Mualliflar

  • Majidova Dilafruz Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97381

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: kasbiy so'nish kasbiy zerikish kasbidan bezish kasbiy o'zlik kasbiy

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  shaxsning  kasbiga  nisbatan  faolligi  va 
qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi 
shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

147

ISSN:3030-3613

KASBIY SO’NISH

Majidova Dilafruz Xayrullayevna

Samarqand viloyati Jomboy

tuman 26-umumiy òrta tàlim maktab

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va

qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi
shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar:

kasbiy so'nish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy o'zlik,

kasbiy "men "lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-

fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni har
tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga
bo‘lgan imkoniyatlari yanada kengaydi.

Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga keladigan ishtiyoqni sustlashishi

yoki "so'nishi" - jaxon psixologik adabiyotlarida "burnout" holati deb nomlanadi va bu
o'zbek tilida esa "so'nish" degan ma'noni anglatadi. Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini
tahlil etuvchi fanlarda kasbiy so'nish va uning tuzilmasining mohiyati bo'yicha yagona
nuqtai nazar mavjud emas. So'nggi ma'lumotlarga tayangan holda, "psixik kuyish"
deganda emotsional xolatni kasblarda kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi
texnologiyalarni o'zlashtirishdagi qoloqlik holati tushuniladi. [1]

Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha vakillari kasbiy so'nish

jarayoni bo'yicha "xavf" guruhiga taaluqli hisoblanadilar: pedagoglar, psixologlar,
tarbiyachilar, shifokorlar, tez-tez ish safarlariga chiqadigan, ijtimoiy va madaniy
yo'nalishdagi xizmat ko'rsatish sohasi vakillari hamda bank xodimlari. [2] Mazkur xavf
guruxida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo'lib, ulardagi kasbiy so'nish
ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o'z faoliyatlaridan qoniqmasliklari natijasida
kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy yondashuvlar yuzaga keladi:

-

o'z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish;

-

jamoada o'z o'rnini topa olmaslik hissi;

-

muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik;

-

ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat;

-

kun davomidagi yuklamalarning ko‘pligi ;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

148

ISSN:3030-3613

-

kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt;

-

shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik;

-

sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo'lishi;

-

hamkasblar, ma'muriyat, qiyin vaziyatlarda to'g'ri muloqot yo'lini

tanlash ko'nikmalarining yo'qligi;

-

pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to'g'ri boshqarilmasligi: yuklama, dars

jadvali, ma'naviy va moddiy qo'llab quvvatlanmaslik;
-

ma'lumotlarning haddan ortiq ko'pligi;

-

qayta - qayta nazorat va tekshiruvlar.

Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o'z faoliyatidan bezish

yoki zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta'sir etishi tabiiy xol xisoblanadi. [3]
Mazkur xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo'lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari ortib
ketadi. Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli psixologik
maslahat tashkil etish uchun kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishni
o'rganishning asosiy omillariga e'tibor qaratish lozim. Bular:

-

Bilim berishni takomillashtirishda yangi g'oyalarni kiritavermaslik.

-

Pedagogik faoliyatga ko'r-ko'rona texnologiyalarni joriy etavermaslik.

-

Shaxsning o'z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash.

-

Jamoaning psixologik iqlimining ta'lim jarayoniga ta'sirini tahlil etish.

-

Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish.

-

Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o'rganish

orqali o'quvchilar bilimining samaradorligini oshirish.
-

Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning mavjud

emasligi. Quyida kasbiy so'nishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil
haqida

to'xtalib o'tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh

mutaxassislarda ko'proq uchrashi so'ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu
sababli tajribali mutaxassislar o'zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to'g'ri
maslahatlar berishlari lozim

bo'ladi. [4]

Kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishning asosiy sabablari:

1.

Individual sabablar:

A)

o'z ustida ishlashdan to'xtab qolish;

B)

fanga oid yangi bilimlami o'zlashtirmaslik;

V) doimiy bir xil metodik uslubga yopishib olish;
G) o'z faoliyatidan qoniqmaslik;
D)

o'ziga

bino

qo'yib,

boshqalarni

mensimaslik; Ye) moddiy manfaatdorlikdan
qoniqmaslik; Yo) hamkasblarining darslariga
qatnashmasligi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

149

ISSN:3030-3613

2.

Ijtimoiy-psixologik omillar:

A)

atrofdagilarning diqqat e'tiboridan qolish;

B)

atrofdagilarning nazoratidan chetda qolish;

V) faoliyatiga mos rag'batlantirilmaslik;
G) o'z sohasi mutaxassislaridan uzoqlashish;
D)

kamchiliklarini rahbariyat tomonidan tez-tez eslatib turilishi.

