T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
205
ISSN:3030-3613
YURIDIK XIZMAT XODIMINING PSIXOLOGIK KOMPETENSIYASI
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi
huzuridag Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti
Pedagoglar Markazi o‘qituvchisi
Dilbar Xojimuhamedova
Yuristning
kasbiy
faoliyatining
xususiyatlari
huquqiy
professional
funksiyalarining xususiyatidan kelib chiqadi. Yuristlar davlatning huquqiy sohasi bilan
boshqalarga qaraganda kuchliroq bog‘langanlar, chunki qonunlarni bilish va
ma’lumotni tezda topish va qayta ishlash qobiliyati ularning kasbiy muvaffaqiyatidagi
asosiy rolni o‘ynaydi. Huquqiy ongni shakllantirish – huquqiy sikl kasblari
vakillarining o‘ziga xos xususiyatidir.
Har qanday kasbiy faoliyatda, ayniqsa insonlar bilan zich olib boriladigan “inson
va inson” kasbida haqiqiy professionallikni rivojlantirishning asosiy mezoni kasbiy
mahorat, professional kompetensiya va albatta professional kompetensiyaning
ajralmas qismi bo‘lgan psixologik kompetensiya vakolatdir. Psixologik
kompetensiyaning rivojlanganligi, kasbiy kompetensiyaning yuqori darajadagi
professionallikning muhim tarkibiy qismi va ko‘rsatkichidir.
Yuridik xizmat xodimining kasbiy faoliyatida ham psixologik kompetensiya
ko‘nikmalarining rivojlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixologik kompetensiya - yuristning psixologik madaniyatining bir qismidir,
shuningdek uning professionalligining elementi.
Psixologik kompetensiya nafaqat psixologiya sohasidagi bilim, ko‘nikma va
malakalar tushuniladi, shuningdek, huquqshunos cho‘mgan huquqiy muhit ta’siri
ostida shakllangan shaxsning ijtimoiy-psixologik munosabatlari hamdir. Mutaxassis
sifatida yuristga qo‘yiladigan talablar bevosita yuridik kasbga qo‘yiladigan maxsus
shaxsiy va malaka talablari bilan bog‘liq bo‘lib, uning professional o‘zini o‘zi
anglashida aks etadi.
Yurist, yuridik amaliyotni o‘zlashtirish va rivojlantirish orqali o‘z ishining
ustasi, professionalga aylanadi, huquqiy qadriyatlarni tan olgan holda, kasbiy bilimlar
kapitalini egallaydi.
Huquqiy madaniyatning qadriyatlari va yutuqlari shaxs tomonidan faoliyat
jarayonida o‘zlashtiriladi va yaratiladi va bu ushbu madaniyat va huquqiy faoliyatning
uzviy bog‘liqligi bilan tasdiqlanadi.
Yuristning shaxsiy tarkibi asosiy psixologik tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
temperament, xarakter, qobiliyat, yo‘nalish. Ushbu komponentlar shuningdek
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
206
ISSN:3030-3613
bevosita, kasbiy faoliyatning shaxsiy regulyatorlari bo‘lgan individual professional
konsepsiyasiga ta’sir qiladi
Shaxsiy uslub yurist shaxsining o‘ziga xos zamonaviy yangi qirrasi sifatida
quyidagilarga imkon beradi o‘z-o‘zini anglashning asosida fazilatlarni rivojlantirishda
eng yaxshi potensial imkoniyatlarini namoyish etish va mutaxassisning qobiliyatlari,
professional faoliyatga moslashish holatida tayanch nuqtasini topish
Shaxsiy professional konsepsiya quyidagi tarkibiy qismlar bilan ifodalanadi:
-muvaffaqiyatli ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar asosi sifatida umumiy psixologik
fazilatlar;
-professional maqsadlarga erishish uchun motivatsiya;
- o‘z-o‘ziga bo‘lgan ichki baho va ichki ishonch darajasi, muvaffaqiyatli kasbiy
taraqqiyotning kaliti sifatida;
- funksional vazifalarni bajarish xususiyatlari (psixologik
huquqiy faoliyatning aspekti);
- professional identifikatsiya va psixologik kasbiy muvofiqlik.
