Mualliflar

  • Obidov Qosimjon Xusanovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97372

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Rofʼul yadayn hadis mazhab mujtahid sahoba ixtilof dalillanish nasx afzaliyat ixtiyoriy.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Bu maqolada namozdagi “rofʼul yadayn” masalasi borasida vorid 
boʻlgan  hadislarga  nisbatan  hanafiy  muhaddis-faqihlarning  yondashuvi  va  dalillari 
oʻrganilgan. Makur amaliyot borasidagi turli xil hadislarni oʻrganish orqali, hanafiy 
mazhabi ulamolarining bu masaladagi dalillari va ularning qay darajada kuchli ekani 
koʻrib  chiqilgan.    Shuningdek  boshqa  fiqhiy  mazhablarning  bu  masalaga  boʻlgan 
yondashuvlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, hanafiy mazhabining oʻziga xos xususiyatlari 
ochib berilgan. Boshqa mazhab faqihlarining dalillariga bergan javoblarini qisqacha 
oʻrganilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

186

ISSN:3030-3613

HANAFIY MUHADDIS-FAQIHLARINING “ROFʼUL YADAYN”

HADISLARIGA BILDIRGAN MUNOSABATLARI

Obidov Qosimjon Xusanovich

Imom Buxoriy nomidagi

Toshkent islom instituti

magistratura bosqichi talabasi

qisimjon.abidov@gmail.com

+998946163560


Annotatsiya:

Bu maqolada namozdagi “rofʼul yadayn” masalasi borasida vorid

boʻlgan hadislarga nisbatan hanafiy muhaddis-faqihlarning yondashuvi va dalillari
oʻrganilgan. Makur amaliyot borasidagi turli xil hadislarni oʻrganish orqali, hanafiy
mazhabi ulamolarining bu masaladagi dalillari va ularning qay darajada kuchli ekani
koʻrib chiqilgan. Shuningdek boshqa fiqhiy mazhablarning bu masalaga boʻlgan
yondashuvlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, hanafiy mazhabining oʻziga xos xususiyatlari
ochib berilgan. Boshqa mazhab faqihlarining dalillariga bergan javoblarini qisqacha
oʻrganilgan.

Kalit soʻzlar:

Rofʼul yadayn,

hadis, mazhab, mujtahid, sahoba, ixtilof,

dalillanish, nasx, afzaliyat, ixtiyoriy.


Islom dinining asosiy farz ibodatlaridan biri boʻlgan namoz musulmonlar

hayotida muhim oʻrin tutadi. Namozning har bir rukni va amalining toʻgʻri bajarilishi
muhim ahamiyatga ega. Rofʼul yadayn, yaʼni namozda qoʻllarni koʻtarish masalasi
turli fiqhiy mazhablarda turlicha talqin qilingan. Ushbu masala islom tarixining
dastlabki davrlaridan boshlab musulmon ulamolari orasida bahs-munozaralarga sabab
boʻlib kelgan. Ayrim hadislarda Rasululloh sollallohu aylayhi vasallamning namozda
qoʻllarini

koʻtarganliklari

rivoyat

qilingan

boʻlsa,

boshqa

hadislarda

koʻtarmaganliklari kelgan. Hatto bu masala borasida alohida juzʼlar va kitoblar taʼlif
etilgan. Ularning eng qadimgilaridan baʼzilari Imom Buxoriyning “Juzʼu rofʼil
yadayn”, Muhammad ibn Nasr Marvaziyning “Kitabu rofʼil yadayn” asarlaridir

1

.

Hanafiy mazhabi ulamolari rofʼul yadayn masalasida oʻziga xos yondashuvga ega.
Ular bu masaladagi turli xil hadislarni sinchiklab oʻrganib, oʻzlarining usuliy qoidalari
asosida xulosa chiqarganlar.

