T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
281
ISSN:3030-3613
MAKTABDA PEDAGOGIK JAMOA BILAN PSIXOLOGIK
MASHGʻULOTLARNI OLIB BORISH HAMDA ULAR ORASIDA
PSIXOLOGIK IQLIMNI YAXSHILASH MASALALARI
Qo’chqorova Nurxon Abdumalik qizi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani
29-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
. Jamoaning birligi, uni a’zolarining dо‘stona birlashishi- ichki
munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilarni tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin
ta’sir kо‘rsatishning maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga
tegishli baho berish, uni begonalar oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor
yetkazmaslik shart hisoblanadi. Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi o‘ta
muhimdir. Har bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik zaif, kuchsiz bо‘lmasin, о‘zining
yakkaligi yoki himoyasizligini his etmasligi kerak.
Kalit so‘zlar.
Jamoa, pedagogik jamoa, jamoa barcha a’zolari, pedagogik
jamoani boshqarish, ijtimoiy umidlar, avtoritar, demokratik, liberal.
KIRISH
Pelagogik jamoada о‘zaro manosabatlarning rasmiy va norasmiy tuzilishlari
ajratilib kо‘rsatiladi. Bu yerda har ikki tuzilish shaxs jamoada egallashi mumkin
bо‘lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi.Pedagogik jamoani boshqarish
vaziyatlarini tashkil etish pedagog tomonidan sinfda jamoa faoliyatini tanlash va
tashkil etishdan boshlanadi, chunki bu jamoadagi ayrim guruhlar va ularning
peshqadamlari pozitsiyalarini о‘zgartirish va mustahkamlashga qaratilgan birinchi
qadamdir. Har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuqori ishchanlik
qobiliyatini rag‘batlantiruvchi ruhiy muhitni tashkil etayotganda, guruh a’zolari
orasidagi о‘zaro munosabatlarni va unda hukmron bо‘lgan qadriyatlarni tartibga
solishdan boshlash kerak.
Jamoa so‘zi arabcha “jam’o” so‘zidan olingan bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.Pedagogik jamoaning
asosiy belgilari ichki, ishonchili xotirjamlikning namoyon bо‘lishi, doimiy tetiklik,
harakat qilishga tayyorlik muhim hisoblanadi. Jamoa har bir a’zosida о‘z qadr-
qimmatini bilish tuyg‘usining mavjudligi, о‘z jamoasi bilan faxrlanish tuyg‘usi bo‘lishi
lozim.
Munosabatlarning rasmiy tuzilmasi - bu tashqaridan, jamiyat tomonidan
berilgan va ushbu jamoa faoliyat kо‘rsatishi zarur bо‘lgan holatlar (pozitsiya)
sistemasidir. Norasmiy shaxslararo munosabatlar sistemasida holatlar har bir
о‘quvchining о‘ziga xosligi va ushbu sinfning xususiyatlari bilan belgilanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
282
ISSN:3030-3613
Boshlangich о‘quv maskanidayoq bolalarning sinf jamoasida muayyan, ularni jalb
etuvchi holat (pozitsiya) ni, ya’ni yetakchi, eng yaxshi о‘quvchi, eng yaxshi sportchi
va hokazo holatlarni egallashga intilish kuzatiladi.Ijtimoiy holat ikki о‘lchov:
shaxsning ijtimoiy xulq-atvori va atrofdagilarning ijtimoiy umidi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xulq-atvor - bu real hatti-harakatlar bо‘lib, ular tufayli odam о‘zini
istalgan rolda qaror toptiradi.
Ijtimoiy umidlar - bu atrofdagilarning ushbu odam holatiga munosabatlaridir.
Agar kimdir о‘zini mazkur holatda qaror toptirgan bо‘lsa, atrofdagilar uni bu holatga
“bog‘lab qо‘ygandek” bо‘ladilar. О‘quvchilar yuqori sinfga о‘tgani sayin о‘z ijtimoiy
holatlarini odatda bilibgina qolmasdan, shu bilan birga kо‘pincha ularni о‘zgartirishga
ham intiladilar. Tо‘g‘ri, tarkib topgan ijtimoiy umidlar bunga xalaqit beradi.
Ijtimoiy umidlar barqaror bо‘lganligi uchun о‘smir vaqtini о‘tkazib yuborgan
holatni о‘quvchining о‘zi о‘zgartirishi qiyin bо‘ladi, bu yerda pedagogning yordami
kerak. Pedagogik jamoa ichki holatlari orasida peshqadam, yetakchining holati alohida
о‘rin turadi. Bu guruh oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarili bilan
bog‘liqdir. Aynan peshqadamlar jamoaning normalari va qadriyatlarini belgilaydi.
Peshqadam о‘z holatining obrо‘ligi bilan о‘z fikrini о‘tkazish uchun katta
imkoniyatlarga ega. Bolalar peshqadam о‘quvchilarga ishonganilari uchun ham ularga
taqlid qiladilar. Jamoadagi psixologik muhit kо‘p jihatdan kim peshqadamligiga
bog‘liq bо‘ladi.