Yuridik xizmat xodimining sotsionomik kasblardagi “sub’ekt-sub’ekt” (inson-
inson)kasblariga ta’luqli faoliyati ijtimoiy-psixologik talablarning kuchayishi
sharoitida amalga oshiriladi,ko‘pincha psixo-emotsional va intellektual stressni,
hissiy,jismoniy,aqliy zo‘riqish,charchoqni keltirib chiqaradi.
Shuningdek tegishli huquqiy qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish
uchun,ushbu xodimlarda psixikaning yuqori darajadagi plastikligi, egiluvchanligi,
yuqori emotsional va adaptiv intellekt,stressga chidamlilik va huquqiy mobillikka ega
bo‘lish,mavjud vaziyatni еtarli darajada baholash va uning keyingi rivojlanishini
bashorat qilish va psixo-emotsional salomatlikni saqlash uchun yuridik xizmat
xodimining xodimlari psixologik kompetensiya ko‘nikmalarini rivojlantirishlari
zarur.
Yuridik xizmat xodimining professional faoliyatida psixologik kompetensiya
ko‘nikmalarini rivojlanganishi, ushbu ko‘nikmaga oid bilimlar asosida malaka va
ko‘nikmalarining rivojlanganligi, xodimning professional muvaffaqiyati bilan
chambarchas bog‘liq, ayniqsa “inson-inson” sohasida. Muhim professional
muvaffaqiyatlarga erishgan muvaffaqiyatli odamlar, psixologik kompetensiya
ko‘nikmasi rivojlanishining yuqori darajadasiga ega.
Psixologik kompetensiya-bu muayyan muammolarni hal qilishda yordam
beradigan shaxsning kasbiy ahamiyatli fazilatlari, qobiliyatlari va shaxsiy
munosabatlarini aks ettiruvchi psixologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalar majmui.
Bu muayyan muammolarni hal qilishda yuristga yordam beradigan shaxsning
kasbiy ahamiyatli fazilatlari, qobiliyatlari va shaxsiy munosabatlarini aks ettiruvchi
psixologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalar majmui. P. Vaylning qarashi tushunishi
bo‘yicha professional psixologik kompetensiya shaxsning yaxlit tuzilishida kasbiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
207
ISSN:3030-3613
faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarlikning birligi va bir vaqtning
o‘zida ko‘rsatkich sifatida professionallikdir.
Kompetentlilik psixologiyasida: shuningdek turli hil ta’riflar mavjud:
-Shaxsga o‘z qobiliyatlari va maqomi doirasida jamiyatda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritish imkonini beradigan ijtimoiy va individual shakldagi o‘rganish
salohiyati darajasi. (L. P. Urvansev, N. V. Yakovleva);
-Muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish darajasi (S. D. Smirnov);
-Muayyan darajada ish talablarini amalga oshirishga imkon beradigan kasbiy
xususiyatlar yoki qobiliyatlar to‘plami (L. I. Ansiferova);
- Atrofdagi dunyoni tushunish o‘lchovi va u bilan o‘zaro munosabatlarning
adekvatlik darajasi (D. Prayner);
- Faoliyatning muvaffaqiyatli va samarali bajarilishini ta’minlaydigan bilim,
malaka va ko‘nikmalar to‘plami
-Asosiy va maxsus kasb-hunar ta’limi darajasi, kasbiy muammolarni hal qilish
tajribasini to‘plash qobiliyati, ish tajribasi (A. I. Omarov);
Psixologik kompetensiya, mutaxassisga «Shaxsning еtuk xususiyatlari»,
«Professionallik ko‘rsatkichi» maqomini beradi, yuridik xizmat xodimi o‘zining
psixologik kompetensiyasini rivojlantirishlari uchun, o‘zida quyidagi ko‘nikmalarini
rivojlantirishi muhimdir, ya’ni, shaxsning stressga chidamlilik, shaxsning emotsional
intellekti, shaxsning adaptiv intellekti, shaxsning empatiya, shaxsning konfliktologik
kompetensiya, shaxsning samarali muloqot, shaxsning frustratsion bag‘rikengligi
ko‘nikmalarini.
Stressga chidamlilik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yuridik xizmat xodimi,
stressning mazmun mohiyati, uning turlari, mexanizmini va koping strategiyalarga oid
bilim malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak.
