THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
162
ODAM SAVDOSINING OLDINI OLISH – MUHIM VAZIFA
Mutallif Isroilov
katta o’qituvchi
Guliston davlat universiteti, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.12602866
Annotatsiya.
Maqolada odam savdosining jamiyatga yetkazadigan zarari
va O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash choralari tahlil qilingan. So’nggi
yillarda respublikamizda bu borada amalga oshirilgan ihlarning jahon
hamjamiyati yomonidan tan olingani ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar:
odam savdosi, inson qadri, bolalar mehnati, normativ-
huquqiy hujjatlar, ratifikatsiya.
Insonning nechog’lik qadri baland va ulug’ mavjudot ekanligi ma’lum. U
tabiat boyliklaridan lazzatlanishi, sog’-salomat, kuchli va aqlli bo’lishi uchun,
o’zini-o’zi asrab avaylashi, himoya qilishi hamda shaxsiy huquq va erkinliklarini
muhofaza qilishi lozim. Bugungi globallashuv davrida yurtimizda millati, tili va
dinidan qat’iy nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun
xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O’zbekiston –
xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor
qaratilib, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil to’laqonli ro’yobga
chiqarilmoqda.
Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va
maorifni yuksaltirish, Uchinchi Renessans g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi
avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib
qoldi. Bu vazifani hal qilishda dastavval mamlakatimiz hayotidagi ayrim
muammolarni bartaraf qilish lozim. Bular ichida xavfsizligimizga hamda
ijtimoiy-ma’naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo’lgan odam
savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylangan.
Bugungi kunda odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida
jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir
etuvchilarning ham, bundan jabr ko’ruvchilarning ham muddaolari mushtarak.
Ya’ni, yengil yo’l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi
odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.
Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf
qanchalik ortib borayotgan bo’lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga
qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lami ham shunchalik
kengaymoqda. Oradan yillar o’tgan sari odam savdosiga qarshi kurash
dunyoning barcha mamlakatlarida amalda bo’lmasin, bu muammo bizni hozirgi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
163
kunda ham qattiq tashvishga solmoqda.
Ayni paytda, transmilliy uyushgan
jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo’lgan bu jinoyat turi dunyo miqyosida
keng tarqalgan. BMT va Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining
tahliliy xulosalariga ko’ra, undan jabr ko’rganlar soni bir necha millionlarni
tashkil qilmoqda.
Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida
yurtimizda ham qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga
odam savdosi transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi
hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi
shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to’g’risida"gi Konventsiyaga
qo’shildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamenti tomonidan BMT Bosh
Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida"gi Konventsiyaga hamda odam savdosi,
ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo’yish va buning
uchun jazolash to’g’risidagi qo’shimcha hujjatlar imzolandi. 2008 yilning 17
aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi va
hk.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy
irodasi tufayli “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasi
asosida davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlash, bu
jarayonlarda inson huquqlari tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng
ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Ana shu islohotlarning muhimlaridan biri
sifatida odam savdosi va majburiy mehnatga barham berish bo’yicha ko’rilgan
amaliy choralarni keltirib o’tish mumkin. Bu borada 2019 yilda Odam savdosiga
va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etildi. Milliy
komissiya tomonidan o’tgan davr mobaynida odam savdosi va majburiy
mehnatga qarshi kurashish yo’nalishida milliy qonunchilikni xalqaro
standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish, ushbu yo’nalishlardagi
mavjud muammolarni, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va tizimli
hal etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan 40 dan ziyod
normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, Xalqaro mehnat tashkilotining 5 ta
konventsiyasi hamda 1 ta protokoli ratifikatsiya qilindi [1].
Jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlik
belgilandi, O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish
to’g’risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, odam savdosidan jabrlangan
yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajada
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
164
identifikatsiya qilish va qayta yo’naltirish tartibi belgilandi, odam savdosiga oid
jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Natijada bolalar mehnatiga to’liq
barham berildi, tizimli majburiy mehnat bartaraf etildi. Ana shu sa’y-harakatlar
tufayli Xalqaro Mehnat tashkiloti O’zbekistonda majburiy mehnatga to’liq
barham berilganligini e’lon qildi. O’zbekiston AQSh va Yevropaning
Preferentsiyalar bosh tizimida “GSP+” qatnashish huquqiga ega bo’ldi. Sanoatga
to’siq bo’lib turgan “Cotton Campaign” koalitsiyasining “paxta boykoti” bekor
qilindi. Shuningdek, AQSh Mehnat vazirligining “Bolalar mehnatining eng yomon
shakllari” to’g’risidagi yillik hisobotida eng yuqori, ya’ni “muhim o’zgarishlarni
amalga oshirgan davlatlar” qatoriga kiritildi, 131 ta davlat orasidan 4 ta eng
yaxshi davlat qatoridan o’rin oldi. O’zbek paxtasi “Majburiy mehnatni qo’llab
ishlab chiqarilgan tovarlar ro’yxati”dan chiqarildi.
