Mualliflar

  • Tuxtamurodova Fotima Azamat qizi
  • Abduraximova Ozoda Tirkashevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97352

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb ta’lim kasbga yo‘naltirish dars diagnostika kategoriya tarbiya tizim maktab o‘quvchi o‘qituvchi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Kasbga  yoʻnaltirish  diagnostikasi  yordamida  jamiyatdagi 
maʼnaviy-maʼrifiy  jarayon  tahlil  qilinadi  va  taʼlim-tarbiyaning  kafolatlangan 
natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat taʼlim tarbiya natijalarini sarhisob qilish, 
balki  ularning  oʻzgarish  dinamikasi  ham  kuzatiladi,  mavjud  kamchiliklar  bartaraf 
etiladi. Taʼlimtarbiya jarayonini tashkil qilish va oʻquvchi yoshlarga vatanparvarlik 
gʻoyalarini  singdirishda  asosiy  vazifani  yetuk  pedagog  olimlar  va  oʻqtuvchilar 
bajaradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

277

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHI YOSHLARNI KASB-HUNARGA YOʻNALTIRISHNI ZAMON

TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH MASALALARI

Tuxtamurodova Fotima Azamat qizi

Abduraximova Ozoda Tirkashevna

Pastdargʻom tumani 41-maktab psixologlari

Annotatsiya:

Kasbga yoʻnaltirish diagnostikasi yordamida jamiyatdagi

maʼnaviy-maʼrifiy jarayon tahlil qilinadi va taʼlim-tarbiyaning kafolatlangan
natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat taʼlim tarbiya natijalarini sarhisob qilish,
balki ularning oʻzgarish dinamikasi ham kuzatiladi, mavjud kamchiliklar bartaraf
etiladi. Taʼlimtarbiya jarayonini tashkil qilish va oʻquvchi yoshlarga vatanparvarlik
gʻoyalarini singdirishda asosiy vazifani yetuk pedagog olimlar va oʻqtuvchilar
bajaradi.

Kalit so‘zlar:

kasb, ta’lim, kasbga yo‘naltirish, dars, diagnostika, kategoriya,

tarbiya, tizim, maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi.

KIRISH

Oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirishda diagnostik qarashlar kategoryalari

asosan oʻquv-tarbiyaviy jarayonda tugʻiladigan qiyinchiliklar oʻrganiladi va ularni
bartaraf etish yoʻllari tashkil etiladi.

Pedagog – ta’lim-tarbiya jarayoni hamda, uning qonuniyatlari, tarkibi va uni

tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni,
tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini, kasbga yo‘naltirish va
uning komptentlarini ham belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish, ma’naviy
dunyoqarashini kengaytirish va shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi
hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va
jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga, ma’nan yetuk inson qilib tarbiyalashga
yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Ta’lim-tarbiya yordamida inson
shaxsining maʼnaviy va mafkuraviy jihatlarini qaror toptirish hamda, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, vatanparvarlik, ezgulik,
goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va koʻnikmalarning shaxs sifatiga
aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash,
hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur
boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat
oʻqitish tushunchasini ifoda etadi.

Zamonaviy pedagogning innavatsion faoliyati jarayonida o'quvchi yoshlarga

ta’lim berish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli
darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Ta’lim-tarbiya berish va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

278

ISSN:3030-3613

oʻqitish natijasida odamda muayyan yetuk shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxs
tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga
ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning
rivojlanishiga omil boʻladi.

Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika,

madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix,
adabiyot, tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani
va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy
xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogika fundamental hamda amaliy fan hisoblanadi. Soha doirasida fundamental
hamda amaliy faoliyati, avvalo ustuvor maqsadlarni o‘zida ifoda etishi bilan farqlanadi.
Pedagogik fundamental faoliyatning strategik maqsadi nazariy va konsepsiyalarni
yaratish, qonun va qonuniyatlarni aniqlash real obektlarning ahamiyati va
xususiyatlarini tizimlashtirishdan iborat. Fundamental faoliyat jarayonida o‘quvchi
yoshlarda nazariy modellar yaratiladi. Pedagogikaga asosan ilmiy bilimlar va ilmiy
faoliyat tizimi sifatida qaralib kelingan, natijasi esa nazariy va amaliy turdagi yangi
ilmiy bilimlarda o‘z ifodasini topadi. Pedagogika asosan o‘quvchi yoshlarni kasbga
yo‘naltirish, hayotda fundamental o‘rnini topishi uchun ularni kasb tanlash
kategoriyalari mexanizimi asosida shakillantiruvchi fan hisoblanadi. Kasb tanlashga
yo‘naltirish ilmiy madaniyatning kompitenti sifatida ijtimoiy madaniy nuqtai nazardan
asoslangan muayyan tarixiy va madaniy kontekst, aksiologik doirada rivojlanadi:
boshqa tomondan esa ilm-madaniyatni rivojlantirish uchun asos vazifasini bajaradi.

