THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
68
YOSHLARNI BARKAMOL QILIB TARBIYALASHDA AHMAD
G‘AZZOLIY G‘OYALARINING AHAMIYATI
Xodjayeva Fotima Nabixonovna
Buxoro davlat universiteti katta o‘qituvchisi
Halimova Munisa Nodir qizi
Buxoro davlar universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12217177
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy, ma’naviy, madaniy
sohalardagi
islohotlar
natijasida
jahonga
mashhur
allomalarimiz,
mutafakkirlarimiz ilmiy ma’naviy me’rosini, ularni tasavvufiy-falsafiy g‘oyalarini
o‘rganishga alohida e’tior qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: “Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-
manaviy me’rosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak.
Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib bizga doim kuch-quvvat va ilhom
bag‘ishlashi lozim. Avvalombor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan
sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli
ulamolarimiz bu ma’naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli,
jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur” [1].
O‘rta asr musulmon jamiyatida axloq masalalari eng muhim o‘rinlardan
birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri axloq ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy g‘oyalar bilan bir qatorda dindorlar ongida mavjud bo‘lgan dunyo
manzarasining muhim tarkibiy qismini tashkil etgan va ularning tamoyillarini
belgilab bergan. Aynan axloq kishilarga ijtimoiy-siyosiy hayotda ham, qadriyat
yo‘nalishlarini ham taqdim etdi. Shu sababli axloqiy g‘oyalar, ularning diniy-
falsafiy tushunchalari nafaqat ilohiyotshunoslarning, balki faylasuflar va
tasavvuf namoyandalari asarlarida ham muhokama mavzusi bo‘lgan.
Ahmad Gʻazzoliy asarlaridagi komil inson tarbiyasi, go‘zal insoniy
fazilatlar sabr, sidq (rosgo‘ylik) yaxshilik, taqvoli bo‘lish, insonparvarlik
g‘oyalari yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, ularni dunyoqarashini
shakllanishida muhim ahamiyat egadir.
Inson Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlar ichida eng aziz va
mukarram xilqat. Islom nazdida barcha insonlar barobar, bir-birlariga
birodardirlar. Ulardan biri boshqasidan hech narsada– na boylikda, na
mansabda, na chiroyi yoki xushbichim gavdasi bilan, na jamiyatda tutgan o‘rni
bilan ustun bo‘la oladi. Alloh nazdida insonlarning eng ulug‘i faqat Uning o‘zidan
qo‘rqadigan taqvodorlaridir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
69
Ahmad Gʻazzoliy ta’limotida inson muammosi ham alohida o‘rin tutadi.
Ahmad Gʻazzoliyning chuqur e’tiqodiga ko‘ra, inson evolyusiyasi o‘zidan oldin
bir qancha bosqichlarga ega bo‘lgan. Avval minerallar, keyin o‘simliklar va
hayvonlar paydo bo‘lgan, shundan so‘ng inson paydo bo‘lgandir. Inson, Ahmad
Gʻazzoliyning fikricha, boshqa turdagi mavjudotlar orasida cheksiz va ko‘p
shaklli olamda yashaydi, unda alohida o‘rin egallaydi. U Xudoni bilishga va U
bilan birlikka erishishga qodir. Bu bilan u boshqa borliq turlaridan ajralib turadi
va o‘zining shu qobiliyati bilan bu olamdagi boshqa mavjudotlardan ustun
turadi.
Ahmad Gʻazzoliy insonparvarligining yana bir muhim jihati shundan
iboratki, u ko‘pchilik o‘rta asr mutafakkirlari kabi insoniyatni maxsus (xos) va
oddiy (omma) guruhlarga ajratmaydi. Mutafakkir payg‘ambarlar ham oddiy
odamlar ekanligi, har bir inson shu maqomga chiqishi mumkin, deb hisoblaydi.
Inson tanasi, mutafakkirning fikricha, aslida pokdir. U shisha idishga o‘xshaydi,
lekin dunyoviy ehtiroslar unda to‘planib, uni qandaydir iflos bir narsaga
aylantiradi. Inson dunyoviy ehtiroslardan voz kechib, yana tanasining shisha
idishini nur bilan to‘ldirishi, uni tozalashi mumkin.
Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlar yangi bosqichga chiqdi. E’tiborlisi,
ushbu yangilanishlarda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb
etmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadrini
ulug‘lashga, uning orzu-umid, ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun
xizmat qilmoqda.
Ahmad Gʻazzoliy qarashlarining bugungi kun uchun yana bir e’tiborli jihati
shundaki, boylik orttirish avj olgan bugungi global jamiyatda nafs va uning
tarbiyasi masalasidagi fikrlari e’tiborga loyiq. U o‘zining “Bahrul muhabba”
asarining Iymon xabarlari haqidagi faslda nafs haqida “kimki nafsi va havosidan
g‘olib kelmasa, unga oxiratdan nasiba yo‘qdir”, deya yozadi.