Quyida mazhablarning bu masalaga yondashuvi oʻrganib chiqiladi.
Ulamolarning barchasi takbiri tahrimada qoʻl koʻtarish mustahab amal ekaniga

ittifoq qilganlar.

1

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٨٨

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

187

ISSN:3030-3613

Shuningdek ikki sajda orasi, undan keyin va har bir koʻtarilgan va egilgandan

boshqa oʻrinlarda (agarchi ular borasida rivoyatlar kelgan boʻlsada) mustahab
emasligiga ittifoq qilganlar.

Rukuga ketishdan oldin, undan qaytganda va uchinchi rakatga turganda rofʼul

yadayn qilish hukmida esa ixtilof qilganlar.

2


Abu Hanifa va u zotning shogirdlari bu oʻrinlarning uchalasida ham rofʼul

yadayn qilinmasligini aytganlar.

Ibn Qosimning Imom Molikdan qilgan rivoyatida ham shunday. Molikiy

mazhabi faqihlari shuni ixtiyor qilgan.

Shofeʼiy va Ahmad ruku qilayotganda va undan keyin rofʼul yadayn qilinishini

aytganlar. Imom Molikdan qilingan rivoyatlardan birida ham shunday. Shofeʼiylarning
koʻpi avvalgi qaʼdadan turgandan keyin rofʼul yadayn qilinishini mustahab deb
aytishgan.

3

Alloma Zurqoniy “أطوم”ga (Muvattoi Molik) yozgan sharhlarida Ibn

Abdulbarrdan shunday naql qiladi: “Uning (rofʼul yadayn) namozda bajarilishi lozim
boʻlgan amallardan ekani borasida ixtilof qilingan. Ibn Qosim ustozi Molikdan takbiri
tahrimadan boshqa oʻrinda koʻtarilmasligini rivoyat qilgan. Abu Hanifa va boshqa
Kufa faqihlari ham shunday degan. Abu Musʼab, Ibn Vahb, Ashhab va boshqalar
Molikdan Ibn Umardan rivoyat qilingan hadisga muvofiq ruku qilganda va undan
koʻtarilganda rofʼul yadayn qilganini naql qilganlar. Avzoʼiy, Shofeʼiy, Ahmad,
Isʼhoq, Tabariy va bir qancha ahli hadislar ham shu fikrda boʻlganlar. Qaysi sahobadan
rofʼul yadaynni tark qilgani rivoyat qilingan boʻlsa, unga amal qilgani ham rivoyat
qilingan. Faqatgina ibn Masʼuddan amal qilgani rivoyatlarda kelmagan”.

4

Dalillarga kelsak, rofʼul yadayn qilish ham, qilmaslik ham mutavotir yoʻlga

koʻra yetib kelgan. Har ikkisining ham ishonchli dalillar bilan naql qilingani borasida
shak-shubha yoʻq. Ulardan kelib chiqib baʼzilar rofʼul yadaynga amal qilgan, baʼzilar
u hadislar mansux deya tark qilinishiga hukm qilgan. Baʼzilar esa bu masala afzaliyat
borasida, aslida qilish yoki qilmaslik ixtiyoriydir deb javob bergan. Ular
quyidagilardan iborat:

Rof`ul yadayn qilinishi borasida quyidagi dalillar mavjud:
1) Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koʻrdim, namozni boshlab, rukuga

borayotganlarida va rukudan qaytganlarida qoʻllarini yelka barobarida koʻtarar edilar”.
Ibn Abu Umar oʻz hadisida qoʻshimcha qilib, “Ikki sajda orasida (qoʻllarini) koʻtarmas
edilar”, deydi.

5

2

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٨٩

.

3

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٨٩

.

4

.كلام ماملإا أطوم ىلع يناقرزلا حرش .يناقرزلا

,ثيدحلا راد :ةرهاقل

٢٠١٥

.

-

١

.

-

٢٢٣

.

