T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
213
ISSN:3030-3613
SHAXSLARDA RUHIY HOLATLARNI OʻRGANISHDA PSIXOLOGIK
QARASHLARNING SHAKLLANISHI
Tulyaganova Munisаxon Mirshaxidovna
Toshkent shahar Olmazor tumani
219-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Har bir insonda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq,
tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari, har bir
shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va iste’dod,
temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik
jarayonlarning umumiy yig‘indisini bir so‘z bilan psixika deb ham yuritish mumkin.
Insondagi psixik jarayonlar hayot sohalarida xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
ong, psixik jarayonlar, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hissiyot,
sezgi,hissiyot.
KIRISH
Har bir insonda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq,
tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari, har bir shaxsning
o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va iste’dod,
temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik
jarayonlarning umumiy yig‘indisini bir so‘z bilan psixika deb ham yuritish mumkin.
Insondagi psixik jarayonlar hayot sohalarida xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Shunga qaramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo‘ladi. Psixologiya
fanining vazifalaridan biri ana shu bog‘lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini
ochib berishdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI
Bilamizki, psixologiya qadimiy fanlardan biri bo‘lib, u bundan 2,5 ming yil
muqaddam paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon faylasuflaridan Geraklit ( mil.avv. 530-
470), Demokrit (mil.avv. 460-370), Gippokrat ( mil.avv. VI asr), Suqrot
(mil.avv. 459399), Platon (mil.avv. 428-348)ning asarlaridayoq kishining ruhiy hayoti
to‘g‘risida juda ko‘p va xilma-xil fikrlar bayon qilinganini ko‘rish mumkin. Inson ruhiy
hayoti yoki ruhiy holati haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va hind
mutafakkirlarining asarlarida ham uchratiladi. Lekin inson psixikasi haqidagi
muntazam ta’limotni birinchi marta yunon faylasufi Aristotel (Arastu) (mil.avv. 384-
322 y) ilgari surgan. U “Jon haqida» degan asarida psixika haqida batafsil to‘xtalib,
uning ko‘pgina tomonlarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, o‘zidan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
214
ISSN:3030-3613
oldingi olimlarning fikrlariga tarixiy sharh bergan. Shuning uchun ham u
psixologiyaning «otasi» hisoblanadi. Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi
bo‘lib, faqat miyaning faoliyatiga bog‘liq holda ro‘y beradi. Odam bosh miyasi yuksak
darajada tashqil topgan materiya bo‘lib, psixika esa ana shu materiyaning mahsuli,
uning funksiyasidir. Psixik hodisalarning qanday ro‘y berishini bilish uchun uning
moddiy asosi – nerv sistemasiga bog‘langan holda o‘rganish kerak, Chunki insondagi
barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir. Hech
qanday psixik jarayonning o‘z-o‘zicha hosil bo‘lishi mumkin emas, psixika faqat u
yoki bu qo‘zg‘ovchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixikaning
boshlanishi qo‘zg‘ovchining ta’siri bo‘lsa, uning oxirgi natijasi organizmning
qo‘zg‘ovchiga javobidir. Har qanday psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor
faoliyatidangina iboratdir.
Ma’lumki, psixika va ong birdaniga paydo bo‘lmagan, balki uzoq tarixiy
evolyutsiya natijasida sayqallanib, o‘sib, takomillashib borgan. Inson psixikasining
taraqqiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod
paydo bo‘lgandan toki hozirgi davrgacha avloddan avlodga psixika takomillashgan
holda o‘tgan. Ontoginez esa bola tug‘ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining
ortib borishi bilan psixikasining ham o‘sib, rivojlanib borishidir. Psixikaning odamga
xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir holga
keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida)
doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiytarixiy shart-sharoitlari
natijasi hisoblanadi.
Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Uning dastlabki
ta’rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning
tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi.
K.Marks «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi — bilimdir», —
deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari
kiradiki, ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar
qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo‘shish mumkin. Sezgilar
va idrok yordamida miyaga ta’sir o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning bevosita aks etishi
natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy
manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol
ehtiyoj| obyekti bo‘lgan, ammo hozirgi paytda yo‘q narsaning obrazli modelini hosil
qiladi. Ongning ikkinchi ta’rifi — unda subyekt bilan obyekt o‘rtasida aniq
farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men
emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi
tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrof-muhitga qarama-qarshi
qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli
mavjudotlar ichida uning o‘zigina, o‘zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
215
ISSN:3030-3613
etishga yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti- harakatlarini va, umuman, o‘zini o‘zi
ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi
bolaligida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz
beradi. Ongning keyingi ta’rifi - odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini
ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda
faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi,
harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar
kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning
muvofiqlashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa
sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb
qaramoq kerak. Nihoyat, ongning to‘rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan
munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda histuyg‘ular olami kirib
keladi. Unda murakkab obyektiv va, eng avvalo, odamni o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy
munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani
kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.
Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg‘ular va
munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan
onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va
hokazo.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida
yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari
M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari
kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta’limotni kashf
etdilar. Bu ta’limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi narsa
va hodisalar ta’sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari
bo‘lmish qo‘zg‘alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning ma’nosi shuki,
qo‘zg‘alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi.
Ma’lum fursat o‘tgandan keyin bu jarayon tormozlanish bilan almashinadi, ya’ni
miyadagi nerv markazlarining faoliyati sekinlashadi, ma’lum muddat ishlamaydi va
buning natijasida sarflangan energiya qaytadan tiklanadi. Odamda nerv sistemasining
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bor. Nerv sistemasi odam organizmining barcha
funksiyalarini tartibga soladi. Unda moddalar almashinuvini ta’minlaydi, yurak,
muskullar va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi, organizmning turli sharoitlariga
moslashuviga xizmat qiladi.
XULOSA
Ko‘p tajribalarning xulosalari shuni tasdiqlaydiki, odamda bosh miyaning
qismlari butun bo‘lmasa, unda tananing normal holati, harakati buziladi, psixik
funksiyalar tubdan o‘zgaradi va nihoyat hayot davom etmaydi. Shuni ta’kidlash
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
216
ISSN:3030-3613
lozimki, so‘nggi yillarda psixologiya fanining qo‘lga kiritgan yutuqlariga ko‘ra, odam
miyasining o‘ng va chap yarim sharlari turlicha vazifani bajaradi. O‘ng va chap yarim
sharlar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, hatto his qilish darajasi turlicha bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
3.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4.
Internet materiallari