Авторы

  • Maftuna Azimova
    Qo’qon universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.129457

Ключевые слова:

tibbiyot sog’liqni saqlash sanatoriy - kurort bo‘limi Xalq komissarligi kasallik bemor shifoxona.

Аннотация

Maqolada    Sho’rolar davridagi tibbiyotining o‘z shakillanish va rivojlanish tarixi to’g’risida so’z boradi. Shuningdek maqolada turkistondagi tinbiyot, uning moddiy-texnik bazasi, hamda unda faoliyat olib borgan shifokorlarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.  Maqolada Turkiston xalq kommissarlari sovetining tibbiyot bo’yicha ishlab chiqqan Nizomlari tahlil etiladi. 


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

42

SOBIQ SHO’ROLAR VA SOVETLAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA

O’ZBEKISTONDA TIBBIYOT TARIXI

Azimova Maftuna Muhammadaminovna

Qo’qon universiteti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16626069

Annotatsiya

Maqolada Sho’rolar davridagi tibbiyotining o‘z shakillanish va rivojlanish

tarixi to’g’risida so’z boradi. Shuningdek maqolada turkistondagi tinbiyot, uning
moddiy-texnik bazasi, hamda unda faoliyat olib borgan shifokorlarning faoliyati
to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. Maqolada Turkiston xalq kommissarlari
sovetining tibbiyot bo’yicha ishlab chiqqan Nizomlari tahlil etiladi.

Kalit so’zlar:

tibbiyot, sog’liqni saqlash, sanatoriy - kurort bo‘limi, Xalq

komissarligi, kasallik, bemor, shifoxona.

Abstract

The article talks about the history of the formation and development of

medicine during the Soviet era. The article also contains information about the
health care system in Turkestan, its material and technical base, and the
activities of the doctors who worked in it. The article analyzes the regulations
developed by the Turkestan Council of People's Commissars on medicine.

Key words:

medicine, healthcare, sanatorium-resort department, People's

Commissariat, disease, patient, hospital.

Sho’rolar davridagi tibbiyotining o‘z shakillanish va rivojlanish tarixi bor.

Mamlakatimizda zamonaviy tibbiyot tizimini tashkil etish 1917-yil noyabr oyida
tibbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot – Sog’liqni Saqlash Xalq
komissarligi ta’sis etish bilan boshlandi. Bu tashkilot 11 bo’limdan iborat edi; 1)
Tibbiy ta’minot bo’limi; 2) Epidemiologiya bo’limi; 3). Sanitariya Statistika
bo‘limi; 4). Ilmiy - amaliy bo‘limi; 5) Sanitariya - texnika bo‘limi; 6) Sanitariya -
maorifi bo‘limi; 7) Bemorlarni davo muassasalariga joylashtirish bo'limi; 8).
Sanatoriy - kurort bo‘limi; 9) Tibbiy xodimlarni safarbar qilish bo'limi; 10).
Veterinariya bo’limi; 11). Adliya bo’limi. Bulardan tashqari yana tibbiy hodimlar
rezervi bo’limi ham bor edi[1]. Sog’liqni Saqlash Xalq komissarligi dastlabki
yillarda unchalik ko’zga ko’rinarli ish qila olmadi. Sog’liqni Saqlash muassasalari
uchun yangi tipovoy binolar yaratish o‘rniga masjid va madrasalarda kasalxona
va ambulatoriyalar tashkil qilindi. Shu bilan birga har xil tashkilotlarga qarashli
binolar va ayrim kishilarga qarashli uy- joylarni ham musodara qilib, oʻsha
yerlarda ham tibbiy muassasalar tashkil etildi. Bu bilan kasallarga tibbiy yordam
ko‘rsatish ishi yaxshilanmadi. Tibbiy muassasalar yetarlicha jihozlanmagan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