Kasbga yo‘naltirish diagnostikasini tizimlashtirish va mukammal kategoryalarni

loyhlashtirish uchun turli davrdagi olimlar nazaryalarini o‘rganishgan. Xususan

Sharqda kasbga yo‘naltirish diagnostikasi elementlari qo‘llanilganligidan

guvohlik beruvchi manbalar mavjud. “Avesto ta’limoti”, “Qur’oni Karim” saboqlari,
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy(810-970), Abu Iso Muhammad ibn
Iso at-Termiziy (824-892)kabi Hadis ilmining ulug‘lari, tasavvuf ilmi (so‘fiylik
tariqati)ning namoyondalari: Bahovuddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijdivoniy,
Najmiddin Kubro kabi olimu fuzalolar komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalari bilan
Sharqda ta’lim-tarbiya jarayonining rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ularning ta’lim-
tarbiyaga oid qarashlarida kasbga yo‘naltirish diagnostikasi elementlarini ham
uchratamiz.Xususan, ushbu olimlarning talimotlarida “ustoz-shogird” munosabatlarini
o‘rganishimiz va tadqiq qilish, ilm o‘rganish bo‘yicha yoshlarning aqliy qobiliyatlarini
tashxislash va rivojlantirish, ularni kasb tanlashlari uchun imkoniyatlari va
qobiliyatlarini diagnostika qilish masalalari o‘z ifodasini topgan.

Sharqda kasbga yo‘naltirish diagnostika elementlarini qo‘llashda insonni voyaga

yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xalq kasbga yo‘naltirish diagnostikasi
o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o‘zida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

279

ISSN:3030-3613

mujassamlashtiradi. Xalq kasbga yo‘naltirish diagnostikasida tarbiyaning turli
uslublaridan foydalanilgan. Bu uslublar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p tomonlari
bilan ilmiy kasbga yo‘naltirish diagnostikasi va kasbga yo‘naltirish diagnostikasining
shakllanishida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Sharqda O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish diagnostikasi elementlari

quydagi tarbiya metodlari zamirida qo‘llanilgan:

1.

Tushuntirish: maslahat berish, uzur so‘rash, yaxshiliklar aqida so‘zlash,

tug‘ri maslahatlar beraolish, o‘rnak bo‘lish.

2.

Nasihat berish: o‘git, undash, ko‘ndirish, iltims qilish, oq yo‘l tilash,

yaxshiliklar haqida so‘zlash, rahmat aytish, duo qilish.

3.

Namuna bo‘lish: maslahat so‘rash, o‘rnak bo‘lish.

4.

Rag‘bat va jazo: maqtash, olqishlash, tasanno aytish, ta’kidlash, ta’na-

gina, tanbeh berish, uyaltirish va boshqalar…

Sharqda kasbga yo‘naltirish diagnostika elementlari – an’analar,

udumlar, rasm-rusmlar, zamirida ham namoyon bo‘lgan. Bunda yosh avlodni aqliy

rivojlantirish, bilim , ilm, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lish,
axloqli qilib tarbiyalash: axloq, xulq, odob, yaxshilik, adolat, insof, diyonat,

sharmi-hayo, vatanparvarlik va boshqa fazilatlarni shakllantirish;

mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, aqli ish,

jismoniy mehnat, imom tarbiya chiniqishi, jismoniy o‘yinlar;

nafosat tarbiyasi: guzallik, kiyinish madaniyati, muomila madaniyati,

saranjomsarishtalik; ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, flora va faunaga sog‘lom
yondashuv; iqtisodiy tarbiya : tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof, foyda, mulk,
mulkka egalik, tadbirkorlik; huquqiy tarbiya : insonparvarlik, burch, vijdon, tenglik,
adolat, to‘g‘rilik, halollik kabi tushunchalarni shakllantirishga katta e’tibor qaratilgan.
Demak, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalarda
kasbga yo‘naltirish diagnostika nazarya va amalyot muammolarini tadqiq qilish va
yechimini topishga alohida ahamiyat qaratilgan bo‘lib , ularni o‘rganish va ulardan
foydalanish buyuk ma’naviyatimizni asrashga va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Zamonaviy sharoitda kasbga yo‘naltirish diagnostikasi rivoji. Bir qator