Yosh mutaxassislarda kasbiy so'nish yoki kasbdan uzoqlashishni sezgan tajribali
hamkasblar va psixolog mutaxassis quyidagilarga e'tiborini qaratish maqsadga
muvofiq xisoblanadi. [4] Pedagogik faoliyatda kasbiy so'nishning oldini olish uchun
quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

1.

Muntazam pedagog malakasini oshirib borish.

2.

Muntazam psixologik testlar orqali shaxsini baholab borish.

3.

Turli trening, davra suhbatlari hamda psixologik konsultatsiyalar

tashkil etish.
4.

Fan sohasida seminarlar tashkil qilish.

5.

Pedagogik faoliyatni analiz-sintez hamda umumlashtirish yo'nalishida psixologik

seminarlar o'tkazish.
6.

Shaxsning kasbiy xususiyatlarini o'zi tomonidan baholash usullarini o'rgatib borish.

7.

Zamonaviy psixologik metodlar bilan qurollantirib borish.

Shaxsda kasbiy so'nish yuzaga kelgan holda uni bartaraf etish uchun pedagogik

jamoa birgalikda aniq reja asosida hamjihatlik bilan faoliyatlarini tashkil etishlari
orqali mutaxassisni saflarida saqlab qolishlari mumkin. Mazkur faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda psixologni sa'iy harakatlari alohida e'tiborga loyiq
xisoblanadi. Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan kasbiy so'nishni bartaraf etish: [5]

1.

Shaxs bilan individual psixologik trening va suhbatlar tashkil etish.

2.

Fan sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun o'quv seminarlar tashkil etish.

3.

Shaxs imkoniyatlarini o'rganish orqali tavsiya ishlab chiqish.

4.

Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan stress, depressiya holatlarini aniqlash va

individual psixologik maslahatlar ishlab chiqish.
5.

Jamoaning psixologik iqlimini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqish. Ijtimoiy

faoliyatda har bir shaxs bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kasbiy

so'nish ma'lum bir vaqt oralig'ida o'tib ketish tabiiy hol hisoblanadi. Agar unga ijobiy
yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali yordam ko'rsatish mumkin. Shu sababli pedagogik soxada
faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi psixolog pedogogik jamoadagi birorta ham
pedagogni o'z nazoratidan chetda qoldirmasligi lozim.

Adabiyotlar:

1.

G'oziyev E.G'. Oliy maktab psixosi. -T.: O'qituvchi, 1997. - 197 b. K.B.Qodirov
"Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar"
Toshkent, 2001. - 36 b.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

150

ISSN:3030-3613

2.

Ушинский К. Д. Избранние педагогические сочинения/Человек как
предмет воспитания.Опит педагогик антропология (1861). — М.: Изд-во
Академии наук РСФСР, 1945. — С.475.

3.

Abdulakimovna,

S.

S.

(2021).

O'QITUVCHILARNING

O'ZINI-

O'ZI RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy
fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.

4.

Shakarboyeva S. BO'LAJAK O'QITUVCHIILARDA O'Z USTIDA ISHLASH
FAOLIYATINI

TARBIYALASHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

JIHATLARI

//Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. - 2022. - T. 2. - №. 6.
5.

Botirova D.B. Pedogogik faoliyatda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-
psixologik asoslari //Jurnal Ta'lim va innavatsion tadqiqotlar - 2023. - T. 2. - №.
3.

6.

Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г

7.

Психология. Учебник. Под ред. Рогова Е.И Владос 2005г

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

G'oziyev E.G'. Oliy maktab psixosi. -T.: O'qituvchi, 1997. - 197 b. K.B.Qodirov

"Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar"

Toshkent, 2001. - 36 b.

Ушинский К. Д. Избранние педагогические сочинения/Человек как

предмет воспитания.Опит педагогик антропология (1861). — М.: Изд-во

Академии наук РСФСР, 1945. — С.475.

Abdulakimovna, S. S. (2021). O'QITUVCHILARNING O'ZINI-

O'ZI RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy

fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.

Shakarboyeva S. BO'LAJAK O'QITUVCHIILARDA O'Z USTIDA ISHLASH

FAOLIYATINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

JIHATLARI

//Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. - 2022. - T. 2. - №. 6.

Botirova D.B. Pedogogik faoliyatda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-

psixologik asoslari //Jurnal Ta'lim va innavatsion tadqiqotlar - 2023. - T. 2. - №.

Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г

Психология. Учебник. Под ред. Рогова Е.И Владос 2005г