Alloma bashariyatga murojaat qilib Nafsing senga g‘olib bo‘lishidan
saqlan!, deya qayd etadi. Uningcha, dushmanlarning dushmanrog‘i o‘z
vujudingdagi nafsingdir. Nafs ehtirosli xoxishlar bilan to‘ladir, dunyo ofatlar
bilan to‘ladir. Agar ularga nisbatan chora-tadbir ko‘rmasang, tubanlikka
tushasan.
Noiloj to‘rt narsada imtihon bo‘ldim man-o,
Ko‘p bo‘ldi chun baxtsizlik, ko‘paydi azmi balo.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
70
Qanday xalos topayin, bas, ushbu dushmanlardan? –
Dushmanlarim – iblisu dunyoyu nafsu havo![2].
Vaqt to‘g‘risida mutafakkir quyidagilarni ta’kidlaydi: “Ko‘pchilik o‘z
vaqtining haqiqiy qadrini bilmaydi, shuning uchun ular mayda-chuyda narsalar
bilan band. Qanday qilib qimmatli vaqtingizni ma’nosiz ishlarga sarflashingiz
mumkin. Uning vayron bo‘lishidan xabari bo‘lmagan kishi, bu odam emas, balki
inson tanasidagi hayvon degan qo‘rquvni tug‘diradi. Alloma yana shunday
deydilar “hanuz o‘z nafsi o‘ylovi va g‘amida bo‘lgan solik vaqtning asiri bo‘ladi,
vaqt esa uning zarariga ishlaydi”.
Yurtimiz yoshlari oldidagi ulkan marralarga yetishishi uchun bugungi
vaqtni zoye qilmaslikka, berilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga,
vatanimiz, dinimiz uchun xizmat qiladigan fidoyilardan bo‘lishga intilmog‘imiz
va doimo harakatda bo‘lishimiz shartdir!
Ahmad Gʻazzoliy g‘oyalari Yangi O‘zbekiston yoshlarini barkamol qilib
tarbiyalashda bu insonga bo‘lgan mehr-oqibat, sadoqatli, samimiyatli bo‘lishda,
yaxshilik to‘g‘risidagi qarashlarida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik
hissi ortishiga xizmat qilishda muhim omildir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Ahmad Gʻazzoliy hayoti va ilmiy-ijodiy
faoliyatini, yaratgan asarlarini chuqur tadqiq etish, ulardagi qimmatli
ma’lumotlarni aniqlash, saralash, ulardan bugungi kunda ijodiy foydalanish
hamda hayotda keng tadbiq etish hozirgi kunning muhim vazifasidir. Allomaning
ilmiy merosini o‘rganish yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib
tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasizdir.
Adabiyotlar:
1.
Shavkat Mirziyoyev.O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo
etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘qituvchi va murabbiylar kuniga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so‘zi”, 2020-yil 1oktyabr. №
207. (7709) – 3 b.
2.
Abul-Futuh-Shayx Agmad G‘azzoliy. Bahrul-muhabba (Muhabbat dengizi).
– Toshekent: Sharq, 2019. – 66 b.
3.
Турдиев, Б. (2024). JAMIYAT IDEOSFERASINING IJTIMOIY-FALSAFIY
TAHLILI.
Ижтимоий-гуманитар
фанларнинг
долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences., 4(2).
4.
Sobirovich, T. B. (2023). Manifestations of Moral Threats in the Ideosphere
of Uzbekistan and Their Prevention Strategy. Asian Journal of Basic Science &
Research, 5(1), 103-108.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
71
5.
Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance
in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1),
149-157.
6.
Sobirovich T. B. National Revival and Development Idiosphere of
Uzbekistan. – 2023.
7.
Sobirovich, T. B. (2023). Civil Society and its Influence in Society’s
Ideosphere. American Journal of Social and Humanitarian Research, 4(12), 84–
89.
8.
Sobirovich, T. B. (2023). MANIFESTATION OF CIVIL SOCIETY IN THE
IDEOSPHERE OF UZBEKISTAN. Innovative Society: Problems, Analysis and
Development Prospects, 89-92.
9.
Sobirovich, T. B., & Norman, Z. D. M. (2023). Harmony of National and
Universal Values in Uzbekistan. Harmony, 7(1), 08-16.
10.
Sobirovich T. B. National and universal principles of democracy //Asian
Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 12. – №. 1. –
С. 334-338.
11.
Sobirovich T. B. The implementation of human indicator reforms in
Uzbekistan //Asian Journal of Multidimensional Research. – 2021. – Т. 10. – №.
9. – С. 197-202.
12.
Turdiyev Б. The development of democratic society and spiritual renewal
in the views of eastern and western thinkers //Общество и инновации. – 2020.
– Т. 1. – №. 1/s. – С. 710-717.
13.
Sobirovich T. B. The development of democratic society and spiritual
renewal in the views of Eastern and Western thinkers //INTERNATIONAL
JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND REVIEW. – 2020. – Т. 5. – №. 10. – С.
60-65.
14.
Sobirovich T. B. O ‘zbekistonning ma’naviy yangilanish strategiyasi
//Buxoro:“Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti. – 2020. – С. 48.
15.
Sobirovich T. B. Evolution of ideas and views on the development of
democratic society and spiritual renewals //Scientific Bulletin of Namangan
State University. – №. 10. – С. 243-250.