Pedagogik jamoaning shaxsga ta’siri samaradorligi shaxsning jamoadagi
kayfiyati bilan belgilanadi. Bunga quyidagilar kiradi: shaxsning faoliyat, о‘zaro
munosabatlar, rahbarlikdan konikish, shaxsning mazkur jamoadagi himoyalanganligi,
uning ichki xotirjamligi. Bularning hammasi hissiy bexdudlik atamasi bilan ta’riflanadi
va u bola shaxsi rivojlanishining uni hayotidagi ilk bosqichlaridanoq majburiy sharti
hisoblanadi.Yuqorida kо‘rsatib о‘tilganidek, ruhiy muhitning mohiyati shundan
iboratki, jamoada tarkib topgan о‘zaro munosabatlar jamoa a’zolarining qadriyatlari,
axloq normalari va manfaatlari bilan belgilanadigan alohida hissiy-ruhiy tusga ega
bо‘ladi. Har bir shaxs faolligi darajasi jamoaning shaxsga ta’siri singari shaxs ushbu
jamoada hissiy bexbudlikni qanchalik boshidan kechirishi bilan belagilanadi.
Pedagogik jamoadagi о‘zaro munosabatlarning norasmiy sistemasini bilmay
turib pedagog jamoa rivojlanishini boshqara olmaydi. Pedagogik jamoaning ruhiy
muhitini tahlil qilayotganda:
-
guruhlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar qandayligini;
-
jamoada pedagogik talablarga qarshi kayfiyatdagi guruhlar bor yoki
yо‘qligi;
-
rasmiy jamoa qilayotgan (ya’ni saylab qо‘yiladigan) faollar a’zolari
kimlar ekanligi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
283
ISSN:3030-3613
-
saylab qо‘yiladigan faollar real (ya’ni, jamoaning meyorlari va
qadriyatlarini belgilab beradigan) faollar deb hisoblanishi yoki hisoblanmasligini; -
har bir bolaning jamoadagi mavqei qandayligini bilish zarur.
Peshqadamlarning kо‘rsatadigan faoliyati jamoa uchun ahamiyatli va ichki
zaruriyatga aylanadi. Bu qoida jamoaning boshqarishga doir pedagogik vazifalarni xal
etishda muhim ahamiyatga egadir. Pedagog jamoa faoliyati asosida jamoada muayyan
qadriyatlarni mustahkamlashni nazarda tutadi va peshqadam ularning namunasi bо‘lib
qoladi. О‘z peshqadamlarni kо‘rsatmaydigan faoliyat rasmiyatchilik bilan bajariladi va
uning asosidigi qadriyatlarga ijobiy munosabatlarni mustahkamlaydi.
Fanda insonning hayotdagi bilim, kо‘nikma va malakalarini egallashlari
bо‘yicha bir qancha tushunchalar mavjud. Bu о‘quv faoliyati, ta’lim о‘qish va
о‘rganish kabi tushunchalardir. О‘quv faoliyati bu avvalo shunday faoliyatki, uning
natijasida avvalo о‘quvchining о‘zida о‘zgarish yuzaga keladi. Uning mahsulot esa
turli xil motivlar bilan qurilgan bо‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita faoliyat
mazmuniga bog‘liq bо‘lishi bilan bir qatorda о‘quvchi shaxsining о‘sishi yoki
rivojlanishi bilan ham bog‘liq bо‘lishi ham mumkin.
Ta’lim о‘qituvchi va о‘quvchi hamkorligidagi о‘quv faoliyati,
о‘qituvchining bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga о‘rgatish
jarayonidir.
О‘qish va о‘rganish ham о‘quv faoliyatiga taalluqli tushunchalardan
bо‘lib, unda asosiy diqqat о‘quvchiga qaratiladi. Bunda kerakli bilim,
kо‘nikma va malakalarni egallash uchun о‘quvchi tanlagan о‘quv
harakatlari asosiy hisoblanadi.
О‘quv faoliyati tuzilishining birinchi elementi о‘quv-bilish motivlari,
ya’ni shaxsiy rivojlanish motivlari hisoblanadi. О‘quv faoliyatining
ikkinchi ahamiyatliroq bо‘lgan elementi bu о‘quv topshiriqlaridir.
О‘quvchilar guruhida о‘zaro munosabatlarni boshqarish muhim hisoblanadi.
Birinchi bor о‘quv maskaniga kelgan о‘quvchi hali о‘zini tо‘liq anglashi va о‘zi
hattiharakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat о‘qituvchigina о‘quvchiga me’yorlar
qо‘yishi, ularning hatti-harakatlarini baholashi mumkin.
О‘z hatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi
mumkin. О‘qish jarayonida о‘quvchilar о‘qituvchi tomonidan qо‘yiladigan yangi
shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga tо‘la amal qilishga harakat qiladilar.