43

edilar. Lekin, shunday boʻlsa ham, birinchi qadamlar qo‘yilgan edi. 1919 yil 13
martda Sog‘liqni Saqlash Xalq komissariyati “Turkiston Respublikasidagi
davolash muassalarini boshqarish» haqida nizom qabul qildi. Unda tibbiy
muassalarning asosiy vazifalari belgilab qo‘yilgan edi. Oʻsha yili 7 mayda
Sogʻliqni Saqlash Xalq Komissarligining faoliyati haqida maxsus nizom ham
tasdiqlandi. Uning birinchi bandida “Sogʻliqni Saqlash Xalq Komissariyati butun
o’lkada Sog’liqni Saqlash ishlarini boshqaradi”, deyilgan edi. Shu nizomda
Sog’liqni Saqlash Xalq Komissarining va bo’limlar boshliqlarining huquq va
vazifalari belgilab qo’yildi. 1920 yilda Sogʻliqni Saqlash Xalq Komissariyati
tarkibiga oldingi 11 bo‘limdan tashqari yana Ona va Bolalikni muhofaza qilish
bo‘limi, Badantarbiya bo‘limi va Uy joy sanitariyasi bo‘limi kiritildi [2.206]. 1922
yilda Sog‘liqni Saqlash Xalq Komissariyati tarkibiga Dorixonalar Bosh
Boshqarmasi va Mehnatni tibbiy jihatdan muhofaza qilish bo‘limi kiritildi.
Shunday qilib, Sog‘liqni Saqlash Xalq Komissariyati 16 boʻlimda tashkil topdi.
1919-yil iyul oyida Sog‘liqni Saqlash muasssalari rahbarlarining birinchi
qurultoyi chaqirildi. Unda Sog’liqni Saqlash muassasalarining ish uslubini
takomillashtirish, bemorlarga ambulatoriya va kasalxonalarda tibbiy yordam
ko‘rsatish ishini yaxshilash, kasalxonalar va ulardagi o'rinlar sonini ko‘paytirish,
respublikaning orombaxsh joylarida sanatoriy - kurortlar bаrpо etish masalalari
muhokama qilindi va bu haqdagi zarur ishlar belgilab olindi. 1922-yil oktabr
oyida Turkiston vrachlarining birinchi ilmiy syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezdda
o‘lkamizda tibbiyot sohasida olib borilgan ilmiy - tadqiqot ishlariga dastlabki
yakun yasaldi. Syezdda Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasining a’zosi,
respublika Xalq Xo‘jaligi Oliy Kengashining raisi Abdulla Qodirov qatnashdi va
nutq so‘zlad. Notiq oʻz nutqida Respublika hukumati olimlardan o'lkamizda
tibbiyot ilmini yuksak darajaga ko‘tarishni kutadi va bunga ishonadi, dedi: A.
Qodirovning taklifi bilan syezd delegatlari nomidan markaziy hukumatga tabrik
telegrammasi yuborildi. Turkiston vrachlarining birinchi ilmiy syezdi
O‘zbekistonda tibbiyot ilmi va sog’liqni saqlashni rivojlantirishda muhim
masalalardan binoan zamonaviy bilimga ega bo’lgan tibbiy xodimlar
yetishtirishdan iborat, deb qaror qabul qildi. Oʻlkada vrachlar soni juda kam,
yerli aholidan esa bunday mutaxasislar umuman yo‘q edi. 1918-yilda bir guruh
o‘zbek ziyolilari Turkistonda zamonaviy oliy o‘quv yurti tashkil etish masalasini
ko'tarib chiqdilar va bu masalani ijobiy hal qilishni so‘rab Moskvaga oʻz
vakillarini yubordilar. O‘sha vaqtda markaziy hukumatning boshlig‘i bo’lgan
V.I.Lenin bu masalaga ijobiy qarab, Toshkentda dorulfunun tashkil qilish
haqidagi dekretga qoʻl qo‘ydi. Dorilfunun 1920 yil sentyabr oyida ochildi. Uning