Stress shakllarining murakkabligi va xilma-xilligi ushbu holatni o‘rganishga
yondashuvlarning xilma-xilligini belgilaydi. Stress-bu insonning asab va endokrin
tizimlar faoliyatining o‘zgarishi orqali amalga oshiriladigan stressorga universal,
o‘ziga xos bo‘lmagan psixofiziologik va neyrogormonal reaksiya javob.
Bu"Miya-tana" tizimining barqarorligi va sog‘lig‘ini saqlab qolish uchun tanani
o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitlariga moslashtirish uchun javobidir reaksiyasi.
Birinchi marta "stress" atamasini fiziologiya va psixologiyaga Uolter Kennon
tomonidan kurashish yoki qochish universal reaksiya bo‘yicha klassik asarlarida
kiritilgan.
"Stress-bu odamning stressli vaziyatda oqilona va maqsadga muvofiq harakat
qila olmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy (hissiy) va xulq-atvor buzilishining holati"
Stress bu adaptiv me’yor chegarasidan tashqarida chiqadigan tashqi muhit
ta’sirida ekstremal omillarning tashqi qo‘zg‘atuvchi stimullarga bo‘lgan ta’siriga
tananing o‘ziga xos tabiiy psixofiziologik ximoya reaksiyasi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
208
ISSN:3030-3613
Gans Sele Bruno taniqli kanadalik patofiziolog tanadagi stress reaksiyalarining
neyrofiziologik mexanizmini birinchi bo‘lib tushuntirgan "adaptatsiya sindromi"
konsepsiyasining muallifi Gans Sele shunday deb yozgan edi: «Ommabop
qarashlardan farqli o‘laroq, biz stressdan qochmasligimiz kerak va qocha olmaymiz
ham. Ammo biz uning mexanizmini yaxshiroq bilib, tegishli hayot falsafasini ishlab
chiqsak, undan foydalanishimiz va zavqlanishimiz mumkin».
«Bizni stressning o‘zi emas balki, bizning stressga bo‘lgan reaksiyamiz nobud
qiladi». Gans Sele
Taniqli kanadalik biokimyogar,patolog, endokrenolog,”stress” xolatini ilk
asoslab bergan olim Gans Gugo Bruno Sele stressning 3 bosqichini aniqlab bergan.
1-bosqich; Mobilizatsiya: Organizm stressorga xavotir bilan javob beradi va
stressorga qarshi turish uchun o‘zining himoya resurslarini safarbar etadi.
2-bosqich; Qarama qarshilik: Tana stressli vaziyatga qarshilik ko‘rsatadi odam
undan chiqish yo‘lini faol ravishda izlaydi.
3-bosqich; Stress omilining odamga uzoq vaqt ta’siri bilan charchashi: Tana
charchay boshlaydi va (turli hil) ikkilamchi tahdidlarga zaif bo‘lib qoladi.
Stress turlari.
O‘tkir stress, surunkali stress, jismoniy stress, eustress, distress, psixologik
stress, kasbiy stress, emotsional stress.
Eustress - ijobiy yoqimli stress bo‘lib, ijobiy his tuyg‘ular ta’sirida yuzaga
keladi. Bunday holatda organizm jismoniy va hissiy emotsional chidamliligini
rivojlantiradi, buning natijasida tananing funksional zaxirasi oshadi, u stress omiliga
moslashadi va stressning o‘zi mustaqillikni bartaraf etadi. Eustress ijobiy hissiyotlar
ta’sirida rivojlanib, organizmni ruhlantiradi.
Distress - qiyin, noqulay, buning natijasida tananing himoya kuchi qobiliyati
pasayadi. Bu esa moslashish mexanizmlarining buzilishiga va turli psixosomatik
kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Shaxsning atrof-muhitga moslashish
qobiliyati, aqliy faoliyat, mehnat faoliyatining samaradorligi pasayadi, reproduktiv
salomatlik, asab tizimini zaiflashtiradi.
Emotsional stress doimiy davomiy salbiy emotsiyalar natijasida kelib chiqadi.