5

.يذمرتلا ننس .يذمرتلا ماملإا

-

ةسسؤم :قشمد

ا

,ةلارل

٢٠١٧

.

-

٢٩٩

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

188

ISSN:3030-3613

2) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farz namozga tursalar takbir aytar edilar

va ikki qoʻllarini yelkalari barobarigacha koʻtarar edilar. Qiroatlarini tamomlab,
rukuga ketishni iroda qilganlarida ham shunday qilardilar. Forigʻ boʻlib, rukudan bosh
koʻtarganlarida ham shunday qilar edilar. Namozlarining biron joyida oʻtirgan holatda
qoʻl koʻtarmas edilar. Ikki sajdadan turganlarida ham qoʻllarini koʻtarar va takbir aytar
edilar”.

6

3) Voil ibn Hujr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni namozga takbir aytayotganlarida va

rukudan bosh koʻtarganlarida ikki qoʻllarini quloqlari barobarigacha koʻtarganlarini
koʻrganman”.

7

4) Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ruku qilganlarida va undan bosh

koʻtarganlarida qoʻllarini quloqlarining yuqorisi barobarigacha koʻtarayotganlarini
koʻrganman”.

8

5) Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirishganlarida, ruku

qilayotganda va sajdaga borayotganda ikki qoʻllarini koʻtarar edilar”.

9

Rofʼul yadaynni tark qilish borasida esa quyidagi dalillar mavjud:
1) Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alyhi vasallam bizning oldimizga chiqib: “Nimaga

sizlarni ikki qoʻllaringizni qaysar otning dumiga oʻxshab koʻtarayotganingizni
koʻrayapman?! Namozda sokin turinglar” - dedilar”.

10

2) Osim ibn Kulayb otasidan, u Alqamadan rivoyat qiladi:
“Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu:

“Sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nomazlarini oʻqib
beraymi? deb namoz oʻqidi. Ikki qoʻlini birinchi martada koʻtarganidan boshqa

11

”.

koʻtarmadi

3) Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon namozni boshlashga takbir aytsalar,

ikki qoʻllarini quloqlarining yumshoq joylarigacha koʻtarar, soʻngra qaytib koʻtarmas
edilar”.

12

4) Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

6

.دواد يبأ ننس .دواد وبأ ماملإا

-

م :قشمد

,ةلاسرلا ةسسؤ

٢

٢٠٢

.

-

٢١٩

.

7

.يئاسنلا ننس .يئاسنلا ماملإا

-

ةسسؤم :قشمد

ا

,ةلاسرل

٢٠١٩

.

-

٣٠٧

.

8

.ملسم حيحص .ملسم ماملإا

-

,ةلاسرلا ةسسؤم :قشمد

٢٠٢٢

.

-

ص

.

٢٠٠

.

9

.هجام نبا ننس .هجام نبا ماملإا

-

م :قشمد

,ةلاسرلا ةسسؤ

٢٠١٩

.

-

١٨٩

.

10

.ملسم حيحص .ملسم ماملإا

-

ةسسؤم :قشمد

لا

,ةلاسر

٢٠٢٢

.

-

٢١٦

.

11

.يذمرتلا ننس .يذمرتلا ماملإا

-

ةسسؤم :قشمد

ا

,ةلارل

٢٠١٧

.

-

٣٠٠

.

12

.دواد يبأ ننس .دواد وبأ ماملإا

-

م :قشمد

,ةلاسرلا ةسسؤ

٢٠١٧

.

-

٢٢٠

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

189

ISSN:3030-3613

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam avvalgi takbirida qoʻllarini koʻtarardilar,

keyin qaytarmas edlar”.

13

5) Abdulloh ibn Zubayr bir kishining rukuga ketayotganda va undan

turayotganda ikki qoʻlini koʻtarayotganini koʻrib qolib, unga: “Bunday qilma, bu ish
Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldin qilib, keyin tark etgan narsa” deganlar.