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

44

tarkibida tibbiyot fakulteti ham bor edi. Shunday qilib, 1920 yilda Turkistonda
oliy tibbiy ta’limga asos solingan edi. 1918 yilda Toshkentda o‘rta tibbiy
hodimlar tayorlovchi “Musulmon tibbiy maktabi” tashkil qilindi. U keyinroq
“Respublika o‘rta tibbiy hodimlar maktabi”ga aylantirildi. Oʻsha vaqtda bu o‘quv
yurtlari butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi va yagona tibbiy o ‘quv yurtlari
edilar. Keyinroq bunday tibbiy o‘quv yurtlari boshqa shaharlarda va qo'shni
respulikalarda ham ochildi. Oʻzbekistonda Sho'rolar davrida muhim ilmiy-
tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tkanimizdek,
Oʻzbekiston hududida odatdagidek kasalliklardan tashqari oʻlkamizga xos
kasalliklar ham tarqalgan edi. Boshqa tibbiy muammolar qatorida shular ham
ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hususan, bu kasalliklarning etimologiyasi,
xususiyatlari, patogenezi va oqibatlari tekshirildi, ularni tugatish choralari ishlab
chiqildi va amalga oshirildi. Shu maqsadda respublikamizda bir qancha ilmiy-
tadqiqot institutlari tashkil etildi [3.130]. Birinchi shunday muassasa -
Bakteriologik institut 1920 yilda Toshkentda ochildi. Bu institut har-xil ommaviy
kasalliklarning etimologiyasi va epidemiologiyasini o ‘rgana boshladi. Yuqumli
kasalliklarga qarshi vaksinalar ishlab chiqardi. Ikkinchi ilmiy muassasa Tropik
kasalliklar instituti 1924-yilda rishta kasalligining o‘chog‘i bo‘lgan Buxoro
shahrida ochildi. Bu institut Tropik kasalliklar (rishta, bezgak, har xil
gelmintozlar) ni o ‘rgandi, ularni tugatish choralarini ishlab chiqdi va amalga
oshirdi. Institut xodimlarining ilmiy va tashkiliy rahbarliklari ostida 1932-yilda
o‘lkamizda rishta kasalligi tugatildi. Shu institut ishtirokida 1955-yilga kelib,
bezgak kasalligi ham tugatildi oʻlkamizda tibbiyot ilmining boshqa sohalari bilan
shug‘ullanuvchi maxsus institutlar ham tashkil etildi. Hususan, “Ona va Bolalikni
muhofaza qilish instituti (1927), Rentgenalogiya - radiologiya va onkologiya
instituti (1931), Sil kasalliklari instituti (1932), Teri va tanosil a ’zolari
kasalliklari instituti (1932), Eksperimental tibbiyot instituti (1934), Sanitariya
va gigiyena instituti (1934), Qon quyish instituti (1940), Oʻlka kasalliklari
instituti (1957), ko‘krak jarrohiyasi instituti (1972), Kardiologiya instituti
(1976); tashkil etildi. Bu institutlarda har hil kasalliklaming sabablari, tarqalish
yo'llari, ularning oldini olish va davolash usullari ishlab chiqilardi. Buning
natijasida o‘lkamizda bir qancha ommaviy kasalliklar tugatildi, Ba’zilari
kamaytirildi. Oʻzbekistonda tibbiyot ilmining rivojlanishida bu institutlar muhim
ro‘l oʻynaydilar. 1950 - yillarga kelib, Oʻzbekistonda tibbiyot ilmi sohasida olib
borilgan ilmiy - tadqiqot ishlari umumjahon miqyosiga ko‘tarildi: hususan, oʻlka
(tropik) kasalliklarni o‘rganish sohasida katta natijalarga erishildi. 1954 - yilda
Toshkentda tropik (o‘lka) kasalliklariga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy sessiya