Psixologik stress ijtimoiy ta’sir ostida kelib chiqadi. Stress o‘zgaruvchan tashqi
muhitga moslashishga yordam beradi, lekin me’yoridan oshib ketsa, salomatlikka zarar
еtkazishi mumkin. "Psixologik stress" atamasidan tashqari, adabiyotda "hissiy stress"
va "psixo-emotsional stress"atamalari ham qo‘llaniladi. Turli tadqiqotchilar
(sotsiologlar, psixologlar, fiziologlar, psixiatrlar) bu atamaga o‘z ma’nolarini
qo‘shadilar, bu, albatta, psixo-emotsional stressning yagona konsepsiyasini yaratishni
qiyinlashtiradi. Ba’zi tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, ushbu atamaning paydo bo‘lishi
stress va hissiyotlarning uzviy bog‘liqligini va hatto murakkab reaksiyada
hissiyotlarning ustunligini ta’kidlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
209
ISSN:3030-3613
Stressning belgilari: Inson stressogen olamda yashaydi,Gans Sele Brunoning
aytishicha “Inson uyquda ham stress holatida bo‘ladi”.Ertami-kechmi stress
hayotimizga kirib boradi.Salbiy ta’sir darajasi еtarlicha yuqoriligini aniqlash uchun
inson o‘zida qanday belgilarni sezishi,his qilishi, bilishi , kuzatishi,tahlil qilishi kerak:
Asabiylikning kuchayishi. Siz odatdagidan ko‘proq g‘azablanasiz va
asabiylashasiz.Chalkashlik va e’tiborsizlik. Qabul qilish o‘z fikrlarini to‘play olmaslik
va vaziyat yoki vaziyat o‘zgarishiga tezda munosabat bildira olmaslikka olib keladi.
Charchoq.Agressiya.
Odam kim bilan muloqotda bo‘lmasin aytilgan har qanday so‘zga keskin
munosabat bildiradi. Shu bilan birga, bunday reaksiya ongsiz darajada odam uchun
deyarli sezilmaydi.(bunday holatlarda vaqt o‘tishi bilan refleksiya yo‘q bo‘lib ketishi
mumkin). Ta’sirchanlik. Ha, stress ta’siriga berilib, ba’zi odamlar atrofdagi hamma
narsaga juda ta’sirchan,qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qoladi.Bosh, bo‘yin, еlka, orqa
tomondagi mushaklarning kuchli zo‘riqishi; yuqori xavotirlik, bezovtalik , adekvat ,
real sabab bo‘lmasada arzimas sabablarga kuchli qo‘zg‘aluvchanlik; mehnat
layoqatining pasayishi, bosim, apatiya, kayfiyatning keskin o‘zgaruvchanligi,
buzilishi.Xotiraning, diqqatning, fikrlash jarayoni tempining susayishi;Stress gormoni
bo‘lgan kortizol, surunkali stressda yuqori darajada bo‘ladi.Me’yoridan ortib ketgan
stressning inson organizmiga salbiy ta’siri asab tizimining, yurak tizimining
zaiflashuvi, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, miya faoliyatining distruksiyasi,
ruminatsiyaning ko‘payishi, fiziologik va psixologik o‘zgarishlar, reproduktiv tizimga
salbiy ta’sir, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquning buzulishi, suitsid fikrlar, hayot sifatini
pasayishiga, qisqarishiga, ijobiy hissiyotlarni his qilmaslikka sabab bo‘ladi. Stress
gormonlari adrenalin, noradrenalin, kortizol ushbu stress gormonlari doimo
organizmda sintez bo‘lib ajralib chiqadi, har uchchala gormon inson organizmiga aniq
ta’sir ko‘rsatadi.
Stress belgilarining emotsional,jismoniy,intellektual va hulq atvor belgilari
mavjud.Bosh, bo‘yin, еlka, orqa tomondagi mushaklarning kuchli zo‘riqishi; yuqori
xavotirlik, bezovtalik , adekvat , real sabab bo‘lmasada arzimas sabablarga kuchli
qo‘zg‘aluvchanlik; mehnat layoqatining pasayishi, bosim, apatiya, xotiraning,
diqqatning, fikrlash jarayoni tempining susayishi,
kayfiyatning keskin o‘zgaruvchanligi, buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Organizmning stressga chidamliligi tashqi ogohlantirishlarga, ta’sirli omillarga
moslashish yoki ularni tahlil qilish, refleksiya qilish ba’zi xollarda esa foydali himoya
funksiyasidir.Shaxsning stressga chidamlilik ko‘nikmalarining rivojlanganligi,shaxsga
har qanday stressli vaziyatda muvozanatli, hotirjam,resursda bo‘lish imkoniyatini
beradi; Bu insonning turli xil hayotiy muammolarni еngishga psixologik tayyorligi.