olimlar:Klauer, Ingo Xartman, Karlxayns Ingenkamp, Linert, Frikelarning kasbga
yo‘naltirish diagnostikasi psixologik diagnostika zamirida tug‘ilganligi ta’kidlash
albatda o‘rinsiz. Bir paytlar psixologik diagnostika biologiya va tibbiyotning tashxis
modellarini andoza qilib olgan kabi kasbga yo‘naltirish diagnostika ham zarur
bo‘lganda psixologik ilmiy-tadqiqot metodlardan o‘z o‘rinda foydalandi.

Maktabda kasbga yo‘naltirish ishi zarur natijalarni berishi uchun u uzluksiz

jarayon bo‘lishi va o‘zaro bog‘langan bir qancha bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim.
Ilk kasbga yo‘naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh
xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

280

ISSN:3030-3613

o‘z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga
esa bolalarni qo‘ldan keladigan ijtimoiy- foydali mehnatga, o‘quv va o‘yin
faoliyatining har xil turlariga jalb etish mumkin. O‘rta bo‘g‘inda (V-VII sinflar)
maktab o‘quvchilarini ijtimoiy- foydali, unumli mehnatga kirishdilar, ularda kasb
tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining aniq sohasiga
bo‘lgan qiziqish shakllanadi. Navbatdagi bosqichda (VIII-IX sinflar) o‘quvchilarda
tizimlashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo‘ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga
bo‘lgan qiziqish shakilanishi lozim, asosi e’tibor yuqori sinf o‘quvchilarini moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy- kasbiy jihatdan bir maqsadni
ko‘zda tutganligiga qaratilishi kerak.

XULOSA:

Ushbu maqolada O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirishda

diagnostik qarashlar kategoryalari ochib berildi va mummolari izchil o‘rganildi.
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarning kasbiy layoqati va maqsadi bilan ma’lum bir kasb
layoqatiga ega bo‘lgan pedagog yordamida kategoryalanadi. Xususan,

O‘quvchilarning u yoki bu mehnat faoliyatini tanlash bo‘yicha mayl va

qiziqishlari har xil bo‘lib, barqarorligi esa puxta sanalmaydi. Bu jarayonda o‘qtuvchi
o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan havas dinamikasi va rivojini kuzatib boorish uchun
anketa tarqatish usulini har bir sinf har yili o‘tkazishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. U
yoki bu o‘quvchining kasb tanlashda yuz berayotgan o ’zgarishlarni o‘qtuvchi va sinf
rahbari diqqat bilan kuzatishi, o‘rganishi, sabablarini aniqlashi kerak. Shunday
aniqlashlardan keyingina mazkur o‘quvchining kasbga havasi va mayliga doir keying
ishlari to‘g‘risida o‘ylash mumkin. Kasbga barqaror va asosli qiziqish o‘quvchilarning
faoliyat turlari – o‘quv, mehnat, sinfdan tashqari ishlari va hokazolar bilan
mustahkamlanishi zarur. Ammo qiziqishning chuqur va qat’iyligi, avvalo, uning
amaliy faoliyatda yanada mustahkamlanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham qishloq
xo‘jaligi, texnikaga oid hamda xizmat ko‘rsatish texnologik ta’lim daslari va texnik
ijodkorligi to‘garaklari ko‘proq bu talablarga javob beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni” //. Yangi tahriri. 23.09.2020
y. O‘RQ-637-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” gi PF-
5812-son Farmoni //. 4. X.CH.Dusyarov “Kasbga yo‘naltirish diagnostikasi” (o‘quv
qo‘llanma). Toshkent 2023 //.

3.

INTERNET MATERIALLARI

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni” //. Yangi tahriri. 23.09.2020

y. O‘RQ-637-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim

tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” gi PF-

-son Farmoni //. 4. X.CH.Dusyarov “Kasbga yo‘naltirish diagnostikasi” (o‘quv

qo‘llanma). Toshkent 2023 //.

INTERNET MATERIALLARI