6) Asvad romatullohi alayhidan shunday naql qilinadi:
“Umar ibn Xattobning avvalgi takbirda ikki qoʻlini koʻtarganini koʻrdim. Keyin

buni qaytarmadi”.

14

7) Mujohid romatullohi alayhidan shunday naql qilinadi:
“Men Ibn Umar roziyallohu anhuning orqaisda namoz oʻqiganman, u kishi

birinchi takbirdan boshqa joyda ikki qoʻlini koʻtarmas edi”.

15

8) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu ham ikki qoʻlni koʻtarish hadisini rivoyat

qilgan boʻlsada, amlda qoʻllarini koʻtarmas edi.

16

9) Mugʻira aytadi:
“Ibrohimga Voil ibn Hujr roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi

vasallamni namoz boshlaganda, ruku qilganda, rukudan boshini koʻtarganda qoʻllarini
koʻtarganlarini koʻrgani haqidagi hadisini aytgan edim, u: “Agar Voil (Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni) shunday qilganini bir marta koʻrgan boʻlsa, Abdulloh ibn
Masʼud unday qilmagan (rukuga borishda va qaytishda qoʻl koʻtarish)ini ellik marta
koʻrgan”-dedi.

17

Imom Tahoviy bunga quyidagicha aqliy dalil ham keltiradi:
“Bu masalaning nazariy va qiyosiy jihatdan javobiga kelsak: “Takbiri tahrima

farz. Unda ikki qoʻlni koʻtarilishiga ijmo qilishgan. Ikki sajda orasida takbir aytish
sunnat. Unda qoʻllarni koʻtarish yoʻq. Ruku va undan koʻtarilgandagi takbirda qoʻllarni
koʻtariladimi yoʻqmi ixtilof qilingan. Shunday ekan ikkisi ham sunnat boʻlgani uchun
ularning hukmi ikki sajda orasidagi takbirning hukmi kabi boʻladi”.

18

Bu oʻrinda eʼtibor berish kerak boʻlgan muhim nuqta shuki, bu masala afzaliyat

masalasidir. Yaʼni, aslida rofʼul yadayn qilish yo qilmaslik ixtiyoriydir.

Shunday boʻlsada baʼzi faqihlarimiz bu amalni makruhi tahrimiy degan boʻlsa,

baʼzilari bu ixtilofli hadislarni nasx bilan yechishga qaror qilgan. Quyida ular bilan
tanishib chiqamiz:

1. Hanafiy faqihlaridan “

ةينم

يّلصملا

”ning sharhi “يريبكلا” kitobining muallifi va

“عئانصلا عئادب”ning muallifi Alouddin Kosoniydan rofʼul yadayn qilish makruh amal
deganlari naql qilingan. Ammo bu fikrga eʼtiroz bildirilgan. Agar ularning mazhab

13

.راثلآا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا

-

,ةيملعلا بتكلا راد :نانبل

٢٠١٨

.

-

ج

١

.

-

٢٩٠

.

14

ا ماملإا

.راثلآا يناعم حرش .يواحطل

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٨

.

-

ج

١

.

-

٢٩٤

.

15

.راثلآا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٨

.

-

ج

١

.

-

٢٩٢

.

16

Kifoya. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. -T.: Hilol-Nashr, 2018. -J. 1/3. -B. 314/584.

17

.راثلآا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٨

-

ج

.

١

.

-

٢٩٠

.

18

.راثلآا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٨

.

-

ج

١

.

-

٢٩٥

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

190

ISSN:3030-3613

imomlaridan bunga naqliy dalillari boʻlsa, ularning gaplari qabul qilinadi. Ammo
dalillari boʻlmasa, mutavotir yoʻl bilan kelgan masalani makruh deyish jiddiy masala.