Bundan
tashqari
odam
savdosiga
qarshi
kurashish,
undan
jabrlanganlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish
borasida ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, AQSh Davlat departamentining
Dunyoda odam savdosi to’g’risidagi yillik hisobotida O’zbekiston alohida
kuzatuv ostidagi davlatlar ro’yxatidan chiqarildi, 2-toifadagi davlatlar (xalqaro
standartlarni to’liq bajarish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirayotgan
davlatlar) qatorida qayd etildi. Bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga barham
berilgandan so’ng xorijiy brendlar, investorlarning O’zbekiston paxta-
to’qimachilik sanoatiga qiziqishi borgan sari ortib bormoqda. Ularning
O’zbekiston bozoriga kirib kelishlari uchun barcha zarur shart-sharoit va
imkoniyatlarni yaratish bo’yicha ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqindagina Prezidentimiz rahbarligida o’tkazilgan videoselektor majlisida
mamlakatimizda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarish
ko’lamini kengaytirish, brendlarni jalb qilish bo’yicha yangicha yondashuvlarni
joriy qilish bo’yicha vazifalar belgilab berildi, brendlar bilan ishlayotgan
korxonalarga qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar berilishi qayd etildi.
Mamlakatimizda bolalar mehnatiga va tizimli majburiy mehnatga barham
berilganligi sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi
“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo’yicha
milliy komissiya” sifatida qayta tashkil etildi. Uning tarkibida O’zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi
kurashish masalalari bo’yicha kichik komissiya hamda Kambag’allikni
qisqartirish va bandlik vaziri rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari
bo’yicha kichik komissiyalar tashkil etildi [1]. Endilikda Milliy komissiya
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
165
munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish, mehnat sohasida xalqaro
standartlarni joriy qilish, shuningdek, migratsiyaga oid siyosatni
takomillashtirish borasidagi ishlarga asosiy e’tiborni qaratadi.
Odam savdosiga qarsh i kurashish va munosib mehnat masalalari bo’yicha
milliy komissiya YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori ofisi
bilan hamkorlikda muntazam ravishda turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil
etilmoqda. O’tgan yillar davomida o’tkazilgan bunday tadbirlarda O’zbekistonda
odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni
rivojlantirish, sohaning tashkiliy va huquqiy jihatlarini, milliy qonunchilikni
takomillashtirish, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining
hamkorlikdagi faoliyati hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli
ishlarning natijadorligi yuqori baholandi.
Xullas, yurtimizda odam savdosiga oid jinoyatlar uchun javobgarlik
kuchaytirildi, bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlik
belgilandi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. Odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin
qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo’naltirish tartibi
belgilandi, qator xalqaro konventsiyalar ratifikatsiya qilindi [2].
Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Idoralararo komissiyaning keng
faoliyat yuritishi, jinoyatchilarni fosh etish va jinoyat qurbonlarini himoyalash
va ularga yordam ko’rsatish masalalarini yanada takomillashtirib, uni
amaliyotga keng tadbiq etgan holda, xalqaro miqyosda amalga oshirsak,
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu borada “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot ma’rifat
markazi xodimlari va ko’ngillilari (volonterlar) ning yoshlar orasida keng
miqyosda ma’rifiy tushuntirish ishlari olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, chekka qishloqlarda tadbirlarni nafaqat mahalla yig’inlari va posbonlar
o’rtasida, balki yosh yigit-qizlar o’rtasida ana shu mahalla yig’inlari xodimlari va
posbonlar ishtirokida o’tkazish lozimdir.
Manbalar:
1.
Одам савдосига қарши курашиш ва муносиб меҳнат масалалари
бўйича Миллий комиссия ташкил этилди ҳамда ушбу масалалар бўйича
миллий
маърузачи
институти
таъсис
этилди.
25.12.2023/
https://senat.uz/oz/post/post-1666
2.
Одам савдосига қарши курашиш бўйича халқаро ва минтақавий
ҳамкорлик
масалалари
эътибор
марказида.
24.05.2024
/
https://senat.uz/oz/post/post-2095