О‘quvchi uchun о‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura
hisoblanib, bu holat uning nafaqat guruhdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan
bо‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa о‘z-о‘zidan oilasidagi munosabatlariga
ham ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning о‘quv faoliyati
muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. О‘qituvchining о‘quvchilarga ta’sir kо‘rsatishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
284
ISSN:3030-3613
va munosabatining quyidagi uslublari mavjud. Avtoritar uslub: bu qattiqqо‘llik bо‘lib,
bunda о‘qituvchi о‘quvchilarini sо‘zsiz о‘ziga bо‘ysunishlarini talab etadi. Lekin, nima
uchun qattiqqо‘llik qilayotganini yoki о‘quvchilariga nima uchun о‘zlarini shunday
tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek, о‘quvchilarni о‘z hatti-
harakatlarini mustaqil boshqarishga ham о‘rgatmaydi. О‘qituvchi dars davomida
о‘quvchilaridan jim utirishini, savollarga doimo qо‘l kо‘tarib, о‘qituvchining ruxsati
bilan javob berishini, о‘qituvchining kо‘rsatmalarini sо‘zsiz bajarishini talab etadi.
Bunday pedagoglar о‘quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki asosan
о‘quv rejasi asosida dars о‘tadilar. Dars davomida ham bahs-munozara uchun deyarli
imkoniyat yaratilmagan xolda asosan о‘qituvchining fikri singdiriladi. О‘quvchilari
bilan muomala munosabatda ham ularning individual psixologik xususiyatlari,
jumladan, nerv tizimining qо‘zgaluvchanlik darajasini ham e’tiborga olmaydilar. Bu
uslub о‘qituvchini sinfdan, о‘quvchidan uzoqlashtiradi.
Emotsional sovuqlik guruhda intizomli о‘quvchida yakkalanish, xavotirlik,
himoya kilinmaganlik hissini ham yuzaga keltiradi. Bu uslub guruhda yuqori
о‘zlashtirish kо‘rsatkichini berishi, lekin bu о‘zlashtirish, asosan, xotira evaziga bо‘lib,
lekin mustaqil tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni rivojlanishdan
ortda qolishiga sabab bо‘ladi, unda doimiy xavotirlik о‘ziga nisbatan ishonchsizlikni
keltirib chiqaradi. Imperativ uslubdagi о‘qituvchining о‘quvchilari guruhda bо‘lmagan
vaqtlarda о‘z-о‘zini boshqarish malakasi bо‘lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo
bо‘ysunmaydilar. Bu, asosan, tо‘polonda namoyon bо‘ladi. Bu uslub о‘qituvchining
mustahkam irodasini kо‘rsatadi, lekin bu irodada о‘quvchiga nisbatan muhabbat
hamda о‘quvchining "ustozim meni yaxshi ko‘radi" degan fikri emas, balki qo‘rquv
hissi mavjuddir.
Demokratik uslub о‘qituvchi bilan о‘quvchi о‘rtasida dо‘stona munosabat
о‘rnatilishiga asos bо‘ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvafaqqiyatga
erishish garovi sifatida о‘quvchilar ijobiy emotsiyani, о‘ziga ishonch, о‘z
muvafakkiyati, yutuqlaridan quvonishi, dо‘stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini
beradi. Demokratik uslub о‘quvchilarni birlashtiradi. Shu bilan birga о‘zining faoliyati
natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda о‘zi uchun о‘zi harakat qilishi lozimligini
anglatadi. О‘zini-о‘zi boshqarishga, о‘z hatti-harakatini о‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi.
Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshish hissi о‘qituvchining shu yoshdagi bolalar
bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi. Liberal uslub kasbiy
layoqati yо‘q bо‘lgan о‘qituvchilarga xos bо‘lgan uslubdir. Bunday о‘qituvchi dars
jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir о‘quvchi о‘z
tarbiyalanganlik darajasiga qarab о‘zini tutadi.
XULOSA
О‘quvchi о‘z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi
liberal uslub psixologiya va pedagogika fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
285
ISSN:3030-3613
shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qо‘llab bо‘lmaydi. Shunday
qilib, о‘quvchilar bilan muomala-munosabatdagi imperativ uslub, asosan, ma’lum bir
chegaralarga asoslangan holda о‘quvchi shaxsi rivojiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Demokratik uslub о‘qituvchidan muomala-munosabatda juda katta kasbiy mahoratni
talab etgan xolda, о‘quvchi shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub
hisoblanadi. Liberal uslub esa о‘quvchini emotsional zо‘riqtirmaydi, lekin uning shaxsi
rivojiga ham samarali ta’sir kо‘rsatmaydi.О‘qituvchining munosabat uslubi
о‘quvchining faolligiga bevosita ta’cir kо‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mirziyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.-102 3.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T. Ma’naviyat. 2008. 176 –bet.
2.
Djurayev R. Ta’lim menejmenti. T.: Voris-nashriyot. 2006 yil.
3.
Safarova R. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari
va parametrlari. T.: Fan-texnologiya. 2013.
4.
Turg‘unov S. O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish.
T.: Sano-standart. 2012.
5.
Internet materiallari