqov.,

T.Sultonov.,

M.Mullajonova.,

B.Rahmonov.

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5. http// www.sociologu.ru.

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish

muammolari. Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y. 23 bet.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для

вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.

С. 20.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.

B.A.Aliyev., G‘.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov.

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5. http// www.sociologu.ru.

Internet materiallari