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

45

bo‘lib o’tdi. Unda o‘lka kasalliklarini ilmiy jihatdan o’rganish va bunday
kasalliklarni tugatish yo’lida olib borilgan ishlariga birinchi yakun yasaldi:
Sessiyada o‘zbekistonlik olimlar faol qatnashdilar va o‘lka kasalliklarini ilmiy
jihatdan o‘rganish va ularga qarshi kurashish yo‘lida olib borilgan ishlar haqida
ma’ruzalar bilan chiqdilar. Xususan, professor L.M.Isaev “Oʻrta osiyoda bezgak
kasalligini ilmiy jihatdan o ‘rganish va uni tugatish” haqida, tibbiyot tarixchisi
A.A.Qodirov “Oʻzbekistonda rishta kasalligini ilmiy jihatdan o‘rganish va bu
kasallikning tugatilishi tarixi” xaqida ma’ruza qildilar. Sessiya mamlakatimizda
o‘lka kasaliklarini o‘rganish muhim ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega, deb
topdi va bu ishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi: Bu ishni bir m uassasada
jam lashtirish maqsadida oʻ‘zbekistonda “Oʻlkа kasalliklari institute” ochish
haqida qaror qabul qildi: Institut 1957-yilda tashkil etildi. 1970 - yillarda amaliy
tibbiyotda yangi soha - tibbiy yordamning iqtisodiy samaradorligini o‘rganish
sohasi paydo bo‘ldi: Bu ish bilan dastlab Bulg‘or va Chex hokimlari shug‘ullangan
ekanlar [4.41]. Ular sanoat korxonalarida sog'liqni saqlash ishini yaxshi yo‘lga
qo‘yib, korxonaning ishchi va xizmatchilari sog'lomlashtirilsa korxonaning ish
unumdorligi ko‘tarilib, u qo‘shimcha mahsulot chiqarishi mumkin ekanligini
isbot etibdilar. Oʻzbekistonda bu ish bilan birinchi bo‘lib, Samarqand tibbiyot
institutining ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash ishini tashkil qilish kafedrasi
shug‘ullana boshladi. Bu ishda eksperimental baza sifatida Samarqanddagi teri
zavodi tanlab olindi. Avvalo barcha asosiy mutaxassisliklar bo‘yicha brigada
tuzib, zavodning hamma ishchi va xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Sog‘lom kishilar, kasallar va surunkali kasallik bilan og‘riganlar aniqlandi.
Qanday kasalliklar ko‘proq, qandaylari kamroq uchrashishi belgilandi. Bir yilda
kasallik tufayli qancha ishi kuni yo‘qotilishi hisoblab chiqildi. U qancha iqtisodiy
zarar keltirishi aniqlandi. Zavodning sexlari, ularning gigienik holati tekshirildi.
Salomatlikka putur yetkazuvchi omillar belgilandi. So‘ng to‘plangan natijalar
umumlashtirilib, xulosalar chiqarildi. Natija shuni ko’rsatdiki, zavod har yili
ishchi va xizmatchilarning vaqtincha kasalligi tufayli bir necha yuz ming so‘mlik
mahsulotni kam chiqarar ekan. Mutaxassislarimiz zavod ishchi va
xizmatchilarining sog'ligini saqlash va kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan bir
qancha gigienik va amaliy tibbiy maslahat va tavsiyalar yozib berdilar. Zavod
ma’muriyati tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan birga ularni amalga oshirib,
ijobiy natijalarga erishdilar. Ishchilarning sog’ligi yaxshilandi, kasallar soni
kamaydi, ish unumdorligi oshdi, zavod ko‘p miqdorda qo‘shimcha mahsulot
ishlab chiqara boshladi. Bizning tekshirishlarimizdan shunday xulosa chiqdiki,
sog‘liqni saqlash organlari sanoat korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

46

salomatligini mustahkamlab, ularning mehnat unumdorligini oshirib, moddiy
boylik ishlab chiqarishda bilvosita ishtirok etar ekan, binobarin, sog‘liqni
saqlash tizimini moddiy boylik ishlab chiqaruvchi sohalardan biridir deb
hisoblash mumkin. Albatta, tibbiy xodimlar zavod sexlari va stanoklar oldida
turib, moddiy boylik ishlab chiqarishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmaydilar.
Lekin ularning mehnati ishlab chiqarishning umumiy ko‘lamiga qo‘shiladi. Bu
kashfiyot juda muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U bilan sanoat
korxonalarining rahbarlari qiziqib qolishdi. 1978-yilda Qarshi va Buxoroda shu
masalaga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada
tibbiy xodimlardan tashqari, sanoat korxonalarining vakillari ham qatnashdilar.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yhati

1.O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat
arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.
2.Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3.
Toshkent, Sharq, 206-bet
3.Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati.
Toshkent. Fan.2009.130 bet.
4.Qodirov A. O'zbekiston tibbiyoti. Darslik / – Т.: Abu Ali Ibn Sino, 2002. – Б.41.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.

Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3. Toshkent, Sharq, 206-bet

Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent. Fan.2009.130 bet.

Qodirov A. O'zbekiston tibbiyoti. Darslik / – Т.: Abu Ali Ibn Sino, 2002. – Б.41.