Stress omillari, ya’ni kuchli tashqi stimullarning ichki muvozanatni buzish ehtimoli
mavjud. Tana har qanday stressga, yoqimli yoki yoqimsiz, o‘ziga xos bo‘lmagan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
210
ISSN:3030-3613
fiziologik qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Ushbu reaksiya himoya-adaptivdir.Stressni
еngillashtirish,stressga chidamlilik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun har bir inson
o‘zining ko‘ping strategiyasiga ega bo‘lishi lozim.
Koping strategiya-stressni еngillashtirish uchun strategiyalari deganda,
odamning muammoni еngib o‘tish qobiliyatidan yuqori deb baholanadigan maxsus
tashqi yoki ichki talablarni еngishga qaratilgan dinamik kognitiv va hulq-atvor
urinishlari tushuniladi. Individning muammoni еngib o‘tish, bartaraf etish
imkoniyatlaridan oshib ketishi bilan baholanadi.
Ya’ni, koping strategiyasi-bu insonning turli xil hayotiy muammolarni еngishga
psixologik tayyorligidir.
Koping- bu shaxsning stressli vaziyatni,stressli holatni ikki bosqichli baholash
jarayoni, ya’ni nima bo‘layotgani va u bilan nima qilish kerakligi haqida qaror qabul
qilishidir.
Birinchi qadam-bu birlamchi baholash unda odam biror narsa unga yoki uning
hayotiga,havfsizligiga
tahdid
soladimi
yoki
yo‘qligini
aniqlaydi,tahlil
qiladi.Ikkilamchi baholash odam vaziyatni o‘zgartirish uchun salbiy oqibatlarni
minimallashtirish va ijobiy oqibatlarga olib kelish ehtimolini oshirish uchun biror narsa
qila oladimi yoki yo‘qmi.Shu bilan birga psixologik kompetensiyaning ajralmas qismi
bo‘lgan hissiy va adaptiv intellekt, konfliktologik kompetensiya,psixologik plastik
holatga kelish, frustratsion bag‘rikenglik ko‘nikmalarini ham rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega.
Hissiy intellekt-bu his tuyg‘ularni va hissi ma’lumotlarni qayta ishlash va
hissiyotlarga asoslangan holda rivojlanish qobiliyati dir.Yuqori hissiy intellektga ega
bo‘lgan odamlar his-tuyg‘ular bilan bog‘liq muammolar spektrini aniq va tez hal qilish
qobiliyatiga egalar.
Adaptiv intellekt-bu analitik fikrlash, donolik, har qanday vaziyat uchun
g‘ayrioddiy еchimlarni topish va atrof-muhitni o‘z ehtiyojlariga moslashtirish
qobiliyatini o‘z ichiga olgan aqliy faoliyat bo‘lib,yangi muammolar va vazifalar ostida
tezda qayta qurishga tayyorlik va qobiliyat, yangi xulq-atvor modelini yaratish va
o‘zlashtirish qobiliyatidir. Adaptiv kuzatish yordamida inson muayyan vaziyatlarda
qanday qilib yaxshiroq harakat qilishni va ularga moslashishni tushunishi mumkin.
Yuqori adaptiv intellektga egabo‘lgan odamlar mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni,
ehtiyojlarni, tendensiyalarni va imkoniyatlarni oldindan bilish, ehtiyojlarni boshqa
odamlar tushunadigan tarzda shakllantirish, doimiy o‘rganish va ularning harakatlarini
to‘g‘rilashga olib keladigan yangi sharoitlarga moslashish, qaror qabul qilishda
shaffoflik va fikr-mulohazalarga ochiqlik qobiliyatiga egadirlar.