19

Abu Bakr Jassos “Ahkamul Qurʼon” (نآرقلا ماكحأ) kitobida { ُماَيّصلا ُمُكْيَلَع َبِتُك}

(Baqara surasi, 183) oyati ostida aytadi: “Agar bir masalada har ikki tarafda ham sahih
hadislar vorid boʻlgan boʻlsa, bu borasidagi xilof faqatgina ixtiyor borasida boʻladi.
Ayniqsa koʻp voqe boʻladigan masala boʻlsa”

20

. Soʻngra azonda tarje qilish, iqomatni

toq aytish, basmalani jahriy aytish va rofʼul yadayn qilishni ham ular qatorida sanab
oʻtgan. Imom Jassos 4-asr faqihlaridan boʻlib, martabasi eʼtiboridan “يريبكلا”
muallifidan ham, “عئانصلا عئادب”ning muallifi Alouddin Kosoniydan ham yuqori turadi.

21

Demak bu masalaning hukmi borasida imom Jassosning gapini olish avloroqdir.

2. Hanafiy faqihlarining mutaʼaxxirlarida bu masalaning javobi borasida nasx

deyish mashhur boʻlib ketdi. Ular bu gapni ibn Humomdan olishgan. U esa buni
Tahoviyga ergashgan holda ixtiyor etgan. Ma`lumki Tahoviyning nazdidagi nasx
usulul fiqh kitoblaridagi nasxdan koʻra umumiyroq maʼnoga ega. Chunki u kishining
nazdida afzaliyat masalasida afzal boʻlmagani afzal boʻlganiga nisbatan, dalili zaifroq
boʻlgani dalili quvvatliroq boʻlganiga nisbatan mansux hukmidadir. U zotning
kitoblarini oʻqib chiqqan barcha shunga amin boʻladi. Har qanday holatda ham
hanafiylardan mutaqoddimroq boʻlgan olim (Imom Jassos)dan (rofʼul yadaynning)
joizligi borasidagi gap mavjud ekan, hadislar ham buni qoʻllab quvvatlar ekan unga
(rofʼul yadaynning joizligi) taslim boʻlmasdan oʻzga chora yoʻq.

22

Bu masala borasida hanafiy faqihlarimiz tomonidan quyidagicha javob berilgan:
“Maʼlumki, agar ikkita sunnat bir-biriga qarama-qarshi kelib qolsa, bu boradagi

sahobalarning soʻzlari va amallari ustun qoʻyiladi. Agar ularning soʻzlari va amallari
ixtilofli boʻlib qolsa, qiyos ustun qoʻyiladi. Bu masalada qiyos qoʻlni koʻtarmaslikni
keltirib chiqadi. Chunki namozda aʼzolar sokin va xushu holatida boʻlishi kerak. Bu
borada Alloh taolo “Muʼminun” surasida shunday marhamat qiladi:

( َنوُن ِم ْؤُمْلا َحَلْفَأ ْدَق

١

( َنوُعِشاَخ ْمِهِتلاَص يِف ْمُه َنيِذَّلا )

٢

)

“Batahqiq, moʻminlar nojot topdilar. Ular namozlarida xushu qiluvchilardir.”

23

Ellikka yaqin sahoba namozning boshida, yaʼni takbiri tahrimada qoʻl

koʻtarishni rivoyat qilishgan. Ular rukuda va rukudan bosh koʻtarishda qoʻlni
koʻtarishni esa rivoyat qilishmagan. Ibn Abbos roziyallohu anhumoning hadisida:
“Qoʻllar faqat yetti oʻrinda koʻtariladi”, deyilib, shular jumlasidan namozga kirishish
payitidagi qoʻl koʻtarish aytilgan.

24

Bundan esa boshqa oʻrinlarda qoʻllar

koʻtarilmasligi kelib chiqadi.

19

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٩٢

.

.ريسي رّيغتب

20

أ

.نآرقلا ماكحأ .صاّصجلا ركب وب

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٣

.

-

١

.

-

٢٥٣

.

21

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٩٢

.

22

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

دكب اّيركز :دنبويد

.دوپ

-

٣

.

-

٤٩٣

,

٤٩٢

.

.ريسي رّيغتب

23

Tafsiri Hilol. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. -T.: Sharq nashriyoti, 2008. -J. 4/6. -B. 58/638.

24

Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi.Shayx Nuriddin Xoliqnazar. -T.: Matbaachi nashriyoti, 2024.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

191

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytganda hanafiy mazhabida rofʼul yadayn qilish hukmi mansux

boʻlgan ammallardan. Bu hanafiy faqihlarning oxirgi qaroridir. Endilikda barcha
hanafiy mazhabiga ergashganlar birdamlikni saqlash, fitna chiqishining oldini olish va
ibodatlarini hotirjamlikda bajarishlari uchun shu fatvoga amal qilishlari, xilof
qilmasliklari lozim boʻladi. Har kim oʻz mazhabi boʻyicha amal qilishi, boshqa mazhab
vakillarini hurmat qilishi va birdamlikni saqlashi zarur boʻlgan ishlardandir.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyxati:

Oʻzbek tilidagi manbalar:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Sharq
nashriyoti, 2008.

2.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Kifoya. -T.: Hilol-Nashr, 2018.

3.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. -
T.: Matbaachi nashriyoti, 2024.

Xorijiy tildagi manbalar:

ماملإا

.ملسم حيحص .ملسم

-

د

,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم

٢٠٢٢

.

.يئاسنلا ننس .يئاسنلا ماملإا

-

د

,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم

٢٠١٨

.

.

.دواد يبأ ننس .دواد وبأ ماملإا

-

د

,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم

٢٠١٧

.يذمرتلا ننس .يذمرتلا ماملإا

-

,ةلارلا ةسسؤم :قشمد

٢٠١٧

.

نبا ماملإا

.هجام نبا ننس .هجام

-

د

,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم

٢٠١٩

.

.راثلآا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا

-

١

.

-

,ةيملعلا بتكلا راد :نانبل

٢٠١٨

.

.نآرقلا ماكحأ .صاّصجلا ركب وبأ

,ةيملعلا بتكلا راد :نانب

٢٠١٣

.

.كلام ماملإا أطوم ىلع يناقرزلا حرش .يناقرزلا

,ثيدحلا راد :ةرهاقل

٢٠١٥

.

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع

-

٣

.

-

دنبويد

:

.دوپدكب اّيركز

-B. 105/407.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyxati:

Oʻzbek tilidagi manbalar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Sharq

nashriyoti, 2008.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Kifoya. -T.: Hilol-Nashr, 2018.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. -

T.: Matbaachi nashriyoti, 2024.

Xorijiy tildagi manbalar:

ماملإا .ملسم حيحص .ملسم -د ,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم ٢٠٢٢ .

.يئاسنلا ننس .يئاسنلا ماملإا -د ,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم ٢٠١٨ .

. .دواد يبأ ننس .دواد وبأ ماملإا - د ,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم ٢٠١٧

.يذمرتلا ننس .يذمرتلا ماملإا - ,ةلارلا ةسسؤم :قشمد ٢٠١٧ .

نبا ماملإا .هجام نبا ننس .هجام -د ,ةلاسرلا ةسسؤم :قشم ٢٠١٩ .

.راثلآ ا يناعم حرش .يواحطلا ماملإا - .ج ١. - ,ةيملعلا بتكلا راد :نانبل ٢٠١٨ .

.نآرقلا ماكحأ .صاّصجلا ركب وبأ -ل ,ةيملعلا بتكلا راد :نانب ٢٠١٣ .

.كلام ماملإ ا أطوم ىلع يناقرزلا حرش .يناقرزلا -ا ,ثيدحلا راد :ةرهاقل ٢٠١٥ .

.يكذلا فرعلا .يفورعملا الله دبع - .ج ٣ . - دنبويد : .دوپدكب اّيركز