Konfliktologik kompetensiya - bu nizo mojaro bilan konstruktiv ishlashning
mumkin bo‘lgan usullari, ularni amaliy qo‘llash bo‘yicha ma’lum ko‘nikmalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
211
ISSN:3030-3613
to‘plami va zarur shaxsiy va kasbiy fazilatlar to‘g‘risida nazariy bilimlarning
mavjudligini nazarda tutadigan murakkab tushuncha.
Konfliktologik kompetensiyaning ba’zi tarkibiy qismlari: Odamlar o‘rtasidagi
ziddiyatlar va nizolarning mohiyatini tushunish;
- Tashkilotdagi nizolarga konstruktiv munosabatni shakllantirish;
- Nizoli murakkab vaziyatlarda nizosiz muloqot qilish ko‘nikmalariga ega
bo‘lish;
- Yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni baholash va tushuntirish qobiliyati;
- Konfliktli hodisalarini,vaziyat,holatlarni boshqarish ko‘nikmalarining
mavjudligi;
- Yuzaga keladigan nizolarning konstruktiv hal qilish rivojlantirish qobiliyati;
- Qarama-qarshiliklar va nizolarni konstruktiv tartibga solish qobiliyati;
- Mojarolarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini oldindan bilish qobiliyati;
- Ziddiyatlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Yuzaga kelgan nizoning eskalatsiya bo‘lishining oldini olish; Odamning
o‘zgarishlarga moslashish, yangi sharoitlarga moslashish va stressli vaziyatlarga
samarali javob berish qobiliyati.
Psixologik plastik holat
Bunga ehtiyotkorlik, fikrlash va harakatlarning moslashuvchanligi, shuningdek,
his-tuyg‘ularingizni qarshiliksiz yoki baholarisiz qabul qilish va boshdan kechirish
qobiliyati kiradi.
Psixologik plastik holatning ba’zi jihatlari:
Hozirgi lahzani qabul qilish. Hozirgi holatni, uning hissiy rangidan qat’i nazar,
yashab o‘tish qobiliyati va salbiy his-tuyg‘ularni bostirmaslik.
Vaziyatni qayta baholash. Kerak bo‘lganda o‘z takidlari va yondashuvlarini
qayta ko‘rib chiqish imkoniyati.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish. Qadriyatlaringizga qarab harakat qilish
qobiliyati, hatto ularga boradigan yo‘l kutilganidan ham qiyinroq bo‘lsa ham.
Rivojlangan psixologik plastik holatda bo‘lgan odamlarning hayot sifati yuqori,
o‘zgalar bilan munosabatlari, jismoniy salomatliglari yaxshiroq bo‘ladi.
Frustratsion bag‘rikenglik
Umidsizlikka chidamlilik-bu ko‘ngilsizliklarga(frustratlarga) qaramay, sabr-
toqat, chidamlilik, og‘ir ichki kechinmalar va keskin reaksiyalarning yo‘qligi.
Tolerantlik insonning umidsizlik holatini adekvat darajada baholash va undan
chiqish yo‘lini oldindan bilish qobiliyatiga asoslangan.
S. Rozensveyg umidsizlik bag‘rikengligini sub’ektning ehtiyojni qondirish yoki
javobni o‘z vaqtida kechiktirish qobiliyati deb tushungan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
212
ISSN:3030-3613
Umidsizlik bag‘rikengligi shaxsni shakllanishi va uning hayotdagi
qiyinchiliklarga hissiy munosabatining barqaror shakllarini rivojlanishi jarayonida
rivojlanadi.
Umidsizlikka chidamlilik qiyinchiliklarni еngib o‘tishni va stressni еngish
uchun sog‘lom strategiyalarni saqlashni o‘z ichiga olganligi sababli, bu odamning
stressga chidamliligi bilan chambarchas bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda yuridik xizmat xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik
shaxslarga har kuni ko‘plab xizmatlar ko‘rsatilar ekan avvalo,xizmatlarini ko‘rsatish
jarayonida xodimlarning odob-axloqi alohida ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga
sifatli xizmat ko‘rsatishlari uchun albatta kasbiy mahoratlari yuqori rivojlangan va
ushbu mahoratning ajralmas qismi bo‘lgan psixologik kompetensiya ko‘nikmalarini
ham muntazam ravishda rivojlantirishlari maqsadga muvofiqdir.